Olingan materiallar bo’yicha hisob-kitoblar hisobi
Korxonaga materiallar bevosita mol yuboruvchilar yoki boshqa korxonalar o’rtasida
tuzilgan shartnomalar asosida qabul qilish -topshirish dalolatnomalari asosida kirim
qilinnadi. Shartnomalarda quyidagilar ko’rsatiladi: material qiymatliklarning nomi,
miqdori, narxi, jo’natish muddati, hisoblashish tartibi, jo’natish usuli, shartnoma shartlari
bajarilmaganda qo’llaniladigan jazo, qabul qilish tartibi va h. k. Mol yuboruvchi
korxonalar tomonidan jo’natilgan mahsulot uchun to’lov talabnoma - topshiriq va schyot-
faktura yozib xaridorga beradi yoki pochta orqali jo’natadi, xaridor pulini to’lash uchun
ularning bir nusxasini o’zining bankiga topshiradi. Korxonada shartnoma
majburiyatlarining bajarilishini marketing bo’limi
bajaradi, shuning uchun to’lov talabnoma - topshiriq va schyot-faktura birinchi
navbatda ularga yoki moliyaviy bo’limga kelib tushadi. Bu yerda ularni shartnomaga mos
kelishi tekshiriladi, kelib tushgan yuklarni hisobga olish jurnalida (M-1 shakl) ro’yxatga
1000 «Materiallar» ni hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi
Schyotning kreditiga Debet
Schyotning debetiga Kredit
2010, 2310, 2510, 2610, 3100 -
schyotlar - FIFO va AVEKO baholari
buyicha
asosiy
ishlab
chiqarish
mahsulotini tayyorlashga;
6010 -mol yuboruvchilardan tushgan
qiymatliklar - olingan qiymatliklarni
tashish va olib kelish qiymatiga;
2710
-
xizmat
ko’rsatuvchi
xo’jaliklar ehtiyoji uchun materiallar
sarflanganda
4200 -hisobdor shaxslar hisobidan
sotib olingan qiymatliklar summasiga,
hisobdor shaxslar tomonidan to’langan
yuklash
-
tushirish
xarajatlari
summasiga;
9220-materiallarni chetga jo’natish
va sotish bo’yicha; chetga sotilgan
mahsulotga tegishli transport-tayyorlov
xaraj atlariga.
6710 -yuklovchilarga hisoblangan
ish haqiga;
1510-«Materiallar
tayyorlash va
sotib olish» schyotida yo’ldagi material
qiymatliklar to’g’risidagi joriy axborot
aks ettiriladi.
6520 -yuklovchilarga hisoblangan
ish haqidan ijtimoiy sug’urtaga ajratma;
2310 -yordamchi ishlab chiqarish
sexlari tomonidan tayyorlangan va
omborga
topshirilgan
buyumlar
qiymatiga-
omborga
topshirilgan
chiqindilar
va
tejalgan
materiallar
qiymatiga;
9210
-asosiy
vositalarni
tugatilishidan
olingan
va omborga
topshirilgan chiqindilar qiymatiga;
2610
-batamom
yaroqsiz
mahsulotdan
olingan
va
omborga
topshirilgan chiqindilar qiymatiga;
2010 -asosiy ishlab chiqarishdan
olingan
va
omborga
topshirilgan
chiqindilar
va
tejalgan
materiallar
qiymatiga.
121
olinadi, shartnomalarning bajarilishini hisobga olish daftariga belgi qo’yadi va to’lashga
rozilik beradi.
Kelib tushgan yuklarni ro’yxatga olish jurnalida aks ettirilgandan so’ng hujjatlar ichki
ro’yxatga olish raqamiga ega bo’ladi va pulini to’lash uchun buxgalteriyaga beriladi,
kvitansiya bilan tovar-transport nakladnoy esa yukni qabul qilib olish va olib kelish uchun
ekspeditsiya bo’limiga topshiriladi.
Korxona buxgalteriyasida shu daqiqadan boshlab mol yuboruvchilar bilan hisob-
kitoblar vujudga keladi. Yuklarni omborga tushishiga qarab kirim orderi yoziladi va reestr
bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi. Buxgalteriyada taksirovka qilinib to’lov hujjatiga
qo’shib qo’yiladi. Bu hujjatni bankda to’lanishiga qarab mol yuboruvchining foydasiga pul
o’tkazilganligi to’g’risida buxgalteriya hisob-kitob schyotidan ko’chirma oladi.
Tovar-material qiymatliklar va xizmatlar bo’yicha mol yuboruvchilar bilan hisob-
kitoblar 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»
schyotida hisobga olinadi. Bu schyot passiv bo’lib, kredit qoldig’i to’lanmagan schyotlar va
fakturlanmagan yuklar bo’yicha korxonaning mol yuboruvchilar va pudratchilardan bo’lgan
qarzini ko’rsatadi; debet aylanmasi - hisobot oyida to’langan, hisobdan chiqarilgan va
rachyot qilingan summani ko’rsatadi; kredit aylanmasi - hisobot oyida akseptlangan to’lov
hujjatlari bo’yicha to’lashga qabul qilingan va fakturlanmagan yuklar summalarini
ko’rsatadi.
Mol yuboruvchilar bilan hisob-kitoblar hisobi 6 - jurnal-orderida yuritiladi 6 - jurnal-
order kombinatsiyalashgan registr bo’lib, unda analitik hisob har bir to’lov hujjati, kirim
orderi yoki qabul qilish akti bo’yicha yuritiladi. Bu jurnal-orderning birinchi satrida mol
yuboruvchilar bilan oy boshiga tugatilmagan quyidagi hisoblashishlar summasi ko’rsatiladi:
-
to’lash muddati kelmagan akseptlangan to’lov hujjatlari, yoki kirimga olingan
materiallar bo’yicha to’lov muddati o’tib ketgan to’lov hujjatlari (6010 - schyotning oy
boshiga kredit qoldig’i);
-
akseptlangan va to’langan to’lov hujjatlari - materiallar kelib tushmagan (izoh
sifatida «kelib tushmagan yuk», 6010 - schyotning debet saldosi);
-
akseptlanib to’lanmagan to’lov hujjatlari - materiallar kelib tushmagan (izoh sifatida
«kelib tushmagan yuk», saldosi yo’q);
-
fakturlanmagan yuklar bo’yicha (materiallar kelib tushdi, lekin ularni to’lash uchun
to’lov hujjatlari kelib tushmadi) - 6010 - schyotning krediti bo’yicha oy boshiga saldo.
Oy davomida korxona buxgalteriyasi marketing bo’limi tomonidan akseptlangan mol
yuboruvchilarning to’lov hujjatlarini qabul qiladi, omborlarning kirim orderlari, qabul
aktlarini qabul qiladi, korxonaning hisob-kitob schyoti va boshqa schyotlaridan
ko’chirmalar oladi. Bu buxgalteriya hisobi registrlarida xotima yozuvlarini berish, tomonlar
o’z majburiyatlarini bajarganligi tufayli yozuvlarni tugatish imkoniyatini beradi.
122
6 - jurnal-order chiziqli-pozitsiyali usulda yuritilganligi tufayli har bir hujjat bo’yicha
mol yuboruvchilar bilan hisoblashish holatiga baho berish mumkin. Izohlovchi
ma’lumotlardan tashqari, 6 - jurnal-orderda omborning kirim orderini raqami, qabul
qilingan materiallarning korxona hisob bahosidagi qiymati va hisoblash hujjatida QQS
summasini alohida ko’rsatib tuzilgan mol yuboruvchining to’lov hujjatlari qiymati yoziladi.
Kelib tushgan material qiymatliklarni hisob bahosidagi summasi ularning turidan qat’iy
nazar umumiy summada ko’rsatiladi, to’lov talabnomalari bo’yicha ko’rsatilgan summa esa
materiallar turlari bo’yicha ko’rsatiladi. Da’volar summasi aktlarga asosan yoziladi.
Bankning ko’chirmasi bo’yicha to’lov hujjatlarini to’langanligi belgilab qo’yiladi.
Korxonaga to’lov hujjatisiz kelib tushgan material qiymatliklar fakturlanmagan yuk
deyiladi. Bunday yuklar kelib tushsa, ular omborga qabul qilinadi va qabul qilish akti
tuzilib reestr bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi. Bu yerda materiallar hisob bahoda
baholanib omborga qabul qilingan materiallar qatorida 6 - jurnal-orderda aks ettiriladi va
shu summada materiallar guruhiga o’tkazilib akseptga qo’yiladi. Fakturlanmagan yuklar 6 -
jurnal-orderida oy oxirida, mazkur oy davomida to’lov hujjatlarini kelib tushish imkoniyati
yo’qqa chiqqandan so’ng («Schyot raqami» degan «B» grafa «N» qo’yib) aks ettiriladi.
Ular hisobot oyida to’lanmaydi, chunki to’lash uchun asos bo’lib hozircha yo’q bo’lgan
to’lov hujjatlari hisoblanadi. Keyingi oyda bu yukning hujjatlarini kelib tushishiga qarab
ular korxona tomonidan akseptlanadi, bank tomonidan to’lanadi va buxgalteriya tomonidan
6 - jurnal- orderning materiallar guruhi bo’yicha bo’sh qatorida va «aksept» grafasida
to’lov talabnomasi summasida aks ettiriladi, saldo (tugatilmagan hisoblashishlar) qatoridagi
hisob bahosida oldin shu guruh bo’yicha va «aksept» grafasida yozilgan summa storno
qilinadi. Shunday qilib mol yuboruvchilar bilan fakturlanmagan yuk bo’yicha
hisoblashishlar tugaydi.
To’lov hujjatlari korxona tomonidan akseptlangan, lekin materiallar hali omborga
kelib tushmagan mol yetkazib berishlar yo’ldagi materiallar deyiladi. Bank tomonidan
to’langan yoki to’lanmaganidan qat’i nazar akseptlangan to’lov hujjatlari hisobga olinadi.
6 - jurnal-orderning «kelib tushgan yuk» va «aksept» grafalarida to’lov hujjatlari oy
davomida aks ettirib boriladi. Oy oxirida korxona bu qiymatliklarni balansga qabul qilishi
shart, ya’ni tegishli material guruhiga yozib qo’yadi (shartli qabul qiladi), lekin keyingi
oyning boshiga ushbu mol yetkazib berish bo’yicha hisoblashish tugamaydi. Qiymatliklar
kelib tushganda buxgalteriya ombordan kirim orderini oladi ularni omborga qabul qiladi va
oy boshiga tugallanmagan hisoblashishlar qatoriga yozib quyadi. Oy oxirida 6 - jurnal-
orderni yopaturib materiallar guruhi bo’yicha ushbu mol yetkazib berish ikki marta qabul
qilingandek storno qilinadi.
Material qiymatliklari bo’yicha mol yuboruvchilar bilan hisob-kitob qilinganda mol
yuboruvchining hujjatiga qaraganda haqiqiy qabul qilingan materiallarning miqdori kam
yoki ortiqcha chiqishi mumkin. Bu dalolatnoma (M-7 shakl) bilan rasmiylashtiriladi.
Ortiqcha chiqqani dalolatnoma bilan korxonaning hisob bahosida yoki shartnoma (jo’natish
bahosi) bahosida kirimga olinadi va 6 - jurnal-orderning alohida qatorida fakturlanmagan
mol yetkazib berish sifatida hisobga olinadi.
123
Korxonaning ta’minot bo’limi ortiqcha chiqqanligi to’g’risida mol yuboruvchiga xabar
berib to’lov talabnoma yuborishini so’raydi. Kamomad aniqlangan taqdirda, buxgalteriya
uning haqiqiy tannarxini hisoblab chiqadi va mol yuboruvchiga da’vo rasmiylashtiradi.
Bunda temir yo’l tarifi summasi yukning og’irligiga mutanosib taqsimlanadi, ustama va
chegirma summasi yukning qiymatiga mutanosib taqsimlanadi.
Kamomad summasiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi berilib, 6-jurnal-order va 7-
qaydnomada aks ettiriladi: D-t 4860 - «Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar», K-t 6010 -
«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti.
6 - jurnal-orderda faqat tovar-material qiymatliklarni sotib olish va tayyorlash bilan
bog’liq bo’lgan mol yuboruvchilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Mol
yuboruvchilar va pudratchilarning xizmatlari bo’yicha hisob-kitoblar hisobi 6 - jurnal-
orderda alohida yuritiladi. Oy oxirida 6010 -schyotning umumiy aylanma summasini topish
va Bosh daftarga o’tkazib qo’yish uchun 6-jurnal- orderning ma’lumotlari jamlanadi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi tarkibiga transport-tayyorlov xarajatlari ham kiradi.
Bularga materiallarni shartnoma qiymatlaridan tashqari ularni sotib olish bilan bog’liq
bo’lgan barcha xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar materiallarni turlari bo’yicha tegishli
schyotlarda mavjud material guruhlarining umumiy hajmi bo’yicha transport- tayyorlov
xarajatlari summasi va foizini hisoblab chiqaradi. Bu narsa hisobot oyida sarflangan
materiallarga to’g’ri keladigan transport-tayyorlov xarajatlarini aniqlab hisobdan chiqarish
uchun zarur. Hisoblab chiqish uchun ma’lumotlar 10- qaydnomaning 2 va 3 - bo’limlaridan
olinadi.
Sarflangan materiallar shartnoma bahosida qaysi schyotlarga o’tkazilgan bo’lsa,
transport-tayyorlov xarajatlari summasi ham shu schyotlarga yoziladi. Haqiqiy tannarxni
rejadan farq ulushini hisoblab topish va hisobga olish ham shu tartibda bajariladi. Farqi shu
yerdaki, farqi bo’lishi mumkin. Ortiqcha xarajat, transport- tayyorlov xarajatiga o’xshab,
reja tannarxini ko’paytiradi, tejalgan summa esa - uni kamaytiradi. Tejalgani minus bilan
yoki qizil storno qilib yoziladi.
|