O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/56
Sana19.06.2024
Hajmi1,93 Mb.
#264358
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
Bog'liq
Maruzalar.O


§. Pul mablag‘lari byudjeti 
Pul mablag‘lari harakati xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mablag‘lari 
aylanmasining samarasini belgilovchi, unga ta’sir o‘tkazuvchi muhim ko‘rsatkich 
hisoblanadi. Bosh byudjetni ishlab chiqish jarayonida avval barcha davriy 
byudjetlar, xususan, kapital xarajatlar byudjeti, kutilayotgan foyda va zarar 


175 
to‘g‘risidagi byudjetlar va shu kabilar tuzilganidan so‘ng pul mablag‘lari byudjeti 
tuziladi. 
Pul mablagTari byudjeti (yoki kutilayotgan pul aylanmalari) bu kelgusi davrda 
bo‘ladigan pul mablag‘lari tushumi va to‘lovlar rejasi bo‘lib, bosh byudjetda 
ko‘rsatilgan barcha kelgusi tadbirlar bilan bog‘liq pul aylanmalarini o‘z ichiga 
qamrab olgan. Umuman olganda, bu byudjet davr yakunidagi pul mablag‘lari 
byudjetida kutilayotgan yakuniy saldo va byudjet tuzilayotgan yilning har bir 
oyining moliyaviy holatini ko‘rsatadi. 
Ana shu byudjet ko‘rsatkichlari asosida, rahbar, o‘z xo‘jalik yurituvchi subyekti 
uchun eng ko‘p va eng kam pul mablag‘lari davrlarini rejalashtirishi mumkin. 
Pul mablag‘lari hisobidagi katta saldo moliyaviy mablag‘lar to‘liq samara bilan 
ishlatilmaganligini bildiradi. Kichik saldo esa xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z 
vazifalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishga qobil emasligini ko‘rsatishi 
mumkin. Shuning uchun, pul mablag‘larini rejalashtirishni puxta ishlab chiqish 
lozim. 
Pul mablag‘lari byudjeti ikki maqsadni ko‘zlaydi. Birinchidan, u kutilayotgan 
buxgalteriya balansini yakunlash uchun byudjet davri oxiriga pul mablag‘lari hisob 
raqamidagi yakuniy qoldiqni ko‘rsatadi. Va ikkinchidan, byudjet davri ichida har 
bir oyning yakuniga byudjet mablag‘lari qoldig‘ining istiqbolini belgilab, moliyaviy 
resurslarning ortiqchaligini yoki yetishmasligi davrlarini aniqlaydi. Birinchi maqsad 
umumiy byudjetni tayyorlash jarayonida bu byudjetning o‘rnini ko‘rsatsa, ikkinchi 
maqsad umumiy byudjetni biznes faoliyatining barcha turlarida zarur bo‘lgan 
moliyaviy mablag‘larni boshqarish quroli sifatida e’tirof etadi. Boshqacha qilib 
aytganda, pul mablag‘larisiz hech qanday biznes amalga oshmaydi. 
Pul mablag‘lari va to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlarning boshqa manbalari ham 
mavjud. 
Ko‘rib o‘tilgan misolda xo‘jalik yurituvchi subyektning keyingi yil uchun pul 
mablag‘larining asosini tovarlarni sotishdan tushgan tushum tashkil etmoqda. 
Aytish lozimki, sotuv vaqtida sotuvning 60 foizgacha bo‘lgan hajmi darhol to‘lash 
sharti bilan, sotuvning 2 foizidan esa tushum tushmaydi. Tovarlarni kredit hisobiga 
sotish hajmi 38 foizni tashkil etib, bu mablag‘lar keyingi oyda olinishi mumkin. Bu 
kabi barcha ma’lumotlar sotuv byudjetidan olinadi. 
Pul mablag‘lari byudjetini tayyorlashda xo‘jalik operatsiyalarining sodir bo‘lishi 
vaqtida emas, balki moliyaviy hisobotni tuzishning muhim tamoyili bo‘lgan 
amaldagi tushumlarning yoki pul mablag‘lari to‘lovining vaqtiga e’tibor qaratish 
lozim. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda joriy holat to‘g‘risida oldingi tajribalar 
va rahbariyat qarorlari asosida kredit hisobiga sotuvdan kutilayotgan pul 
mablag‘larining tushumi (foiz hisobida) aniqlanadi. 


176 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moddiy boyliklar sotib olish, 
mehnatga haq to‘lash va boshqa xarajatlarni qoplash bo‘yicha to‘lov siyosatini 
ham hisobga olish zarur. Masalan, turli xildagi tijorat xarajatlari kabi ayrim 
xarajatlarning to‘lovi kredit hisobiga 30 va undan katta bo‘lgan muddatga, ko‘pgina 
hollarda mehnatga haq to‘lash xarajatlari ma’lum sabablarga ko‘ra uzoq muddatga 
cho‘zilmasligi lozim. Shuningdek, xarajatlarning ayrim moddalari, masalan 
amortizatsiya pul mablag‘larini talab qilmasligini hisobga olish kerak. Pul 
mablag‘lari byudjetining umumiy ko‘rinishi va ma’lumotlar manbai quyidagi 
jadvalda keltirilgan: 
Pul mablag‘i byudjetining 
elementlari 
Ma’lumotlar manbai 
Pul mablag‘lari tushumi: 
- naqdpulga sotuvdan 
Sotuv byudjeti (naqdga) 
- kreditga sotuvdan 
Sotuv byudjeti (kreditga) 
- boshqa aktivlar sotuvidan 
Foyda va zararlar to‘g‘risidagiprognoz 
hisoboti 
- olingan qarzlar 
Oldingi 
oylarningpul 
mablag‘lari 
byudjeti 
Pul mablag‘lari to‘lovi: 
- asosiy materiallar uchun 
Xarid byudjeti 
- yordamchi materiallar uchun 
Umum ishlab chiqarish xarajatlari va 
materiallar xaridi byudjetlari 
- to‘g‘ri mehnat xarajatlariga 
Ish haqi byudjeti 

umum 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlariga (UICHX) 
UICHX byudjeti 
- tijorat xarajatlariga 
Tijorat xarajatlari byudjeti 

umumiy va ma’muriy 
xarajatlar uchun 
Umumiy va ma’muriy xarajatlar 
byudjeti 
- kapital xarajatlar uchun 
Kapital xarajatlar byudjeti 
- foyda solig‘i to‘lovi uchun 
«Moliyaviy natijalar» to‘g‘risidagi 
hisobot 
- foizlar bo‘yicha to‘lovlar 
uchun 
Foyda va zararlar to‘g‘risidagiprognoz 
hisoboti 
- qarzlarning qaytarilishiga 
Kredit shartnomalari 
Pul mablag‘lari byudjetini tuzish bo‘yicha illyustrativ misol. Xo‘jalik yurituvchi 
subyektda jami 5 operator ishlaydi. Ularning har biri bir oyda 160 soatdan ishlaydi. 
Bulardan 
tashqari 
yana 
quyidagi 
ma’lumotlar 
mavjud:
joriy 
yil, 
haqiqiysi 
kelgusi yilga prognoz 


177 
no
yabr 
de
kabr 
y
anvar 
Fev
ral 
mart 
Sotuv hajmi 
25 
400 
35 
00

2

0
00 
20 
000 
40 000 
Tijorat xarajatlari 

500 

000 

000 

000 
5 000 
Umumiy va ma’muriy 
boshqaruv xarajatlari 

500 

000 

000 

000 
7 500 
Material xarajatlari 
25
00 
35
00 
2
500 
250

4000 
Umumishlab chiqarish 
xarajatlari 
32
00 
35
00 
3
000 
250

3500 
Qo‘shimcha quyidagi ma’lumotlar mavjud: 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt 12 000 p.b.da bank krediti olgan. 
Yillik bank foizi 12% (foiz har oyda to‘lanadi). 
Kreditning 2000 p.b. kelgusi yilda to‘lanishi (fevralda) kerak. 
Joriy yilning foyda solig‘i summasi 4550 p.b. va u 15 martda to‘lanishi kerak 
bo‘ladi. 
Xodimlarning bir soatlik ish haqi miqdori 8.50 p.b. (har biriniki). 
Pul tushumlari rejasi quyidagicha: 
Sotuv hajmining 60 foizi birdan kelib tushadi. 
30 foizi sotilgandan keyingi birinchi oy mobaynida kelib tushadi. 
10 foizi sotilgandan keyingi ikkinchi oy davomida kelib tushadi. 
Materiallar to‘lovi ular kelib tushgan oyda to‘lanadi. 
Tijorat va boshqa barcha xarajatlar kelgusi oyda to‘lanadi. 


178 
Pul 
mablag‘larining 
kelgusi 
yil 
boshiga 
qoldig‘i 
13840 
p.b.
Talab qilinadi: 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusi yil 1-kvartaliga pul mablag‘lari 
byudjetini tuzish lozim. 
Yechimi: 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘ining 1-kvartaldagi oylari bo‘yicha 
byudjeti 
ya
nvar 
Fev
ral 
M
art 
ja
mi: 
Mablag‘lar kirimi: 
- xaridorlarga qo‘yilgan schetlar 
28
000 
230
00 
32
500 
83
500 
bo‘yicha* 
Mablag‘lar to‘lovi: 
- materiallar sotib olishga 
25
00 
250

40
00 
90
00 
- ish haqi xarajatlariga 
68
00 
680

68
00 
20
400 
- umum ishlab chiqarish xarajati 
35
00 
300

25
00 
90
00 
- tijorat xarajatlari 
50
00 
400

40
00 
13
000 
- umumiy va ma’muriy boshqaruv 
80
00 
800

70
00 
23
000 
Xarajatlari 
- bank foizlari bo‘yicha 
12

120 
10

34

- kreditning qaytarilishi 

200

20
00 
- foyda solig‘i to‘lovi 

45
50 
45
50 
Jami to‘lovlar 
25
920 
264
20 
28
950 
81
290 
Mablag‘ning 
ko‘payishi 
(kamayishi) 
20
80 
(34
20) 
35
50 
22
10 
Boshlang‘ich qoldiq 
13
840 
159
20 
12
500 
13
840 
Oy oxiriga qoldiq 
15
920 
125
00 
16
050 
16
050 
* - hisoblash izohi: - kliyentlarga qo‘yilgan schetlar bo‘yicha 
tushadigan tushumlarning oylar bo‘yicha hisob-kitobi: 


179 
Ya
nvar 
fevr
al 
ma
rt 
Joriy oy - 60% 
15
000 
120
00 
24
000 
yanvardagi 25000 
dan 
Oldingi oy - 30% 
10
500 
750

60
00 
dekabrdagi 35000 
dan 
Undan oldingi -
10% 
25
00 
350

25
00 
noyabrdagi 25000 
dan 
Jami: 
28
000 
230
00 
32
500 


Asosiy jadvaldagi ma’lumotlarning hisob-kitobi 
Yanv
ar 
Fev
ral 
Mart 
1 Material xarajatlari 
(xarid qilingan oyda to‘lanadi) 
2500 
250

4000 
2 Ish haqi 
(5 ishchi x 60 x 8.50) 
6800 
680

6800 

Umum 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlari (kelgusi oyda to‘lanadi) 
3500 
300

2500 
4 Tijorat xarajatlari 
(kelgusi oyda to‘lanadi) 
5000 
400

4000 
5 Umum ishlab-chiqarish va 
ma’muriy 
boshqaruv 
xarajatlari 
(kelgusi oyda to‘lanadi) 
8000 
800

7000 
6 Bank foizlari to‘lovi yanvarda - 
12000 dan 1 % fevralda - 12000 dan 1 
% martda - 10000 dan 1 % 
120 
120 
100 
7 Kreditning qaytarilishi 
200

8 Soliq to‘lovi 
4550 
Xulosa: 
yanvardagi naqd pul qoldig‘i 
- 15920 
fevraldagi 
- 12500 
martdagi 
- 16050 
Bu o‘rtacha (yaxshi) holat, lekin xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati 
uchun juda katta emas. 
Download 1,93 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti

Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish