212
majburiyatlari esa uzoq va qisqa muddatga olingan qarzlardan iborat.
Demak, umumiy likvidlik koeffitsienti korxonalarni butun olingan qarzlarni —
ham o‘zoq, ham qisqa muddatga olingan qarzlarni o‘zining butun aktivlari hisobidan
qaytarishiga qodirligini ko‘rsatadi. Balans likvidligining boshqa asosiy ko‘rsatkichlari
faqat qisqa muddatga olingan qarzlar bo‘yicha aniqlanadi. Ulardan birinchisi joriy
likvidlik koeffitsienti. Bu koeffitsient adabiyotda qoplash likvidlik koeffitsienti deb ham
ataladi.
Joriy likvidlik koeffitsientining mazmuni quyidagilar bilan ifodalanadi:
-
qisqa muddatga olingan qarzlar — bank kreditlari, kreditorlik qarzlar,
korxonaning joriy aktivlari bilan qanday ta’minlangan?
-
korxona joriy majburiyatlarining har bir so‘miga nisbatan korxonaning qancha
joriy aktivlari to‘g‘ri kelyapti?
-
korxonaning joriy majburiyatlari uning umumiy aylanma mablag‘lari bilan
qanday qoplanyapti?
-
agar joriy likvidlik koeffitsienti haddan tashqari yuqori bo‘lsa, Demak,
korxonada moddiy aylanma mablag‘lar, debitorlik qarzlari talabdan tashqari ko‘payib
ketgan. Bu demak, aylanma mablag‘larni aylanishini susaytiradi, korxonaning moliyaviy
holati yomonlashadi;
-
agar joriy likvidlik koeffitsienti pasayib boraversa, tavakkallik (risk) kuchayib,
korxonada joriy majburiyatlardan qutilish imkoniyatlari kamayib boradi;
-
joriy likvidlik koeffitsientiga korxonada mavjud ishlab chiqarish davrining
uzunligi ta’sir ko‘rsatadi.
Joriy likvidlik koeffitsienti ham umumiy likvidlik koeffitsientiga o‘xshab, korxona
majburiyatlaridan foydalanishdagi uning imkoniyatlari va salohiyatini ko‘rsatadi.
Umumiy likvidlikda bu salohiyat korxonaning hamma majburiyatlariga nisbatan olinsa,
joriy likvidlikda faqat qisqa muddatga olingan qarzlarga nisbatan olinadi.
Nima uchun joriy likvidlik koeffitsienti korxona salohiyatini ko‘rsatadi, deyilganda
shuni e’tiborga olish kerakki, korxona o‘z joriy majburiyatlaridan qutilish uchun moddiy
aylanma mablag‘larini tayyor mahsulotga aylantirib, uni sotishi kerak, debitorlik
qarzlarni oldin undirish zarur.
Joriy likvidlik koeffitsienti korxona aktsiyalarining egalari va bu korxona bilan
aloqadagi korxonalar va tashkilotlar uchun katta ahamiyatga ega.
Joriy likvidlik koeffitsienti korxonadagi butun aylanma mablag‘larni, ya’ni moddiy
aylanma mablag‘larni va pul aylanma mablag‘larni qisqa muddatga olingan qarzlarga
bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi, ya’ni