• _________ O‘z mablag‘larining manbalari - Uzoq muddatli aktivlar . Joriy aktivlar ___________
  • Balans valutasi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti




    Download 1,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/56
    Sana19.06.2024
    Hajmi1,93 Mb.
    #264358
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
    Bog'liq
    Maruzalar.O

    8.5.
     
    (E
    s
    : TMZ)x100 < 100%. 
    8.6.
     
    (
    E
    1
    : TMZ)x100 < 100%. 
    8.7.
     
    (
    E
    E
    : TMZ)x100 <100%. 
    Yuqorida ko‘rilgan moliyaviy mustahkamlik ko‘rsatkichi, uning to‘rt turdagi 
    shakllari asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, iqtisodiy adabiyotda moliyaviy mustahkamlikni tahlil 
    etish uchun bir qancha boshqa ko‘rsatkichlar ham tavsiya etilgan. Fikrimizcha ularni 
    ko‘rsatkichlar sifatida qabul qilish maqsadga muvofiq. 
    Fikrimizcha, shunday ko‘rsatkichlar sifatida quyidagi moliyaviy koeffitsientlardan 
    foydalanish maqsadga muvofiq; aylanma mablag‘larni o‘z manbalar bilan 
    ta’minlanganlik; majburiyat va o‘zlik manbalarning nisbat; moliyaviy karamlik; o‘zlik 
    kapitalning chaqqonlik; moliyalashtirish; kapitalni qarzga olish koeffitsientlari. 
    Bu qo‘shimcha moliyaviy mustahkamlik ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubi 
    quyidagicha (yangi balans shakli bo‘yicha): 
    -
    Aylanma mablag‘larni o‘z manbalari bilan ta’minlanganlik koeffitsienti: 
    _________ 
    O‘z mablag‘larining manbalari - Uzoq muddatli aktivlar 

    Joriy aktivlar
    ___________ 
    Uzoq muddatli majburiyatlar + Joriy majburiyatlar
    _____________ 

    O‘z mablag‘larining manbalari
    ____________________________ 
    Balans valutasi
     _________________________ 

    O‘z mablag‘larining manbalari
    O‘z mablag‘larining manbalari - Uzoq muddatli aktivlar .
     
    O‘z mablag‘larining manbalari
    O‘z mablag‘larining manbalari . Uzoq 
    muddatli majburiyatlar + Joriy majburiyatlar
    Uzoq muddatli majburiyatlar + Joriy majburiyatlar .
     
    Balans valutasi
    Bu koeffitsientlardan har biri o‘z mazmuniga ega, moliyaviy mustahkamlikni 
    alohida tomonlarini ifodalaydi va ular amaliyotda keng foydalaniladi. Ularni 
    46


    208 
    moliyaviy mustahkamlikni tahlil qilishdagi ahamiyatini ko‘zda tutib, iqtisodiy 
    adabiyotda, moliyaviy tahlilda foydalanish uchun bu koeffitsientlarning me’yoriy, 
    optimal darajalari shakllangan. Ular quyidagilardan iborat: 
    4)
    Aylanma mablag‘larni o‘z 
    manbalari 
    > 1 , 0
    yoki 100 foiz, yoki undan bilan ta’ minlanganlik koeffitsienti.
    yuqori 
    5)
    Majburiyat va o‘z manbalari 
    nisbat > 1,0 yoki 100 foiz, yoki undan koeffitsienti 
    yuqori 
    6)
    Moliyaviy qaramlik koeffitsienti 
    > 2,0 yoki 200 foiz, yoki undan 
    yuqori 
    7)
    O‘z kapitalining chaqqonlik koeffitsienti > 0,5 yoki 50 foiz, yoki undan 
    yuqori 
    8)
    Moliyalashtirish koeffitsienti 
    > 1 , 0
    yeki 100 foiz, yoki undan 
    yuqori 
    9)
    Kapitalni qarzga olish koeffitsienti 
    > 0,5 yoki 50 foiz, yoki undan 
    yuqori 
    1.2.
    Korxona balansining likvidligi tahlili 
    Ma’lumki, balans aktividagi mablag‘lar naqt pulga aylansa, balans passividagi 
    majburiyatlarni qaytarish mumkin. Balans likvidligi — balansning aktiv tomonidagi bir 
    davrga borib naqt pulga aylanadigan mablag‘lar bilan shu davrda qaytariladigan 
    majburiyatlarni solishtirish demakdir. 
    Demak, balans likvidligi korxonaning boshqa korxona va tashkilotlar bilan iqtisodiy 
    aloqalar darajasini ko‘rsatadi. Ko‘rinib turibdiki, balans likvidligi moliyaviy 
    mustahkamlik 
    singari, 
    korxonalar 
    moliyaviy 
    holatini 
    ifodalovchi 
    asosiy 
    ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
    Balans likvidligi tahlilini boshlamasdan oldin quyidagi savollarga javob berishimiz 
    zarur. 
    4-
    Balans likvidligini, korxonaning butun majburiyatlarini, uzoq va qisqa 
    muddatga olingan qarzlar bo‘yicha aniqlash kerakmi yoki faqat qisqa muddatga olingan 
    qarzlar bo‘yicha aniqlash kerakmi? 
    5-
    Balans likvidligi va korxonaning qarzlarini to‘lashga, qodirligi bir mazmunga 
    egami, yoki har xil mazmunga egami? 
    6-
    Balans likvidligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni chegaralash kerakmi va bu 
    chegaralangan ko‘rsatkichlar nima bilan aniqlanadi? 
    Xorijiy mamlakatlarda balans likvidligi tahlil etilganda korxonaning butun 
    majburiyatlari va ham uzoq ham qisqa muddatga olingan qarzlar bo‘yicha hisob -kitob 
    olib boriladi. Iqtisodiy adabiyotimizda, uslubiy ko‘rsatmalarda balans likvidligini tahlil 
    qilishda faqat qisqa muddatga olingan qarzlar e’tiborga olinadi. 
    Tashqaridan olingan qarzlarning hammasini — uzoq va qisqa muddatga olingan 
    qarzlarni qaytarib berish kerak b o‘lgandan keyin balans likvidligi bizni sharoitimizda 
    ham tahlil etilganda qisqa muddatga olingan qarzlar bilan chegaralanmasdan, uzoq 
    muddatga olingan qarzlar e’tiborga olinsa korxonalar balansining likvidligi to‘liqroq 
    baholanar edi. Bu holat bizning iqtisodiy adabiyotda o‘z o‘rnini topgan, lekin balans 
    47


    209 
    likvidligini umuman korxona miqyosida aniqlaganda emas, korxona aktivlarini 
    turlari bo‘yicha balans likvidligi tahlil etilganda amalga oshiriladi. 
    Balans likvidligi va qarzlarni qaytarib berishda qodirligi to‘g‘risida gap borganda, 
    bir guruh iqtisodchilar ularni bir biridan ajratishadi, farqlanadi. Masalan, qarzlarni 
    qaytarib berishga qodirligi, (platejesposobnostb) umuman korxona majburiyatlariga — 
    uzoq va qisqa muddatga olingan qarzlarga nisbatan, balans likvidligi esa faqat qisqa 
    muddatga olingan qarzlarga nisbatan aniqlanadi. 
    Bunday chegaralashga asos bor. Chunki uzoq va qisqa muddatga olingan qarzlar 
    e’tiborga olinsa, korxonaning umuman potentsial qarzlarni qaytarib berish ga qodirligi 
    ko‘rsatiladi. Balans likvidligi qisqa muddatga olingan qarzlar bo‘yicha aniqlanar ekan, 
    korxonalar iqtisodiy jihatdan nochor holatga tushib qolganda, ularni bankrot deb e’lon 
    qilish paytida foydalaniladi. 
    Fikrimizcha, balans likvidligi va qarzlarni qaytarib berishga qodirligi bir xil 
    mazmunga ega. Ikkala ko‘rsatkichlarda ham tashqaridan olingan majburiyatlarni 
    qaytarish to‘g‘risida gap ketyapti. Bozor munosabatlari davrida qisqa muddatga olingan 
    qarzlar kengroq foydalanilganligi uchun amaliyotda balans likvidligi nomli 
    ko‘rsatkichga, ya’ni qisqa muddatga olingan qarzlarga nisbatan aniqlanayotgan 
    ko‘rsatkichga ko‘proq e’tibor berilmoqda. 
    Shunday qilib, balans likvidligi kengaytirilgan va qisqa mazmunda aniqlanishi 
    lozim. Kengaytirilgan mazmunda olinadigan bo‘lsa, balans likvidligi korxonada ham 
    uzoq, ham qisqa muddatga olingan butun qarzlarni qaytarib berishga qodirligini 
    ko‘rsatsa, qisqartirilgan mazmunda olinadigan bo‘lsa, balans likvidligi korxonada faqat 
    qisqa muddatga olingan qarzlarni qaytarib berishga qodirlikini ko‘rs atib berishi kerak. 
    Pirovardida, uchinchi muammo — balans likvidligini tahlil etish uchun 
    foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi to‘g‘risida. 
    Iqtisodiy adabiyotda balans likvidligini tahlil qilish uchun tavsiya qilingan 
    ko‘rsatkichlar keng va har xil bo‘lib, ular bir tizimga solinmagan, turkumlashmagan, 
    tavsiflanmagan. 
    Balansning likvidlik xususiyati bozor munosabatlarining asosiy talablaridan biridir. 
    Korxona likvidlik xususiyatiga ega bo‘lsa, bu korxona xalq xo‘jaligi majmuasida 
    faoliyat yuritishi mumkin. Agar korxona balansi bu xususiyatga ega bo‘lmasa, u boshqa 
    korxona va tashkilotlar bilan me’yoriy ravishda iqtisodiy aloqalarni olib borolmaydi va 
    faoliyat yuritishi og‘irlashib ketadi. Demak, balans likvidligi katta ahamiyatga ega 
    bo‘lib, uni tahlil qilib turish ob’yektiv zaruratga aylanadi. 
    Balans likvidligi uch shaklda ifodalanadi. 
    4.
    Balans likvidlik ko‘rsatkichlari korxonaning mablag‘ elementlarini naqt pulga 
    aylanish jarayonini ko‘rsatadi. 
    5.
    Balans likvidligi korxonalarning olingan qarzlarini qaytarib berishga qodirlik 
    darajasini ko‘rsatadi. 
    6.
    Balans likvidligi korxona aktivlari, aylanma mablag‘lari bilan korxonaning 
    umumiy majburiyatlari, qisqa muddatga olingan qarzlar o‘rtasidagi nisbat asosida 
    aniqlanadi. 
    Balans likvidligining kerakli darajada bo‘lishi - bu korxona faoliyatini davom 
    48


    210 
    etishi, boshqa korxona va tashkilotlar — ta’minotchi, kreditor, bank organlari va 
    davlat budjeti bilan me’yoriy iqtisodiy aloqalarni davom ettirish kafolatidir. Bozor 
    munosabatlari murakkab bo‘lib, bu vaziyatda korxona balansi likvidlik xususiyatiga 
    ega va ega bo‘lmasligi mumkin. Balansning likvidligi tasodifan, vaqtincha, uzoq 
    muddatli va doimiy bo‘lishi mumkin. Lekin amaliyot talabi — korxonalar balansi 
    likvidlikka ega bo‘lishidir. 
    Balans likvidligini tahlil qilish korxonalar faoliyatida uchraydigan ko‘p 
    muammolarni mavjud ekanligini va ularni tez fursatda yechish zarurligini ko‘rsatib 
    beradi. Bunday muammolar tarkibida quyidagilar bo‘lishi mumkin: 
    -
    korxona mablag‘larini noto‘g‘ri joylanishi va uni bartaraf etish yo‘llarini topish; 
    -
    korxona aktivlarini realizatsiya qilishni tezlashtirish imkoniyatlarini topish; 
    -
    korxonada ortiqcha mablag‘lar paydo bo‘lgan zamonoq bank va ta’minlovchilar 
    bilan hisob-kitoblarni tezlashtirish; 
    -
    sotilmagan tovarlar va debitorlik qarzlarining qoldig‘i oshib borsa, ularni 
    kamaytirish yo‘llarini topib, amalga oshirish; 
    -
    korxonalarni bankrotlikka uchrashdan saqlab qolish. 
    Korxona balansi likvidlik darajasining o‘zgarishi quyidagi omillar ta’siri ostida 
    bo‘lishi mumkin: 
    Birinchidan, korxona aylanma mablag‘larining ko‘payishi yoki kamayishi. 
    Ikkinchidan, korxona majburiyatlari, olingan qarzlarning kamayishi yoki 
    ko‘payishi. 
    Uchinchidan, umumiy aylanma mablag‘lar tarkibida moddiy aylanma mablag‘lar 
    bilan pul aylanma mablag‘lar o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. 
    To‘rtinchidan, pul aylanma mablag‘lar tarkibida naqt pullar bilan debitorlik qarzlari 
    o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. 
    Korxonalarda foydalanilayotgan aylanma mablag‘larni alo hida elementlarini har 
    xil muddatda naqd pul mablag‘lariga aylanishi va korxona majburiyatlarini har xil 
    muddat o‘tishi bilan qaytarilishiga ko‘ra korxonalar balansi likvidligi ikki shaklda 
    aniqlanadi: 
    11.
    Umuman mablag‘lar va korxona majburiyatlari bo‘yicha, ularni asosiy 
    ko‘rsatkichlar deyish mumkin. 
    12.
    Korxona mablag‘larini alohida elementlari va majburiyatlarni qaytib berish 
    muhlatiga qarab, ularni qo‘shimcha ko‘rsatkichlar deb atash mumkin. 
    Iqtisodiy adabiyotda korxonalar balanslari likvidligini tahlil etish uchun har xil 
    tizimdagi ko‘rsatkichlar tavsiya etilgan. A.D. Sheremet va R.S.Sayfulin o‘z 
    monografiyasining 
    «Balansning 
    likvidligi 
    tahlili» 
    bo‘limida 
    qo‘shimcha 
    ko‘rsatkichlardan, «Moliyaviy koeffitsientlar tahlili» bo‘limida asosiy ko‘rsatkichlardan 
    foydalanganlar. 
    V.G.Artyomenko va M.V.Bellendir ham balans likvidligini tahlil qilishda asosiy va 
    qo‘shimcha ko‘rsatkichlardan foydalanishgan. 
    5.
    T.Abdukarimov balans likvidligini tahlil etish uchun quyidagi 
    ko‘rsatkichlarni tavsiya etgan: qoplash koeffitsienti; tez fursatda likvidlik koeffitsienti; 
    mutlaq likvidlik koeffitsienti; pok aylanma mablag‘lar; foydalaniladigan kapitalning 
    chaqqonlik koeffitsienti; umumiy kapitalning chaqqonlik koeffitsienti. 
    49


    211 
    A.N.Li va S.I.Shevchenko balans likvidligini tahlil etish uchun quyidagi 
    ko‘rsatkichlardan foydalanishgan: joriy likvidlik (qoplash) koeffitsienti; mutlaq likvidlik 
    koeffitsienti; harakatchan likvidlik; ishchi kapitalning samaradorligi; qarzlarning o‘ sish 
    omili. 
    A.T.Ibrohimov balans likvidligini tahlil etish uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni 
    tavsiya etadi: likvidlik darajasi; qoplashning o‘tish koeffitsienti; likvidlikning umumiy 
    koeffitsienti; toza tushum koeffitsienti. 
    Ko‘rinib turibdiki, mualliflar har xil tizimdagi ko‘rsatkichlardan foydalanishgan. 
    Bir xil ko‘rsatkichlarga har xil nomlar berishgan va tavsiyalar tarkibida balans 
    likvidligiga aloqasi bo‘lmagan ko‘rsatkichlardan foydalanishgan. Masalan, sof tushum 
    koeffitsienti, ishchi kapitalning samaradorligi, pok aylanma mablag‘lar va xokazo. 
    Demak, balans likvidligini tahlil qilishni boshlamasdan oldin likvidlik 
    ko‘rsatkichlari tizimini aniqlab, tamoyillarini yoritib olishimiz lozim. Fikrimizcha bu 
    tamoyillar quyidagilardan iborat: 
    -
    tanlagan ko‘rsatkichlar balans likvidligiga taalluqli bo‘lib, uning 
    shakllanishlarini ifodalashi lozim; 
    -
    likvidlik ko‘rsatkichlari bevosita likvidlik darajasini o‘lchashi yoki likvidlikka 
    tasir ko‘rsatuvchi omillar ta’sirini aniqlashi kerak. 
    -
    likvidlik ko‘rsatkichlari korxona aktivlarini naqt pulga aylanish jarayonini 
    ifodalashi lozim; 
    -
    balans likvidligini aniqlash uchun asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlardan 
    foydalanish lozim. 
    -
    balans likvidligiga ta’sir qiluvchi omillarni, shart-sharoitlarning ta’sirini 
    o‘lchaydigan omilli ko‘rsatkichlarni aniqlash. 
    Asosiy ko‘rsatkichlar korxonaning umuman aktivlari va majburiyatlari o‘rtasidagi 
    nisbatni, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar korxona aktivlari va majburiyatlarining alohida 
    elementlari o‘rtasidagi nisbatni ifodalashi kerak. 
    Yuqorida ko‘rsatilgan tamoyillarga asoslanib, balans likvidlik ko‘rsatkichlar 
    tizimini shakllaymiz va balans likvidligini tahlil etamiz. 
    Balans likvidligi ko‘rsatkichlari quyidagi guruhlardan iborat bo‘lishi lozim: asosiy 
    ko‘rsatkichlar; qo‘shimcha ko‘rsatkichlar; omilli ko‘rsatkichlar. 
    Asosiy ko‘rsatkichlar sifatida quyidagi ko‘rsatkichlar hisoblanadi, tahlil etiladi: 

    Download 1,93 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




    Download 1,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti

    Download 1,93 Mb.
    Pdf ko'rish