II.2. Yakuniy nazorat turi Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tegishli fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va
amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli tegishli fan bo‘yicha kafedra tomonidan
belgilanadi.
Yakuniy nazorat turi oliy ta’lim muassasasining tegishli fakultet dekani yoki o‘quv-
uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan
tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvalga muvofiq o‘tkaziladi.
Yakuniy(yozma, og‘zaki) nazoratda talaba bilimini baholashda quyidagi talablar
qo‘yiladi:
Baho Talaba bilimi va malakasiga talablar 5 A’lo
Savollardagi mavzularning barchasiga asoslangan, ilmiy xatoliklarga yo‘l
qo‘yilmagan holda javoblar beradi, mavzu materiali mohiyatini to‘la tushunib
yetgan bo‘ladi, ijodiy fikr yuritadi, mustaqil mushohada qiladi, nazariy bilimlarni
amalda qo‘llashga misollar keltira oladi, xulosa va qarorlar qabul qilishda faol
bo‘ladi, material bo‘yicha to‘la tasavvurga ega deb topilganda.
4 Yaxshi
Savollarning barchasiga to‘liq javob beradi, juz’iy xatoliklarga yo‘l qo‘ymaydi.
Material mohiyatni tushunib yetgan bo‘ladi, ijodiy fikr yurita oladi, nazariy
bilimlarni amaliy ahamiyatini anglab yetgan bo‘ladi, material bo‘yicha
tasavvurga ega bo‘lsa qo‘shimcha adabiyotlardan mustaqil foydalana olish
qobiliyatiga ega deb topilganda
3 Qoniqarli
Savollarga javoblar yozadi, yo‘l qo‘ygan xatolari juz’iy xatolar bo‘lmaydi,
material mohiyatini tushungan bo‘ladi, nazariy bilimlarni amaliy ahamiyatini
anglagan bo‘ladi, mavzular bo‘yicha tasavvurga ega bo‘ladi va auditoriya
mashg‘ulotlariga to‘liq qatnashgan bo‘ladi hamda fan (mavzu) bo‘yicha
tasavvurga ega deb topilganda
2 Qoniqarsiz
Savollarga javob berishga qiynaladi, material mohiyatini tushunmaydi, tasavvuri
sayoz bo‘ladi, nazariy bilimlarni amaldagi ahamiyatni anglab yetmaydi,
savollarni ko‘pchiligiga javob bera olmaydi va darslarga muntazam
156
qatnashmagan bo‘laydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb
topilganda
Yakuniy(test) nazoratda talaba bilimini baholashda quyidagi talablar qo‘yiladi: