§. Moslashuvchan va statik byudjet, ularni tuzish asoslari




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/56
Sana19.06.2024
Hajmi1,93 Mb.
#264358
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56
Bog'liq
Maruzalar.O


§. Moslashuvchan va statik byudjet, ularni tuzish asoslari 
Yuqorida qayd qilinganidek byudjetlar oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalariga 
muvofiq bir necha turlarga bo‘ladi. Shular orasida amaliyotda, xususan boshqaruv 
hisobini tashkil qilishda moslashuvchan va statik turlaridan ham foydalaniladi. 
Statik byudjet ortiqcha hisob-kitoblarsiz xo‘jalik yurituvchi subyektning 
faolligini 
baholash 
imkonini 
beradi. 
Unda 
faoliyat 
turidan 
olinishi 
mo‘ljallanayotgan daromadlar va shu daromadga erishish bo‘yicha kutilayotgan 
xarajatlar rejalashtiriladi hamda rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarning haqiqiy 
bajarilishi bilan taqqoslanishi ko‘rsatiladi. 


169 
Byudjetning bu turi xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy natijalarining ma’lum 
bir hisobot davri nihoyasi bo‘yicha bajarilishini ifodalaydi hamda pul va foiz 
nisbatlaridagi ko‘rsatkichlarning mutlaq raqamlarini taqqoslashga imkon beradi. 
Statik byudjet ko‘rsatkichlarini moslashuvchan byudjet ko‘rsatkichlari bilan 
taqqoslashda sotishning haqiqiy hajmi e’tiborga olinmaydi, ya’ni natijalarning 
faqatgina qiyosiy tahlili keltiriladi (jadval). 
Jadval ma’lumotlarini dastlabki tahlil qilishning o‘zida ko‘rinib turibdiki
xo‘jalik yurituvchi subyektning statik byudjetida rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar 
ichida sotishdan tushgan tushum miqdori oshgan, foyda miqdori ham rejaga 
nisbatan ko‘paygan. Lekin, shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish xarajatlari miqdori 
ham, shuningdek davr xarajatlari xajmi ham rejaga nisbatan oshgan. Jadval 
ma’lumotlari esa o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki - statik byudjet xo‘jalik yurituvchi 
subyekt faoliyati to‘g‘risida dastlabki, ya’ni umumiy tasavvurlarga ega bo‘lish 
imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga barcha ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlarga 
qaysi omillar ta’sir qilgan, qanaqangi foydalanilmay qolgan imkoniyatlar mavjud 
yoki qaysi resurslarni qo‘ldan boy berdik, degan o‘rinli savollarga javob olish 
uchun tahliliy ishlarimizni chuqurlashtirishimiz kerak bo‘ladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektining statik byudjeti
(pul birligida) 
T
.r 
Ko‘rsatkichlar 
Re
ja 
Haqi
qiy 
Chetlanishlar (+, 
-) 

Sotishdan 
olingan 
tushum 
55
000 
6100

+ 6000 

Ishlab 
chiqarish 
xarajatlari, shundan: 
materiallar xarajati 
21
000 
2200

+ 1000 
mehnat xaqi xarajatlari 
17
000 
1900

+2000 
boshqa xarajatlar 
20
00 
2000 

Jami 
40
000 
4300

+3000 

Marjinal daromad (1 - 
2) 
15
000 
1800

+3000 

Davr xarajatlari: 
- sotish xarajatlari 
40
00 
5000 
+1000 
- ma’muriy xarajatlar 
60
00 
6000 

Jami 
10
000 
1100

+1000 

Operatsion foyda (3-4) 
50
00 
7000 
+2000 


170 
Bu vazifani echishga moslashuvchan byudjet yordam beradi. 
Statik byudjetda ko‘rsatkichlarni rejalashtirish amalga oshirilsa, moslashuvchan 
byudjetni tuzishda natijalarning omilli taxdil usulidan foydalaniladi. 
Moslashuvchan byudjetda ishlab chiqarishning rejalashtirilgan hajmi tuzatish 
yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi. Unda sotish hajmini hisoblashning bir qancha 
muqobil variantlaridan foydalaniladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moslashuvchan byudjetida ishlab chiqarish 
xarajatlari uchun avval mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan 
me’yorlar belgilanadi, keyin ushbu me’yorlar asosida haqiqiy sotish hajmiga mos 
keladigan ishlab chiqarishni rejalashtiriladigan hajmi aniqlanadi (jadval). 
Xo‘jalik yurituvchi subyektining moslashuvchan byudjeti 
(pul birligida) 
T
.r 
Ko‘rsatkichlar 
Haqi
qiy 
bajari
l- 
gani 
Haqiqiy 
bajarilgang

moslashtiri
lgan 
byudjet 
Haqiqiy 
byudjetning 
mos- 
lashtirilganda
n chetlanishi 

Tushum 
2350
00 
245000 
+10000 

Ishlab 
chiqarish 
xarajatlari 
1450
00 
150000 
+5000 

Marjinal daromad 
9000

95000 
+5000 

Davr xarajatlari 
5000

51000 
+1000 

Operatsion foyda 
4000

44000 
+4000 
Xo‘jalik yurituvchi subyektda moslashuvchan byudjetlar tuzish xarajatlar va 
daromadlarni samarali boshqarishga, chetlanishlar bo‘yicha tezkor choralar qabul 
qilishga, ijobiy va salbiy chetlanishlarni rejalashtirilgan foyda summasiga mos 
ravishda tuzatib borishga imkon yaratadi. O‘zgarishlarga ta’sir qilgan har bir 
ko‘rsatkichning ta’sir darajasini hisoblashga zamin yaratadi. 
Download 1,93 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Moslashuvchan va statik byudjet, ularni tuzish asoslari

Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish