-mavzu. Materiallar, mehnat va ustama xarajatlarni hisobga olish




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/56
Sana19.06.2024
Hajmi1,93 Mb.
#264358
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56
Bog'liq
Maruzalar.O

 
3-mavzu. Materiallar, mehnat va ustama xarajatlarni hisobga olish 


112 
Sanoat korxonalarida, bundan tashqari, materiallar texnik xususiyatlariga qarab qora 
metallar, prokat, trubalar, rangli metallar, ximikatlar va xakozalarga bo’linadi. 
Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish, xarajat 
normalarini kamaytirish, materiallarni oqilona saqlash va ularni butligini ta’minlash yo’li 
bilan mahsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak. 
Bu sohada buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
-
material qiymatliklarni joylarida saqlash va ulardan barcha bosqichlarda 
foydalanish ustidan nazorat qilish; 
-
materiallar harakati bo’yicha barcha muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida 
hujjatlashtirish; ularni tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni aniqlash va aks ettirish; 
saqlash joylari va balans moddalari bo’yicha sarflangan materiallar va ularning qoldiqlarini 
haqiqiy tannarxini hisoblash; 
№ Materiallar 
turkumi 
Materiallar turkumlash tasnifi 
1 Xom ashyo 
Mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat 
predmetlari (metall ishlab chiqarishda ruda, tekstil 
sanoatida momiq paxta tolasi va x. k.) 
2 Asosiy 
materiallar 
Xom ashyoga ta’sir etish uchun foydalaniladigan va 
mahsulot iste’moli xususiyatini berishda ishlatiladigan 
buyumlardir 
(mashinasozlikda 
qora 
metallar, 
yog’ochsozlik sanoatida yog’och) 
3 Sotib olingan 
yarim 
tayyor 
mahsulotlar 
Ma’lum darada ishlab chiqarish jararayonidan o’tgan, 
biroq pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan 
mahsulotlar (stanoksozlikda motorlar, avtomobilsozlikda 
shinalar) 
4 Yordamchi 
materiallar 
Yaratilgan mahsulotni yaratishda mehnat vositalari va 
ularning tashqi ko’rinishi yaxshilash uchun sarflanadi 
(moylash materiallari bo’yoq, lak, artish materiallari va x. 
k.) 
5 Chiqindilar 
Mahsulot ishlab chiqarishda hosil bo’lgan qo’shimcha 
materiallar (qirindilar, qipiqlar, truba kesiklari va x. k.) 
6 Idishlar Idish 
va 
idish 
materiallar 
Mahsulotlarni o’rash, joylashtirish, tashish va 
saqlashda ishlatiladigan buyumlar (yog’och, karton va 
metall idishlari) 
7 Ehtiyot 
qismlar 
Asosiy 
vositalarning 
quvvatini 
oshirishda 
foydalaniladigan buyumlar (ta’mirlash uchun mashina va 
asbob-uskunalarning ayrim detallari) 
8 Inventar va 
xo’jalik jihozlari 
Korxona faoliyatida ishlatiladigan xo’jalik buyumlari 
(otvertkalar, iskana, xo’jalik inventarlari, maxsus 
qiyimlar va x. k.). 
9 Boshqa 
materiallar 
Yuqoridagi 
guruhlarga 
kirmaydigan 
boshqa 
materiallar (tuzatilmaydigan braklar, metallom) 
4.1-chizma. Materiallarninq tasniflanish tartibi 


113 
-
belgilangan zaxira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, ortiqcha 
foydalanilmaydigan materiallarni aniqlash, ularni sotish; 
-
material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni o’z vaqtida olib borish, yo’ldagi 
va fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish. 
Buxgalteriya hisobi oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun qo’yidagilar 
zarur: narx - nomenklaturaga ega bo’lishi; aniq hujjatlashtirish va hujjat aylanish tizimini 
belgilab olish; belgilangan tartibda materiallar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish va tanlab 
nazorat qilishni uyushtirish, ularning natijalarini buxgalteriya hisobida o’z vaqtida aks 
ettirish; hisobni avtomatlashtirishning hozirgi zamon vositalarini keng qo’llash. 
Mehnat buyumlari ishlab chiqarish zaxiralari sifatida mehnat vositalari va ishchi kuchi 
bilan birga korxonaning ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi. Mehnat buyumlari, mehnat 
vositalari va ishchi kuchidan farqli o’laroq ishlab chiqarish jarayonida bir marta 
foydalanilib, ularning qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga to’liq o’tkaziladi. 

Download 1,93 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. Materiallar, mehnat va ustama xarajatlarni hisobga olish

Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish