148
Г.Адабиёт жамгармаси. 2005
3.
Карпова
T.n. Управленческий учет. -М. ЮНИГИ. 2002.
4.
Вахрушина
М.А.
«Бухгалтерский
управленческий
учёт». Учебник. -М.: «Финстатинформ». 2000 г
Internet saytlari
http:// www. gaap. ru
http:// www. glavbukh. ru
149
5.
мavzu. Boshqaruv hisobida byudjetlashtirish
Byudjetlashtirishning mohiyati va maqsadi. Tashkilotlarning byudjetdan
foydalanishining zarurati. Tashkilotda rejalashtirish
va nazorat qilish siklini
tavsiflash. Byudjet tuzish jarayonida qo'llaniladigan ma'muriy tartib-qoidalar.
Byudjetlash jarayonining bosqichlarini (shu jumladan tegishli ma'lumotlar
manbalari, byudjet loyihalarini rejalashtirish va kelishish, bashorat qilish maqsadi va
ularning byudjetlashtirish bilan qanday bog'lanishi) tavsifi. Byudjetni tayyorlash.
Byudjetni tuzishda asosiy byudjet omilining ahamiyati. Savdo byudjetlarini
tayyorlash. Funktsional byudjetlarni (ishlab
chiqarish, xomashyodan foydalanish va
xaridlar,
ishchi kuchi, o'zgaruvchan va qat'iy qo'shimcha xarajatlar) tayyorlanishi.
Naqd pul
byudjetlarini tuzish. Asosiy byudjetlarni tayyorlash (foyda va zarar
to'g'risidagi hisobot va moliyaviy holat to'g'risidagi hisobot).
Boshqaruv jarayonining asosiy funksiyasi bo‘lgan
rejalashtirish va
boshqaruv nazoratini o‘rnatishda (ta’minlash) muhim bo‘lgan rejalashtirish
jarayoning asosiy ikki tamoyili to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Birinchisi
-
qabul
qilingan
strategiyani
amalga
oshirish
uchun
mo‘ljallanayotgan o‘rta va uzoq muddatli rejalarni amalga oshirish bo‘yicha
maxsus dasturlar tayyorlash.
Ikkinchisi
- tegishli byudjet (smeta)larni ishlab chiqish. Sababi,
har bir reja
asosli bo‘lishi, u amalga oshishi uchun bo‘lsa, real iqtisodiy ta’minoti belgilangan
bo‘lishi shart. Shundagina boshqaruv qarorlari asosli,
maqsadli va amalga
oshirilishi mumkin bo‘ladi.
Tegishli byudjetlarni tuzish muhim vazifa bo‘lganligi uchun, mavzuda e’tibor
shu byudjet turlarini tuzishga ham qaratiladi.