O‘ZBEK TILIDAGI OTLI BIRIKMA KONSTRUKSIYALARI-




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/99
Sana20.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#42897
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
Bog'liq
Istedod ziyosi 2022 (2)
10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
 
O‘ZBEK TILIDAGI OTLI BIRIKMA KONSTRUKSIYALARI- 
NING FORMAL MODELLARINI ISHLAB CHIQISH 
N.Jurayeva (CHDPI Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi 
dotsenti, t.f.n.), 
Sh.Qodirberganova (UrDU Kompyuter lingvistikasi mutaxassisligi 
magistranti) 
 
Insoniyat har doim hayotdagi noqulayliklarni bartaraf etish va qi-
yinchiliklarni yengib o‘tishga intilib yashagan. Bularning natijasi o‘la-
roq, ilm-fan vujudga kelgan, rivojlangan va ushbu jarayon jadallik bilan 
hozirgi kunda ham davom etib kelmoqda. Ilm-fan kashfiyotlari hayotga 
tadbiq etila borishi bilanoq, insoniyat kundalik yumushlari birmuncha 
yengillashdi. Hatto bir paytlar faqat hayollardagina bo‘lgan qulayliklar 
vujudga keldi. Ko‘pchilikning fikricha, fan shu kun tashvishlari bilan 
yashaydi. Shu kun talablari bilan rivojlanadi, shu kunda tatbiq qilinadi 
va samara beradi. Aslida, fan ko‘proq ertangi kunga qaratiladi (10, 20, 
hatto 50 yillarni nazarda tutadi). Demak, fanning asosiy vazifasi mavjud 
holatni tanqid qilish, yangi bosqichga ko‘tarish, yangi yo‘nalishlar 
ochish, ertangi kun imkoniyatlari va talablariga mos ravishda rivojlanti-
rishdir. 
Axborot almashinuvi soniyalar ichida milliontalab kuzatilayotgan 
va turli-tuman ko‘rinishda yuz berayotgan bir paytda, uni qayta ishlash 
va tahrir qilish asosiy ishlardan biridir. Jahon miqyosida kechayotgan in-
tegratsiya va globallashuv jarayonida o‘zbek tilini dunyoviy tillar daraja-
siga olib chiqish hayotiy zaruratlardan biri bo‘lib qoldi.
Mazkur katta, mas’uliyatli, o‘ta muhim maqsadni amalga oshirishda 
kompyuter texnologiyalariga, xususan, kompyuter lingvistikasiga bo‘l-
gan ehtiyoj yana ham ortib bormoqda. Chunki aynan kompyuter lingvis-
tikasi o‘zbek tilining jahon miqyosiga olib chiqilishi, o‘zbek tilining 
ham dunyoviy tillardan biriga aylanishi, uni o‘rganish va o‘rgatish ishla-


47 
rining takomillashuvi uchun zarur imkoniyat yaratadi. Bu yo‘nalishda 
yangiliklar qilish va ish samaradorligini taminlovchi yangiliklarni hayot-
ga tatbiq qilish ham muhim.
Inson fikrlash va fikrini og‘zaki yoki yozma ravishda chiroyli bayon 
qila bilishi juda katta ahamiyatga ega ekani hammaga ma’lum. Fikrni 
bayon qilish u yoki bu til orqali amalga oshirilishini hisobga olsak, til-
ning roli qay darajada kattaligini tushunamiz. Tilni o‘rganish, tilga o‘r-
gatish, boshqa tillar bilan qiyoslash masalalarining samaradorligini oshi-
rish tilshunoslik (lingvistika) fanining asosiy vazifalaridandir. 
Jadal rivojlanayotgan fan-texnika davrida juda katta hajmdagi ax-
borot ustida tezlik bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu jarayonni boshqa-
rishda inson imkoniyatlari (xotira, tezlik) chegaralangan. Samaradorlikni 
oshirishning yagona yo‘li kompyuterdan foydalanishdir. O‘zbek tili kabi 
boy, keng va chuqur rivojlangan til masalalarini kompyuterda yechish 
darajasiga olib chiqish ingliz tiliga qaraganda katta hajmda ish bajarishni 
talab qiladi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalariga kirib borgan matema-
tik usullar, kompyuter texnologiyalari filologiyada ham qo‘llanila bosh-
landi, chunki rivojlanish va taraqqiyotning talabi 
‒ shunday.
Demak, lingvistika matematika kompyuter birligida ishlashimiz lo-
zim. Bu quyidagi ishlarni amalga oshirishni taqozo etadi:
♦tilni (bizning holatda o‘zbek tilini) sistemalash, to‘liq ma’lumotlar 
bazasini yaratish va uni dunyo tili (bizning holatda ingliz tili) bilan qi-
yoslash; 
♦aniq fanlar, texnika, meditsina, biznes, tijorat, huquqshunoslik, 
diplomatiya, sohalarida xizmat qiladigan o‘zbek tilining aniq, qisqa va 
xalqaro me’yorlarga asoslangan axborot uslubini ishlab chiqish; 
♦o‘zbek tili grammatikasining formal va aksiomatik modellarini ish-
lab chiqish; 
♦o‘zbek tilini kompyuterga olib kirish, ya’ni o‘zbek tili bilan bog‘-
liq masalalar – o‘zbek tiliga o‘qitish, bilimlarni baholash (test), matnlar-
ni o‘zbekcha ovozlashtirish, axborotni ovoz orqali kompyuterga kiritish
matnlarni tahrirlash, tarjima qilishni kompyuterda bajaradigan dasturlar-
ni ishlab chiqish. Bu kabi masalalar kompyutrer lingvistikasi fanida o‘r-
ganiladi.
Kompyuter lingvistikasining maqsadi tabiiy tillarning matematik 
modellarini qurish, lingvistik muammolarni hal qiluvchi kompyuter das-
turlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. “Kompyuter lingvistikasi” fani 
oldida turgan asosiy masalalar esa umumiy tilshunoslikning formal va 


48 
aksiomatik modellarni qurish va aniq tillarning matematik modellarini 
ishlab chiqishga xizmat qiladi. Bu modellar asosida matnlarni tahrirlash, 
kompyuter tarjimasi, kompyuter lug‘atlari, ona tili va chet tillarga o‘rga-
tish hamda bilimlarni baholash bo‘yicha kompyuter dasturlarini yaratish 
mumkin bo‘ladi. Til qoidalarining matematik modeli matematik mantiq-
ning formal va aksiomatik nazariyalari asosida quriladi. Shuning uchun 
bu fan matematik mantiq asoslarini bayon qilish bilan boshlanadi. Bu 
yerda mulohazalarni hisob-kitob qilishning usullari hamda ularning for-
mal va aksiomatik nazariyalari bayon qilinadi. Keyin o‘zbek tilining for-
mal va aksiomarik modellari beriladi va lingvistik masalalarning mate-
matik algoritmlari va kompyuter dasturlari keltiriladi. 
O‘rganish obyekti til bo‘lganligi uchun tilning qonun va qoidalarini 
ifodalab beruvchi til grammatikasini tushunib olishimiz kerak bo‘ladi. 
O‘zbek tili grammatikasini kompyuterga kiritish uchun kerak bo‘ladigan
tilning semantikasini hisobga olgan holda, shakliy aspektlarni qarab chi-
qish kerak bo‘ladi.
Mazkur ishda o‘zbek tilining otli birikma konstruksiyalariga qaratil-
gan. Birikma konstruksiyalari tilning sintaksis bo‘limida o‘rganiladi va 
so‘z birikmasi gapning tashkil etuvchisi hisoblanadi.
So‘z birikmasi sintaksisida so‘z birikmalarining hosil bo‘lishi, ular-
ni shakllantiruvchi vositalar, so‘z birikmalarining birikish usullari, tuzi-
lishiga ko‘ra turlari, boshqa til birliklaridan farqli tomonlari o‘rganiladi.
Grammatik bog‘lanish ikki turga bo‘linadi: 
Tobe bog‘lanish: maktabning bog‘i, kitobning varag‘i. 
Teng boglanish: o‘quvchilar va talabalar, dalalar va tog‘lar. 
Teng bog‘lanishlarda so‘zlar bir-biriga bir xil gap vazifasi shaklida 
bog‘lanadi. Ular bir-birini izohlab to‘ldirib kelmaydi. Ko‘pgina hollarda 
biriktiruv, zidlov, inkor bog‘lovchilari yordamida bog‘lanadi. Misol tari-
qasida: men bilan ukam, biladi, ammo aytmaydi, na boradi, na keladi 
kabilarni sanab o‘tishimiz mumkin.
Bundan tashqari, ohang yordamida bog‘lanishni aytib o‘tishimiz lo-
zim: Salim, Olim kabi. Tobe bog‘lanishda esa, aksincha, gaplarning biri 
ikkinchisini izohlab, to‘ldirib keladi. Ushbu bog‘lanish so‘z birikmasi va 
gapni hosil qiladi. Bunday bog‘lanishlarda shaxs-son, zamon qo‘shim-
chalari bilan gaplar hosil qilish, kelishik, egalik shakllari, ko‘makchilar, 
so‘z tartibi va ohang yordamida esa so‘z birikmalari hosil qilinadi. Bosh 
so‘zning qaysi turkum bilan ifodalanishiga qarab so‘z birikmasi ikki xil 
bo‘ladi. 


49 
1. Fe’lli birikmalar. Fe’lli so‘z birikmasida hokim so‘z fe’l va uning 
vazifa shakllari bilan ifodalanadi. Masalan, birga o‘qidi 
 sof fe’l; meh-
natda sinalgan 
‒ sifatdosh; ta’sirli so‘zlab ‒ ravishdosh; ohista gapi-
rish, maktab tomon ketmoq 
 harakat nomi.
2. Otli birikmalar. Otli so‘z birikmasida hokim so‘z ot, sifat, son, ra-
vish va otlashgan so‘zlar bilan ifodalanadi: 
shaharning koʻchalari, ham-
masidan katta, chumchuqning chugʻur-chug‘urio‘quvchilarning besh-
tasi, do‘stlarning barchasi, o‘qdan tez, menda bor kabi. 
So‘z birikmalari tuzilishiga ko‘ra, o‘zbek tilida 2 xil bo‘ladi: 
1. Sodda birikmalar. Sodda birikmalar doimo ikki mustaqil so‘zdan 
tashkil topadi. Bu so‘zlar sodda, qo‘shma, juft yoki takroriy bo‘lishi 
mumkin. Masalan: do‘stlar bilan suhbatlashmoq, amalga oshirish yo‘-
lidagi+xatti-harakat, har birini taklif qilmoq, ko‘cha-ko‘cha+yigit-qiz-
lar.
Shuningdek, so‘z birikmasi a’zolari ibora bilan ifodalansa ham, sod-
da birikma sanaladi. Masalan, kapalagi uchib ketgan+bola.
2. Murakkab birikmalar. 
Murakkab soʻz birikmalar tarkibida yo to-
be qism, yo hokim qism birdan ortiq mustaqil so‘z bilan ifodalanadi. 
Masalan, paxta gulli+piyola, teatrimizning ijodiy kuchlari, qisqa yeng-
li+guldor shifon ko‘ylak, paxta gulli+chinni piyola. 

Download 1.94 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘ZBEK TILIDAGI OTLI BIRIKMA KONSTRUKSIYALARI-

Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish