201
Shunday qilib, moliyaviy mustahkamlikka korxona ichidagi va undan tashqaridagi
vaziyat, omillar, shart-sharoitlar ta’sir ko‘rsatar ekan, lekin shu bilan birga moliyaviy
mustahkamlik darajasi korxonalarning hozirgi va kelgusi faoliyatiga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan, moliyaviy mustahkamlikning darajasiga binoan korxonada quyidagi
muammolar yechiladi: korxona xodimlariga o‘z vaqtida ish haqi to‘lab turish;
ta’minlovchi va iste’molchi korxonalar bilan iqtisodiy aloqalarni
kerakli darajada olib
borish; banklardan olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarib turish; davlat budjetiga
tegishli soliq va to‘lovlarni o‘z vaqtida o‘tkazib turish; boshqa korxona va
tashkilotlardan olingan qarzlarni o‘z vaqtida qaytarib turish; korxona xodimlarini
moddiy rag‘batlantirib borish; korxona jamoasining sotsial rivojlanishini ta’minlash;
korxonani texnikaviy darajasini ko‘tarib turish.
Demak, moliyaviy mustahkamlik bir qancha omillar, shart-sharoitlar ta’sirining
yakuni bo‘lib, u o‘z navbatida korxona faoliyatining ko‘p tomonlariga ta’sirini
ko‘rsatadi. Moliyaviy mustahkamlikni tahlil qilishni
boshlamasdan oldin yana bir
muammoni ko‘rib chiqishimiz kerak.
Bu moliyaviy mustahkamlikning mazmuni shundan iboratki, moliyaviy
mustahkamlikni o‘lchash, baholash uchun foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini
chegaralab olish lozim.
V.G. Artemenko, M.V. Bellendirlarning fikricha moliyaviy mustahkamlik korxona
moliyaviy resurslarini shakllanish, taqsimlanish va foydalanish samaradorligini
ifodalaydi.
Lekin ma’lumki, korxonalar moliyaviy resurslarining shakllanish, taqsimlanish va
foydalanish samaradorligi ularning umuman moliyaviy holati bo‘lsa, moliyaviy
mustahkamligi korxonalar faoliyatining faqat bir shaklini, yo‘nalishini ifodalaydi.
A.D. Sheremet, R.S Sayfulinlarning fikricha moliyaviy mustahkamlik va to‘lashga
qodirlik bir mazmunga ega bo‘lib, to‘lashga qodirlik moliyaviy mustahkamlikning
tashqari ko‘rinishini ifodalaydi.
Xuddi shu fikrga A.N. Li va S.I. Shevchenkolar ham ega. Ular o‘z maqolalarida
moliyaviy mustahkamlik koeffitsientining tahlili to‘g‘risida to‘xtalib, to‘lashga qodirlik
ko‘rsatkichini tahlil etganlar.
Haqiqatda moliyaviy mustahkamlik va to‘lashga qodirlik har xil mazmunga ega
bo‘lib, bu moliyaviy ko‘rsatkichlar turli usulda aniqlanadi. Undan tashqari A.N. Li va
S.I.
Shevchenkolar moliyaviy mustahkamlikni moliyaviy barqarorlik deb qabul
qilishgan. Bu ham noto‘g‘ri. Moliyaviy barqarorlik bu - korxonalarning moliyaviy
holatini zaruriy bir xil darajada turishini, pasaymasligini ifodalaydi.
Moliyaviy mustahkamlik to‘g‘risida
gap borar ekan, yana ikkita narsaga e’tibor
berish lozim. Bu moliyaviy mustahkamlikning mezoni va moliyaviy mustahkamlikni
ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi. A.N. Li va S.I.Shevchenkolarning fikricha, moliyaviy
mustahkamlik mezoni aniqlanishi lozim va bu mezon sifatida korxonalarning bankrot
bo‘lishi ehtimolligining past darajasi tavsiya etiladi. Avvalambor moliyaviy
mustahkamlik darajasiga binoan korxonalarning bankrot bo‘lish ehtimolligi
aniqlanmaydi.
Fikrimizcha, moliyaviy ko‘rsatkichlarni, shu jumladan, moliyaviy mustahkamlik
bo‘yicha ham mezonlar emas, optimal yoki me’yoriy darajalari tasdiqlanishi kerak.
Iqtisodiy adabiyotda moliyaviy mustahkamlik darajasini o‘lchash uchun har xil
40
202
ko‘rsatkich tizimlari tavsiya etiladi. A.N. Li va S.I.
Shevchenkolar moliyaviy
mustahkamlikni aniqlash uchun korxona kapitalining tarkibiy ko‘rsatkichlari,
V.G.Artemenko va M.V.Bellendirlar esa moliyaviy mustahkamlikni tahlil etishda
nisbiy ko‘rsatkichlar bilan birga mutlaq ko‘rsatkichlardan ham foydalanishgan.
Moliyaviy mustahkamlik albatta, nisbiy ko‘rsatkichlar, zaxiralar va xarajatlar
hamda ularni qoplovchi manbalar nisbati bilan aniqlanishi lozim. Zaxira va xarajatlar
bilan ularni qoplovchi manbalar o‘rtasidagi farq — mutlaq ko‘rsatkichlar moliyaviy
mustahkamlikni ko‘rsatmaydi. Ulardan faqat moliyaviy mustahkamlikni aniqlash uchun
axborot bazasi sifatida foydalaniladi. Shunday qilib, iqtisodiy
adabiyotda moliyaviy
mustahkamlikni tahlil qilishda eng asosiy muammo, uning iqtisodiy mazmuni bo‘yicha
iqtisodchi olimlar o‘rtasida hali kelishuv yo‘q. Moliyaviy mustahkamlik
ko‘rsatkichlarini hisoblash uslubiyati bo‘yicha ham iqtisodiy adabiyotda xatoliklarga
yo‘l quyishgan. Masalan A.N.Li va S.I.Shevchenkolar tomonidan moliyaviy
mustahkamlikning bir guruh ko‘rsatkichlari quyidagicha aniqlanadi.
1.