§. Bosh byudjet, uning tarkibi va tuzish tartibi
Bosh byudjet xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha bo‘linmalari yoki
yo‘nalishlari bo‘yicha muvofiqlashtirilgan ish rejasi hisoblanadi. U ikki asosiy
byudjet shakli: tezkor (operativ) va moliyaviy byudjetlarni o‘z ichiga oladi.
Tezkor (opreativ) byudjet. U shuningdek joriy, davriy byudjet bo‘lib ham
sanaladi. Tezkor (operativ) byudjet xo‘jalik yurituvchi subyektning alohida
yo‘nalishi uchun kelgusi yilga mo‘ljallangan tadbirlarni namoyon etadi. Uni tuzish
160
jarayonida rejalashtirilayotgan sotuv va ishlab chiqarish hajmi xo‘jalik yurituvchi
subyektda faoliyat
yuritayotgan barcha bo‘linmalarning daromadlari va xarajatlarining miqdoriy
ko‘rinishiga aylanadi. Tezkor (operativ) byudjet foyda va zarar to‘g‘risidagi
byudjet hisobotini o‘z ichiga oladi. Ushbu hisobot sotuv byudjeti, ishlab chiqarish
byudjeti, tovar-moddiy zaxiralar byudjeti va tijorat, umumiy va boshqaruv
xarajatlari byudjetlaridan tuziladi.
Sotuv byudjeti. Kutilayotgan sotuv hajmi eng asosiy ko‘rsatkich bo‘lganligi
uchun byudjetni tuzish jarayoni shu ko‘rsatkichni aniqlashdan boshlanadi va
uning o‘zgarishi boshqa ko‘rsatkichlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Sotuv rejasi
xo‘jalik yurituvchi subyekt marketing bo‘limi tadqiqotlarining bosh yo‘nalishi
hisoblanadi. Ko‘p hollarda sotuv hajmi xo‘jalik yurituvchi subyektda mavjud
bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlari bilan cheklanadi. Sotuv hajmi byudjeti va
uning mahsulot ishlab chiqarish turlari bo‘yicha tarkibi xo‘jalik yurituvchi
subyektning umumiy faoliyati va darajasini belgilab, boshqa byudjetlarga ta’sir
ko‘rsatadi.
Tijorat xarajatlari byudjeti. Bu byudjetda kelgusida mahsulot va xizmatlarni
sotish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kutilayotgan xarajatlar o‘z aksini topadi.
Tijorat va transport bilan bog‘liq ayrim xarajatlar o‘zgaruvchan bo‘lib, reklama va
xodimlarning ish haqi kabi xarajatlar doimiy hisoblanadi. Tijorat xarajatlari
byudjetini tuzish va uni amalga oshirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning
sotuv bo‘limi mas’uldir.
Ishlab chiqarish byudjeti. Rejalashtirilgan sotuv hajmining miqdoriy sonini
o‘rnatgandan so‘ng, kutilayotgan sotuv va zaxiralarning kerakli darajasini
ta’minlash maqsadida mahsulot va xizmatlarni qancha miqdorda ishlab chiqarish
lozimligini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati
tayyor mahsulot zaxirasini oldingiday saqlab qolish yoxud uni ko‘paytirish yoki
kamaytirish borasidagi tegishli qarorga kelishi kerak. Tayyor mahsulot zaxirasi
hajmi, byudjet muddati boshlanishidagi mavjud bo‘lgan mahsulot hajmi hamda
sotuv hajmiga oid ma’lumotlardan kelib chiqib ishlab chiqarish jadvali tuziladi.
Xomashyo hamda materillarni sotib olish va ishlatish byudjeti. Xomashyo
hamda materiallarni sotib olish va ularni ishlatishning rejadagi ehtiyoji bir
hujjatda, shuningdek alohida-alohida hujjatlarda ham tayyorlanishi mumkin.
Ko‘pgina xo‘jalik yurituvchi subyektlar yagona hujjatni afzal deb bilishadi. Bu
byudjetda ishlab chiqarish
165
rejasini bajarish uchun xarid qilish muddatlari, xomashyo, materiallar va
yarim fabrikatlar turlari hamda soni aniqlashtiriladi. Xomashyo materiallarini
ishlatish ishlab chiqarish byudjeti va moddiy zaxiralar darajasida kutilayotgan
o‘zgarishlardan kelib chiqadi. Har bir dona ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
narxi va uning soni ko‘paytirilganda xomashyo materiallarini xarid qilish byudjeti
aniqlanadi.
Mehnat xarajatlari byudjeti. Bu byudjet ishlab chiqarilgan mahsulot yoki
xizmatlar sonini har bir mahsulot birligiga soatlarda sarflangan mehnat normasiga
ko‘paytirish orqali topilib, rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmini bajarish uchun
zarur bo‘lgan kerakli ish vaqtini soatlarda belgilab beradi. Shu yoki alohida
boshqa hujjatda zarur bo‘lgan ish vaqtini soatbay ish haqiga ko‘paytirish orqali
pul ko‘rinishidagi mehnat xarajatlari aniqlanadi.
Umumishlab chiqarish xarajatlari. Bu byudjet xomashyo va ish haqi
xarajatlaridan farqli ravishda kutilayotgan ishlab chiqarish xarajatlari rejasi
ko‘rinishida bo‘ladi. Bu byudjet quyidagi ikki maqsadni ko‘zlaydi:
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha menejerlar tomonidan tuzilgan
barcha umumishlab chiqarish xarajatlari byudjetlarini birlashtirish;
Ushbu ma’lumot yig‘ilganidan so‘ng, hisobot davrida yuqorida ko‘rsatilgan
xarajatlar
me’yorini
hisoblash
hamda
kelgusida
ishlab
chiqarishi
mo‘ljallanayotgan mahsulot birligi bo‘yicha ularni taqsimlash yoki boshqa
ixtiyoriy olingan har qanday xarajat obyektlari bo‘yicha tannarxni hisoblash
imkonini beradi.
Umumiy va boshqaruv xarajatlari byudjeti. Bu byudjet ishlab chiqarish va
sotuv xarajatlaridan farqli ravishda tegishli bandlarga ajratilgan joriy operatsion
xarajatlar rejasi bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusidagi umumiy
faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Bu byudjetning ishlab chiqilishi
pul mablag‘lari byudjetini
166
tayyorlashda va uni nazorat qilishda ishlatiladigan ma’lumotni aniqlashda
yordam beradi. Shuningdek, bu ma’lumot rejalashtirilgan davr uchun xo‘jalik
yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijasini aniqlash uchun ham
ishlatiladi. Bu byudjetning aksariyat bandlari doimiy xarajatlardan iborat.
Foyda va zararlar to‘g‘risidagi kutilayotgan hisobot. Tayyorlangan davriy
byudjetlarga asoslanib xo‘jalik yurituvchi subyektning bosh menejeri yoki
byudjetni tuzish bo‘yicha mutaxassis xomashyo va materiallar, mehnat sarfi va
umumishlab chiqarish xarajatlari byudjetlaridan foydalangan holda sotilgan
mahsulot tannarxi istiqbolini ishlab chiqishni boshlashi mumkin. Daromadlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar sotuv byudjetidan olinadi. Kutilayotgan daromadlar va
mahsulot sotish tannarxi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanib hamda ularga
tijorat, umumiy va boshqaruv xarajatlaridan olingan ma’lumotlarni qo‘shib, foyda
va zararlar to‘g‘risidagi kutilayotgan hisobotni ishlab chiqish mumkin.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu hisobotni tuzish operativ
byudjetni ishlab chiqishda eng yakuniy qadam hisoblanadi.
Moliyaviy byudjet. Moliyaviy byudjet bu moliyaviy mablag‘larning
kutilayotgan manbalari va ulardan kelgusi davrda foydalanish yo‘nalishlarini
o‘zida aks ettiruvchi rejadir. Moliyaviy byudjet foyda va zararlar to‘g‘risidagi
hisobot byudjeti bilan birgalikda kapital xarajatlar byudjeti, xo‘jalik yurituvchi
subyektning pul mablag‘lari byudjeti va ularning asosida tuzilgan buxgalteriya
balansi va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga
qamrab oladi.
Kapital xarajatlar byudjeti. Kapital quyilmalar ehtiyojini aniqlash va ular
uchun investitsion resurslarni jalb qilish boshqaruv hisobining kompleks vazifasi
hisoblanadi. Bunday qaror qabul qilish uchun tanlangan mezon asosida
investitsion rentabellikni aniqlash bilan bog‘liq qanday uzoq muddatli aktivlarni
sotib olish yoki qurish masalasini hal
167
164
qilish muammosi mavjud. Uzoq muddatli kapital quyilmalarga oid ma’lumot
sotib olish yoki qurilish xarajatlariga, shuningdek, kreditlar uchun foiz to‘loviga,
foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotga, kutilayotgan buxgalteriya balansiga,
asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli aktivlar hisob raqamidagi qoldiqni
o‘zgartirib, pul mablag‘lari byudjetiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu borada kapital
xarajatlar bo‘yicha barcha qarorlar rejalashtirilishi va umumiy byudjetga kiritilishi
lozim.
Barcha joriy byudjetlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Kutilayotgan
sotuv byudjetni tuzish jarayonida dastlabki qadam hisoblanadi. Undan keyin
tijorat xarajatlari byudjeti ishlab chiqiladi. Shuningdek, xomashyo materiallarini
xarid qilish va undan foydalanish byudjeti, mehnat byudjeti va umumishlab
chiqarish byudjetlari asosida tuziladigan ishlab chiqarish byudjeti kutilayotgan
sotuv hajmiga bog‘liq. Ko‘p hollarda umumiy va boshqaruv xarajatlari hamda
kapital quyilmalar byudjeti boshqaruvning yuqori darajalari qabul qilinadi. Lekin
bu ma’lumotning asosiy qismi xo‘jalik yurituvchi subyektning bo‘linmalari
darajasida qayta ishlanadi va davriy byudjetga qo‘shiladi.
Pul mablag‘lari byudjeti. Bu byudjet xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy
faoliyatini rejalashtirish jarayonida eng asosiy byudjetlardan biri hisobalanadi.
Kutilayotgan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot. Umumiy byudjetni
tayyorlashdagi yakuniy qadam kutilayotgan moliyaviy holat yoki xo‘jalik
yurituvchi subyekt uchun buxgalteriya balansi loyihasini ishlab chiqish
hisoblanadi.
Pul mablag‘lari byudjeti tayyorlangandan so‘ng, byudjet davri yakuni
bo‘yicha kutilayotgan pul mablag‘lari qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lib
va sof foyda hamda zarur bo‘lgan kapital quyilmalari summasini aniqlagan holda
asosiy byudjet tuzish jarayonining yakuniy mahsuli bo‘lgan kutilayotgan
buxgalteriya balansini tayyorlash imkoniyati tug‘iladi.
Aynan shu nuqtada boshqaruv taklif etilayotgan umumiy byudjetni qabul
qilish yoki ushbu rejani o‘zgartirish hamda byudjetning ayrim qismarini qayta
ko‘rib chiqish borasidagi yakuniy qarorga kelishi lozim.
Byudjetning bajarilishi bo‘yicha barcha ma’suliyatni ushbu byudjetni tuzish
bo‘yicha ijrochi, ya’ni buxgalter o‘z zimmasiga oladi. Rivojlangan bozor
iqtisodiga ega mamlakatlarda bu masalani bevosita moliyaviy menedjer bajaradi.
Ushbu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ikkita muhim holatni keltirib
chiqaradi.
Birinchidan, xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mas’ul shaxslari
tomonidan o‘z maqsadlarini aniq bilishi va kutilayotgan holatlar to‘g‘risida aniq
tasavvurga ega bo‘lishlari uchun sharoit yaratiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt
faoliyatiga jalb etilgan har bir xodim ulardan nima kutilayotganligini bilishlari,
165
o‘z maqsadlariga qanday erishishi mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatmalarga ega
bo‘lishlari zarur.
Ikkinchidan, rahbariyat tomonidan ana shu byudjet ko‘rsatkichlarining
bajarilishi asosida xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va moddiy rag‘batlantirish tizimi
ishlab chiqilishi kerak. Byudjetni tuzish jarayoni qanchalik qiyin bo‘lmasin, u
faqatgina yuqori turgan rahbar yakuniy natijaga erishishga haqiqatdan ham
qiziqsa, o‘rta va past darajadagi rahbarlar bunga ishonch hosil qilsagina hamda
barcha bajarilgan ishlar uchun rag‘batlantirish tizimi kiritilsa bu narsa amalga
oshishi mumkin.
Byudjetning
bajarilishini
baholash
amalda
erishilgan
natijalarning
rejalashtirilgan
byudjetdan
chetlanishi
tahliliga
asoslanadi.
166
Bosh (asosiy) budjet
< ► < ►
Operativ budjet
Moliyaviy budjet
167
Byudjet turlariga misollar
1-misol
AVTOXO‘JALIK Bayramni o‘tkazish daromadlari va xarajatlari
BYUDJETI
(pul birligida)
Byudjetning daromad manbalari:
Muassasalar ajratmalari
Kasaba uyushmasi jamg‘armasidan ajratma
Xo‘jalikyurituvchi
subyektning
maxsus
jamg‘armasidan ajratma
50 000 20
000 15 000
byudjet daromadining jami
85 000
Xarajatlar byudjeti
San’atkorlar guruhi uchun
Salqin ichimliklar uchun
Issiq ovqat (osh-palov) uchun
Non, ko‘katlar xaridi uchun
Mukofotlar uchun
Shirinliklar va meva-chevalar xaridiga
5 000 15
000 25 000 1
000 10 000 5
000
byudjet xarajatlarining jami
75 000
Daromadlarning xarajatlardan oshishi
10 000
2-misol
168
MEHMONXONA Yil davomida xonalarning mijozlar bilan band bo‘lish
BYUDJETI
Oyl
ar
Rejalashtirilgan bandlik
1 o‘rinlik
(30 dona)
2 o‘rinli
(50 dona)
Kichik
appartament
(5 dona)
Luks
(5
dona)
s
oni
ulu
shi
(fo
izda)
S
oni
ulu
shi
(fo
izda)
s
oni
Ul
ushi
(foi
zda)
S
oni
ulushi
(foizd
a)
Yan
var
1
0
33,
3
2
0
40,
0
2
40,
0
1
20,0
Fevr
al
1
2
40,
0
2
4
48,
0
2
40,
0
1
20,0
Mar
t
1
5
50
0
2
8
56,
0
3
60,
0
2
40,0
Apr
el
1
8
60,
0
3
5
70,
0
4
80,
0
4
80,0
May
2
0
66,
7
4
0
80,
0
4
80,
0
3
60,0
Iyun
2
8
93,
3
4
8
96,
0
5
10
0
5
100
Iyul
3
0
10
0
5
0
10
0
5
10
0
5
100
Avg
ust
3
0
10
0
5
0
10
0
5
10
0
5
100
Sent
abr
2
9
96,
7
4
5
90,
0
4
80,
0
5
100
Okt
abr
2
5
83,
3
4
0
80,
0
3
60,
0
4
80,0
Noy
abr
2
0
66,
7
3
5
70,
0
2
40,
0
3
60,0
Dek
abr
1
5
50,
0
3
0
60,
0
1
20,
0
1
20,0
misolda barcha ma’lumotlar pul birligida tuzilgan bo‘lsa,
misoldagi
budjet ma’lumotlari natural ko‘rsatkichlarda - son va foizda
tuzilgan
|