O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/56
Sana19.06.2024
Hajmi1,93 Mb.
#264358
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
Bog'liq
Maruzalar.O


§. Sotish hajmini rejalashtirish 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning (bajarilayotgan ish, ko‘rsatilayotgan 
xizmat) sotuv byudjetini tayyorlash bosh byudjetni ishlab chiqish jarayonining 
boshlang‘ich bosqichidir. 
Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda sotuv byudjetini ishlab chiqish 
rejalashtirish jarayonining eng qiyin bosqichi hisoblanadi. Sotuv hajmi va 


181 
shundan kelib chiqqan holda sotuvdan tushgan daromad nafaqat xo‘jalik 
yurituvchi subyektning ishlab chiqarish imkoniyatlari, 
185 
balki nazoratga olinmaydigan omillarning ta’siridagi real bozorda sotish 
imkoniyatlari bilan ham bog‘liq. Sotuv byudjetini tuzishda e’tiborga olinishi 
lozim bo‘lgan, lekin hisobga olinishida bemalol hisoblanishi mumkin bo‘lgan 
omillar bilan bir qatorda, hisoblanishi mumkin bo‘lmagan yoki alohida 
yondashuvni talab qiladigan omillar mavjud. Ulardan quyidagilarni alohida 
ko‘rsatib o‘tish mumkin: bozorga shu xildagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan 
raqobatchilar faoliyati; xo‘jalik yurituvchi subyektning milliy va jahon bozoridagi 
umumiy o‘rni; mahsulotlarni sotib oluvchi xaridorlar va xomashyo hamda 
materiallarni yetkazib beruvchilarning muqimligi; xo‘jalik yurituvchi subyekt 
imidjini ko‘tarishga hamda mahsulot realizatsiyasini ta’minlashga qaratilgan 
reklamaning samarasi; davriy, mavsumiy va boshqa tebranishlar; ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot bahosini shakllantirish (belgilash) siyosati; realizatsiya 
qilinayotgan mahsulotning rentabellik darajasi. 
Sotuv byudjeti asosidagi baholarni aniqlashning ikkita asosiy usuli mavjud: 
Umumiqtisodiy shart-sharoitlar, bozor kon’yunkturasi va ishlab chiqarish 
o‘sishining egri chizig‘ini matematik tahlil qilish asosida statistik istiqbolni 
belgilash. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt sotishni tashkil etish bo‘limi boshqaruvchilari va 
xodimlarining fikrlarini yig‘ish orqali olingan ekspert xulosasi. Ayrim xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarda sotishni tashkil etish xodimlari tomonidan har bir mijozga 
sotilayotgan har bir mahsulotni hisoblab chiqiladi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarda esa, butun mintaqadagi umumiy sotuvlar hajmini mintaqaviy 
boshqaruvchilar tomonidan hisoblanadi. 
Bu usullarning har biri o‘z ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Amaliyotning 
ko‘rsatishicha, ko‘pgina yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlar bu usullarning 
ikkalasidan ham mos ravishda foydalanishadi. Ayrim xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar regression tahlil, mahsulot chiqarish xarajatlari va ekonometrik 
modellar kabi qiyin uslublardan foydalanish istiqbolni to‘g‘ri belgilashda qo‘l 
kelmaydi degan nuqtayi- nazarga egalar. 


182 
Statistik 
prognoz 
Ekspertlar 
bahosi 
Shulardan kelib chiqqan holda sotuv 
byudjetini 
tuzishda 
quyidagi 
ikki 
usuldan foydalaniladi * 
Umumiqtisodiy sharoitlarning, 
bozor konyunkturasining grafikli 
matematik tahlili 
Sotuv bo‘limi mutaxassislari va 
boshqaruvchi, ya’ni menejerlarning 
fikr-mulohazalari 
asosida
Shuning uchun, hisobga olish qiyin bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi subyekt 
rahbarining shaxsiy ishbilarmonlik xususiyatidan kelib chiqadigan xulosasi ham bu 
yo‘nalishda muhimdir 
*- Bu ikkala usulning albatta bir qator yutuq va samaralari mavjud, lekin 
kamchiliklardan ham holi emas. 
8. a) Illyustrativ misol 
«Ulug‘bek» xo‘jalik yurituvchi subyekti uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqaradi 
va sotadi. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha buxgalteriya schyotlarida quyidagi qoldiqlar 
mavjud: 
T
.r 
Schetlarning nomi 
Miqdori, 
(pul 
birligida) 


183 

Pul mablag‘lari 
15 450 

Olinadigan schetlar 
19 900 

Materiallar zaxirasi 
18 510 


184 


185 

Tugallanmagan ishlab chiqarish 
24 680 

Tayyor mahsulotlar zaxirasi 
21 940 

Bo‘nak (avans) sifatida to‘langan xarajatlar 
3 420 

Asosiy vositalar 
262 800 

Asosiy vositalarga to‘plangan amortizatsiya 
52 560 

Boshqa aktivlar 
9 480 
1

To‘lanadigan schetlar 
52 640 
1

To‘lanadigan garov pullari 
70 000 
1

Oddiy aksiyalar 
90 000 
1

Taqsimlanmagan foyda 
74 980 
Hisobot yilining I-kvartali chiqimlari va xarajatlari uchun byudjet tuzilgan. Bu 
byudjet ma’lumotlari quyidagicha: 
T
.r 
Xarajatlar va chiqimlar 
Miqdori, 
(pul 
birligida) 

Materiallar sotib olish 
58 100 

Materiallarni ishlatish 
60 240 

Mehnat xarajatlari 
42 880 

Umum ishlab chiqarish xarajatlari 
51 910 

Tijorat xarajatlari 
35 820 

Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari 
60 230 

Kapital quyilmalar 


Ishlab chiqiladigan mahsulot tannarxi 
163 990 

Sotiladigan mahsulot tannarxi 
165 440 
Pul mablag‘lari bo‘yicha har oy oxiriga qolishi rejalashtirilayotgan miqdor: 
yanvar oyi oxirida 34610 p.b.; fevralda - 60190 p.b.; martda - 96240. 
Sotuv hajmi quyidagicha rejalashtirilgan: yanvarda 175 210 
fevralda 124 890 
martda 122 860 


186 
18 
510 
58 
100 
76 
610 
60 
240 
16 
370 
«Olinadigan schetlar»dagi qoldiq summasining kvartal oxirida ikki marta o‘sishi, 
«to‘lanadigan schetlar»dagi qoldiqning bo‘lsa 25 foizga kamayishi kutilmoqda. 
Shuningdek, garov to‘lovlarining shu kvartalda 6000 p.b.ga, bo‘nak sifatida 
to‘lanadigan xarajatlarning 20000 p.b.ga va boshqa aktivlar miqdorining 50 foizga 
o‘sishi kutilmoqda. Asosiy vositalar amortizatsiyasi hajmi yil uchun 10 foiz 
miqdorda hisob-kitob qilinmoqda. Foyda solig‘i hajmi 34 foiz miqdorida. 
Talab qilinadi: 
I-kvartal uchun foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotni tuzing; 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning 31-mart kuniga bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
moliyaviy ahvoli istiqbolini belgilab bering. 
Yechimi: 
dastlabki hisob-kitoblar: materiallar zaxirasi 
kvartal 
boshidagi 
qoldiq 
sotib 
olingan 
materiallar 
foydalanishga yaroqli materiallar minus: ishlatilgan materiallar 
kvartal 
oxiridagi qoldiq 
tugallanmagan ishlab chiqarish 
kvartal boshidagi qoldiq 
24 
680 
hisobot 
davridagi 
xarajatlar: 
materiallar 
60 240 
mehnat xarajatlari 
42 880 
umum ishlab chiqarish xarajatlari 51 910 
jami ishlab chiqarish xarajatlari 179 710 
minus: ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi 163 990 
kvartal oxiridagi qoldiq 
15 720 
tayyor mahsulotlar zaxirasi 
kvartal boshidagi qoldiq 
21 940 
ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi 
163 990 
sotilayotgan mahsulot qiymati 
185 930 


187 
minus: sotilgan mahsulot tannarxi165 440 
kvartal oxiridagi qoldiq 
20 490 


188 
b) masalaning yakuniy yechimi: (Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot) 
Mahsulotlar sotuvidan tushadigan tushum 
422 
960 
Sotiladigan mahsulot tannarxi 
165 
440 
Yalpi foyda 
257 
520 
minus: tijorat xarajatlari 
35 820 
ma’muriy-boshqaruv xarajatlari 
60 230 
96 
050 
Soliq va foizlar to‘lovigacha bo‘lgan foyda 
161 
470 
foizlar bo‘yicha to‘lovlar 
2 000 
Soliqqa tortiladigan foyda 
159 
470 
soliq summasi, 34% 
54 220 
Sof foyda 
105 
250 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli istiqboli 
joriy aktivlar 
Pul mablag‘lari 
96 240 
Olinadigan schetlar (19 900 x 2) 
39 800 
Materiallar zaxirasi 
16 370 
Tugallanmagan ishlab chiqarish 
15 720 
Tayyor mahsulotlar zaxirasi 
20 490 
Bo‘nak sifatida to‘lanadigan xarajatlar 
23 420 
joriy aktivlar jami 
212 
040 
Noaylanma aktivlar 
Asosiy vositalar 
262 800 
Minus: toplangan amortizatsiya 
59 130 
203 
670 
Boshqa aktivlar 
14 
220 
jami aktivlar 
429 
930 


189 
joriy majburiyatlar 
To‘lanadigan schetlar 
39 480 
To‘lanadigan soliqlar 
54 220 
Jami joriy majburiyatlar 
93 
700 
To‘lanadigan garov summalari (70000-4000) 
66 
000 
Jami majburiyatlar 
159 
700 
Ustav kapitali 
Oddiy aksiyalar 
90 000 
Taqsimlanmagan foyda (74 980 + 105 250) 
180 230 
Jami ustav kapitali 
270 
230 
Jami majburiyatlar va ustav kapitali 
429 
930 
b) Test savollari 
Umumiy byudjetni ishlab chiqishda quyidagi qaysi joriy byudjet asos qilib 
olinadi? 
tijorat xarajatlari byudjeti 
sotish byudjeti 
v) ishlab chiqarish byudjeti 
g) materiallarni xarid qilish va ishlatish byudjeti 
Xarid qilinishi lozim bo‘lgan materiallarning umumiy hajmini aniqlash uchun 
qanday byudjet tuzilishi lozim? 
tijorat xarajatlari byudjeti 
sotish byudjeti 
v) ishlab chiqarish byudjeti 
g) materiallarni ishlatish byudjeti 
Kelgusidagi ishlab chiqarish rejasini bajarishda e’tiborga olinadigan, nazarda 
tutilayotgan ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risidagi 


190 
atroflicha ma’lumotni o‘zida mujassamlashtirgan byudjetlardan biri (to‘g‘ri 
materiallar sarfi va to‘g‘ri ish haqi xarajatlaridan tashqari), bu: 
umum ishlab chiqarish xarajatlari byudjeti 
bosh byudjet 
v) kapital xarajatlar byudjeti 
g) umum va ma’muriy boshqaruv xarajatlari byudjeti 
Quyidagi qaysi hujjat ishlab chiqilgunga qadar, pul mablag‘lari to‘g‘risidagi 
byudjet ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim? 
foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot prognozi 
kapital xarajatlar byudjeti v) sotuv byudjeti 
g) xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati to‘g‘risidagi hisobot prognozi 
(buxgalteriya balansi) 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning sotuv byudjetida quyidagi ma’lumotlar mavjud: 
Oktabr oyida "A" mahsulotidan 12500 birlik va "V" mahsulotidan 33100 birlik 
sotish mo‘ljallangan. "A"mahsulotining sotish bahosi - 22.4 p.b., va "V" 
mahsulotiniki - 32.0. Mahsulotlarni sotish bo‘limi, sotilgan "A" mahsulotdan 6 foiz 
va "V" mahsulotdan 8 foiz "комиссионный" oladi. Shu oyda, Sizningcha, 
комиссионный byudjetida qancha mablag‘ kirimi rejalashtirilgan? 
106 276 
101 536 v) 84 736 g) 92 436 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt iyul oyida - 134000 p.b., avgust oyida 226000 p.b. va 
sentabr oyida 188000 p.b.da tovarlarni kreditga sotgan. Tovarlarni kreditga sotish 
tajribalaridan shu narsa ma’lumki, sotilgan tovarlarning taxminan 60 foiz 
miqdoridagi mablag‘i keyingi oyda, 36 foizi ikkinchi oyda va qolgan 4 foizi umuman 
olinmasligi mumkin. Shu holatlardan kelib chiqib topingchi, sentabr oyida sotilgan 
tovarlardan qancha mablag‘ olinishi mumkin? 
183 840 
194 160 v) 226 000 g) 188 000 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning bir oy mobaynidagi faoliyatini iloji boricha 
atroflicha baholash uchun eng yaxshi mezon qaysi? 


191 
oy bo‘yicha byudjetda belgilangan rejalarning bajarilishi 
xaqiqatda bajarilgan holatning o‘tgan yildagi xuddi shu oy holati bilan 
taqqoslanishi 
v) xaqiqatda bajarilgan holatning o‘tgan oy bilan taqqoslanishi 
g) boshqa mezonlar 
Quyidagi mulohazalar haqida fikringiz qanday? 
Sotish hajmini prognoz qilishning eng samarali usuli - o‘tgan yilgi haqiqiy sotish 
hajmini asos qilib olish va uni biroz ko‘paytirish kerak 
HA 
b) YO‘Q 
Har qanday byudjetni tuzishdagi eng katta to‘siq, bu - ishlab chiqarish hajmi 
HA 
b) YO‘Q 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning joriy byudjetini tayyorlashda eng so‘nggi 
bosqich, bu: 
foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot 
buxgalteriya balansi 
v) pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot 
g) bironta ham band to‘g‘ri emas 
Xarid qilinishi zarur bo‘lgan materiallar miqdori, ishlatilgan materiallarning 
soniga: 
davr oxiriga rejalashtirilgan materiallar zaxirasini qo‘shib, davr boshiga bo‘lgan 
materiallar zaxirasini minus qilish qiymatiga teng 
davr boshiga bo‘lgan materiallar zaxirasini qo‘shib, davr oxiriga rejalashtirilgan 
materiallar zaxirasini minus qilish qiymatiga teng 
v) ikkala band ham to‘g‘ri 
g) ikkila band ham noto‘g‘ri 
Xo‘jalik yurituvchi subyektda aniq bir tovar bo‘yicha boshlang‘ich qoldiq - 
20000 birlik mavjud. Byudjet tuzilayotgan oyning oxirida shu tovar bo‘yicha 14500 


192 
birlik qolishi va oy davomida 59000 birlik ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Shu 
holatda sotuv hajmi qanchani tashkil qiladi? 
53 500 birlik 
64 500 birlik 
v) 59 000 birlik 
g) bironta ham javob to‘g‘ri emas 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘ri materiallar zaxirasi miqdorini 40 foizga 
kamaytirmoqchi. Byudjet tuzilayotgan oyning boshiga shu materiallar qoldig‘i 
120000 metrni tashkil qilgan. Xo‘jalik yurituvchi subyekt 84000 birlik mahsulot 
ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Har bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun 2.5 
metr shu xildagi material ishlatiladi. Byudjet tuzilayotgan oy uchun shu materialdan 
yana qancha sotib olinishi lozim? 
138 000 metr 
258 000 metr 
v) 64 800 metr 
g) bironta ham javob to‘g‘ri emas 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud: 
14. 
Yil davomida xarid qilingan tovarlar summasi 
350 000 
Yil oxiriga tovar qoldig‘i 
70 000 
Xaridorlardan kelib tushgan pul mablag‘lari 
200 000 
Barcha tovarlar xarid qilingan bahosidan (tannarxidan) 40 foiz yuqori bahoda 
sotilgan. Barcha tovarlar kreditga sotilgan va barcha sotilgan tovarlar uchun pul 
albatta olinadi deb faraz qilinsa, yilning oxirgi kuniga, ya’ni 31 dekabrga "Olinadigan 
schetlar"da qoldiq (saldo) qanchani tashkil qiladi? 
50 000 p.b. 
192 000 p.b. 


193 
v) 250 000 p.b. 
g) 290 000 p.b. 
15. Byudjet tuzilgan yil mobaynida ishlab chiqarish xo‘jalik yurituvchi subyekti 
kreditga 219000 p.b.dagi mahsulot sotib undan shu yili 143500 p.b. kirim qilmoqchi. 
Faraz qilinayaptiki, shu hisobot yilida boshqa hech qanaqangi tushum bo‘lmaydi va 
aynan shu yilgi naqd pul to‘lovlari 179000 p.b.ni tashkil qiladi. Bulardan tashqari 
"Pul mablag‘lari" schetida yilning oxirida yana 10000 p.b. qolishi lozim bo‘lsa, 
xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatiga qo‘shimcha ravishda yana qancha 
mablag‘ni jalb qilishi lozim? 
45 500 
44 500 
v) 24 500 
g) bironta ham javob to‘g‘ri emas 
8. v) Muommalar va vazifalar 1. To‘lanadigan xarajatlarni rejalashtirish 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt kelgusi oy uchun pul mablag‘lari byudjetini tuzdi. 
Unda tovarlar zaxirasi bilan bog‘liq quyidagi ma’lumotlar mavjud: 
Oy boshidagi zaxira 
180 000 
Oy davomida sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlar tannarxi 
900 000 
Oy oxiriga qolishi mo‘ljallanayotgan zaxira 
160 000 
Oy boshlanguncha xarid qilingan tovarlar uchun shu oyda 
to‘lanadigan mablag‘lar 
210 000 
Hisobot oyida shu oyda xarid qilingan tovarlar uchun 
to‘lovlar 
80 foiz 
Talab qilinadi: 
Xarid qilinayotgan tovarlar uchun shu hisobot oyida qancha mablag ‘ to ‘lanishi 
lozimligini toping. 
2. Pul mablag‘lari byudjetining elementlari Quyidagi ma’lumotlar mavjud: 
1-
variant 
2-
variant 
Pul mablag‘larining boshlang‘ich qoldig‘i 
4 200 
3 700 


194 
Tushimi kutilayotgan pul mablag‘lari 
98 000 
73 600 
Kutilayotgan to‘lovlar 
89 000 
80 800 
Oy oxiriga qolishi kutilayotgan qoldiq 
8 000 
9 500 
Talab qilinadi: 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt qancha mablag‘ni qarzga olishi lozimligini yoki 
qarzlari va to‘lovlarni to‘lash uchun o‘z mablag‘i yetishi mumkinligini toping. Har 
ikkala variantni ham mustaqil ishlang. 
Ishlab chiqarish byudjetini tayyorlash 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt darvozalar ishlab chiqaradi. Kelgusi yil uchun sotuv 
hajmi bo‘yicha istiqbol reja quyidagicha, (donada): 
Yanvar 
50 000 
Iyul 
40 
000 
Fevral 
40 000 
Avgust 
50 
000 
Mart 
60 000 
Sentabr 
60 
000 
Aprel 
70 000 
Oktabr 
70 
000 
May 
60 000 
Noyabr 
80 
000 
Iyun 
50 000 
Dekabr 
60 
000 
Kelgusi yil yanvar oyi uchun sotuv hajmining istiqbol rejasi - 60 000 dona eshik. 
Shu yil yanvar oyi boshiga bo‘lgan qoldiq - 15 000 dona. Xo‘jalik yurituvchi subyekt 
tovar (eshik) zaxirasi bo‘yicha quyidagi tamoyilga amal qiladi: minimal zaxira 
miqdori 15 000 donadan kam bo‘lmasligi va maksimal miqdori - kelgusi oyda 
sotilishi rejalashtirilgan miqdorning yarmisiga teng bo‘lishi lozim. Maksimal ishlab 
chiqarish quvvati - bir oyga 65 000 dona eshik. 
Talab qilinadi: 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib kelgusi yil uchun, har oydagisini 
alohida ko‘rsatgan holda, ishlab chiqarish byudjetini tuzing. 
Kelgusi yilning 31-dekabr kuniga qoladigan oxirgi qoldiq miqdori qanchaga teng 
bo‘ladi? 
Materiallar xaridi byudjeti 


195 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt yog‘och eshiklar ishlab chiqaradi. Kelgusi yil uchun 
sotuv hajmi bo‘yicha dastlabki besh oylik istiqbol reja quyidagicha (donada): 
Iyun 
50 000 
Yanvar 
10 800 
Fevral 
15 600 
Mart 
12 200 
Aprel 
10 400 
May 
9 800 
Har oyning oxiridagi tayyor mahsulot qoldig‘i, kelgusi oyda sotilishi belgilangan 
miqdorning 25 foiz hajmida bo‘lishi lozim. Yanvar oyining dastlabki kunida 
ombordagi shu mahsulot qoldig‘i 2 700 dona bo‘lgan. Oy oxirida tugallanmagan 
ishlab chiqarish qolmaydi. Bir dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun ikki xildagi 
materiallardan quyidagicha miqdorda kerak bo‘ladi: 
«A» materialidan 
4 dona 
«V» materialidan 
5 dona 
Har oyning oxiridagi materiallar qoldig‘i, kelgusi oyda ishlatilishi belgilangan 
miqdorning yarmisi hajmida bo‘lishi lozim. 
Talab qilinadi: 
Kelgusi yilning I-kvartalidagi har bir oy uchun xarid qilinishi lozim bo‘lgan 
materiallar miqdorini toping - materiallar xaridi byudjetini tuzing. 
g) Vaziyatli masalalar 
«Avto-motor» xo‘jalik yurituvchi subyekti yuqori malakali mutaxassislar 
mehnatiga tayanib va maxsus quyilgan po‘latlardan yengil avtomashinalarga ehtiyot 
qismlari ishlab chiqaradi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati kelgusi yil uchun 
bosh (asosiy) byudjetni ishlab chiqishga kirishdi. Uni tuzish jarayoni bo‘yicha 
quyidagi mulohazalar mavjud: 
Tugallanmagan ishlab chiqarish zaxirasi juda kam va shunga muvofiq uni 
e’tiborga olmaslik mumkin; 
Materiallar va tayyor mahsulotlarga bo‘lgan baho o‘zgarmaydi; 


196 
Barcha umum ishlab chiqarish xarajatlari bitta bazaga, ya’ni to‘g‘ri mehnat sarfi 
soati miqdoriga muvofiq hisoblanadi. 
Materiallar va mehnat sarfi: 
miqdori 
bahosi (pul birligida) 
Po‘lat 111 
kg 

Po‘lat 112 
kg 
10 
Mehnat xarajati 
soat 
20 
Umum ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘ri mehnat sarfi soati miqdoriga muvofiq 
taqsimlanadi. 
Bir 
dona 
tayyor mahsulotga 
Mahsulotlar 
«A» mahsuloti (oddiy 
rejimga 
mo‘ljallangan 
ehtiyot qism) 
«Z» mahsuloti (yuqori 
quvvatga 
mo‘ljallangan 
ehtiyot qism) 
Po‘lat 111 
12 kg 
12 kg 
Po‘lat 112 
6 kg 
8 kg 
Mehnat sarfi 
4 soat 
6 soat 
Mahsulotlar 
«A» mahsuloti 
«Z» mahsuloti 
Sotish hajmi, donada 
5 000 
1 000 
Bir donasining sotish bahosi 
600 
800 
Kutilayotgan 
oxirgi 
qoldiq, 
donada 
1 100 
50 
Boshlang‘ich qoldiq, donada 
100 
50 
Boshlang‘ich qoldiq, so‘mda 
38 400 
2 200 
Materiallar zaxirasi: 


197 
Po‘lat 
111 
Materiallar 
Po‘lat 112 


198 
Boshlang‘ich zaxira, kg 
7 000 
6 000 
Rejalashtirilgan oxirgi qoldiq, kg 
8 000 
2 000 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari ko‘zda tutilayotgan faoliyatni amalga 
oshirish uchun quyidagi xarajatlar sodir etiladi deb hisob-kitob qilishayapti: 
Umum ishlab chiqarish xarajatlari 
Pul birligida 
Yordamchi materiallar 
90 000 
Bilvosita mehnat sarflari 
200 000 
Mehnat ta ’tillari to ‘lovlari 
320 000 
Energiya xarajatlari, o‘zgaruvchan qismi 
90 000 
Joriy ta ’mirlash xarajati, o ‘zgaruvchan qismi 
70 000 
Amortizatsiya 
230 000 
Mulk solig ‘i 
50 000 
Mulkni sug‘urtalash xarajatlari 
10 000 
Nazorat chiqimlari 
100 000 
Energiya xarajatlari, doimiy qismi 
20 000 
Joriy ta ’mirlash xarajati, doimiy qismi 
20 000 
Jami 
1 200 000 
Marketing va ma’muriy boshqaruv xarajatlari 
Komission xarajatlar 
200 000 
Reklama xarajatlari 
60 000 
Sotuv bo ‘limi ishchilari ish haqi 
100 000 
Xizmat safari xarajatlari 
90 000 
Metall kesuvchilarning ish haqi 
100 000 
YOrdamchi materiallar 
12 000 
Boshqaruvchilarning ish haqi 
260 000 
Boshqa xarajatlar 
48 000 
Jami: 
870 000 
Talab qilinadi: 


199 
Kelgusi yil uchun operativ byudjetni tuzing. Buning uchun quyidagi byudjetlarni 
tuzish lozim: 
Sotuv byudjeti. 
Ishlab chiqarish byudjeti (donada). 
Materiallarni ishlatish byudjeti. 
Mehnat sarfi byudjeti. 
Umum ishlab chiqarish xarajatlari byudjeti. 
Davr oxiriga bo‘ladigan qoldiqlar byudjeti. 
Sotiladigan mahsulotlar tannarxi byudjeti. 
Marketing va ma’muriy boshqaruv xarajatlari byudjeti. 
Foyda 
va 
zararlar 
to‘g‘risidagi 
byudjet 
hisoboti.


200 

Download 1,93 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti

Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish