Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo’llanilmoqda




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/56
Sana19.06.2024
Hajmi1,93 Mb.
#264358
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
Bog'liq
Maruzalar.O

 
Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo’llanilmoqda: 
-
erkin bozor (shartnoma) yoki davlat tomonidan tartibga solinadigan (preyskurant) 
ulgurji baholar. Bu narx tovar jo’natish shartnomalarini tuzishda korxona tomonidan 
mustaqil belgilanadi va mol yuboruvchi va mol oluvchi bilan hisob - kitoblar olib borishda 
mol yuboruvchining to’lov hujjatlarida ko’rsatilib molning chiqarilish (sotish) narxi 
shaklida foydalaniladi
-
nomenklatura hisob bahosi bo’yicha. Bu sotib olingan (tayyorlangan) 
materiallarning reja tannarxi, o’rtacha sotib olish narxlari va b. bo’lishi mumkin. Barcha 
hollarda ham baho asosida shartnoma yoki preyskurant baholari bo’lib, ustiga 
rejalashtirilgan (hisoblangan) transport - tayyorlov xarajatlarini qo’shib belgilaydi. Bu 
baholar mavjud materiallarni va ularning harakatini joriy va operativ hisobga olishda 
qo’llaniladi. 
4 - BHMS 9 -bandiga binoan «Material xarajatlari» elementida aks ettiriladigan sotib 
olinadigan material qiymatliklarining xaqiqiy bahosi (qiymati) quyidagilardan tashkil 
topadi: sotib olish narxi, import bo’yicha boj to’lovlari, mahsulotlarni sertifikatsiyalash 
xarajatlari, ta’minot va vositachilik tashkilotlariga to’lanmalar, soliqlar (keyinchalik soliq 
organlaridan qaytarib olinadigan soliqlardan tashqari, masalan QQS), shuningdek transport 
- tayyorlov xarajatlari, xizmat ko’rsatish xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bevosita 
bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar. 
Marketing xizmatlari va zavod omborlarini asrash xarajatlari materiallar tannarxiga 
kiritilmaydi. Ular korxonaning davr xarajatlariga o’tkaziladi. 
Materiallarning haqiqiy tannarxi faqat oy oxirida buxgalteriya barcha qo’shiluvchi 


114 
ma’lumotlarni olgandan so’ng aniqlanadi. Korxonada materiallar harakati har kuni sodir 
bo’ladi, va materiallarning kirim-chiqimi bo’yicha hujjatlar o’z vaqtida rasmiylashtirilib, 
muomalalarni sodir bo’lishiga qarab hisobga olinishi kerak. Shuning uchun, joriy hisobda 
qat’iy oldindan belgilangan hisob bahosi deyiladigan bahoni qo’llash zaruriyati tug’iladi. 
Hisob bahosi bo’lib reja yoki shartnoma baholari hisoblanadi. 
Agar joriy hisobda shartnoma baholaridan foydalanilsa, haqiqiy tannarxga yetkazib 
qo’yish uchun oy oxirida transport - tayyorlov xarajatlarining summasi va foizi chiqariladi. 
Reja narxlar qo’llanilgan hollarda har oyda haqiqiy tannarxni rejadan farq summasi va 
foizi aniqlanadi. Bu ko’rsatkich materiallar tayyorlash jarayoniga baho berish imkoniyatini 
yaratadi. Transport tayyorlov xarajatlari yoki reja narxdan farqi materiallarning har bir 
nomenklatura raqami bo’yicha emas, balki materiallar guruhlari bo’yicha hisoblab 
chiqariladi. Asos qilib materiallarning oy boshiga qoldig’i va ularning oy davomidagi 
kirimi olinadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy 
tannarxini aniqlashda boholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: 
-
o’rtacha tannarx (to’g’ri chiziqli) bo’yicha yoki 

Download 1,93 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo’llanilmoqda

Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish