O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/56
Sana19.06.2024
Hajmi1,93 Mb.
#264358
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56
Bog'liq
Maruzalar.O

AVEKO usuli
- materiallarning 
umumiy qiymatini ularning miqdoriga bo’lib, olingan o’rtacha narxlar asosida hisobdan 
chiqarish; 
-
o’rtacha chamalangan baholar bo’yicha birinchi tushum- birinchi chiqim. FIFO usuli 
- ishlab chiqarishga birinchi kelib tushgan partiyadagi narxlar bilan va keyingi partiyadagi 
narxlar navbatma-navbat hisobdan chiqarib boriladi; 
-
o’rtacha chamalangan baholar bo’yicha, oxirgi tushum-birinchi chiqim, LIFO usuli-
materiallar ishlab chiqarishda dastavval oxirgi partiya narxlari bo’yicha pastdan yuqoriga
qarab 
hisobdan 
chiqariladi. 
Xo’jalikda oy mobaynida 2800 m.so’mlik material sarflandi va omborda 1400 
m.so’mlik material qoldi. Ushbu materiallarning sarflanishini uch xil usulda hisoblab 
chiqamiz. 
O’rtacha tortilgan (AVEKO) usulida bir xildagi har bir sarflangan materiallar 
Misol.
Korxonada 
oy 
mobaynk 
a quyidagi materiallar partiyasi sotib 
olngan: 
Sotib olingan sana 
Miqdori 
(dona) 
Narx

(so’
m) 
Qiymati 
(m.so’m) 
15.03.05 
1000 
600 
600 
20.03.05 
1700 
800 
1360 
25.03.05 
1500 
900 
1350 
Jami 
4200 
3310 


115 
birligining qiymati davr boshiga qolgan va shu davr ichida sotib olingan yoki ishlab 
chiqarilganlarning o’rtacha tortilgan qiymatida aniqlanadi. Xo’jalik yurituvchi subyektdagi 
vaziyatga qarab o’rtachasi davr oxirida yoki har bir qo’shimcha qabul qilingani bo’yicha 
hisoblab topiladi. 
Bugungi kunda materiallarni ishlab chiqarishga hisobdan chiqarishda 4- BHMSning 17 
-bandiga muvofiq FIFO usulini qo’llashni tavsiya qilinadi. Bu usulda birinchi navbatda 
sotib olingan tovar-material zaxiralar birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga 
sarflanadi va demak davr oxiriga qolgan tovar-material zaxiralari - bu oxirgi sotib olingan 
yoki ishlab chiqarilganlardir. 
AVEKO usulida materiallarni baholash tartibi 
Material sarfi 
Miqdo
ri 
Narxi 
(so’m) 
Qiymat

(m.so’
m) 
1-partiya 
1000 
600 
600 
2-partiya 
1700 
800 
1360 
3-partiya 
100 
900 
900 
Jami sarflangan material 
2800 
788.8 
2207 
Ombordagi qoldiq 
1400 
788.8 
1103 
Hozirgi kundagi pulning qadrsizlanish davrida reja baholarini qo’llash 
tavsiya qilinmaydi. Bunday vaqtda FIFO va AVEKO usullarini qo’llash 
ma’qul. 
FIFO usulida materiallarni baholash tartibi 
Material sarfi 
Miqdo
ri 
Narxi 
(so’m) 
Qiymat

(m.so’
m) 
1-partiya 
1000 
600 
600 
2-partiya 
1700 
800 
1360 
3-partiya 
100 
900 
900 
Jami sarflangan material 
2800 
2860 
Ombordagi qoldiq 
1400 
900 
1260 
Xalqaro andazalar tomonidan ТMZni hisobga olish va baholashda LIFO 
usulidan foydalanishga ruxsat berilgan. Bu usulda oxirgi navbatda sotib 
olingan tovar - material zaxiralar ^MZ) birligi birinchi sotiladi yoki ishlab 
chiqarishga sarflanadi, demak davr oxiriga qolgan tovar - material zaxiralari 
birinchi sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlardir. 


116 
Shunday qilib, xo’jalik yurituvchi subyektlarda materiallarni ishlab chiqarish 
xarajatlariga hisobdan chiqarish va materiallarni baholash usuli ularning hisob siyosatida 
o’z aksini topmog’i lozim. 
4.1.
Materiallarning harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik hisobini tashkil 
etish
 
Materiallar harakatini hisobi materiallarni hisobi bo’yicha asosiy nizom talablariga 
javob beradigan va axborotlarni avtomatlashtirishga moslashgan tegishli hujjatlar bilan 
rasmiylashtiriladi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni va ularning hujjat aylanishi 
korxonaning xarakteriga, ishlab chiqarishni tashkil etish xususiyatlariga, moddiy - texnik 
ta’minotiga va hisobni tashkil etish tizimiga qarab belgilanadi. Yoziladigan hujjatlarning 
nusxalar soni minimal bo’lib, EXMdan foydalanilsa bir nusxa, hisob qo’lda yuritilsa - ikki 
nusxadan oshmasligi kerak. 
Odatda materiallarni omborga ekspeditor olib keladi va unga korxona rahbari va bosh 
buxgalteri tomonidan imzolangan, muhrlangan (M-2-shakl va M-2a-shakl) ishonchnoma 
yozib beriladi hamda (M-2b-shakl) maxsus daftarga qayd qilinadi. Materiallarni o’z vaqtida 
kelib tushishi ustidan nazoratni marketing bo’limi olib boradi. Marketing bo’limi mol 
yuboruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarilishini nazorat qilib boradi, 
materiallarning sifati va kamomadi bo’yicha da’volarni rasmiylashtiradi, agar yuklar o’z 
vaqtida kelib tushmasa ularni qidirib topadi. 
^ansport tashkilotlaridan yuklarni qabul qilib olishda ekspeditor idishlar, plombalar 
holatiga alohida etibor berishi kerak. Agar ular shikastlangan bo’lsa, yuklarni tekshirish va 
topshirishni talab qiladi. Basharti kamomad yoki nobudgarchilik aniqlansa, transport 
tashkilotiga yoki mol yuboruvchiga da’vo qilish uchun tijorat dalolatnomasi tuziladi. 
Ekspeditor tomonidan materiallar omborga topshirilishda moddiy javobgar shaxs kelib 
tushgan materiallarning soni, sifati va assortimentini mol yuboruvchining hujjatlarini 
solishtirib ko’radi. Haqiqiy kelib tushgan materiallarning miqdori mol yuboruvchilarning 
hujjatlarida ko’rsatilganiga to’liq mos kelsa, moddiy javobgar shaxs tomonidan kirim orderi 
(M-4 shaklidagi kirim orderi) yoziladi. 
LIFO usulida materiallarni baholash tartibi 
Material sarfi 
Miqdo
ri 
Narxi 
(so’m) 
Qiymat

(m.so’
m) 
1-partiya 
1500 
900 
1350 
2-partiya 
1300 
800 
1040 
3-partiya 



Jami sarflangan material 
2800 
2390 
Ombordagi qoldiq 
400 
800 
320 
1000 
600 
600 
Jami qoldiq 
1400 
920 


117 
Dastlabki hujjatlar miqdorini kamaytirish maqsadida kelib tushgan materiallarni 
kirimga 
olishda 
kirim 
orderi 
yozilmasdan, 
mol 
yuboruvchining 
hujjatlariga 
(nakladnoylariga) kirim orderining asosiy rekvizitlari ko’rsatilgan mahsus shtampa qo’yib, 
uni to’ldiradi. 
Agar materiallar mol yuboruvchining omboridan avtotransport bilan markazlashgan 
holda olib kelinsa, to’rt nusxada tovar-transport nakladnoyi (M-5 -shakl va M-6- shakl) 
tuziladi: mol xarid qiluvchiga - kirim orderini o’rniga materiallarni kirimga olish uchun; 
mol yuboruvchiga - material qiymatliklarini hisobdan chiqarish uchun; avtotransport 
xaydovchilariga ish haqi hisoblash uchun; bankka topshirish uchun. 
Wlov hujjatlarisiz kelib tushgan materiallarni mol yuboruvchining hujjatlari bilan 
solishtirgan vaqtda aniqlangan (son, sifat) tafovutlarni rasmiylashtirishda materiallarni 
qabul qilish to’g’risida dalolatnoma (M-7-shakl) tuziladi. Dalolatnoma qabul komissiyasi 
tomonidan tuzilib, unda quyidagilar qatnashishi shart: mol yuboruvchining vakili yoki 
betaraf tashkilotning vakili, ombor mudiri va korxonaning ta’minot bo’limi vakili. 
Komissiyani korxona rahbari tayinlaydi. 
Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: birinchisi - kam yoki ortiqcha chiqqan materiallar 
summasini schyotlarda aks ettirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi; ikkinchisi - da’vo 
rasmiylashtirish, ortiqcha chiqqan materiallar bo’yicha qo’shimcha to’lov talabnomasi 
yuborish to’g’risida mol yuboruvchilarga xabar berish uchun marketing bo’limiga 
topshiriladi. Dalolatnoma tuzilgan bo’lsa kirim orderini tuzish shart emas. Kirim orderlari 
materiallar kelib tushgan kuni tuziladi. 
Ombordan omborga materiallarni topshirishda yoki foydalanilmay qolgan 
materiallarni yoki ishlab chiqarishning qimmatli chiqindilarini, yaroqsiz mahsulot 
chiqindilarini, asosiy vositalar, inventar va xo’jalik jihozlarini tugatishdan olingan material 
qiymatliklarini sexlar tomonidan omborga topshirishda nakladnoy- talabnomalar (M-11-
shakl) tuziladi. Materiallarni topshiruvchi moddiy javobgar shaxslar nakladnoylarni ikki 
nusxada tuzadi: bittasi - materiallarni hisobdan chiqarish uchun sexga beriladi, ikkinchisi - 
materiallarni qabul qilib olish uchun omborchiga beriladi. 
Materiallarni ishlab chiqarishga jo’natish, xo’jalik extiyojiga ishlatish, xo’jalik 
faoliyatida ishlatilmaydigan ortiqcha materiallarni chetga sotish muomalalari limit- zabor 
kartalar, to’lov nakladnoylari bilan rasmiylashtiriladi. 
Limit-zabor kartasi (M-8-shakl va M-9-shakl) marketing bo’limi tomonidan ma’lum 
bir ishlab chiqarish xarajatlari kodi (buyurtmasi)ga o’tkaziladigan bir yoki bir necha 
materiallar turlari bo’yicha yoziladi. Sex tomonidan ishlab chiqarish dasturini bajarish 
uchun zarur bo’ladigan materiallarning hajmi va turlari korxonaning reja-ishlab chiqarish 
bo’limi tomonidan hisoblab chiqiladi. Materiallarni sarflash va jo’natish limiti 
materiallarning mazkur turi bo’yicha sex omborida oy boshiga qolgan qoldiq miqdoriga 
kamaytiriladi. 
Limit - zabor karta ikki nusxada yozilib, bittasi sexga, ikkinchisi omborga beriladi. 


118 
Materiallarni ombordan jo’natishda omborchi sexning limit-zabor kartasiga, material 
oluvchi ombordagi limit-zabor kartaga imzo qo’yadi. Ikkala limit-zabor kartasida har gal 
materiallar olingandan so’ng foydalanilmagan limit summasi chiqarib qo’yiladi. Limitdan 
foydalanilganda oy oxirida limit-zabor kartalar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. 
Ularga asosan materiallarni ishlab chiqarishga sarflash hisobi rasmiylashtiriladi va 
belgilangan limitga rioya qilish ustidan nazorat qilinadi. 
Limit - zabor kartasiga binoan ishlab chiqarishda foydalanilmagan materiallar hisobi 
ham yuritiladi. Bunda hech qanday qo’shimcha hujjat tuzilmaydi. Limit - zabor kartalar 
sonini kamaytirish maqsadida oylik qirqib olinadigan talonlari bo’lgan choraklik limit-
zabor kartalaridan ham foydalanish mumkin. Agar limit-zabor kartalar materiallar doim 
uzluksiz jo’natiladigan hollarda foydalanilsa, xo’jalik va boshqa extiyojlari uchun bir yo’la 
materiallar jo’natilganda M-10 shakldagi akt- talabnoma qo’llaniladi. Akt-talabnoma 
materiallarni iste’mol qiluvchi bo’limlar tomonidan ikki nusxada yozilib, bittasi 
omborchining imzosi qo’yilib, material oluvchida qoladi, ikkinchisi mol oluvchining 
imzosi qo’yilib omborchida qoladi. 
Ishlab chiqarishga barcha limitdan ortiqcha jo’natiladigan materiallar uchun yoki 
materiallarni almashtirish uchun sababini va ortiqcha sarf aybdorlari kodini ko’rsatib 
maxsus talabnoma yoziladi. Bunday hollarda materiallar ombordan korxona direktori, bosh 
muhandisi, yoki ular tomonidan tayinlangan shaxslarning ruxsati bilan jo’natiladi. 
Materiallar chetga yoki korxona hududidan tashqarida joylashgan o’zining xo’jaliklari 
uchun jo’natilganda nakladnoylar (M-11-shakl) qo’llaniladi. Ular ta’minot bo’limi 
tomonidan naryadlar va shartnomalarga asosan uch nusxada yoziladi. Materiallar chetga 
avtotransportda jo’natilsa, tovar - transport nakladnoyi yoziladi. 
Materiallarning tayinlanishi va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishini turkumlash 
korxona buxgalteriyasi tomonidan ularning sintetik hisobini to’gri tashkil etish uchun 
muhim ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har bir guruhi tegishli schyotlarda hisobga 
olinadi. Bu 1000- «Materiallar» sintetik schyot bo’yicha ochilgan ikkinchi tartibli 
schyotlarda ularning analitik hisob ma’lumotlari bo’yicha to’liq ma’lumotlar hisobga 
olinadi. 
«Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar» - 002, «Qayta ishlovga 
qabul qilingan materiallar» esa - 003 balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadi. 
Material qiymatliklar pul o’lchovida hisobga olinib, 19-sonli BHMSga muvofiq 
saqlash joylari bo’yicha davriy inventarizatsiya o’tkaziladi. Materiallarning qoldig’i va 
kirimi schyotning debetida haqiqiy tannarx summasida, sarflanishi - FIFO va AVEKO 
usullarida haqiqiy tannarx summasida aks ettiriladi. Material qiymatliklar hisobdor 
shaxslardan, o’zining ehtiyoji uchun yordamchi ishlab chiqarishlardan tushishi mumkin. 
Bundan tashqari, sexlar tomonidan tejalgan xomashyo, materiallar, ishlab chiqarish 
chiqindilari, yaroqsiz mahsulotdan, asosiy vositalarni hisobdan chiqarishdan olingan 
materiallar omborga qabul qilinadi. 


119 
Materiallarni sarflanishi bo’yicha tuzilgan barcha dastlabki hujjatlar sintetik schyotlar, 
foydalanish joylari va xarajatlarni yo’nalishlari bo’yicha guruhlanadi. Materiallar 
harakatining hisobi oy davomida yagona hisob bahosida yuritiladi, oy tugagach foizi va 
transport-tayyorlov xarajatlari yoki farqi hisoblab chiqilgandan so’ng haqiqiy tannarxda 
hisobga olinadi. Shunday qilib, qabul qilingan materiallarning haqiqiy tannarxini tashkil 
etuvchi ma’lumotlar buxgalteriya hisobining turli jurnal-orderlarida (1, 3, 6, 7, 10/1, 13) 
aks ettiriladi, Bosh daftarda esa jamlanadi. Foydalanilgan va chetga jo’natilgan 
materiallarning haqiqiy tannarxi 10 va 10/1 jurnal-orderlarida va Bosh daftarda aks 
ettiriladi. 
Materiallar harakati hisobini boshqa variantini qo’llasa ham bo’ladi. Bunda 
materiallarni sotib olish va tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlar 1510 - 
«Materiallar tayyorlash va sotib olish» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning debetida 
materiallarni sotib olish qiymati, tayyorlash va materiallarni korxonaga yetkazib kelish 
xarajatlari D-t 1510, K-t 2310, 6010, 4200, 4800 schyotlarda hisobga olinadi.. Haqiqiy 
qabul qilingan materiallarning hisob qiymatiga D-t 1000 schyotning tegishli schyoti, K-t 
1510 schyot. Bunda sotib olingan va tayyorlangan materiallarning haqiqiy tannarxi bilan 
qabul qilingan materiallarning hisob bahosi (reja, shartnoma tannarxi, o’rtacha sotib olish 
qiymati va b.) orasidagi farqi 1610 - «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida hisobga 
olinadi. 1610 - schyotning debetida yig’ilgan farqlar summasi belgilangan tartibda ishlab 
chiqarish schyotlarining debetiga hisob bahosida yozilgan materiallar qiymatiga mutanosib 
o’tkaziladi. Bunda quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: D-t 
2010,2310,2510 schyotlar, K-t 1610 schyot. 
Materiallar qabul qilinganda va ularni sotib olish bo’yicha xarajatlar sodir bo’lganda 
buxgalteriya hisobida tegishli yozuvi bilan rasmiylashtiriladi. 


120 
FIFO yoki AVEKO usulida baholash qo’llanilganda material qiymatliklar haqiqiy 
tannarx bo’yicha baholanadi. Bunda 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyoti 
qo’llanilmaydi. 

Download 1,93 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti

Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish