Shartli-o‘zgaruvchan, shartli doimiy va yarim o‘zgaruvchan xarajatlar Bozor munosabatlari tobora erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda faoliyat
yuritayotgan har qanday kichik va o‘rta biznes xo‘jalik yurituvchi subyekti
faoliyatining samarasi, ertangi istiqboli boshqaruv hisobining muhim va asosiy
tamoyili
«xarajat - ishlab chiqarish hajmi - foyda» ko‘rsatkichlarining o‘zaro
bog‘liqligida ifodalanadi. Ana shu ko‘rsatkichlar orasida xarajatlar boshqaruv
hisobini tashkil qilishda alohida e’tiborni jalb qiladi. Uning mohiyati shundan
iboratki xarajatlar juda ko‘p elementlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning aksariyati
boshqaruv qarorlari ta’sirida albatta o‘zgaradi, boshqaruv qarorlari qanchalik
samarali bo‘lsa uning miqdori kamayishi va aksincha hollarda ko‘payib ketishi
mumkin. Bu esa o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining natijasi
bo‘lgan foyda miqdorida bevosita o‘z aksini topadi.
Demak, yuqori miqdordagi foyda olishning eng asosiy omili bu xarajatlarni kamaytirish bo‘lsa, xarajatlarni boshqarish esa e’tibordagi muhim masala bo‘lishi lozim. Aynan mana shu masala borasida nafaqat amaliyotchilar, balki iqtisodchi
olimlar tomonidan ham to‘liq e’tirof etiladigan xarajatlarni boshqarishga
yondashish mavjud. Bu xarajatlarning boshqaruv hisobini tashkil qilish nuqtayi
nazaridan tasnif qilinishidir.
Ana shu umume’tirof etilgan klassifikatsiya mohiyatini quyidagicha guruhlash mumkin: 1.Shartli o‘zgaruvchan xarajatlar. 2.Shartli - doimiy xarajatlar. 3.Yarim o‘zgaruvchan xarajatlar.
25
Boshqaruv qarorlari eng optimal va qanchalik samarali bo‘lmasin, shartli-
doimiy xarajatlar uning ta’siriga tushmaydi, ular nisbatan doimiy hisoblanadi, lekin
ishlab chiqarish hajmi oshib boravergan sari, bir dona mahsulotga to‘g‘ri keladigan
miqdori kamayib boraveradi.