Takrorlash uchun savollar:
1. Yigirish rejasi qanday hisoblanadi.
2. Ip va xom ashyoning xossalari nimadan iborat.
3. Paxta tolasining asosiy xossalari nimadan iborat.
4. Yigirish tizimlari necha xil va qaysilar.
5. Tola va ipning yo’g’onligi qanday topiladi?
6. Tolaning nisbiy pishiqligi nimalarga bog`liq va u qanday topiladi?
7. Kalava ipning sifat ko’rsatkichlari nimalarga bog`liq ?
8. Kalava ipning puxtalik koeffisiyenti qanday topiladi ?
9. Ipning yo’g’onligi va nomeri orasidagi farqni izohlang .
10. Ipning o’zilish uzunligini topish formulasini yozing .
Tayanch iboralar :
Xossa, yarim fabrikat, tizim, karda, qayta tarash, melanj, apparat, yigirish rejasi, yo’g’onlik, nomer, ip, pishiqlik.
M A ` R U Z A 3
MAVZU: Yigirish sanoati xom ashyosi. Paxta tolasini aralashtirish jarayoni.
REJA:
1. Fabrikada paxta tolasini qabul qilish va saqlash.
2. Sortirovkaga chiqindilar va uzuklarni qo`shib ishlatish.
3. Paxtani titish jarayonining moxiyati va undan ko`zlangan maqsad.
4. Paxta titish mashinasi. Avtomatik ta`minlagich.
5. Avtota`minlagichlarning turlari.
6. AP-18 va A-1/2 avtota`minlagichlar orasidagi farq.
Foydalanilgan adabiyotlar
-
Sh.R. Marasulov «Paxta va ximiyaviy tolalarni yigirish», Toshkent, 1986y, I-qism.
-
N.N. Milovidov , K.I.Badalov «Pryadenie xlopka», M, 1972 y, I-qism.
-
B.A. Azimov « Paxta yigirish fabrikalarini loyixalash», T, 1995 yil.
-
N.I. Truevcev «Mexanicheskaya texnologiya voloknitiux materialov». M, 1969 y.
Paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi chigitdan ajratiladi, tola presslarda toy qilinadi va to’qimachilik fabrikalariga jo`natiladi.
Odatda paxta tolasi toyini jo`natishda partiya - partiya yoki marka - marka qilib, temir yo`l vagonlarida yigiruv fabrikalariga yuboriladi. Temir (lot. Ferrum), Fe - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 26 ; atom massasi 55,847. Temir 4 ta barqaror izotop: 54Fe(5,84%), 56Fe(91,68%), 57Fe(2,17%) va 58Fe(0,31%) dan iborat.
Partiya yoki markaga kirgan hamma paxta tolasi toyining sifat ko`rsatkichlari bir-biriga yaqin bo’lishi kerak. Bu ish paxta tozalash zavodidagi markalarga ajratish sexida bajariladi.
Paxta tolasi uchun belgilangan GOSTga asosan fabrikaga keltirilgan paxta tolasi partiyasida paxta tozalash zavodining nomeri partiya - vagonning nomeri va toy paxtaning nomeri yoziladi. Masalan: 24-190-29 markada 24 - paxta tozalash zavodining nomeri, 190 - partiya vagonlari nomeri va 29 - paxta tolasi toyi nomeri. Mana shu sonlar 40*150 mm o`lchamli karton qog`ozda yozilgan bo’lib, har bir toyga yopishtirib qo`yiladi. Bundan tashqari, paxtaning asosiy fiziko- mexanikaviy sifatini ko`rsatadigan pasport (sertifikat) ham bo’ladi. Unda paxta tolasining asosiy fiziko-mexanikaviy xossalari: tolasining uzunligi, yo’g’onligi, pishiqligi, sorti, namligi va boshqa ko`rsatgichlari ko`rsatiladi.
Ip yigiruv fabrikasiga keltirilgan paxta toyi qabul qilib olinib, omborlarda shtapel holida saqlanadi. Har bir markadagi sertifikat bilan solishtirib ko`rish maqsadida qabul qilingan hamma paxta toyi son va sifat jixatidan tekshiriladi. Buning uchun partiya markada qancha paxta toyi bo’lsa, har bir paxta toyi tarozida alohida - alohida tortib olinadi, so`ngra bir necha paxta toyining simlari va paxta toyi o`ralgan qop - qanor olib tashlanadi va ular ham alohida tortiladi, sim va qop - qanor og`irligini paxta tolasining umumiy og`irligidan ayirib tashlab, paxta tolasining sof kondension massasi aniqlanadi.
Paxta tolasining kondension massasi quyidagi formulada aniqlanadi:
100 Wn
Qk = Qx -----------
100 Wk
bu yyerda, Qk - paxta tolasining kondinsion massasi, kg
Qx - paxta tolasining haqiqiy massasi, kg
Wn - paxta tolasining normal namligi, %
Wk - paxta tolasining haqiqiy namligi, %
Misol: Fabrikaga keltirilgan paxta massasi 42000 kg 1 sort iflosliklar aralashmasi 3.1% ni tashkil qiladi, haqiqiy namligi esa 8%.
Paxta tolasining kondinsion massasi topilsin. Paxtaning iflosligi normadan ortik bo’lganligi uchun unga qilinadigan yigirmaning miqdorini topamiz.
42000 (3.1 - 2.1)
--------------------- = 420 kg
100
bu yyerda, 2.1 - sort paxta tolasi uchun hisoblangan nuqsonlar va iflosliklar summasi, % hisobiy massasini topamiz:
42000 - 420 = 41580 kg
Shunday qilib paxtaning kondinsion massasi.
41580 (100 8)
Q= ------------------- = 41968 kg
100 7
Paxta toy miqdor jixatidan qabul qilingandan keyin sifat jixatdan qabul qilish boshlanadi. Bunda tolaning uzunligi, yo’g’onligi- teks (nomeri), pishiqligi va boshqa xossalari aniqlanadi.
Paxta tolasini yigirish texnologik jarayon normal borishi uchun har bir yigiruv fabrikasida uch oy mobaynida uning to`xtovsiz ishlashi uchun etarli miqdordagi paxta zonasi sig`adigan omborlar bo’lishi lozim. Paxta ombori yigiruv fabrikasidan ko’pi bilan 50-150 m narida bo’lishi lozim.
Paxta yo`nadigan va o`ziga namni oladigan material bo’lganligi uchun omborlar yo`ng`inga qarshi vositalar bilan to`la ta`minlanishi, quruq bo’lishi, paxtani yomgir va qor ta`siridan saqlashi zarur. Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Paxtani tashib ketish qulay bo`lsin ustma-ust taxlanadi: 5-6 qator qilib ataladi. Bir xil markadagi hamma toy paxta bir joyga taxlanishi ularning oldiga borish qulay bo’lishi kerak. Paxta chirimasligi uchun toylarning ostiga taxtalar qo`yiladi, toylarni tabiiy shamollatib turishi uchun orasida tirqishlar qoldiriladi.
Gazlama to’qish uchun mo`ljallangan iplar, o`z navbatida, tanda ipi va arqoq ipiga bo`linadi.
O`rta tolali paxta uchun oltita tipaviy sortirovka belgilangan bo’lib, ularning tarkibiga sara sort paxtadan boshlab V sortgacha bo’lgan hamma paxta kiradi.
№
|
Sortirovkalar (tola sorti) GOST 3274-72
|
0
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
1.
|
1-0
|
1-1
|
1-II
|
1-III
|
|
|
2.
|
2-0
|
2-II
|
2-II
|
2-III
|
2-IV
|
|
3.
|
3-0
|
3-1
|
3-II
|
3-II
|
|
|
4.
|
4-0
|
4-1
|
4-II
|
4-III
|
|
V
|
5.
|
5-0
|
5-1
|
5-II
|
5-III
|
|
|
6.
|
6-0
|
6-1
|
6-II
|
6-III
|
V-IV
|
|
7.
|
7-0
|
7-1
|
7-II
|
7-III
|
|
|
Ingichka tolali paxta uchun beshta tipoviy sortirovka belgilangan bo’lib, ularning tarkibiga sara sort paxtadan boshlab IV sortgacha bo’lgan hamma paxta kiradi.
Har bir tip paxta to’g’ri keladigan sortirovka tipaviy sortirovka deb ataladi.
Paxta tolasidan 31 ta tipaviy sortirovkaga bo`lingan.
Ip yigirish fabrikalarning tajribalariga asosan har bir sortirovka ikki raqam bilan belgilanadi: birinchi raqam paxtaning tipini, ikkinchisi esa paxtaning bazaviy sortini bildiradi.
Masalan, 5-1; 5- paxta tipi bo’lib, shu tipdagi 1 sortli paxtadan 65% dan kam bo`lmasligi kerak.
Ip yigirish jarayonida har xil chiqindilar, braklar hosil bo’ladi. Bular ikki guruxga : uzuq - qaytimlar va chiqindilarga bo`linadi. Chiqindilar ham yigirib bo’ladigan va yigirib bo`lmaydigan xillariga ajratiladi.
Uzuqlar quyidagilardan iborat: xolst uzug`i (savash tarash mashinalarida hosil bo’ladi), paxta uzug`i (pilta, pilik mashinalarida hosil bo’ladi), pilik uzug`i (pilik va yigirish mashinalarida hosil bo’ladi) momiq (yigirish mashinalarida hosil bo’ladi). Bunday uzuqdagi tolalar normal tola bo’lganligi uchun qayta ishlatiladi. Shuning uchun ular qaytim deyiladi.
Chiqindilar hamma mashinalarda hosil bo’lishi mumkin. Uzuqlarga chiqindi mashinalarida qayta ishlov berib, ularni yana sortirovkalarga (paxtaga) qo’shib ishlatiladi.
Chiqindilarning ma`lum qismiga qayta ishlov berib (paxtaga aralashtirib), ulardan yo’g’on ip olinadi, bir qismi esa apparatladi. Savash mashinasidan chiqqan mutlaqo yigirib bo’lmaydigan yongoqcha, momiq, valiklarga o’ralgan momiq, yyerdan supurub olingan va zararlangan chiqindilar ko’rpa - yostiq va kiyim - kechakka ishlatiladigan paxta fabrikasiga jo’natiladi.
Bunday chiqindilardan tashqari, ko’zga ko’rinmaydigan chiqindilar ham bo’ladi.
Bular ishlash jarayonida paxtadan chiqqan chang va mahsulotning qurishi natijasida yo’qotilgan namligidir.
Chiqindilar qancha kam bo’lsa, paxta yoki aralashmadan shuncha ko’p ip chiqadi, shu sababli chiqindilar uchun norma belgilanadi. Ipning chiqishi quyidagi formuladan aniqlanadi:
qi qi
V1 = ------- * 100% B2 = ------* 100%
q1 q2
bu yerda, V1 - paxtadan ip chiqishi, %
V2 - aralashmadan ip chiqishi, %
qi - olingan ip massasi, kg
q1 - ishlatilgan paxta massasi, kg, t
q2 - ishlatiladigan aralashma miqdori, t
Sarf qilingan paxta yoki aralashma massasi bilan olingan ip massasi o’rtacha ayrim chiqindilar massasini tashkil qiladi. Odatda "O`z" sortirovkasiga aralashtirib ishlatiladigan qaytimlar (uzuqlar) va ba`zi chiqindilar fabrikaning sexiga maxsus mashinalarda qayta ishlanadi va shundan keyingina sortirovkaga qo’shib ishlatiladi.
Yigiruv fabrikasida qabul qilingan yigirish tizimi, yigirish rejasi, mashinalarga qarab o’rta tolali paxtadan 85-90 % ingichka tolali paxtadan 75-80 % ip chiqadi. Ma`lumki, paxta tolasi yigiruv fabrikalariga toy qilingan xolda keltiriladi.
Paxta tolasining massasi 200-220 kg va o’lchamlari 735*980*620 mm li toylar tarzida keltiriladi. Paxta tolasi va kimyoviy tolalarni titish jarayonining birinchi bosqichida tolalar hamma titish mashinalari- agregatdan birin-ketin o’tkazib titiladi.
Tolalarni titish jarayonida titish mashinalarining ignalari ta`sirida paxta toyidan yirik paxta qatlamlari mayda- mayda bo’lakchalarga ajratiladi.
Ish organlari ta`sirida va havoning kuch bilan surishi natijasida paxta bir mashinadan ikkinchi bir mashinaga to’xtovsiz o’tadi, shu bilan birga, paxta uncha maxkam yopishmagan iflosliklardan tozalanadi, paxta tolalari mayda bo’lakchalarga ajralib, titilishi tufayli ular yaxshi aralashadi, natijada deyarli bir xil xossali, titilgan va tozalangan paxta massasi hosil bo’ladi.
Titish mashinalari uzluksiz agregatlar tarzida birlashtirilgan bo’lib, paxta mashinadan-mashinaga mexanikaviy yoki pnevmomexanikaviy usulda o’tkaziladi. Avtomatik moslamalar mashinalardan o’tayotgan paxta oqimini muntazam ravishda tekislab turadi.
Paxta titish mashinalarida zich presslangan yirik paxta bo’laklari mayda- mayda bo’lakchalarga bo’linadi; paxta xas-cho’p, yigirishga yaroqsiz tolalar va nuqsonlardan tozalanadi.
Tolali materiallar ikki xil usulda titiladi: chimdib - chimdib titish va materiallar qatlamiga qattiq va qayta-qayta zarbalar berish yo’li bilan titish.
Hozir mamlakatimizning ip yigiruv fabrikalarida paxta tolasi hamda ximiyaviy tolalar qatlamiga qattiq va qayta -qayta zarb berish yo’li bilan titish usuli keng tarqalgan. Chimdib-chimdib titish usuli esa ko’proq jun tolalarni yigirish fabrikalarida qo’llaniladi.
Avtomatik ta`minlagichlar bir necha xil markalari mavjud bo’lib, ulardan ancha sodda kam unum mashinalardan boshlab zamonaviy serunum takomillashgan mashinalarigacha mavjud. Ulardan RKA - 2x , APK-3, AP-18, AP-36, 1/2 markalari mavjuddir.
RKA - 2X mashinasi mexanik ravishda ikkita kipga xizmat ko’rsatadi. Avtomatik toy titish mashinasining ish unumdorligi 80- 100 kg/soatiga.
Titilgan paxta bo’lakchalarining massasi 0,1- 0,2 g. Paxta qatlamidagi chiqindilardan tozalanish darajasi 18-28 % gacha. RKA- 2X dan keyinligi avtomatik toy titish mashinasi APK-3X bu mashinaga bir vaqtning o’zida 6 ta toy paxtadan bir vaqtning o’zida paxta aralashtiriladi. Mashinaning ish unumdorligi 80-250 kg/soatiga. Paxta maydalangan bo’lakchalarining massasi 0,2-0,3 g. Aralashma tarkibining tozalash darajasi 5-8% gacha.
AP - 18 avtomatik ta`minlagich "Kuztekstil`mash" zavodidan ishlab chiqarilgan bo’lib, 18-24 tagacha toyga bir vaqtning o’zida xizmat ko’rsatadi. Avtomatik ta`minlagichning ishchi organi birta pichoqli baraban yordamida toy paxtalarining ustidan harakatlanib paxta qatlamini mayda bo’lakchalarga bo’lib kanal orqali surilib ventilyator yordamida keyingi jarayonni aralashma bilan ta`minlashdan iborat.
Zamonaviy avtomatik ta`minlagich 1/2 mashinasi Shveycariyada ishlab chiqarilgan bo’lib, o’zidan oldingi avtomatik ta`minlagichlarning avlodi bo’lib, komp`yuterlardan foydalanilgan, bu mashinada ogoxlantiruvchi lampalar va ogoxlantiruvchi signallar o’rnatilgan, sodir bo’lgan kamchilik va o’zgarishlar komp`yuter tablosida yozilib turadi.
Mashina ikki tomonlama harakatlana oladi.Bir vaqtning o’zida 70 ta kipga xizmat ko’rsatadi.
Mashina o’z- o’zidan to’xtagichlari va atrof muxitga chang chiqarmasdan ishlashga moslashtirilgan.
Mashinaning ish unumdorligi 750-1000 kg/soatgacha aralashma bilan ta`minlash qobiliyatiga ega.
Bulardan tashqari chiqindi bilan ta`minlagichlar ham shular jumlasiga kiradi. Chiqindi bilan ta`minlash mashinalari : P-1; PU; PU-2 va boshqalar bo’lib, bu mashinalarning vazifasi chiqindini maydalab keyingi jarayonga uzatishdan iboratdir. Mashinaning asosiy ishchi organi tasmalari kamera va bo’ylama ignali panjara yordamida maydalanib, keyingi jarayonga aralashma xolda uzatiladi.
Takrorlash uchun savollar:
1. Yigirish fabrikalariga paxta tolasi qanday keltiriladi va uni saqlashda nimalarga e`tibor beriladi?
2. Paxta tolasining necha turi va sorti bor?
3. Fabrikada qayta va chiqindilar qanday qabul qilinadi?
4. Qaytim va chiqindi turlarini aytib bering.
5. Agregat deb nimaga aytiladi?
6. Agregat tarkibiga kiruvchi mashanalarni aytib bering.
7. Avtota`minlagichlar turlarini aytib bering.
8. Aralashtiruvchi mashinalarning vazifasi va turlari nimadan iborat?
9. «RIETER» tizimidagi agregat tarkibidagi mashinalarni izohlab bering.
Tayanch iboralar:
Xom ashyo, namlik, massa, sort, kaytim, chiqindi, avtota`minlagich, agregat, toy, aralashma, mahsulot, kondension, haqiqiy, normal.
M A ` R U Z A 4
MAVZU: Paxta tolasini titish va tozalash.
REJA:
1. Titish jarayonining moxiyati va undan ko’zlangan maqsad.
2. PS-2 markali paxta titish mashinasi.
3. Titish jarayonni jadallashtirish.
4. Avtomatik ta`minlagich.
5. ON-6-4 markali qiya tozalagichning vazifasi va ishlashi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Sh.R. Marasulov « Paxta va ximiyaviy tolalarni yigirish», Toshkent, 1986 yil,I-qism.
2.N.N. Milovidov , K.I.Badalov « Pryadenie xlopka», M,1972 yil, I-qism.
3.B.A. Azimov « Paxta yigirish fabrikalarini loyixalash»,T,1995 yil.
4.N.I. Truevcev «Mexanicheskaya texnologiya voloknitiux materialov»,M,1969 yil.
5.«RIETER» tizimidagi titish mashinalari pasporti.
Ma`lumki, paxta tolasi yigiruv fabrikalariga toy qilingan holda keltiriladi. Paxta tolasi va kimyoviy tolalarni titish jarayonining birinchi bosqichida tolalar hamma titish mashinalari agregatdan birin-ketin o’tkazilib titiladi.
Titish jarayonida mashinalarining ignalari ta`sirida paxta toydan yirik paxta qatlamlari mayda -mayda bo’lkachalarga ajraladi. Ish organlari ta`sirida va havoning kuch bilan surishi natijasida paxta bir mashinadan ikkinchi mashinaga to’xtovsiz o’tiladi, shu bilan birga, paxta uncha maxkam yopishmagan iflosliklardan tozalanadi, paxta tolalari mayda bo’lakchalarga ajralib titilishi tufayli yaxshi aralashadi, natijada deyarli bir xossali, titilgan va tozalangan paxta massasi hosil bo’ladi.
Titish mashinalari uzluksiz agregatlar tarzida birlashtirilgan bo’lib, paxta mashinadan mashinaga mexanikaviy yoki pnevmatikaviy usulda o’tkaziladi. Avtomatik moslamalar mashinalardan o’tayotgan paxta oqimini muntazam ravishda tekislab turadi. Paxta titish mashinalarida zich presslangan yirik paxta bo’laklari mayda-mayda bo’lakchalarga bo’linadi: paxta xas-cho’p, yigirishga yaroqsiz tolalar va nuqsonlardan tozalanadi. Tolali materiallar ikki xil usulda titiladi; chimdib - chimdib titish va materiallar qatlamiga qattiq va qayta-qayta zarblar berish yo’li bilan titish.
Paxta tolasi va kimyoviy tolalarni titish agregatining birinchi mashinasi paxta toylaridan ajratib olingan yirik paxta qatlamini mayda-mayda bo’lakchalarga ajratib titish, paxta bo’lakchalarini aralashtirish va paxtani xas-cho’plardan tozalash uchun ishlatiladi. Bu mashina paxta qatlamini massasi 0.7-1,0 g gacha bo’lgan mayda -mayda bo’lakchalarga bo’lib tita oladi.
Ishchi mashina oldiga sortirovka sexidan keltirilgan paxta tolasi toyidan ma`lum (10 sm) qalinlikdagi paxta qatlamini ajratib olib, uni mashinaning ta`minlovchi panjarasiga tashlab turadi.
Paxta tolasi yaxshi aralashishi uchun va bir xil xossalari aralashma hosil qilish uchun titish mashinalariga berilgan toy paxta 18-24 kg dan kam bo’lmasligi kerak. Ta`minlovchi panjara paxtani 5-12 m/min tezlik bilan ignali qiya 200 li panjaraga tezlik bilan harakat qiladi. Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Panjara yyelkalariga ignalar 330 burchak ostida qoqilgan; ular paxtaga qadalib ayrim burchaklarini ilib oladi va yuqorida o’rnatilgan tituvchi valikka olib keladi. Valik ignalari pajaraning yo’nalishiga teskari yo’naltiriladi.
Paxta burchaklari tituvchi valikka kelib, uning zarbasiga uchraydi va mayda bo’lakchalarga ajralib titiladi, ammo xali uncha mayda titilmagan paxta bo’lakchalari yana kameraga tushadi, panjara uzluksiz harakat qilib turishi tufayli paxta bo’lakchalari yana panjara ignalariga ilinib, yaxshilab titilmaguncha shu jarayon davom yetaveradi. Tituvchi vallika yopishib qolgan paxta tozaluvchi valik parraklariga ilinib, mashina kamerasiga qaytib tushadi. Etarlicha mayda bo’lakchalarga ajralgan paxta ignali pandjara ignalariga yopishib qolgan paxta bo’lakchalarini ajratib oluvchi valik urib tushiradi. Bu valik 264 min 5-10 tezlik bilan aylanib turadi.
Uning parrakchalari charm yoki rezinalargan to’qimadan qilingan. Shuning uchun paxta tolali zararlanmaydi. Urib tushirilgan paxta kolosnikli panjaraga o’rilib va uning uchib o’tib, mashinadan chiqib ketadi va aralashtiruvchi panjaraga tushadi, paxta kolosniklarga o’rilib qo’shimcha titiladi, paxtadagi xas-cho’p va kalta tolalar esa kolosniklar orasida chiqindi kamerasiga tushadi.
Paxta titish mashinasi tolalarning sifatiga zarar yetkazmaydi. Ignali panjaradagi ignalar qancha ko’p, ularning o’lchamlari qancha kichik va panjara bilan valik o’rtasidagi oraliq qancha tor bo’lsa, paxta shuncha mayda bo’lakchalarga ajralib yaxshi titiladi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, bu ikki ish organlari o’rtasidagi oraliq katta bo’lsa, mashinaning ish unumi ko’p bo’ladi, ammo titish darajasi pasayadi. Oraliq kichik bo’lsa, titish darajasi pasayadi. Oraliq kichik bo’lsa, titish darajasi yaxshilanib ish unumli kamayadi. Shuning uchun bu oraliq optimal qilib o’rnatiladi. Agar mashina paxta bilan bir me`yorda ta`minlab turilsa, titish savash agregatidan olinadigan mahsulot - xolst bir tekis chiqadi.
Shuning uchun ham, bu mashinalar titish savash agregatiga kirib paxta, qaytim va chiqindilar bilan ta`minlashda hozirgi zamonaviy avtomatik ta`minlash mashinalari tarkibiga ham qo’llanilib kelmoqda.
Tolali materiallarga mashina organlarining ta`siri qancha kuchli bo’lsa, titish jarayoni ham shuncha jadal bo’ladi. Titish jadalligiga quyidagi texnologik omillar ta`sir qiladi:
- paxtani tituvchi organlarining tiplari va ularning ustiga qoplangan qoplamalari;
- ish organlari teziligi;
- mashina kamerasidagi paxtaning hajmi.
Ish organlarning tiplari va ignalarining o’lchami, ularning qiyalik burchagi va zichligi katta ahamiyatga ega. R kuchni ikkita tashkil etuvchi R1 va R2 kuchlarga ajratib quyidagini hosil qilamiz.
R1 = Rsin va R2 = R2 * kg/soat
Bundan tashqari, paxta bo’lakchasiga markazdan qochar kuch ham ta`sir qiladi, ammo u juda kichik bo’lganidan hisobga olinmaydi.
Ishqalanish kuchi F hosil bo’ladi. u R2 kuchiga teskariga yo’naltirilganligidan paxta bo’lakchalarining ignalari orasiga kirib qolishiga qarshilik ko’rsatadi. Ishqalanish kuchi quyidagiga teng.
F = M * P1
bu yyerda, M - ishqalanish koeffisiyenti.
Qo’l mehnatini kamaytirish maqsadida toy tituvchi avtomatlarni dastlabki avlodi APK - 3 bo’lib uchtadan ikki tomonga harakat qilganda oltita toy paxtaga xizmat ko’rsatadi. U mashina paxta toyini titish, aralashtirish va iflosliklardan tozalab, keyingi mashinalarga uzatish uchun ishlatiladi.
Mashinaning asosiy tituvchi qismi aylanib turuvchi qoziqli baraban bo’lib, u o’z qoziqlari bilan paxta toyining pastki tomonidan mayda-mayda bo’lakchalarini ajratib olib, transporterga tashlaydi. Transporterga tushgan paxta ventilyator orqali surilib keyingi jarayonga uzatiladi. Paxta toyi qoziqli barabangan bir me`yorda borishi kerak. Paxta toyi oxirigacha tekis ishlashi uchun konteyner ustiga yuk o’rnatiladi.
Mayda-mayda bo’lakchalarga ajralib titilgan paxta bo’lakchalari kolosnikli panjaraga o’rilib, silkinib o`tishi natijasida undagi xas-cho’p, iflosliklar ajralib, chiqindi kamerasiga tushadi.
Tezligi 0,93-1.3 m/min gacha o’zgartirib mashinaning ish unumi 150-230 kg/soat ga yetkazilgan.
Xuddi shunga o’xshash RKA-2X avtomatik toy titish mashinasi ham ikkita toy paxtadan aralashma tayyorlanadi. Ana shu avtomatik toy titish mashinalari asosida AP-18, «RIETER» tizimda ishlovchi A-1/2 markali toy paxtani avtomatik ravishda titib ta`minlovchi mashinalar ikki tomonlama harakatlanib ko’proq toy paxta xizmat ko’rsatadi.
Dastlabki avtomatik ta`minlagichda ikkita toydan uchta, 18-24 tagacha va yangi avtomatik ta`minlagichda esa 70 ta toy paxtaga bir martaga xizmat ko’rsatish qobiliyatiga ega, mashina ikki tomonlama harakat qilib 140 ta toy paxtani maydalab keyingi jarayonni aralashma bilan ta`minlaydi. Mashinaning asosiy ishchi qismi ikkita pichoqli baraban bo’lib, tezlgi 1400 min-1 bilan harakatlanadi. Avtomatik ta`minlagichning tezligi 8.5 m/min bilan harakatlanib ish unumdorligi 750-1000 kg/soatgacha yetkaziladi. Mashina komp`yuterlashtirilgan bo’lib, ogoxlantiruvchi lampalari orqali mashinadagi o’zgarishlarini bildirib turadi.
Mashina texnika xavfsizligi va atrof muhitni changsizlantirish uchun juda yaxshi chora tadbirlar qurilgan bo’lib juda qulaydir.
|