|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakultetiBog'liq Maruzalar.O“to‘liq xarajatlar
” usuli xo‘jalik yurituvchi
subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining to‘liq tannarxi qanchani
tashkil qilganini ko‘rsatadi. Bu shu xo‘jalik yurituvchi subyektda moliyaviy
hisobni yuritish, soliq munosabatlarini tashkil qilish va hisob-kitoblarini olib
borish, shuningdek moliyaviy hisobotlarni tuzish imkoniyatini yaratadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish
uchun, albatta, ana shu xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan
mahsulot birligining tannarxini
“o‘zgaruvchan xarajatlar” usuli
orqali
hisoblash ham joriy qilinishi lozim bo‘ladi.
Shu bilan birgalikda, bozor va undagi iste’molchilarning manfaatlari nuqtayi
nazaridan kelib chiqib standart miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqarilayotgan
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining
tannarxini hisoblashda ana shu ikki usuldan tashqari
“normativ xarajatlar”
usulidan ham foydalaniladi.
Bu usulning afzalligi shundaki, xarid miqdori yoki realizatsiya hajmi aniq
bo‘lgan vaqtda oldindan qilinadigan barcha xarajatlar miqdorini, belgilangan
xarajatlar normasidan foydalangan holda, imkon qadar aniq belgilash mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobi tizimini tashkil qilish va
yuritish maqsadida xarajatlarni ikkita asosiy obyekti guruhiga qarab taqsimlashi
lozim:
tarkibiy tuzilmalar va mahsulot bo‘yicha.
Ushbu jarayon
ikki bosqichda amalga oshadi
:
-
xarajatlar markazi bo‘yicha xarajatlarni yig‘ish
-yig‘ilgan xarajatlarni tsexda qayta ishlanadigan aniq mahsulotga olib
borish
.
Ana shunday
mahsulot birligining tannarxini (MBT)
quyidagi formula orqali
hisoblash mumkin:
|
| |