50
Hayotimizdagi noquayliklarni bartaraf etish, ko‘plab resurslarni ta-
lab qiladigan murakkab masalalar uchun oddiy va sodda bo‘lgan ye-
chimlarni izlab topish uchun ilmiy izlanishlar uzluksiz
ravishda olib bo-
rilmoqda. Bir-biriga turdosh bo‘lmagan fanlarning o‘zaro birlashuvi aso-
sida yanada yangi imkoniyatlar va kashfiyotlar dunyoga kelmoqda. Shu
jumladan, filologiya va aniq fanlarning birlashuvi sifatida kompyuter
lingvistikasi yo‘nalishi tillarni kompyuterga o‘qitish va
katta hajmdagi
axborotlarni qayta ishlab, analiz qila olish imkoniyatini yaratish ustida
ish olib bormoqda.
Albatta, bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar fan va texnikada qi-
linayotgan yangiliklarning vaqt, masofa va til to‘siqlarini yengib, eng
optimal yo‘l bilan dunyo bo‘ylab ilm talab bo‘lgan barchaga ulashilishi-
ga yangi yo‘l ochiladi. Bu qatorda o‘zbek tilining dunyo tillari daraja-
siga olib chiqilishi tilimizning grammatik, sintaksiz, leksik strukturasini
ozida jamlagan modellarni qurush va unlarni
amaliyotga joriy qilish ho-
zirgi kunning yechilishi lozim bolgan masalalaridan biri.