90
Umumishlab chiqarish xarajatlarining yillik byudjeti, ya’ni rejasini tuzish.
Kutilayotgan umumishlab chiqarish xarajatlari hajmini hisoblash xarajatlar
dinamikasi va rejadagi ishlab chiqarish hajmi asosida amalga oshiriladi. Bu
jarayonni kelgusi hisobot davriga har bir ishlab chiqarish bo‘linmasi
uchun
alohida bajarish lozim. Aynan mana shu bosqichda amalga oshirilgan hisob-
kitoblar kelgusida samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun asos bo‘ladi.
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bazasini tanlash.
Buning
uchun ishlab chiqarish faoliyatini o‘lchovchi ma’lum ko‘rsatkichdan
foydalanilib, umumishlab chiqarish xarajatlari va tayyor mahsulot hajmi
o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanadi.
Masalan
, bajarilgan
ishlarning odam-soat
ko‘rsatkichidagi soni, ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi
summasi, mashina-soatlar soni. Tanlangan
baza umumishlab chiqarish
xarajatlarini mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan chambarchas bog‘lashi lozim.
Yuqorida qayd qilingan uchta ko‘rsatkichdan u yoki bu holatda samarali
foydalanish, ya’ni ularni to‘g‘ri qo‘llash juda muhimdir.
Kelgusi davr uchun kutilayotgan umumishlab chiqarish
xarajatlari hajmini
taqsimlashning tanlangan bazasi ko‘rsatkichida (soatlar, pul birligida)
ifodalangan kutilayotgan ishlab chiqarish hajmiga bo‘lish. Bu jarayonning
natijasida umumishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffitsiyenti olinadi.
Shundan so‘ng, umumishlab chiqarish xarajatlari bu koeffitsiyentni
qo‘llagan holda, ya’ni normativ koeffitsiyentni
taqsimlash bazasi
ko‘rsatkichining amaldagi holatiga ko‘paytirish orqali, har bir mahsulot turiga
olib boriladi. Bu summa moddiy xarajatlarga va
ishlab chiqarish ishchilari
uchun hisoblangan ish haqi xarajatlariga qo‘shiladi. Natijada shu tariqa
hisoblanishlar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi kelib chiqadi.
Ana shu ishlab chiqarilayotgan mahsulot
tannarxini hisoblashda
xarajatlarning faqatgina ikkita elementini to‘g‘ridan to‘g‘ri (to‘g‘ri moddiy va
to‘g‘ri mehnat xarajatlari) ishlab chiqarish tannarxiga olib borish mumkin, ya’ni
ortiqcha hisob-kitoblarni amalga oshirib yurmasdan.
Umumishlab
chiqarish xarajatlari esa