Materiallarning
ombor
xo’jaligining
buxgalteriya
hisobi
va
ularni
inventarizatsiya qilish tartibi
Material qiymatliklar butligini amaliy nazorat qilishni ta’minlashda korxonada
ta’minot bo’limini tashkil etish, shuningdek, ombor va torozi o’lchov xo’jaligining holati
katta ahamiyatga ega. Shu boisdan, korxona bo’yicha chiqarilgan buyruqda har bir omborga
doimiy raqam berkitilib, keyinchalik bu raqam mazkur omborga tegishli barcha hujjatlarda
ko’rsatiladi. Xo’jalikda bir necha omborda ma’lum guruh materiallar saqlanishi kerak. Shu
maqsadda materiallarni saqlash joylariga yorliq (M- 36-shakl) yopishtirib qo’yiladi.
Omborlar to’g’ri torozi o’lchov buyumlari va o’lchov idishlari bilan ta’minlangan bo’lishi
kerak.
Material qiymatliklarini qabul qilish va jo’natish, bu muomalalarni to’g’ri va o’z
vaqtida rasmiylashtirish, shuningdek material qiymatliklarini butligini ta’minlaydigan
124
lavozimli va mas’uliyatli ro’yxatini belgilash kerak. Bu shaxslar bilan moddiy javobgarligi
to’g’risida shartnoma tuziladi. Ombordan materiallarni olish va jo’natish hujjatlariga imzo
qo’yadigan, shuningdek material qiymatliklarni korxonadan olib chiqishga ruxsat beradigan
lavozimli shaxslar ro’yxatini korxonada barcha bilishi kerak.
Materiallarni omborda va buxgalteriyada hisobga olish tartibi materiallar hisobini
yuritish usuliga bog’liq. Materiallar hisobini yuritish usuli materiallar hisobini yuritish
tartibi va ketma-ketligini, hisob registrlarni turlari, ularning miqdori, ko’rsatkichlarini
o’zaro solishtirishni nazarda tutadi.
Materiallar hisobining progressiv va oqilona usuli bo’lib operativ - buxgalteriya
(saldo) usuli hisoblanadi. Shuningdek, moddiy-javobgar shaxslarning hisobotlari
yordamida son-summa usulidan ham foydalanish mumkin.
Operativ-saldo usulining asosiy prinsiplari qo’yidagilardan iborat:
-
ombordagi son hisobini operativligi va to’g’riligi moddiy javobgar shaxslar
tomonidan yuritiladigan ombor hisobining kartochkalariga asosan aniqlanadi;
-
buxgalteriya hodimlari tomonidan materiallar harakati va materiallarni
ombordagi hisobi bo’yicha muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish ustidan
uzluksiz nazorat bevosita omborda olib boriladi;
-
materiallarning natura shaklidagi haqiqiy qoldig’ini joriy ombor hisobi
ma’lumotlari bilan solishtirish huquqi buxgalterlarga beriladi;
-
nomenklatura raqamlari bo’yicha, materiallar harakati hisobini faqat pul
o’lovchida hisob bahosida va haqiqiy tannarxida hisobi yuritiladi;
-
ombor hisobi (son) ma’lumotlarini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan
uzluksiz tekshirib boriladi.
Materiallar hisobini operativ-saldo usulida yuritish ombordagi materiallar hisobini
faqat son-nav bo’yicha yuritishni nazarda tutadi. Bu hisob M-12 shakldagi materiallarni
ombor hisobi kartochkalari shaklida yuritiladi.
Kartochka buxgalteriyada materialning har bir nomenklatura raqami bo’yicha ochilib,
ombor mudiriga olganligi to’g’risida imzo qo’ydirib beriladi. Materiallarning omborga
tushishiga qarab omborchi kirim orderi yoki uni o’rnini bosadigan hujjat yozadi va uni
materiallarni ombor hisobi kartochkasida ro’yxatga oladi. Xarajat hujjatlari limit-zabor
kartalari, talabnomalar, nakladnoylarga asosan kartochkada materiallarni chiqimi ro’yxatga
olinadi.
Materiallarni sarfi to’g’risidagi limit-zabor kartalarining ma’lumotlari kartalarning
yopilishiga qarab, lekin hisobot oydan keyingi oyning 1-sanasidan kechiktirilmay
registrlarga yoziladi. Bunday hollarda oy davomida limit-zabor kartalari tegishli
125
materiallarni ombor hisobi kartochkasi bilan birga saqlanadi. Kartochkadagi qoldiq har bir
yozuvdan so’ng chiqariladi. Materiallarning kirim va chiqim hujjatlariga ularning hisob
baholarini va ombor kartochkasidagi yozuv raqamini yozib qo’yish omborchining
vazifasiga kiradi. Hujjatlar soni, ularning raqamlari va materiallar guruhini ko’rsatib grafik
bilan belgilangan muddatda omborchi materiallarning kirimi va chiqimi to’g’risidagi
hujjatlarni topshirish reestrini (M-13-shakl) tuzadi.
Material bo’limining buxgalteri moddiy-javobgar shaxsdan reestr bilan birga
hujjatlarni bevosita omborda, materiallarni ombor hisobi kartochkasida aks ettirilishini
sinchiklab tekshirib, qabul qiladi va M-12 - shaklning 19 - grafasiga imzo qo’yadi. Shundan
so’ng kartochka buxgalteriya registri kuchiga ega bo’ladi.
Buxgalteriya xodimi ombordagi materiallarning, ayniqsa noyob va qimmatli
materiallarning haqiqiy qoldiqlarini nazorat - tanlov tekshiruvidan o’tkazib turishi kerak.
Bunda moddiy-javobgar shaxslarning ishlarida aniqlangan qoida buzilishlar maxsus
jurnalda aks ettiriladi va korxonaning bosh buxgalteri axborotiga yetkaziladi.
Moddiy-javobgar shaxs har oyning 1-sanasiga kartochkalardagi son qoldiqlarini
hisobga olish qaydnomasiga o’tkazib qo’yadi. Bu qaydnoma har bir ombor bo’yicha
buxgalteriya tomonidan bir yilga ochiladi. U buxgalteriyada saqlanib, oy tugashiga bir kun
qolganda omborchiga beriladi, hisobot oydan keyingi oyning 1-2 sanasiga u buxgalteriyaga
qaytarib topshiradi. Nomenklatura raqamlari bo’yicha haqiqiy qoldiqlarini belgilangan
zaxira normalariga to’g’ri kelishini nazorat qilish va sodir bo’lgan farqlar to’g’risida
marketing bo’limiga axborat berib turish moddiy-javobgar shaxsning zimmasiga
yuklangan.
Buxgalteriya hisobi va hisobotining ishonchliligini ta’minlash maqsadida korxona o’z
mulki va moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiya qiladi. 4 va 19-sonli BHMSlariga
muvofiq tovar-material qiymatliklarning inventarizatsiyasi quyidagi hollarda o’tkazilishi
mumkin:
-
hisobot yilining 1 oktabridan keyin inventarizatsiya o’tkazilmagan bo’lsa, yillik
buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin;
-
moddiy-javobgar shaxslar almashilganda va tabiiy ofatlar ro’y berganda;
-
buxgalteriya va ombor hisobi orasida farq vujudga kelganda;
-
o’g’irlik yoki xiyonatkorlik aniqlanganda, shuningdek, qiymatliklar nobud
bo’lganda - shu faktlarning aniqlanishi bo’yicha darhol;
-
tovar-material qiymatliklar qaytadan baholanganda;
-
korxona tugatilganda yoki qaytadan tashkil etilganda.
Pul mablag’lari, pul hujjatlari, qat’iy hisobot blankalari bir oyda bir marta
inventarizatsiya qilinadi, yonilg’i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har
chorakda qimmatbaho metallar -tarmoq yo’riqnomalariga binoan.
126
Inventarizatsiya jarayonida quyidagilar tekshiriladi: tovar-material qiymatliklarning
butligi; ularning to’g’ri saqlanishi, jo’natilishi, tarozi va o’lchov instrumentlarini holati;
material qiymatliklar harakati va qoldig’ini hisobga olish tartibi.
Tekshirish hajmi bo’yicha yoppasiga va tanlab, oralatib tekshirish, vaqti bo’yicha esa -
rejali va to’satdan tekshirishga bo’linadi. Inventarizatsiyani korxona rahbari tashkil qiladi
va boshqaradi. Inventarizatsiya o’tkazish ishini korxona rahbarining buyrug’i bilan
tayinlanadigan komissiya bajaradi.
Inventarizatsiya o’tkazish vaqtiga buxgalteriya tomonidan omborlar bo’yicha
buxgalteriya hisobidagi qoldiqni ko’rsatib tovar-material qiymatliklar inventarizatsiya
ro’yxati (inv. 3- shakli) tuziladi. Bu davrda ombor muomalalari amalga oshirilmaydi.
Ombor mudiri mazkur ro’yxatda barcha hujjatlarni materiallarni ombor hisobi
kartochkasiga yozilganligi va korxona buxgalteriyasiga topshirganligi to’g’risida tilxat
beradi.
Inventarizatsiya natijasini aniqlash uchun materiallar qoldig’i daftaridan foydalanish
mumkin. Bu daftarda inventarizatsiya ro’yxatiga binoan materiallarni haqiqiy qoldiqlarini
yozish uchun maxsus kataklar ajratilgan.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan farqlar barcha hollarda ham taqqoslash
qaydnomalari bilan rasmiylashtiriladi va haqiqiy tannarx bo’yicha baholanadi. Ortiqcha
chiqqan qiymatliklar operatsion daromad va tushumlarni ko’paytirish yo’li bilan kirimga
olinadi: Dt 1010 «Materiallar schyotining tegishli schyotlari, Kt 9390 «Boshqa operatsion
daromadlar» schyoti.
Inventarizatsiya o’tkazish natijasida aniqlangan moddiy boyliklarning har qanday
kamomadi (asosiy vositalardan tashqari) 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning
buzilishidan yo’qotishlar» scheti orqali rasmiylashtiriladi. Deylik, korxonada balans
qiymati 1800000 so’mlik xom ashyo va materiallar etishmasligi aniqlandi. Ushbu
kamomad summasi quyidagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi: D-t 5910 «Kamomadlar va
qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar» - 1800000 so’m, K-t 1010 Xom ashyo va
materiallar scheti - 1800000 so’m.
Ushbu kamomadning tabiiy kamayish me’yori 15 foiz bo’lib, 270000 so’mni tashkil
etgan bo’lsa, material resurslarining tabiiy kamayish normasi doirasidagi kamomadi va
nobudgarchiligi material xarajatlari tarkibiga kiritilib mahsulot tannarxiga quyidagi
yozuvlar bilan o’tkaziladi: D-t 2010, 2310, 2510 va boshqa schetlar - 270000 so’m, K-t
5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar» - 270000 so’m.
Tabiiy kamayish me’yoridan ortiq kamomad, navlar orasidagi kam, ko’p chiqishlarni
aks ettirgandan so’ng, bozor bahosida kamomadga o’tkaziladi.
Bizning misolimizda tabiiy kamayish me’yoridan ortiq kamomad 1530000 so’mni
(1800000 - 270000) tashkil etadi. Faraz qilaylik ushbu kamomadni bozor bahosida, ya’ni
2250000 so’m qilib undirib olishga qaror qilindi.
127
Bozor bahosida undirib olinadigan kamomad summasi tegishli aybdor shaxs
zimmasiga o’tkazilganda quyidagicha rasmiylashtiriladi:
D-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi» -2250000 so’m,
K-t 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar» - 2250000
so’m.
Kamomadning balans qiymati bilan aybdor shaxslardan undirib olinadigan qiymati
orasidagi farqi Moliya Vazirligining 56-sonli va Davlat soliq qo’mitasining 2001-38-sonli
2001 yil 20 iyundagi qaroriga binoan foydaga o’tkaziladi. Bizning misolimizda bu foyda
450000 so’mni (2250000-1800000) tashkil etib quyidagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar» - 450000 so’m,
K-t 9320 «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»
- 450000 so’m.
Korxonalarda material qiymatliklarning kamomadi va nobudgarchiligi bo’yicha aniq
aybdor aniqlanmasa, ular 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schetiga o’tkaziladi va
quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» 1800000 so’m, Kt
5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning shikastlanishidan talofatlar» - 1800000 so’m.
Shunday qilib, xo’jalik yurituvchi subyektlar materiallardan optimal foydalanish va
ularning ishlatilishini belgilangan me’yorlarga muvofiq sarflashda bevosita buxgalteriya
hisobining naqadar to’g’ri tashkil etilishi hamda uning nazorat qilish funksiyasining amal
qilinayotganligiga ham bog’liqdir.
Qisqa xulosa
Korxonalarda materiallardan tejab-tergab foydalanish bevosita buxgalteriya hisobini
tashkil etishga bog’liq bo’lib, uning asosiy maqsadi material harakatini dastlabki hujjatlarda
to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularning ichki nazoratini ta’minlash, shuningdek, xarajat
sifatida sarflashda samarali bo’lgan baholash usullarini qo’llash natijasida mahsulot
tannarxini obyektiv tarzda shakllantirish hisoblanadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Materiallar qanday baholarda baholanadi?
2.
FIFO va AVEKO usullarining mazmunini aytib bering?
3.
Materiallar hisobini oldiga qo’yilgan vazifalar nimalardan iborat?
4.
Materiallar kirimi qanday hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi?
128
5.
Materiallarni xo’jalik ichidagi xhrakati qanday rasmiylashtiriladi?
6.
Materiallarni sarflanishi qanday hujjatlashtiriladi?
7.
Materiallarni operativ-saldo usulining asosiy prinsiplari nimadan iborat?
8.
Omborlarda materiallar qanday registrlarda yuritiladi?
9.
Materiallarni hisobga olish uchun qanday schyotlar belgilangan?
10.
Materiallar hisobi qaysi jurnal-order va qaydnomalarda yuritiladi?
Tavsiya etilgan adabiyotlar
1.
Хошимов Б. Бухгалтерия хисоби назарияси. Дарслик.-Т.: 2004.- 279 бет.
2.
Каримов А ва бошкалар. Бухгалтерия хисоби. Дарслик. «Шарк» НМАКБТ. Т.
2004, 591бет.
3.
Байда Т.П. Теория бухгалтерского учёта задачи и ситуации. Учебное пособие -
М.: Финансы и статистика, 2004
4.
Гусева Г.Н.,Шеина Г.Н. Основы бух. Учёта: теория, практика,тесты. Учебное
пособие - М.: Финансы и статистика, 2004
Интернет сайтлари
http:// www. accounting. rut gars. edu
http:// www. buhgalteria. com. ua http://
www. 1c. ru
|