135
natijasining ko’payishi yoki kamayishi sifatida ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarni va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya
qilishni hisobini me’yoriy usuli boshqalardan ko’proq xarajatlarni boshqarishni me’yoriy
tizimining talablariga javob beradi. O’zining universal
xususiyati tufayli u xalq
xo’jaligining hamma tarmoqlariga tatbiq etishga tavsiya qilingan. Me’yoriy boshqaruv
hisobiga me’yoriy rejalashtirish va ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarning tizimi sifatida
qarash qabul qilingan. Bu tizimning asosiy elementlari: mahsulotning ishlab chiqarish
muddatlarini, uning tarkibi va sifatini me’yorlash; iste’mol, moddiy, mehnat va moliyaviy
resurslarni, shuningdek ishlab chiqarish vositalarini sarflash va ishlatishning me’yoriy
asoslanishi; me’yor va me’yorlashtirishlar asosida iqtisodiy samaradorlikni rejalashtirish,
hisoblash va baholash hisoblanadi.
Birinchi element to’g’ridan-to’g’ri butun subyekt, asosiy ishlab chiqarish sexlari
bo’yicha va brigadalarning ishlab chiqarish topshiriqlarini hisobga
olgan holda mahsulot
ishlab chiqarishni hajmli, kalendar va nomenklaturali rejalashtirish bilan bog’liq. Tizimning
ikkinchi elementi ishlab chiqarish bo’linmalarining moddiy va mehnat resurslari bilan
ta’minlanganligini hisoblash uchun, sarflash me’yorlari bo’lgan material va mehnatga haq
to’lash me’yorlarini ishlatishni hisoblash uchun yagona me’yoriy asosning mavjudligini
ko’zda tutadi. O’z navbatida ishlab chiqarishni hajmli, kalendar va nomenklaturali
rejalashtirish iste’molni mehnatni me’yorlash bilan bog’liq ishlab chiqarish vositalarini
me’yoriy asoslashsiz mumkin emas.
Shunday qilib, tizimning ikkala elementi ham ishlab
chiqarishni tayyorlashning
konstruktorlik, texnologiya, tashkiliy va iqtisodiy bosqichlarini qamrab oladi. Ular
chiqarishga rejalashtirilgan mahsulot nomenklaturasi bilan cheklangan, mehnatning tashqi
va subyektning ichki kooperatsiyasiga asoslangan. Bu holat ishlab chiqarishning tabiiy
asosini tarkib etuvchi rejalashtirish va hisobning ustuvorligi haqidagi xulosani yana bir
marta ta’kidlaydi.
Bir subyektda xarajatlarni hisobga olishning usulini tanlash ushbu subyektning tarmoq
xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Lekin umumiy
taklif sifatida ushbu
xarajatlarni hisobga olishning me’yoriy hisobini tashkil qilishning uchta turini ajratish
mumkin:
A. Me’yoriy xarajatlar bo’yicha hisobga olish. Ushbu usulda sarflangan haqiqiy
xarajatlar quyidagi ko’rinishda aniqlanadi: Me’yoriy xarajatlar ± me’yordagi xarajatlardan
chetga chiqish = haqiqiy xarajatlar.
Ushbu tartibda buxgalteriya hisobida moddiy qiymatliklarning harakati belgilangan
me’yorlar bo’yicha baholanishi shartidan kelib chiqiladi. Ushbu faoliyat jarayonida
aniqlangan chetga chiqishlar ro’yobga chiqish holatida yig’ilib boriladi va hisobot
davrining oxirida me’yordagi xarajatlarning hajmiga qo’shiladi.
V. Haqiqiy va me’yordagi xarajatlarni bir yo’la hisobga olish.
Ushbu usul ishlab
chiqarishdagi xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ikki bahoda: haqiqatda yig’ilgan
136
xarajatlar bo’yicha; haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan
xizmatlarning hajmiga sarflangan me’yoriy xarajatlarning miqdorida yoritishni nazarda
tutadi.
Haqiqiy sarflar - Me’yordagi sarflar ± Chetga chiqishlar.
S. Aralash usulda hisobga olish. Ushbu usul ikkita yo’l bilan hisobni yuritishni
nazarda tutadi.
Birinchi yo’l. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning amaliyotida keng tarqalgan va
mamlakatimizda ham qo’llanishi tavsiya qilingan. Lekin hisobot davri davomida jami
chetga chiqishni aniq darajada hisobga olish imkoniyati mavjud emas.
Hisobot oyining
oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarishning me’yoriy tannarxi ishlab chiqarishga
sarflangan xarajatlarning me’yordagi hajmi bilan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning
me’yoriy tannarxining farqi ko’rinishida aniqlanadi. Natijada oy davomida yoki boshqa
hisobot davrida hisobga olinmagan chetga chiqish summasi hisobot davrining oxiridagi
ishlab chiqarishning qiymatida qo’shiladi.
Ikkinchi usul. Asosiy xarajatlar bo’yicha tasdiqlangan me’yorlarga rioya qilish ustidan
kundalik nazoratni o’rnatishni nazarda tutadi. Hisobot davri davomida me’yordan chetga
chiqish bo’yicha olingan ma’lumotlar buxgalteriya hisobining tegishli registrlarida
umumlashtirilmaydi va schyotlarda qayd qilinmaydi.
Tasdiqlangan me’yorlardan chetga chiqish summasi baholangan tayyor mahsulotning
hajmiga sarflangan haqiqiy xarajatlar bilan ushbu mahsulot uchun sarflanishi lozim bo’lgan
me’yoriy xarajatlarni taqqoslash yo’li bilan bir xil mahsulotlarning har bir guruhi bo’yicha
aniqlanadi. Ushbu holatda tugallanmagan ishlab chiqarishning
qiymati ishlab chiqarishda
yarim fabrikatlar harakatining balansi bo’yicha natura ko’rsatkichlaridan kelib chiqqan
holda me’yoriy tannarxi bo’yicha baholanadi, yoki bo’lmasa ishlab chiqarish
bo’linmalaridagi tugallanmagan ishlab chiqarishni xatlab hisobga olish asosida baholanadi.