143
Ularga yoki erishib bo’lmaydi, yoki bir martalik tartibda erishiladi.
Amaliy: yaxshi bajarilishda
subyekt tomonidan erishiladi, ular o’z darajasi bilan
yaxshi bajarilishida nazariy standartlarga yaqin, ishlab chiqarishning real erishiladigan
darajasiga asoslangan va qochib bo’lmaydigan yo’qotishlarga yo’l qo’yadi.
Me’yoriy: sikl mobaynida ishlab chiqarishning yuqori va past hajmining o’rtacha
qiymatidan kelib chiqqan holda mahsulot chiqarishning erishish darajasida hisoblanadi.
Kutilayotgan: mahsulot chiqarishning kutilayotgan hajmida ishlab chiqarishning aniq
sharoitlari asosida hisoblanadi.
Mazkur tavsif Amerika firmalarida xarajatlarning moddalari bo’yicha
standartlarni
o’rnatishga har xil yondashishlarning mavjudligini ko’rsatadi. Lekin har bir yondashishda
qabul qilingan standartlar buxgalteriyada ishlab chiqarish jarayoni boshlanguncha standart
tannarx xaritalariga umumlashtiriladi. Kartalar buyum, bu buyumni, buyurtmani
tayyorlashda ishtirok etadigan ishlab chiqarish bo’linmalari va buyurtmalar bo’yicha
tuziladi.
Standart-kost tizimi to’g’ri xarajatlarni boshqarish vositasi sifatida namoyish qilinadi.
Bu tizimning bir necha variantlaridan foydalaniladi. Bitta variantda xarajatlar "ishlab
chiqarish" schyotining debetida to’planadi va standart qiymat bo’yicha baholanadi, tayyor
mahsulot xuddi shunday standart qiymat bo’yicha shu schyotning kreditidan chiqarib
tashlanadi, tugallanmagan ishlab chiqarish standart qiymat bo’yicha baholanadi.
Ikkinchi
variantning mazmuni "Ishlab chiqarish" schyotining debetida umumlashtirilgan xarajatlar
haqiqiy qiymati bo’yicha baholanishdan, schyotning kreditidan esa tayyor mahsulot
standart qiymat bo’yicha chiqarib tashlanishidan iborat. Tugallanmagan ishlab chiqarish
haqiqiy xarajatlardan u yoki bu tomonga chiqib ketishlarni hisobga
olgan holda standart
qiymat bo’yicha hisoblanadi.
Haqiqiy xarajatlarning standartlardan chetga chiqishini Amerika firmalari odatda
tannarxga olib bormasdan "Mahsulot, xizmat, ishlarning realizatsiyasi" schyotiga chiqarib
tashlaydilar.
Subyektning quvvatlariga nisbatan standart-kost tizimini tashkil etish, standartlardan
chetga chiqishlarni aniqlash va ularni chiqarib tashlash uslubiyati bo’yicha
ishlar
koordinatsiyasini standart-kost tizimi bilan bog’liq bo’lgan hamma bo’linmalarning
vakillari amalga oshiradilar. Yanada yirik kompaniyalarda standartlarni tuzish, ularga
o’zgartirishlar kiritish, hisoblash va boshqalar bo’yicha barcha ishlar jamlangan standartlar
bo’linmasi tuziladi.
Standart-kost tizimi amaliyotda qo’llaniladigan xarajatlarni hisoblashning boshqa
tizimiga ko’ra o’z xususiyatlariga ega. Birinchidan, vositalarni
sarflash jarayonida
standartlardan chiqib ketishlarni aniqlash asosi bo’lib ularni hujjatlashtirish emas, balki
maxsus schyotlardagi buxgalteriya yozuvlari hisoblanadi. Menedjerlarning oldiga esa
chetga chiqishlarni hujjatlashtirmaslik emas, ularga yo’l qo’ymaslik masalasi qo’yiladi.
144
Ikkinchidan, aniqlangan chetga chiqishlarni
hamma kompaniyalar ham emas, joriy
standartlardan foydalanadiganlari buxgalteriya hisobida aks ettiradi. Standartlardan chetga
chiqishlarni aks ettirish qismida uchinchi xususiyat bo’lib chetga chiqishlarni hisobga olish
uchun maxsus sintetik schyotlarning kalkulatsiya moddalarini, chiqib ketishlarning omillari
bo’yicha ajratish hisoblanadi.
Standart-kost tizimining mazkur xususiyatlari shuni ifodalaydiki, xarajatlarni
boshqarish maqsadida
har doim bu chetga chiqishlar, ularni hisoblash uchun, qanchalik
muhimligi ko’rib chiqiladi; ular nimalarni ko’rsatadilar, qaysi muammolarni yechishda
ulardan
foydalanish mumkinligi; aniqlangan chetga chiqishlarning ishlab chiqarishga
bo’lgan xarajatlarni tahlil qilishdagi muhimligi asosan e’tiborga olinadi.