Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi




Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/222
Sana01.07.2022
Hajmi1.52 Mb.
#24661
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   222
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6
Dasturlash tillari rivojining birinchi qadamlari, Ona-Vatan-aziz, TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1), difff, Иккинчи туплам, Manzuraxon, mohiyat, 1-23 MEHNAT MUHOFAZASItaqvimi, 4-22 neft va gaz kimyoviy sintez taqvim
Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi 
 
Yillar Konsepsiya Yetakchi 
g‘oya 
Asosiy xatt- 
harakat 
Bosh maqsad 
1860-
1920- yil 
Ishlab 
chiqarish 
konsepsiyasi 
Nimani ishlab 
chiqara olsam, shuni 
ishlab chiqaraman 
Tannarx, ish 
unumdorligi 
Ishlab chiqarishni 
takomillashtirish, 
sotuv hajmining 
o‘sishi, foydani 
maksimallashtirish 
1920-
1930- yil 
Tovar 
konsepsiyasi 
Sifatli mahsulotlar-
ning ishlab 
chiqarilishi 
Tovar 
sistemasi 
Tovarning iste’mol 
xususiyatlarini 
takomillashtirish 
1930-
1950 - yil 
Sotuv 
konsepsiyasi 
Sotuv tarmoqlarini 
rivojlantirish, sotuv 
kanallarini 
ko‘paytirish 
Sotuv 
sistemasi 
Tijorat ishlarini 
intensivlash, sotuvni 
rag‘batlantirish, 
harakatini jadallash 
1950-
1980- yil 
An’anaviy 
marketing 
konsepsiyasi 
Xaridorga kerak 
narsani ishlab 
chiqarish 
Marketing – 
miks 
kompleksi, 
iste’molchini 
o‘rganish 
Maqsadli bozorlarda 
iste’mol 
ehtiyojlarini 
qondirish 
1980-
1995- yil 
Ijtimoiy etik 
marketing 
konsepsiyasi 
Jamiyat talablariga 
zid kelmagan 
iste’molchiga kerak 
va zarar 
yetkazmaydigan 
mahsulotni ishlab 
chiqarish
Marketing– 
miks 
kompleksi, 
ijtimoiy va 
ekologiya 
muhitini 
himoya 
qilgan holda 
tovar va 
xizmatlar 
ishlab 
chiqarish 
Maqsadli bozor 
segmentlarini inson 
ehtiyojlarini, 
moddiy energetik va 
boshqa resurslarni, 
atrof- muhitni 
himoya qilgan holda 
qondirish 
1995 yil-
dan 
Toki 
hozirga 
qadar 
O‘zaro – 
ta’sir 
marketingi 
konsepsiyasi 
Iste’molchilarni va 
biznes hamkorlarni 
qoniqtiradigan 
mahsulot va xizmat 
turlarini ishlab 
chiqarish 
Muvofiqlash-
tirish 
integratsiya, 
tarmoqli 
tahlil, 
marketing– 
miks (4P) 
kompleksi 
Iste’molchilarning 
talablarini qondirish, 
hamkorlar va davlat 
manfaatlarini tijorat 
va notijorat 
jarayonlarida o‘zaro 
ta’sirini 
muvofiqlashtirish 


20 
Bozordagi talab va taklif orasidagi nisbatning o‘zgarishi bozor 
munosabatlari uchun xarakterli bo‘lib, firmalarning tovar ishlab 
chiqarishdan sotish, so‘ngra esa xaridorga va jamiyatga yetkazishgacha 
bo‘lgan faoliyatning boshqaruvida urg‘u berilishining aralashib ket-
ganligi bilan kuzatilar edi. XX asr davomida marketingning boshqa 
boshqaruv konsepsiyalari paydo bo‘ldi. 
Marketing konsepsiyasi – bu bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab 
chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish haqidagi ilmiy asoslangan 
tasavvurlar tizimidir. 
1. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi. Bozor 
rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida (AQSh va G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlari uchun o‘tgan asrning 20 – 40 –yillari) tovarga bo‘lgan 
talab taklifdan ortadi, tovar tanqisligi yuz beradi, xaridorlar tovar qidirib, 
o‘zaro raqobatlashadilar, ishlab chiqaruvchi – sotuvchilar mustahkam 
pozitsiyani egallaydilar (sotuvchilar bozori). Bunday sharoitlarda 
tadbikorlarning kuchi ishlab chiqarishni rivojlantirishga (ratsionalizat-
siyasiga), juda bo‘lmaganda, bunday bozor munosabatlarida uncha qiyin 
bo‘lmagan savdoga yo‘naltiriladi, potensial iste’molchilarni jalb etish 
esa hozircha ularning e’tiboridan chetda qoladi. Shuning uchun bu davr 
manketingning passiv davri, deb ataladi. Bu yerda gap ishlab chiqarish 
yoki tovarga yo‘nalganlik haqida ketmoqda. 
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi bilan mos 
holda xaridorlar keng tarqalgan va narxlari uncha qimmat bo‘lmagan 
tovarlarga intiladilar, deb hisoblanadi, binobarin, boshqaruvga doir o‘z 
kuchlarini ishlab chiqarishni mukammallashtirishga qaratishlari zarur. 
Bu konsepsiya ikki vaziyatga to‘g‘ri keladi. Birinchisida tovarga bo‘lgan 
talab taklifdan ortib ketadi. Bunday hollarda rahbariyat ishlab 
chiqarishni oshirish yo‘llarini izlashi kerak bo‘ladi. Ikkinchisi – tovar 
tannarxi o‘ta yuqori va uni pasaytirish zarur, buning uchun esa 
mahsuldorlikni oshirishga to‘g‘ri keladi. 
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi mavjud 
assortimentdagi ishlab chiqarish hajmini oshirishga yo‘naltirilgan. Bu 
dastlabki konsepsiya hozirgi kunda ham qo‘llaniladi. Firmaning asosiy 
e’tibori mahsulot hajmini ko‘paytirishga qaratilgan bo‘lib, bozor tor 
assortimentdagi tovarlarga to‘yinadi. Bunday sharoitda iste’molchi o‘z 
talabini bozor taklifiga qarab shakllantiradi. Bu konsepsiya asosan 
quyidagi hollarda qo‘llaniladi: 


21 
• Real va potensial iste’molchilarning ko‘pchiligi cheklangan sotib 
olish qobiliyatiga ega bo‘lsa. 
• Ma’lum tovarga talab taklifdan yuqori bo‘lsa, bunday holda 
o‘rinbosar tovar bo‘lmagani uchun xaridor bor tovarni sotib olishga 
majbur. 
• Agarda mahsulot tannarxi yuqori bo‘lsa, ko‘p hajmda ishlab 
chiqarish tannarxni birmuncha kamayishiga olib keladi, korxona ma’lum 
bir tovari bilan bozorda o‘z ulushini egallaydi.
Bu konsepsiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarish bo‘lib, aynan 
shu tovarga talab yuqori, taklif esa kam bo‘lgan vaqtda uni sotish 
muammo emas. 
Rejali iqtisodiyot davrida ko‘proq shu konsepsiya ishlatilgan, lekin 
juda katta seriyalarda tor assortimentda mahsulotlar iste’molchilarning 
bunday tovarlarga nisbatan talabini pasayishiga va tovarlarning 
peshtaxtalarda turib qolishiga sabab bo‘ldi. Shunday bo‘lishiga 
qaramasdan, bu konsepsiya o‘z vaqtida Genri Fordning avtomobil 
zavodida juda katta daromad keltirdi. U katta hajmda ommaviy avto-
mobillar seriyasini ishlab chiqarib avtomobil sanoatini rivojlantirdi. 
Uning qora rangdagi o‘rta hol amerikalikning hamyoniga to‘g‘ri 
keladigan avtomobillarini 1908 – 1927-yillarda T-modeli nomi ostida 
chiqarib shu yillarda 15 mln.dan ortiq avtomobil sotilishiga erishdi. 
Katta partiyalarda shu modeldagi avtomobillarni chiqarib ommaviy 
iste’molchilarni shakllantirdi. Qora rang o‘sha vaqtda eng arzon va tez 
quruvchi bo‘yoq bo‘lgani uchun G.Ford shu rangdan foydalanib, 
mahsulot tannarxini pasayishiga erishgan va katta daromad ko‘rgan. O‘z 
mahsulotlarini har xil qilish haqidagi takliflarga G.Ford hazil qilib, 
mijozlarga xohlagan rangdagi avtomobilni berish mumkin, faqat bitta 
shart bilan: u qora bo‘ladi, degan gapi uchun sal bo‘lmasa “tuzoqqa” 
tushay dedi, chunki raqobatchilari yangi boshqaruv konsepsiyasini 
o‘zlashtirib, avtomobillarning turli modelini taklif qila boshladilar. 
Keyinchalik ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi qo‘llanilib, 
unda tovarlarning yangi modellari, texnologiyalari, assortimentlari 
yaratilishiga katta e’tibor qaratildi.

Download 1.52 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   222




Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish