142
-
ishlab chiqarish va buyumlarning realizatsiyasi bo’yicha kutiladigan
xarajatlar haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash;
-
mahsulot birligining oldindan hisoblab chiqilgan tannarxi asosida
narxni o’rnatish;
-
me’yorlardan chetga chiqishlar va ularning vujudga kelish
sabablarini ko’rsatib daromad va sarflar haqidagi hisobotni tuzish.
Kutiladigan xarajatlar firma ichida hisoblab chiqilgan standartlar asosida aniqlanadi.
Bu standartlar tizim funksiyalanishining asosi bo’ladi va uning mazmunini ochadi.
Standartlarning butun yig’imi quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1.
Hisobga olinadigan baholarning darajasiga muvofiq.
Ideal: materiallar, xizmatlarga bo’lgan tariflar, mehnatga haq to’lashga bo’lgan
stavkalarni va ustama sarflarning smeta stavkalariga bo’lgan eng ma’qul narxlarni
ko’zlaydi.
Me’yoriy: iqtisodiy sikl mobaynida o’rtacha narxlar bo’yicha hisoblab chiqiladi.
Joriy: ma’lum hisob davrida kutilayotgan va bu davrda harakatda bo’lgan narxlar
asosida hisoblashni ko’zlaydi.
Bazis:
yil boshida o’rnatiladi va yil davomida o’zgarmay qoladi. Odatda ulardan
narxlar indeksini hisoblash uchun qo’llaniladi.
2.
Quvvatdan foydalanish darajasiga nisbatan.
Nazariy: ulardan yaxshi yoki ideal foydalanishda subyekt tomonidan erishiladi. Ular
subyektning maqsadi hisoblanadi, quvvatdan to’liq foydalanish, dam olish vaqtining
me’yorlangan qiymatiga asoslangan, yaroqsiz, turib qolishlar, buzilishlarga vaqt sarflashni
ko’zda tutmaydi.
O’tgan o’rtacha bajarish: statistik ma’lumotlar bo’yicha hisoblanadi va yaroqsiz, turib
qolishlar va buzilishlarga sarflangan vaqtni hisoblaydi, ya’ni oldingi davrning hamma
kamchiliklarini nazarda tutadi.
Me’yoriy bajarish: kelajak davrda me’yorlarning kutilayotgan o’rtacha darajasini
ko’zda tutadi.
3.
Mahsulot chiqarish hajmiga nisbatan. Mahsulotning ishlab chiqarish hajmi
standartlarni ishlab chiqarishga yondashishga birinchi darajada ta’sir ko’rsatadi.