• Baho Talabaning bilim darajasi va malakasiga talablar
  • II. Baholash turlari va shakllari




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/104
    Sana18.01.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #140139
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104
    Bog'liq
    UMK-AT-Nasirova-Sh.N.

     
    II. Baholash turlari va shakllari 
    II.1. Oraliq nazorat turi 
    Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat 
    turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 
    Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin 
    talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida 
    o‘tkaziladi. 
    Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning hususiyatidan kelib chiqqan holda 2 
    martagacha o‘tkazilishi mumkin. 


    153 
    Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) va muddati fanning 
    xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. 
    Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 
    ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. 
    Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha oraliq 
    nazorat turi o‘tkazilmaydi. 
    Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini 
    bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘kituvchisi tomonidan baholab 
    boriladi. Baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 
    avgustdagi 19-2018-son buyrug‘ining ya’ni “Oliy talim muassasalarida talabalar bilimini nazorat 
    qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida 
    amalga oshiriladi. 
    Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi 
    hamda mashg‘ulotlarda faolligi uchun talabani baholash mezonida quyiladigan talablar qo‘yiladi.
    Baho 
    Talabaning bilim darajasi va malakasiga talablar 

    A’lo 
    Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari 
    bajarishi hamda mashg‘ulotlarda faol ishtirok etadi, berilgan topshiriqlarni 
    mustaqil fikr asosida to‘g‘ri bajaradi, javoblarni izohlab ularning amaliy 
    ahamiyatini anglay oladi, topshiriqlarni bajarishda ijodiy yondoshadi va ijodiy 
    fikrlay oladi, o‘z fikrini to‘la ifodalay oladi, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘z 
    vaqtida bajarib topshiradi, mustaqil ta’lim mavzularini to‘liq o‘zlashtiradi, 
    talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, mustaqil mushohada yuritadi
    olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini 
    tushunda, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha 
    tasavvurga ega deb topilganda. 

    Yaxshi 
    Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari 
    bajarishi hamda mashg‘ulotlarda faol ishtirok etadi, berilgan topshiriq va 
    mashqlarni to‘g‘ri bajaradi, javoblarni izohlay oladi, fikrini mustaqil ifodalay 
    oladi, topshiriq mohiyatini to‘la tushunadi, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘z 
    vaqtida bajarib topshiradi, mustaqil ta’lim mavzularini 70%dan 90%gacha 
    o‘zlashtiradi, talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda 
    qullay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, 
    aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda. 
    3 Qoniqarli 
    Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari 
    bajarishi hamda mashg‘ulotlarda ishtirok etib topshiriqlarni o‘qituvchi 
    yordamida to‘g‘ri bajaradi, yechimlardan olingan javoblarni mohiyatini 
    tushunadi, masalani yechish jarayonini tushuntira oladi, mustaqil berilgan 
    laboratoriya mashg‘ulotlarini 60% yoki 70% o‘z vaqtida bajaradi, mustaqil 
    ta’limni qisman o‘zlashtiradi, talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, 
    fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi 
    hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda. 
    2 Qoniqarsiz 
    Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari 
    bajarishi hamda mashg‘ulotlardagi topshiriqlarning shartini to‘g‘ri tushunib 
    ularni to‘liq bajara olmaydi, topshiriqlarni ba’zilari to‘g‘risida aniq tasavvurga 
    ega bo‘lmaydi, o‘qituvchi ko‘magida ham topshiriqlarni bajarishga qiynaladi, 
    nazariy va amaliy bilimlarini bog‘lay olmaydi, laboratoriya mashg‘ulotlarini 
    o‘z vaqtida bajarmaydi va topshira olmaydi, mustaqil ta’limni o‘zlashtirmaydi, 
    talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini 
    tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb 
    topilganda. 


    154 
    Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida 
    olgan baholari inobatga olinadi. 
    Talabalar bilimni baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Oraliq nazorat turini 
    o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha 
    o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. 
    Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq 
    nazorat turini topshirgan bo‘lishi shart. 
    Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” 
    (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. 
    Oraliq (yozma, og‘zaki) nazoratda talaba bilimini baholashda quyidagi talablar qo‘yiladi: 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish