§. Xo‘jalik yurituvchi subyekt byudjeti mohiyati va uni shakllantirish




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/56
Sana19.06.2024
Hajmi1,93 Mb.
#264358
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Bog'liq
Maruzalar.O


§. Xo‘jalik yurituvchi subyekt byudjeti mohiyati va uni shakllantirish 
Odatda, byudjet haqida gap ketganda juda ko‘pchilik xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar rahbarlari o‘zlarini g‘ayritabiiy sezishadi. Sababi, byudjet termini 
odatda davlat moliyasiga, mahalliy byudjet tushunchalari bilan bog‘liq deb qaralib 
kelingan, hamda u xarajatlar smetasi ko‘rinishida tasavvur qilingan. Xo‘jalik 
yurituvchi subyekt miqiyosida esa bu tushunchaning asl mohiyatiga tegishli 
darajada e’tibor qaratilmagan. Zamonaviy xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari 
kelajakda faoliyati samarali bo‘lishini, tobora keskinlashib boradigan raqobatga 
chidamining ortib borishini astoydil istashsa - boshqaruv hisobini tashkil qilish va 
yuritish maqsadida byudjetni tushunish - butunlay boshqa ma’noni ham 
anglatishini e’tirof eta bilishlari lozim. 


153 
Bundan tashqari, rivojlangan bozor iqtisodiga ega bo‘lgan mamlakatlar 
tajribasi ko‘rsatadiki, xo‘jalik yurituvchi subyekt miqiyosida bir necha byudjet 
tuzilib, shunga muvofiq ularning yakuniy umumlashtiruvchisi sifatida bosh 
byudjet ham tuziladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt amaliyotida tuziladigan 
byudjetning tub mohiyati ana shu bizlarga ma’lum bo‘lgan an’anaviy byudjet 
tarkibi va mohiyati bilan o‘xshash bo‘lganligi uchun ham bir qator olimlar uni shu 
nomda qoldirib foydalanishni taklif qiladilar. Bu fikrga albatta, qo‘shilish 
maqsadga muvofiqdir. 
Kelgusida amalga oshirilishi belgilangan dasturlar doirasidagi tadbirlar 
bo‘yicha byudjetni ishlab chiqish dasturlarni ishlab chiqish kabi rejalashtirishning 
muhim jarayoni hisoblanadi. Byudjet bilan dasturlash jarayonining asosiy farqi 
shu bilan belgilanadiki, dastur istiqboldagi bir necha yillar (1 yillik, 2-3 yillik, 5-
10 yillik) uchun tuzilishi mumkin. 


154 
Byudjet esa har bir tadbirlar guruhi uchun maksimal tarzda bir yilga tuziladi. 
Byudjetlarni ishlab chiqish xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobi 
tizimini tashkil qilishning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Rivojlangan 
mamlakatlarning tajribasidan kelib chiqib, shu narsani qayd etish lozimki, 
mavqeyi va ko‘lamidan qat’i nazar deyarli barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
o‘z faoliyatlarini samarali olib borish maqsadida bir necha byudjetlarni tuzadilar. 
Bu esa o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining rejali tarzda 
boshqarilishi imkonini yaratadi. Bizning mentalitetimizda byudjet jarayoni 
faqatgina respublika yoki mahalliy byudjetlar doirasi bilan chegaralanib qolgan. 
Mahalliy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksariyati o‘z faoliyatini 
rejalashtirishda byudjet tuzish amaliyotidan foydalanmaydi. 
Ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini rejalashtirishda asosiy 
e’tibor foyda olishga qaratilgan bo‘ladi. Foyda olish rejasi esa o‘z navbatida, 
xo‘jalik yurituvchi subyektning yillik byudjeti asosini tashkil etadi. Qayd qilish 
lozimki, nafaqat tijorat maqsadlarini ko‘zlovchi, balki notijorat xo‘jalik yurituvchi 
subyektlari ham o‘z byudjetlarini tuzishlari mumkin. 


155 
Byudjet rejalashtirilayotgan faoliyatning amalga oshishidan oldin tuzilgan 
moliyaviy hujjat hisoblanadi. Shuningdek, byudjetni moliyaviy tadbirlar rejasi 
sifatida ham talqin etishadi. Byudjet atamasini faqatgina qog‘ozda ask ettirilgan 
moliyaviy yoki boshqa ma’lumotlar sifatida tushunish to‘g‘ri emas, chunki u 
kelgusida amalga oshiriladigan bir nechta tadbirlarning rejasi ko‘rinishida 
ifodalanadi. Shundan kelib chiqib aytish lozimki, byudjet orqali kelgusidagi 
moliyaviy jarayonlarning istiqboli belgilanadi. Iqtisodiy adabiyotlardan ma’lumki, 
byudjet turli ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektning 
buxgalteriya hisobida yuritiladigan buxgalteriya balansi yoki foyda va zararlar 
to‘g‘risidagi hisobot kabi shaklga tushirilgan ma’lumotlardan farqli ravishda, 
byudjet qat’i tartibda bajarilishi lozim bo‘lgan standartlashtirilgan shaklga ega 
emas. Chunonchi byudjet kichik bir do‘konning oddiy oldi-sotdi hisoboti shaklida 
ham, yirik bir bankning qiyin moliyaviy dasturi ko‘rinishida ham bo‘lishi 
mumkin. Byudjetning tarkibi unda qanday moddalar aks ettirilishiga, xo‘jalik 
yurituvchi subyektning katta-kichikligiga, shuningdek, uni ishlab chiquvchilarning 
malakasi va tajribasiga bog‘liq. 
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan ma’lumki, davlat byudjeti 
fuqarolarga keng targ‘ib qilinadi. Byudjetning mohiyati undan foydalanuvchilarga 
tushunarli bo‘lishi uchun u oson va tushunarli shakldagi ma’lumotlardan iborat 
bo‘lishi lozim. Byudjetni keng ommaga yetkazish uchun ma’lumotlar qisqa va 
aniq bo‘lishi lozim, chunki ma’lumotlarning keragidan ortiqligi yoki yetishmasligi 
byudjet mohiyatini tushunishni qiyinlashtiradi. Byudjet bir vaqtning o‘zida ham 
daromadlar, ham xarajatlarni o‘zida ifoda etmasligi, shuningdek, ularning 
balanslashgan ko‘rinishda bo‘lishi ham shart emas. Masalan, xomashyo va 
materiallardan foydalanish byudjeti faqatgina xomashyo va yarim fabrikatlar 
xarajatlari rejasini o‘z ichiga olishi mumkin. Shuningdek, byudjet pulsiz 
ko‘rinishda ham tuzilib, uning tarkibida mehnat soati, mahsulot birligi, xizmatlar 
miqdori kabi o‘lchamlar qo‘llaniladi. 
Byudjetni tayyorlashda uning aniq ko‘rinishdagi sarlavhasi yoki nomlanishi va 
qaysi muddat uchun tuzilayotganligi ko‘rsatilishi kerak. Byudjetning belgilangan 
shakli uni ishlab chiquvchilari tomonidan tuziladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt 
o‘zi uchun mos bo‘lgan shakldagi byudjet ko‘rinishini ishlab chiqib, undan 
doimiy ravishda foydalanishi mumkin. Agar byudjetga yangi mahsulot yoki 
xizmat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish zarurati tug‘ilsa, ushbu hujjatga yangi 
moddalar qo‘shilib, byudjetning shakli o‘zgarishi mumkin. Byudjetni tuzishda har 
doim asosiy qoida - barcha ma’lumotlarni imkon qadar qisqa, aniq va 
foydalanuvchi uchun muhim bo‘lishiga amal qilish lozim. 
Iqtisodiy adabiyotlarda ko‘pincha byudjet reja sifatida ifodalanib, u miqdor 
(ko‘pincha pul) ko‘rsatkichida, shuningdek ma’lum bir muddat (ko‘pincha bir yil) 
ga tuzilgan bo‘ladi. 
AQSHning boshqaruv hisobini yuritish bo‘yicha hisobchilar institutining 
ta’kidlashicha, byudjet bu “pul ko‘rinishidagi miqdoriy reja bo‘lib, u ma’lum 


156 
muddatgacha tayyorlanib tasdiqlangan, odatda erishilishi lozim bo‘lgan 
rejalashtirilgan daromadlar hajmi, yoki ushbu muddat davomida ishlatilishi kerak 
bo‘lgan xarajatlar va maqsadga erishish uchun jalb qilinishi zarur bo‘lgan 
kapitallarni ifodalaydi”. 
Tegishli bandlarga ajratilgan byudjet ko‘pincha kelgusidagi cheklangan 
muddat (odatda bir yil) uchun tuziladi va u kichikroq (choraklar, oylar yoki 13 
to‘rt haftalik) muddatlarga bo‘linadi. Byudjetni bu turdagi qisqa muddatlarga 
rejalashtirish boshqaruv nazoratini amalga oshirishga yordam beradi. Nazorat 
muddatining yakunida amalda bajarilgan ishlar byudjet bandlari bilan joriy 
faoliyatni tahlil va baholash uchun solishtiriladi. Shu borada oylik muddatlardan 
ko‘ra to‘rt haftalik muddatni taqqoslash ancha qulay hisoblanadi. Chunki har bir 
oyda kunlar soni turlichaligi uchun taqqoslaganda ma’lum bir noaniqliklarga olib 
kelishi mumkin. 
Amaliyotda yillik byudjet ko‘pincha choraklarga bo‘lingan holda tuziladi va 
faqatgina birinchi chorakdagi tadbirlar oylar bo‘yicha taqsimlanadi. Yil davomida 
byudjet shart-sharoitlarga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. 
Odatda, amaliyotda uzluksiz yoki egiluvchan byudjetlar deb nom olgan 
byudjet turlari keng qo‘llaniladi. Ularning asosiy mohiyati - har bir oy yoki chorak 
tugagandan so‘ng byudjetning tegishli bandlariga o‘zgartirishlar kiritilish 
imkoniyati mavjud bo‘ladi va shu tartibda keyingi muddatga mo‘ljallangan 
byudjet moddalari taklif qilinadi. Bu o‘z navbatida yillik rejalashtirishning 
uzluksizligini ta’minlaydi. Umuman olganda, byudjetni ishlab chiqish davriyligi 
aniq bir xo‘jalik yurituvchi subyektning rejalashtirilayotgan ma’lumotlari va 
ehtiyojlari hajmini inobatga olgan holda aniqlanadi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qo‘shimcha investitsiyalarni talab 
qiladigan yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologilar va 
jihozlarni joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan katta o‘zgarishlar amalga oshsa, 
byudjet besh yillar va hatto undan ham ko‘p bo‘lgan muddatlarga tuziladi. E’tirof 
etish lozimki, xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotiga endigina joriy qilina 
boshlanishiga qaramasdan, byudjetdan uzoq muddatli rejalashtirishning asosiy 
vositasi sifatida foydalanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni kundan kunga 
oshib bormoqda. 
Byudjetlar xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy faoliyati, shuningdek 
uning tarkibiy bo‘linmalari yoki faoliyatning alohida yo‘nalishlari uchun ishlab 
chiqiladi. 
Rivojlangan bozor munosabatlariga ega bo‘lgan mamlakatlar amaliyotida 
keng foydalanib kelinayotgan byudjet bevosita bir qator muhim funksiyalarni 
bajaradi. Xususan: 


157 
Rejalashtirish. Rejalashtirishning asosiy qarorlari, odatda dasturlarni 
tayyorlash jarayonida ishlab chiqiladi va byudjetni ishlab chiqish jarayoni ushbu 
rejalarni aniqlashtirish uchun ishlatiladi. Byudjetni ishlab chiqish jarayoni 
rejalashtirishning eng aniqlashtirilgan shakli hisoblanadi. Byudjetlar xo‘jalik 
yurituvchi subyektning yaqin muddatdagi faoliyatlarini belgilab beradi. 
Muvofiqlashtirish. Xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha tarkibiy 
bo‘linmalari bir-birining faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Byudjetni ishlab chiqish 
jarayonida 
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektning 
ayrim 
faoliyat 
turlari


shunday muvofiqlashtiriladiki, bunda barcha bo‘limlar birgalikda ish olib 
borgan holda, xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy maqsad va vazifalarini 
amalga oshishini ta’minlaydi. Shunga alohida e’tibor berish kerakki, ishlab 
chiqarish rejalari xo‘jalik yurituvchi subyektning marketing bo‘limi rejalari bilan 
muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim, ya’ni rejalashtirilgan sotuv hajmi va tayyor 
mahsulotning maqbul bo‘lgan zaxiralar darajasini inobatga olib, so‘ngra mahsulot 
ishlab chiqarish hajmini belgilash lozim. Xuddi shuningdek, xomashyo va 
materiallarni sotib olish rejasi mahsulot ishlab chiqarish ehtiyojidan kelib chiqishi 
kerak. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha xodimlari qo‘yilgan rejalarning 
mohiyatini to‘liq tushunib yetmagunicha, boshqaruv tomonidan belgilangan 
maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ushbu rejalar o‘z ichiga qancha mahsulot yoki 
xizmat turlarini ishlab chiqish, bu borada qanday usullar, ish kuchi va jihozlardan 
foydalanish, qancha miqdordagi xomashyo materiallarini sotib olish, sotuv narxini 
belgilash, kelgusida 
161 
qanday cheklovlardan qochish kabi aniq bandlarni oladi. Tasdiqlangan byudjet 
miqdoriy axborot bilan mavjud bo‘lgan cheklamalarni muvofiqlashtiruvchi eng 
muhim vosita sanaladi. 
Rag‘batlantirish. Byudjetni ishlab chiqish jarayoni xo‘jalik yurituvchi subyekt 
oldiga qo‘yilgan mushtarak maqsadlarga erishishda rahbariyat tomonidan kuchli 
rag‘batlantirish vositasi sifatida ham ishlatilishi mumkin. Har bir rahbar o‘z 
bo‘limidan kutilayotgan natijani aniq bilishi lozim. 
Agar menejerlar o‘z bo‘linmasining byudjetini ishlab chiqishda faol ishtirok 
etsa, bu byudjetning rag‘batlantiruvchi roli yanada oshadi. 
Nazorat. Byudjetni, u tuzilayotgan vaqtida keyinchalik bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan, ya’ni kutilayotgan natija to‘g‘risidagi prognoz-hisobot deb tushunish 
mumkin. Puxta hisob-kitoblar asosida tayyorlangan byudjet amalda erishilgan 
natijalar bilan taqqoslanadigan eng qulay mezondir. Chunki u byudjetni ishlab 
chiqish davrida bashorat qilingan barcha o‘zgarishlarni baholash samarasini o‘z 
ichiga qamrab olgan bo‘ladi. 
Yaqingacha joriy natijalarni o‘tgan yillar bilan taqqoslash umumiy amaliyoti 
qo‘llanilar edi. Ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bu turdagi taqqoslash 
hozirgacha ham ishlatiladi. Lekin, ushbu taqqoslash turi ayrim kamchiliklardan 
xoli emas. Masalan, ko‘rsatkichlarni bir-biri bilan taqqoslaganda faoliyat 


159 
yo‘nalishi hamda kelgusi yilga rejalashtirilgan dasturlardagi o‘zgarishlar inobatga 
olinmaydi. 
Amalda erishilgan natijalar byudjet ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanganda 
birinchi navbatda menejerlarning e’tiborini qayerga qaratishni va qanday 
boshqaruv tadbirlarini amalga oshirish lozimligini ko‘rsatadi. Amalda erishilgan 
natijalar bilan byudjetda aks ettirilgan ko‘rsatkichlar orasida vujudga kelgan 
chetlanishlarning tahlili: 
birinchi navbatda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan muammoli sohalarni 
aniqlashtirishga yordam beradi; 
byudjetni ishlab chiqish jarayonida ko‘zda tutilmagan yangi imkoniyatlarni 
ochadi; 
dastlabki ishlab chiqilgan byudjetdagi ayrim xatolarni ko‘rsatadi. 
Baholash. Byudjetning har bir bandi bo‘yicha har oyda aniqlanishi lozim 
bo‘lgan tadbir, ya’ni byudjetdan chetlanishlarni hisoblash, yil davomida nazorat 
maqsadlarida xizmat qiladi. Amalda erishilgan natijalar byudjet ko‘rsatkichlari 
bilan taqqoslaganda har bir bo‘lim va uning rahbari faoliyatini real baholash 
imkoniyati ochiladi. Ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarda byudjetning ma’lum 
moddalari bo‘yicha ijobiy chetlanishga erishgan mutaxassis va rahbarlar uchun, 
uni bir vaqtning o‘zida rag‘batlantirish mexanizmi sifatida samarali ishlatish 
mumkin. 
Malaka oshirish hamda o‘qitish-o‘rgatish. Byudjet menejerlarning malakasini 
oshirish borasida samarali hamda qulay vosita hisoblanadi. Byudjetni ishlab 
chiqish jarayonida rahbar o‘z bo‘limi faoliyati va uning boshqa bo‘limlar bilan 
birgalikda olib borayotgan ishlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladi. Bu 
ayniqsa yangi tayinlangan rahbar xodimlar uchun zarurdir. Yillik byudjetni ishlab 
chiqish tajribasiga ega har bir xodim bu jarayonning ijobiy va foydali tomonlarini 
yaxshi biladi. Byudjet menejerlarning iqtisodiy bilimlar bazasini kengaytirib 
borishni talab qiladi, tahlil qilish, buning uchun o‘rganish, guruhlash, baholash va 
xulosalar chiqarish kabi qarorlar va harakatlar qilishga undaydi. 
Download 1,93 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Xo‘jalik yurituvchi subyekt byudjeti mohiyati va uni shakllantirish

Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish