§. Byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/56
Sana19.06.2024
Hajmi1,93 Mb.
#264358
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
Bog'liq
Maruzalar.O


§. Byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi 
Ishlab chiqarish dasturini tuzish xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini 
byudjetlashtirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 


171 
Ishlab chiqarish dasturi mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish, ish 
bajarish) va sotishning istalga muddatga, odatda yillik hajmi, nomenklaturasi, 
tovarlar va xizmatlar bozori talabi asosida sifat va muddatni tavsiflovchi kompleks 
rejani o‘zida namoyon etadi. 
Ishlab chiqarish dasturini tuzish jarayonida dastavval xaridorlarning talablari 
asosida ishlab chiqarilgan tovarlarga bo‘lgan bozor ehtiyoji o‘rganiladi. Buning 
uchun tuzilgan shartnomalar va buyurtmalarning mavjud portfeli, shuningdek, 
mahsulot (ish, xizmat)larning taklif qilinishi mumkin bo‘lgan hajmi xo‘jalik 
yurituvchi subyekt ishlab chiqarish dasturining asosini tashkil etadi. 
Ishlab chiqarish dasturini tuzishda turli usullar: darajali taxminlash, vaziyatli 
rejalar tuzish, chiziqli dasturlash, mahsulot (ish va xizmat)lar turlarini 
diversifikatsiyalash (kengaytirish) qo‘llaniladi. 
Darajali taxminlash ishlab chiqilgan mahsulotlarni sotish va ana shu jarayondan 
olinishi kutilayotgan foyda hajmini uchta: maksimal, ehtimol, minimal nuqtalari 
bo‘yicha avvaldan rejalashtirishni nazarda tutadi. 
Vaziyatli rejalashtirish xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish dasturini 
ishlab chiqish jarayoni bilan bir qatorda beqaror bozor sharoitlarida uni amalga 
oshirishda ham bir qancha qulayliklar tug‘diradi. 
Faoliyat turi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarda ishlab chiqarish dasturini tuzish, uch bosqichda amalga oshiriladi: 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha faoliyatini o‘zida jamlagan yillik ishlab 
chiqarish rejasini tuzish. 
Rejalashtirilayotgan hisobot davri uchun ustuvor maqsadlarni aniqlash. 
Yillik ishlab chiqarish rejasini xo‘jalik yurituvchi subyektning alohida 
segmentlari yoki ishtirokchilari, ya’ni bajarish uchun mas’ullar bo‘yicha taqsimlash. 
Odatda, bozor iqtisodiy oti rivojlangan davlatlar amaliy otda ishlab chiqarish 
dasturini rejalashtirishning «quyidan yuqoriga» yoki nomarkazlashtirilgan holda, 
«yuqoridan quyiga» yoki markazlashtirilgan holda va takroran rejalashtirish 
ko‘rinishlari qo‘llaniladi. 
Ishlab chiqarish dasturini shakllantirishda quyidan yuqoriga rejalashtirish 
yondashuvining qo‘llanilishi shuni anglatadiki, bunda ishlab chiqarish rejasi 
boshqarishning quyi darajasida ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyekt segmentlari va 
funksional xizmatlari bo‘yicha tuzilib borib, oxirida butun subyekt bo‘yicha 
umumlashgan yaxlit bir hujjat shakliga keltiriladi. 


172 
Ishlab chiqarish dasturini tuzish jarayoni yuqoridan quyiga rejalashtirish 
tamoyiliga asoslanganda esa, rejalar butun xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha 
ishlab chiqiladi va bo‘linmalar uchun tezkor rejalashtirish asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Takroran rejalashtirish xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan barcha 
segmentlar va funksional xizmatlar o‘rtasidagi o‘zaro uzviy hamkorlikni e’tiborga 
oladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki uning segmentlari bo‘yicha yillik ishlab 
chiqarish hajmini aniqlash - mahsulot birligini mos taxminiy bozor baholariga 
ko‘paytirish orqali quyidagi formula bilan hisoblanadi2: 
m p 

M0 = У M B + У M B + У M B 
0 m m p p 
y y 
i i i 
bu yerda: 
M0 - xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy ishlab chiqarish dasturi, p.b.da; 
Mm, Mp, My - mahsulot (ish va xizmat)larning yillik hajmi, donada; 
Bt Br, Bu - mahsulot (ish va xizmat)lar birliklarining taxminiy bozor baholari, 
p.b./donada; 
p,r,u- mahsulot (ish va xizmat)larning nomenklaturasi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish mahsulot 
sotish rejasini tuzishdan boshlanadi. Unda har bir mahsulot, shuningdek xo‘jalik 
yurituvchi subyekt faoliyatining kelgusi davrida amalga oshiriladigan ishlari 
miqdori va bajaradigan xizmatlari hajmi ko‘rsatiladi. Ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot (ko‘rsatilayotgan xizmat, bajariladigan ish) bozorga bir maromda yetkazib 
berilganda rejalashtirilgan muddatda sotishlar hajmini topish uchun quyidagi 
formuladan foydalaniladi: 
bu yerda: 
2 Амалий бош^арувх,исоби: Олий у^ув юртлари учун у^ув ^улланма 
/А.К.Ибрагимов, Б.А.Хасанов, Н.К.Ризаев - Т.: “Молия”, 2014. - 404 б, 227 б. 


173 
М.- - mahsulot sotishning rejalashtirilgan hajmi; 
T - tovarlarni o‘rtacha bir kunda sotish miqdori; 
C, - sotishning rejalashtiriladigan davri (kun, oy, kvartal, yil). Sotishlarning 
rejalashtiriladigan hajmini bozor segmentlari bo‘yicha quyidagi shaklda shartli 
misollar yordamida ifodalash mumkin (jadval). 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning bozor segmentlari bo‘yicha rejalashtirilayotgan 
savdosi hajmi 
Bozor 
segmentlari 
O‘lch
ov 
birligi 
Yil choraklari 
Yill
ik 
haj


I

II

I


mahsulot 
bo‘yicha: 
“X” xaridor 
tonna 
2
00 
3
00 
3
50 
2
50 
110

“U” xaridor 
tonna 
1
50 
2
00 
2
50 
2
00 
800 
va h.k. 






Jami: 
tonna 
7
00 
8
00 
1
000 
1
000 
250


mahsulot 
bo‘yicha: 
“X” xaridor 
tonna 
1
00 
1
50 
1
50 
1
50 
550 
“D” xaridor 
tonna 
1
100 
1
200 
1
200 
1
200 
470

va h.k. 
Jami 
tonna 
3
300 
3
700 
4
500 
5
000 
165
00 
Hammasi 
tonna 
4
000 
4
500 
5
500 
6
000 
190
00 
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish dasturini tuzishda 
ma’lumotlarning shu tarzda shakllantirilishi sotilishi rejalashtirilayotgan mahsulot 
turlari bo‘yicha nafaqat ular bo‘yicha 
bozordagi umumiy hajmni nazorat qilish, balkim, shu tovarning xaridorlari 
bo‘yicha o‘zgarishini ham hisobga olib borish, kuzatish va shunga muvofiq tarzda 
o‘zgartirishlar kiritish imkonini yaratadi. Xususan, jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki 
X va Y iste’molchilar talabi yilning to‘rtinchi choragigacha o‘sib borgan, keyin esa 
kamaygan. Shuningdek, V tovarga bo‘lgan talab birinchi chorakdan keyin X va D 
xaridorlarda o‘sgan va yilning oxirigacha bir tekisda bo‘lgan, ya’ni o‘zgarmasdan 
qolgan. Bu holat xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga 
bozordagi talabning stabil darajada ekanligini ko‘rsatadi. 


174 
Bu kabi holatlarni chuqur tahlil qilish kelgusida sotish rejasini tuzishda yuqori 
samara beradi. 
Mavsumiy tebranishlarga xos beqaror ishlab chiqarishda sotishlar rejasi, odatda, 
har oyga tuziladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt mahsulot sotishining yillik rejasiga 
tovarlar va xizmatlarning quyidagi turlari kiritiladi: ichki bozorda mahsulot sotish 
hajmi, o‘zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar hajmi, tovarlarning eksportga 
jo‘natish hajmi, tayyor mahsulot zaxiralari, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ishlar 
va xizmatlar miqdori va h.k. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulot turlari bo‘yicha bozordagi ulushini 
baholashda quyidagi ko‘rinishdagi jadvaldan foydalaniladi. 
Jadval ma’lumotlariga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, u bir vaqtning o‘zida bozor 
sig‘imi va unda xo‘jalik yurituvchi subyektning mahsulotlari hissasini aks ettirishini 
kuzatish mumkin. Unga asoslanib, har bir tovar guruhi bo‘yicha kelgusida ishlab 
chiqarish hajmining optimal miqdorini belgilab olib, sotishlar hajmi imkoniyatlari 
taxminlashtiriladi, aniq bo‘lgan ishlab chiqarish va sotish hajmlari moddiy va 
qiymat ko‘rinishida dasturda ifodasini topish uchun taqdim qilinadi. 
Tovar bozorida xo‘jalik yurituvchi subyekt ulushi 
(pul birligida) 
Mahs
ulot 
Turi 
Ishla

chiqa
rish 
hajm

Bozorg

chiqaril
gan 
mahsul
ot 
Barcha ishlab 
chiqaruvchilar 
tomonidan 
bozorga 
chiqarilgan 
mahsulotlarning 
umumiy hajmi 
Bozorga 
yetkazib berilgan 
mahsulot 
ulushi, 
%da 

4500 
4000 
45800 
8.7 

5000 
4500 
98500 
4.6 

150 
140 
350 
40.0 

500 
495 
65000 
0.8 
Download 1,93 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi

Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish