130
ro’yobga chiqadigan holatlar ishlab chiqarilgan namunaviy tizimlarga to’g’ri kelmaydi.
Shuning uchun har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z menedjerlarining talabidan kelib
chiqqan holda va ularning talabini qondirish uchun ayrim olingan hisob tizimining
loyihasini ishlab chiqadilar. Shu bilan bir qatorda ushbu
hisob tizimlarining xilma-
xilligidan qat’iy nazar subyektlar faoliyatining nazariyasi va amaliyoti tomonidan
xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishni tashkil qilishning
umumiy tartibi ishlab chiqilgan.
Xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish faoliyatida xarajatlarning boshqaruv
hisobi tizimini tashkil qiladigan va o’zaro bog’langan uchta element mavjud: ishlab
chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish; tayyor mahsulotlarning hisobini yuritish
va ushbu tayyor mahsulotlarning tannarxini kalkulatsiya qilish.
Ushbu o’zaro bog’langan tizim elementlarining talabidan
kelib chiqqan holda ishlab
chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish tizimi ushbu xarajatlarning turlari, tarkibi,
mazmuni, yo’nalishi, sodir bo’lgan joylari va mas’uliyat markazlari, mahsulot yoki
ishlarning turlari va ularning bir xil guruhlari, buyumlarning qismi va yarimfabrikatlar
bo’yicha guruhlashtirishda qo’llaniladigan usullarning o’zaro aloqalarini aks ettirishi lozim
va amal qilinayotgan me’yorlar bilan rejalashtirilgan samaradorlikni
taqqoslash natijasida
ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni nazorat qilish usullaridir.
Ularning tarmoqlar bo’yicha xususiyatidan qat’iy nazar har bir xo’jalik yurituvchi
subyektda xarajatlarni hisobga olish tizimi xo’jalik faoliyatining natijalarini ishonchli va
xolisona aniqlash va ishlab chiqarish faoliyatining borishi ustidan nazorat o’rnatish
imkoniyatini yaratib beradigan tashkiliy modulni talab qiladi.
Shu bilan bir vaqtda ishlab chiqarishning texnologiya va tashkiliy xususiyatlari, ishlab
chiqarish jarayonining davom qilish muddati, mahsulotlarning miqdor va sifat tasnifi ishlab
chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishning har
xil usullari va uslublarini qo’llashni talab qiladi. Xo’jalik yurituvchi subyektning
amaliyotida qo’llanilayotgan ushbu tizimlar quyidagi tartibda turkumlashtiriladi:
8.1- chizma . Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimining
131
turkumlanishi
Xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish tizimidan
foydalanishda o’zbilarmonchilikka yo’l qo’yish mumkin emas. Chunki uni qo’llashning
maqsadi boshqarish va xarajatlarni hisobga olish obyektlari bilan chambarchas bog’langan
holda yig’ilgan.
Bizning mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va korxonalarning
iqtisodiyotiga
bag’ishlab chop qilingan adabiyotlarda, 1999-yil 5-fevralda Vazirlar Mahkamasining qarori
bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarning
tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi nizom, buxgalteriya
hisobining standartlari va xalqaro standartlarga ko’ra xo’jalik yurituvchi subyektlarda
ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning xarajatini hisobga
olish va tannarxini kalkulatsiya qilishning uchta usuli me’yoriy, ishlov berish (jarayonlar
bo’yicha) va buyurtma usullari mavjud. Ushbu usullarning qaysi birini qo’llash har bir
xo’jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilgan mahsulotning turlari, texnologiya jarayoni,
tarmoqning xususiyati, ishlab chiqarishni tashkil qilish usuli
va uning turlaridan kelib
chiqqan holda o’zida ishlab chiqilgan hisob siyosatida ko’rsatadi va rahbarning buyrug’i
bilan mastahkamlaydi. Shu bilan bir qatorda yuqorida keltirilgan turkumlarning hech biri
ayrim olgan holda xo’jalik yurituvchi subyektning ichidagi o’ziga xos xususiyatlarini to’liq
va har tomonlama yoritishga da’vogar bo’la olmaydi.
Ushbu yuqorida keltirilgan xarajatlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish belgilari
xarajatlarni hisobga olish tizimini muvaffaqiyatli tashkil qilishga va bir usulni ikkinchisidan
ajratishga yordam beradi va osonlashtiradi.