Jarayonli usulda xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini
kalkulatsiya qilish
Tannarxni jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya qilish tizimi seriyali yoki ommaviy tarzda
bir xil yoki taxminan bir xil qo’llaniladi. Xarajatlarni jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya
qilishni har bir ishlab chiqarish bo’linmasi tomonidan ishlab chiqarish jarayonining alohida
qismini bajarish va ishlov berishga qarab mahsulotni bitta muomaladan boshqasiga o’tishni
ko’zda tutgan texnologiyaga ega subyektlar ham qo’llaydilar. Oxirgi bo’linma ishlab
chiqarishni tugatadi va mahsulotni tayyor mahsulot omboriga topshiradi. Xarajatlar
mahsulotlarga ishlab chiqarish bo’linmalari bo’yicha ma’lum vaqt davri uchun nisbatsiz
umumlashtiriladi. Mahsulot birligining tannarxi ishlab chiqarish tannarxini ma’lum davrda
shu davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Bunday ishlab chiqarishlarga kimyo, neftni qayta ishlovchi, to’qimachilik, sement va
boshqa ishlab chiqarishi seriyali va ommaviy turdagi tarmoqlar kiradi. Ishlab chiqarishni
137
tashkil etish va rejalashtirish va ishlab chiqarish obyektlarining hisobi uchun
qo’llaniladigan birliklar to’g’risidagi aniq tavsif mashinasozlik misolida berilgan.
Seriyali ishlab chiqarish ommaviyga nisbatan tezkor-ishlab chiqarishni rejalashtirish
aniqlashtirilgan uslublaridan va tayyor mahsulotni o’lchashga nisbatan detallashtirilgan
reja-hisob birliklaridan foydalanadi. Oqimli ishlab chiqarishda bo’lgan mashinasozlik
korxonasida seriyali turdagi sex va uchastkalar ko’p hissani tashkil etadi.
Ishlab chiqarishni guruhli tashkil etishda reja-hisob birliklarini tahlil qilib
me’yorlashtirish, ishlab chiqarish topshiriqlarini ish joylari, brigadalar bo’yicha hisoblash,
ishlab chiqarish dasturlarini bajarilishining tezkor hisobi asosi bo’lib aniq stanok yoki
stanoklar guruhiga bog’langan ma’lum nomlanishdagi detal bo’lishini aniqlash mumkin.
Rejalashtirishning texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish uchun yagona me’yoriy
asosni qo’llash sharoitida seriya (guruh)li ishlab chiqarishning hamma turlari uchun yagona
reja-hisob birligi-detalga o’tish mumkin bo’lib ko’rinadi.
Texnologiya,
predmetli
va
predmet-texnologiya
ixtisoslashgan
sexlar
va
bo’linmalarning turli yo’nalishidagi ishlab chiqarish seriya (guruh)li turdagi subyektlarda
detal yagona reja-hisob birligi sifatida qo’llanilsa xarajatlarni xo’jalik hisobiga ajratilgan
brigadalar va bo’linmalarga, kalkulatsiya hisoblarida- xarajatlarni me’yorlar va ulardan
chiqib ketishlar bo’yicha ajratish bilan mahsulotlarning turlari bo’yicha guruhlash imkoni
tug’iladi. Agar ishlab chiqarish bo’linmalarida detallarga ishlov berish uskunasining
texnologiya jihatdan bir turi o’rnatilgan bo’lsa unda ishlov berish texnologiyasi prinsipial
ravishda bir xil, farqlar esa ishlov berish vaqtida va ishlab chiqarish bo’linmasi yoki
brigadasi ichidagi texnologiya yo’nalishda hisobga olinadi. Bu ajratuvchi xususiyatlar
miqdoriy jihatdan o’lchanishi mumkin va hisob ma’lumotini qayta ishlashning
mexanizatsiyalashgan variantida brigada komplektining moddiy va mehnat xarajatlarini
brigadalar bo’yicha me’yorlashda, me’yorlangan sarfni mahsulotni haqiqatda
chiqarilganligiga yoki brigada tomonidan bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmi hisobida asos
bo’luvchi belgi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Sarflarni detallar bo’yicha me’yorlash har bir detalga bosh texnolog bo’limi
tomonidan yoziladigan texnologiya kartalarda moddiy xarajatlarni hisoblash uchun qabul
qilingan. Ular mahsulotlarning nomlari bo’yicha guruhlanadi, raqamlanadi va
broshuralanadi. Kartalarning bitta nusxasi ish turlari va shu ishlarni bajaruvchi bo’linmalar
bo’yicha guruhlanadi. Bunday tartib me’yoriy hisoblashishlarni texnik- iqtisodiy
rejalashtirish va tezkor-ishlab chiqarish reja hisoblashishlarning ishonchliligini ta’minlaydi.
Subyektlarning seriya (guruh)li ishlab chiqarishida me’yorlashtirish, rejalashtirish,
hisob, nazorat va tahlil maqsadlarida yagona reja-hisob birligini o’rnatish qo’shimcha
qiyinchiliklar, hisob va kalkulatsiya ishlarining ko’payib ketishini tug’dirmaydi.
Detal, uning buyumga kirish me’yori hozirgi davrning o’zida me’yoriy kalkulatsiya
qilishning obyekti hisoblanadi, chunki uzel, agregat, buyumga me’yoriy kalkulatsiya
tuzilishidan oldin to’g’ri xarajatlarni detalga bo’lgan natural va qiymatli mazmunining
138
me’yorlari aniqlanadi.
Detal reja-hisob birligi sifatida quyidagi elementlarni qamrab oluvchi me’yoriy
rejalashtirish va ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlar hisobi tizimining komplektlanganligi
talabiga javob beradi:
-
mahsulot chiqarishning ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uni tayyorlash
muddatining yetkazib berish shartnomasi muddati bilan to’g’ri kelishini, sexlar, bo’linmalar
va brigadalar bo’yicha mahsulot tarkibini me’yorlashtirish va boshqalar;
-
iste’mol, asosiy jamg’armalarning sarflari va zaxiralari, moddiy, mehnat va moliya
resurslarining yagona me’yoriy asosida texnik, texnologiya va iqtisodiy asoslash;
139
Tugalla
nmagan
ishlab
chiqarish
|