132
o’rtacha emas, balki yakka holdagi tannarxi to’g’risida ma’lumotlarni olish sharoitini
tug’dirishdir. Ushbu hisob va kalkulatsiya tizimining usuli qo’llaniladigan ishlab chiqarish
turlariga asosan qurilish obyektlari, samolyot-kemasozlik, qog’oz,
mebel sanoati, ilmiy-
izlanish, konstruktorlik va ta’mirlash ishlari, auditorlik, konsalting xizmatlari va shunga
o’xshash yakka buyurtma yoki kichik guruhlardagi tovarlarni ishlab
chiqarish jarayonlari
kiradi.
Buyurtmalar bo’yicha xarajatlarni umumlashtirilgan hisobi bir necha variantlar
bo’yicha quyidagilar yordamida tashkil etiladi: nazorat schyotlari; alohida hisoblash va
shartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi.
Nazorat schyotlari- bu xarajatlar va ular bilan korrespondensiyada bo’ladigan
schyotlarni moliyaviy hisobning odatdagi tartibida ochilishini ko’zda
tutuvchi schyotlar
tizimi hisoblanadi. Xarajatlarning analitik schyotlari xarajatlar to’plami kartochkalarida
ko’rsatilgan- ularda to’g’ri xarajatlar umumlashtiriladi. Egri xarajatlarni esa taqsimlash
hisoblari bo’yicha hisobot davri tugagandan so’ng kiritiladigan "buyurtmalar
kartochkalari"da hisobga olib boriladi. Kartochka buyurtmada ko’rsatilgan hamma ishlar
bajarilgandan so’ng yopiladi. Hamma buxgalterlik yozuvlar qaydnomalarga qayd qilinadi,
natijalar bosh kitob schyotlariga o’tkaziladi.
Alohida hisoblash- bu boshqaruv va moliyaviy hisobda schyotlarni
alohida ochishni
ko’zlovchi hisob tizimi bo’lib, bu holda xarajatlar schyotlariga moliyaviy muomalalar
haqida yozuvlar qilinmaydi. Bu variant yozuvlarni hisobning ikki turida takrorlashni ko’zda
tutadi.
Shartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi- ishlab chiqarilishi uzoq siklli bo’lgan yirik
buyumlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish tizimi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchiga
qilingan ishlar uchun bosqichlar bo’yicha oraliq to’lovlar shartnomada ko’zda tutilgan
to’lovlar summasi buyurtmachi dalolatnoma bilan tasdiqlangan realizatsiya qilingan ishlar
qiymati bilan aniqlanadi. To’lovlarning kelib tushishiga qarab
mazkur davr uchun foyda
hisoblash uchun realizatsiya qilingan mahsulot tannarxiga kiritilishi kerak bo’lgan
xarajatlar aniqlanadi. Shu yerda vaqti o’tmagan xarajatlarning miqdori, ya’ni
tugallanmagan va buyurtmachiga topshirilmagan ishlarning tannarxi aniqlanadi.
Shartnoma bo’yicha kalkulatsiya tizimi qo’llanilganda bu tizim uchun o’rnatilgan
prinsiplarga rioya qilish tavsiya etiladi, ya’ni:
-
shartnoma bajarilishining erta davrlarida foydani hisoblamaslik- bu daromad va
xarajatlarni baholashning past ishonchliligi;
-
ziyrak bo’lish- hisobot davrida aniqlangan zararlar
shu davrda realizatsiya
qilingan ishlarning tannarxiga kiri tilishi kerak. agar zararlar kutiladigan bo’lsa, unda
ularning summasi realizatsiya qilingan mahsulotning tannarxiga zararlar ehtimoli
aniqlangandan so’ng kiritiladi. Masalan, ta’til summalarini to’lash bilan bog’liq ishchilar
ta’tili va qo’shimchalarni to’lash uchun zaxira yaratiladi.
133
-
35-85% atrofida bajarilgan shartnomaga ketgan anchagina xarajatlarga ziyrak
bo’lish kerak. Hisobot sanasiga bo’lgan foyda quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Foyda = Ko’zda
tutilgan x Buyurtmachidan olingan summalar