Tannarxni kalkulatsiya qilishning jarayonli usuli




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/56
Sana19.06.2024
Hajmi1,93 Mb.
#264358
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
Bog'liq
Maruzalar.O

Tannarxni kalkulatsiya qilishning jarayonli usuli 
Xarajatlarni hisobga olish va tannarxni hisoblashning 
jarayonli usulini
doimiy ravishda ko‘p miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki uzluksiz 
ishlab chiqarish jarayoniga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
qo‘llashlari mumkin. Bu holatda buyurtmali usulda bo‘lgani kabi butun 
buyurtma davri uchun emas, balki ma’lum muddat davomida (kvartalda, yarim 
yilda va sh.k.) ishlab chiqarilgan mahsulot bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga 
olishni yuritish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
birligining tannarxi ma’lum bir vaqt mobaynida aniq bo‘linma tomonidan 
qilingan ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasini aynan shu vaqt 
mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot soniga bo‘lish orqali topiladi. 
Bu usulda ishlab chiqarish xarajatlari buyurtmani bajarish uchun ketgan 
vaqtda emas, balki alohida bo‘linmalar miqyosida hisobot davri oralig‘iga 
hisoblanadi. Buning uchun har bir bo‘linma uchun alohida “tugallanmagan 
ishlab chiqarish” schyoti ochiladi. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini jarayonli usul orqali 
hisobga olishda, doimiy ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan tugallanmagan 
ishlab chiqarish hisobot muddatining boshi va oxiri uchun shartli tugallangan 
mahsulot ko‘rinishini oladi. 
Shartli mahsulot birligi yoki shartli ishlab chiqarish hajmi tushunchasi 
ma’lum muddat davomida tayyorlangan mahsulot sonini o‘lchash uchun 
ishlatiladi. U to‘liq tugallanmagan mahsulotlarni shartli tayyor mahsulot sifatida 
hisobga olishga imkon beradi. Bu ko‘rsatkich quyidagiga teng bo‘ladi, ya’ni: 
Hisobot davri davomida ishlab chiqarila boshlangan hamda to‘liq 
tugallangan ko‘rinish olgan mahsulotlarning umumiy soni. 
Ana shu hisobot davri boshi va oxiriga mavjud bo‘lgan tugallanmagan ishlab 
chiqarish uchun qilingan xarajatlarni ifoda etadi. 
Mahsulot tannarxini hisoblashning jarayonli usulida to‘g‘ri moddiy 
xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarish xarajatiga ishlab chiqarish jarayoni 
boshlanishi bilanoq kiritilishini nazarda tutadi. Qayta ishlash xarajatlari yoki 
qo‘shilgan xarajatlar nomini olgan to‘g‘ri mehnat xarajatlari va umumishlab 
chiqarish xarajatlari esa ishlab chiqarish sikli davomida teng miqdorda 
taqsimlanadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritilib boriladi. 
Shuning uchun materiallar bo‘yicha shartli mahsulot birligi soni qo‘shilgan 
xarajatlar bo‘yicha shartli mahsulot birligidan farq qiladi. 


99 
Mahsulot tannarxini jarayonli usul bo‘yicha hisoblashda o‘rtacha xarajatlar 
usul yoki 

Download 1,93 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tannarxni kalkulatsiya qilishning jarayonli usuli

Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish