• Dasturlar ishlab chiqish; Tegishli byudjetlarni shakllantirish
  • Rejalashtirish asoslari va dasturi




    Download 1,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/56
    Sana19.06.2024
    Hajmi1,93 Mb.
    #264358
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56
    Bog'liq
    Maruzalar.O


    §. 
    Rejalashtirish asoslari va dasturi
    Mamlakat iqtisodining bozor munosabatlariga o‘tishi bilan mikro va makro 
    darajalarda rejalashtirishning o‘rni pasaymaydi, balki yanada oshadi. Xususan, har 
    qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruvi jarayonida nazorat qanchalik 
    muhim hisoblansa, rejalashtirish ham undan kam bo‘lmagan muhim funksiyani 
    bajaradi. 
    Umumiy holda, rejalashtirish deyilganda - kelgusida aniq bir ishlarni bajarish 
    uchun sodir etiladigan xarakatlarni oldindan belgilab- aniqlab olish tushuniladi. 
    Rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasida rejalashtirishning bir necha 
    turlaridan foydalanishlari kuzatiladi. Rejalashtirishning bir necha turlarga 
    bo‘linishidagi asosiy mezon - bu vaqt ko‘rsatkichidir. Shu nuqtayi nazardan 


    150 
    xulosa qilish mumkinki, rejalashtirish borasidagi asosiy maqsad - bu uzoq 
    muddatlarga mo‘ljallangan muhim harakatlar yo‘nalishini oldindan belgilab 
    olishdir. Shu bilan birgalikda alohida qayd qilish lozimki, rejalashtirish jarayonida 
    ikkita muhim bo‘lgan tadbirlar bor. Bular: 
    Dasturlar ishlab chiqish; 
    Tegishli byudjetlarni shakllantirish

    Rejalashtirish natijasida ko‘zda tutilayotgan uzoq muddatli strategik maqsadga 
    erishish uchun bir necha dasturlar ishlab chiqiladi. Masalan, stol va stullar ishlab 
    chiqarish va kelgusida uni yuqori miqdorda foyda olib sotish maqsadi 
    belgilanishida, quyidagi dasturlar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir: ishlab 
    chiqarishning uskuna va materiallar bilan ta’minoti dasturi; ishlab chiqarishning 
    malakali ishchi kuchi bilan ta’minoti; ishlab chiqilgan mahsulotlarni realizatsiya 
    qilishning optimal dasturi va sh.k. 
    Ana shu har bir dastur ishlashi, ya’ni dastur doirasida belgilangan tadbirlar 
    bajarilishi ma’lum miqdordagi mablag‘ bilan ta’minlanishni ta’lab qiladi. Shunga 
    muvofiq, dasturlar bo‘yicha tegishli byudjetlarni ishlab chiqish va shakllantirish - 
    rejalashtirishdagi muhim bir omildir. 
    Dasturlar tuzish, yuqorida qayd qilinganidek rejalashtirish jaryonining muhim 
    detallashgan qismlari hisoblanadi. 
    An’anaviy tarzda byudjet ikki qismdan iborat bo‘lib, uning dastlab daromad 
    qismi shakllanishi ta’minlanadi, so‘ngra shakllangan 
    mablag‘larning xarajat qilinish moddalari belgilanadi. Dasturlar bo‘yicha 
    tegishli byudjetlarni tuzish xo‘jalik yurituvchi subyekt miqyosida boshqaruvning 
    bir tizim asosiga solinishini ta’minlab qolmasdan, kelgusida operativ tarzda har 
    bir dastur bajarilishini kuzatish, tegishli o‘zgarishlarni zudlik bilan kiritish, 
    chetlanishlarni aniq hisoblash, turli omillar ta’sirini hisoblash, taqqoslama tahlillar 
    qilish va umuman olganda, ongli tarzda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni 
    ta’minlaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarida boshqaruv madaniyati 
    shakllanishini ta’minlaydi. 
    Ammo, ta’kidlash joizki, rejalashtirilgan maqsadga erishish borasidagi 
    belgilangan tadbirlar bo‘yicha dasturlar tuzish amaliy otiga barcha xo‘jalik 


    151 
    yurituvchi subyektlarda ham yetarlicha e’tibor qilinmaydi. Ba’zi xo‘jalik 
    yurituvchi subyektlarda bunga zaruriyat sezilmasa, b’zi birlarida esa ana shu 
    xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari uchun tegishli iqtisodiy bilimlarning 
    yetishmasligi, xuddi shuningdek xafsalasizlik va yana bir qator omillar sababchi 
    bo‘ladi. 
    Shu bilan birgalikda, dasturlar tuziladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
    barchasida ham bu jarayonga jiddiy yondashilgan, dasturlar bekami-ko‘st tuzilgan, 
    uning bajarilish vaqti aniq va real belgilangan deb bo‘lmaydi. Aniqroq qilib 
    aytiladigan bo‘lsa, juda ko‘p xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tegishli dasturlar 
    tuzish jarayoniga juda ham e’tiborsiz qaraladi. 
    O‘z biznesining taraqqiyotidan umidvor bo‘lgan, uning kelajakda kengayishini 
    astoydil xohlagan biznes xodimlari uchun, ular dasturlash jarayonida e’tiborga 
    olishlari lozim bo‘lgan quyidagi tadbirlar ketma- ketligini taklif qilamiz. 
    Eng avvalo dasturlar tuzish quyidagi uchta uzviy qismlardan iborat ekanligiga 
    alohida e’tiborni qaratish lozim: 
    Ishlab chiqarish darajasi uzoq vaqt mobaynida stabil bo‘lib kelayotganligiga 
    qaramasdan amaldagi dastur ko‘rsatkichlarini hamisha qayta ko‘rib turish va 
    tegishli o‘zgartirishlarni kiritib borish talab qilinadi. Chunki xo‘jalik yurituvchi 
    subyekt miqyosida o‘zgarish bo‘lmagani bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning shu 
    mahsuloti sotiladigan tashqi muhitda (bozorda) o‘zgarishlar tez ro‘y beradi. 
    Xususan, yangi texnologiyalar juda tez o‘zlashtiriladi, bozordagi raqobat muhiti 
    o‘zgaradi, iste’molchilar talabi darajasi va sh.k. Ana shunday o‘zgarishlarni o‘z 
    vaqtida hisobga olish va ular ta’sirida amaldagi dasturga o‘zgartirishlar kiritish 
    juda muhimdir. 
    Zamonaviy xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari hamisha yangi dasturlarni 
    qabul qila oladigan, ya’ni taklif qilinayotgan dastur loyihalariga nisbatan ijobiy 
    yondashishi lozim. Yangi tavsiya qilinayotgan dasturning afzalligini ko‘rsatuvchi 
    parametrlarning har birini batafsil o‘rganib chiqishi, yangi imkoniyatlar ochilishi 
    shubhasiz 
    bo‘lganda, uni boshqa dasturlar bilan kompleks holda tahlil qilib chiqishi va 
    operativ tarzda tegishli boshqaruv qarorini qabul qila bilishi lozim. 


    152 
    Bozor munosabatlari rivojlangan demokratik mamlakatlarda aynan mana shu 
    vaziyatda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari samarali foydalanib keladigan 
    tahlil usuli bor. Bu “samara / xarajat” usuli deb yuritiladi. Bu usulning mohiyati 
    shundaki, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari shu masala bo‘yicha mavjud barcha 
    ma’lumotlarni shaxsan o‘zi o‘rganib, shu dasturni qabul qilish qancha xarajat 
    talab qilishi va uni realizatsiya qilish qancha daromad keltirishiga o‘zi iqror 
    bo‘lishi, olinishi mumkin bo‘lgan real daromad miqdorini amaldagi dastur 
    ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashi lozimdir. 
    Nima uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari shu masalani shaxsan o‘zi 
    o‘rganib chiqib, shaxsan o‘zi qaror qabul qilishi lozim? - degan o‘rinli savol 
    tug‘iladi. Sababi, aynan rahbar hisobga olishi lozim bo‘lgan juda ko‘p omillar 
    vujudga keladi-ki, ularning ko‘plarini bevosita miqdor jihatdan o‘lchash imkoni 
    bo‘lmaganligi uchun, mutaxassislar ularni e’tibordan chetda qoldirishadi, ya’ni 
    hisobga olishmaydi. Masalan, yangi dasturni qabul qilish xo‘jalik yurituvchi 
    subyekt imidjini ko‘tarishi, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishi, mehnat 
    sharoitini yaxshilashi, ma’lumotlar ishonchlilik darajasini oshirishi va shu kabi 
    bevosita miqdor jihatdan o‘lchab bo‘lmaydigan samaralarni berishi mumkin. 
    Juda ko‘p xo‘jalik yurituvchi subyektlar mana shu masala borasidagi 
    amaliyotlarida dasturlarni muvofiqlashtirish tadbirini ko‘p amalga oshirishadi. 
    Buning uchun ular dastavval amaldagi dastur va taklif qilinayotgan loyihalar 
    o‘rtasidagi farqli tomonlarni o‘rganishadi, so‘ngra taqqoslab ko‘rishadi va nihoyat 
    ikkalasidagi eng ma’qul ko‘rsatkichlar doirasida muvofiqlashtirilgan dastur 
    parametrlarini shakllantiradi. Muvofiqlashtirilgan dasurlar odatda uzoq muddatga, 
    2-3 yil, ba’zi vaqtlarda 5-10 yillarga mo‘ljallanadi va shunga muvofiq u oldindan 
    tayyorlanadi. Muvofiqlashtirilgan dasturning muhim tomoni shundaki, unga 
    asosan byudjet shakllanishi mumkin bo‘ladi. Aniqrog‘i, kelgusida bo‘ladigan 
    barcha tadbirlar aniq belgilangan bo‘ladi va bu o‘z navbatida endilikda ana shu 
    tadbirlarning amalga oshirilish xarajatlarini sarf-hisob qilish va u xarajatlarni 
    qoplash manbalarini belgilash imkonini yaratadi. 
    Download 1,93 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56




    Download 1,93 Mb.
    Pdf ko'rish