Takrorlash uchun savollar:
1. Xom ashyoni qabul qilish va saqlanishni izohlab bering.
2. Paxta tolasi sortirovka qilishni tushuntiring.
3. Tolani titish usulari necha xil bo’ladi ?
4. Titish mashinalari markalarini aytib bering.
5. ON-6-4 qiya tozalagichning vazifasi nimadan iborat?
6. Gorizontal titgichlarning vazifasi va asosiy ishchi qismlarini ayting.
7. Pnevmatik tola taqsimlagich vazifasi nimadan iborat?
8. «RIETER» tizimidagi agregat tarkibidagi mashinalarning eski mashinalardan farqini izohlang.
Tayanch iboralar:
Titish jarayoni,xom ashyo, gorizontal titgich, qayta zarba, qiya tozalagich, aralashtirish, aralashma, titish darajasi.
M A ` R U Z A 5
MAVZU: Savash mashinasining tuzilishi va ishlashi.
REJA:
1. Savash mashinalarining markalari, vazifasi.
2. Savash mashinasining ishlashi.
3. Savash mashinasi ishchi qismlari ishini taxlil qilish.
4. Savash mashinasining yangi markasi.
5. ERM va T-16 markali savash mashinalarining farqi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Sh.R. Marasulov « Paxta va ximiyaviy tolalarni yigirish», Toshkent, 1986 yil,I-qism.
2. N.N. Milovidov , K.I.Badalov « Pryadenie xlopka», M,1972 yil, I-qism.
3.B.A. Azimov « Paxta yigirish fabrikalarini loyixalash»,T,1995 yil.
4.N.I. Truevcev «Mexanicheskaya texnologiya voloknitiux materialov»,M,1969 yil.
5.«RIETER» tizimidagi savash mashinalari pasporti.
Savash mashinalarining asosiy vazifasi paxtani savab qaytadan titib, xas-cho’p va nuqsonlardan tozalaydi. O’zidan keyingi mashinaning ishlashi uchun qulay bo’lgan shakldagi sifatli mahsulot xolst ishlab chiqaradi.
O’rta va ingichka tolali paxtadan foydalanish uchun savash mashinalarining bir necha xil markalari mavjuddir:
T-16; MT-30; MTB; TB; MTM kabi markalari yigirish fabrikalarida ishlatilib kelinmoqda. Asosan, hozirgi zamonaviy fabrikalarda savash mashinalarining MTM va MT markalari, avvalagi T-16 savash mashinalaridan farqi shundaki ish unumdorligini yuqoriligi ishlab chiqarilgan mahsulotining sifatliligi bilan gabarit o’lchamlari va asosiy ishchi organlarining o’zgarishi bilan farq qiladi. Xolst ishlab chiqarishi va xolstsiz aralashma ishlab chiqarishi bilan farq qiladi.
Savash mashinasining asosiy vazifasi agregat tarkibidagi mashinalardan qisman tozalangan aralashmani aosiy ishchi organlari savagichlari bilan aralashma tarkibidagi xas-cho’plar iflosliklar, qumlardan tozalab, xolst olishdan iborat.
Agregatdan kelgan aralashma savash mashinasining ta`minlovchi bunkeriga kelib tushadi, bu yyerda aralashma turli baraban yordamida tozalanadi va bir me`yorda 2 ta ta`minlovchi silindrlar yordamida pichoqli barabanga kelib tushadi. Pichoqli baraban asosiy tozalovchi organ hisoblanib, tezligi nnb =443 - 919 min-1 lik bilan aylanib barabanga o’rnatilgan pichoqlar yordamida aralashma tarkibidagi tolalarga qattiq - qattiq zarbalar berish yo’li bilan kalta tolalar (o’lik) pishib yetilmagan tolalar xas-cho’plar pastga chiqindi bunkeriga tushirilib, paxta aralashmasi ventilyatorning havo surilishi natijasida aralashma qatlami turli baraban sirtiga o’rnatilgan ventilyatorning havo surishi natijasida turli baraban sirtiga tola qatlami o’ralib tola tarkibidagi tuproq va kalta tolalar surib olinadi va ikkita ajratuvchi yordamida paxta qatlami uch yelkali savagichning ta`minlovchi bir juft silindrlariga keladi, ta`minlovchi silindrlar yordamida tez turgan nc = 827-1190 min-1 uch yyelkali savagichga kelib tushgan paxta qatlamiga zarbiy ta`sir qilinib aralashma tarkibidagi chiqindilar tozalanadi. Uch yyelkali savagichning har bir aylanganida paxta qatlamiga uch martadan zarb bilan uriladi va kolosnikli chambaradan chiqindilar pastga chiqindi bunkeriga tushadi.
Tozalangan paxta qatlami ventilyatorning kuchli havo bosimi bilan surishi natijasida ta`minlovchi bunkyerdagi turli baraban sirtiga paxta qatlami o’ralib, chiqindilardan tozalanadi va ta`minlovchi silindr yordamida qoziqli baraban yordamida tola titkilanadi va bunkerga tushadi. Bunkyerdan aralashma chiqaruvchi silindr va tutib turuvchi silindrlar yordamida tolani ta`minlash stolchaga uzatadi. O’n oltita yelkali rostlagich yordamida paxta qatlami bir xil qalinlikda yoyilib tezlanib turuvchi nis = 487 1145 min uch yelkali ignali savagich ignalariga kelib tushadi. Uch yelkali savagichning ignalari paxta qatlamini savash natijasida, tola qatlamidagi chiqindilar uchib ketadi va kolosnikli chambara orqali chiqindi bunkeriga borib tushadi.
Tozalangan tolalar yana bir marta turli baraban sirtiga o`ralib ventilyator orqali chang va chiqindilari suriladi va aralashma qatlami teks qilib yaxshi yoyiladi va ajratuvchi silindrlar yordamida siquvchi vallarga uzatiladi. Siquvchi vallardan keyin tekis yoyilgan paxta qatlami xolst hosil qiluvchi vallar yordamida ichiga trubacha qo`yib xolst hosil qiladi. Hosil bo’lgan xolstlar taroziga qo`yib o`lchanadi va osma konveyerlarga qo`yib tarash sexiga xom ashyo sifatiga, savash sexining tayyor mahsuloti uzatiladi. Savash mashinasidan har besh minutda birta xolst chiqadi, chiqarilgan xolstlar taroziga o`lchab ko`rilganda og`irligi talabga javob bermasa, demak mahsulot sifatsiz ekanligini ko`rsatadi. Sifatsiz mahsulot chiqindi bo`limiga qaytim sifatida uzatiladi. Savash mashinalarning asosiy savovchi organlari:
-
Pichoqli baraban
-
Uch yelkali savagich
3. Uch yelkali ignali savagich
Savash mashinasining asosiy ishchi organlari biri savagichlar bo’lib, ular tolali materialga zarbiy ta`sir ko`rsatadi.
Plankali savagich va uning ostidagi kamera mashinaning eni bo`yiga to`rtta krestovina - 2 maxkamlangan. Bu krestovinaga (valning o`qi parallel qilib) boltlar - 3 yordamida po`lat plankalar 4ga o`rnatilgan. Krestovinalarni vallga qator tizib maxkamlashda detal` - 5 dan foydalaniladi; bu detal` havo oqimini kamaytirib, paxta bo`lakchalarining turli barabanga tortilishini yaxshilaydi.
Ta`minlovchi silindr - 6 savagichga paxta qatlamini bir me`yorda berib turadi. Bu silindrlar orasidagi paxta qatlami prujina –7 yordamida qisilib turadi. Savagichning ostida kolosnikli panjara bo’lib, u ikki seksiya 8 va 9 ga bo`lingan, bu kolosniklar orasidan xas-cho’p va iflosliklar o`tib mashinaning chiqindi kamerasiga tushadi.
Kolosnikli panjara savagichga yaqinlashtirish va undan uzoqlashtirish uchun rostlovchi boltlar - 10 dan foydalaniladi. Kolosnikli panjara bilan savagich plankalari o’rtasidagi oraliq panjaraning silindrlarga yaqin joyida 10 mm, panjara oxirida 20 mm bo’lib, ishlatilayotgan tolali materialga qarab olinadi.
Savagichlarning aylanish yo`nalishida pichoq- 11 o`rnatilgan, u paxta bo`lakchalarining savagich bilan birga aylanishga yo`l qo`ymaydi.
Pichoq bilan savagich plankasi o’rtasida oraliq 1,5 - 2 mm. Ignali savagich va uning ostidagi kamera (rasm b) da ko`rsatilgan. Po`lat val - 1 ga to`rtta krestovina - 2 o’rtailgan; ularga cho`yan urgichlar - 3 maxkamlagan; ularning sirtiga vintelyator yordamida yog’och plankalar - 4 o`rnatilgan. Bu plankalarga ignalar - 5 qoqilgan bo’lib, ularning qiyali 200 ni tashkil qiladi. Ignalarning qiya qilib qoqilishi paxta bir oz dag`al tarashga yordam beradi. Plankalarga ignalar qanday o`rnatilganligi va ularning o’lchamlari (b-rasmda) ko`rsatilgan. (a-rasmda) 8,9,10 va 11 detallar qanday berilgan bo’lsa ham xuddi shunday belgilangan.
Ignali savagich 800-1200 min-1 tezlik bilan aylanib, paxta bo`lakchalarini ajratib oladi va kolosnikli panjaraga tashlaydi. Paxta bo`lakchalarining markazdan qochar kuchi quyidagi formuladan aniqlanadi:
pn2
R = mwr = mr (-----)
30
bu yyerda, m - paxta bo`lagining massasi;
w - savagichning burchak tezligi;
r - savagichning radiusi
Markazdan qochar kuch Rm ni R1 va R2 tashkil etuvchilarga ajratish mumkin.
R1 = Rm * sin ; R2 = Rm * sos ; F = P2 * f = f * P2 * cos
bu yerda, P1 - kuchning savagich ignalari bo`ylab yo`nalgan;
P2 - kuch esa unga perpendikulyar yo`nalgan;
F - ishqalanish kuchi; paxta bo`lakchalarini ignalardan tushirishga qarshilik ko`rsatadi;
f - tolalar bilan ignalar orasidagi ishqalanish koeffisiyenti.
Ignalarning urinma tomon qiyalik burchagi 45 dan katta bo’ladi. Mashina normal ishlab turgan bo’lsa, paxta bo’lakchalari ignalardan markazdan qochar kuch ta`sirida tushadi, buning uchun quyidagi shart bajarilishi lozim:
R1> F; Pm sin > Pm cos ; tg > f
> 45 va f < 1 bo’lganda tg > f bo’ladi.
Savagich ignalari ularning orasiga paxta bo’lakchalari tiqilib qolmaydigan qilib o’rnatilishi kerak.
Ignali savagich paxta qatlamini plankali savagichga qaraganda to’rt marta maydaroq qilib titadi, savaydi.
Savash mashinalarining yangi markasi Buxoroteksdagi №1 YF sining savash sexida o’rnatilgan bo’lib bu mashinaning markasi ERM-dir. Bu mashina Shveycariyaning "RIETER" xissadorlik jamiyatiga qarashli bo’lib, bu mashina asosan xolstsiz ishlashga moslashgan.
Yigirish fabrikalarida xolstsiz o’timlardan foydalanish, ishlab chiqarish mashinalarini avtomatlashtirish zamon talabi bo’lganligi sababli savash mashinasi va uning tarkibidagi agregat ham avtomatlashtirilganligi ish unumdorligini ravon tekis ishlashi, ogoxlantiruvchi lampa, foto elementlar mikrokomp`yuterlarning hammasi markaziy boshqarmaga ulanganligi va eng asosiy yongin xavfi tugilganda ogoxlantiruvchi signali, chiqindilarni ochib yopiluvchi silindrli plankalar orqali maxsus filtrlarga uzatilishi, paxta aralashmasi tarkibidagi metall parchalarini tutib qoluvchi sezgir elementning ishlashi juda ajoyib yutuqlardandir.
Savash mashinasi quyidagi asosiy qismlardan iborat ta`minlovchi bunker, ignali baraban, turli barabanlardan iborat titkilab ignalar yordamida savalanib taralgan paxta aralashmasining chang xas-cho’p, chiqindilari pastga o’rnatilgan chiqindi kamerasiga tushadi va u yerdagi filt`rga vaqt- vaqti bilan uzatilib turadi.
Mashinaning ish unumdorligi 700 kg/soatgacha. Savash mashinasi tarkibidagi, paxta aralashmasi tarkibidagi chiqindilarni tozalash qobiliyati juda yaxshi.
Takrorlash savollari.
1. Savash mashinasining vazifasi va markalari.
2. Savash mashinasining asosiy ishchi organlari va ularning vazifasi nimadan iborat.
3. Savash mashinasidagi savovchi organlarni aytib bering.
4. Yangi markadagi savash mashinasi bilan eskisini farqi nimada.
5. Yelkali rostlagichning vazifasini va ishlashini ayting.
6. Savash mashinasidagi ventilyatorlarning vazifasi nimadan iborat?
7. Ignali savagichning ishlashini ayting.
8. Turli barabanning vafasi va ishlashini ayting.
Tayanch iboralari :
Yelkali rostlagich, ignali savagich, turli baraban, plankali savagich, pichoqli baraban, rezerf bunker, o’rovchi vall, skalka, xols.
M A ` R U Z A 6
MAVZU: Oddiy (karda) tarash tizimidagi tarash mashinasi.
REJA:
1. Tarash jarayonning vazifasi va tarash mashinalarining markalari.
2. Shlyapkali tarash mashinasining ishlashi.
3. Ignali sirtlarning o’zaro ta`sirlashuvi.
4. Tolalarni bir sirtdan ikkinchi sirtga o`tishida ta`sir etuvchi omillar.
5. Tarash mashinalaridagi shlyapka turlari .
6. «RIETER» tizimidagi tarash mashinalari.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Sh.R. Marasulov « Paxta va ximiyaviy tolalarni yigirish», Toshkent, 1986 yil,I-qism.
2.N.N. Milovidov , K.I.Badalov « Pryadenie xlopka», M,1972 yil,I-qism.
3.B.A. Azimov « Paxta yigirish fabrikalarini loyixalash»,T,1995 yil.
4.N.I. Truevcev «Mexanicheskaya texnologiya voloknitiux materialov»,M,1969 yil.
5.«RIETER» tizimidagi tarash mashinalari pasporti.
Bir tekis va sifatli ip yigirishda tarash jarayonning ahamiyati katta. Titish savash agregatidan olingan xolstlarda yopishqoq xas-cho’p va nuqsonlar qoladi, ular olinadigan mahsulotning sifatini buzadi. Shu sababli xolstlarni tarash mashinalarida qayta ishlab, tolalari taraladi. Paxtani tarash mashinalarida ishlashda quyidagi ishlar bajariladi.
1. Xolstdagi paxta mayda bo’lakchalarga, ayrim tolalarga ajratib, tolalarni tarash;
2. Paxtani yopishqoq xas-cho’p va nuqsonlardan tozalash, kalta tolalarning bir qismini tarab tashlash;
3. Paxta katlamini ancha (100-140) marta yupqalashtirish tolalarning uchlarini bir oz to’g’rilash va ularni bir- biriga paralellash;
4. Taralgan va tozalangan paxtadan sifatli pilta tayorlash va uni idishga taxlash.
Shunday qilib, titish savash mashinalarining ish organlarida bajarilmay qolgan ishlar, ya`ni paxtani mayda bo’lakchalarga, ayrim tolalarga ajratish va ularni tozalash, tolalarning uchlarini to’g’rilash va poralash ishlari tarash mashinasida bajariladi. Shu bilan natijada sifatli, yo’g’onligi bo’yicha bir tekis pilta olinadi. Ammo tarash mashinasi xolstdagi xas-cho’p hamda iflosliklar ipgacha borib yetadi. Shu bilan birga, tarash mashinasining o’zi ham kichik gruppalar hosil qilib chigallashib qolgan tola tushunchalariga o’xshash ba`zi bir nuqsonlarni hosil qiladi. Bu nuqsonlar ipgacha yetib borib, uning sifatini pasaytiradi. Bundan tashqari, tarash mashinasidan ma`lum miqdorda chiqindilar chiqadi, bu chiqindilarda 30-50 % ga yigirishga yaraydigan tolalar ham bo’ladi. Shunday qilib, tarash mashinasidan xom ashyoning bir qismi chiqindilarining ish unumdorligi kamligi sababli tarash sexi fabrikada eng ko’p joyni egallaydi. Yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun butun dunyoda muxandis va olimlar tomonidan serunum zamonaviy, jaxon stardartlariga mos keladigan sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi tarash mashinalarini ishlab chiqarish uchun ish olib borilyapti.
Tarash mashinalarining markalari:
1. ChMM-450-4T; ChMM-450-5T; ChMM-14; ChM-50
2. ChMM-450-4 ; ChMM-450-5 ; ChMM-14; ChM-50; ChM-60
3. ChMM-450-4 ; ChMM-450-5 ; ChMM-14; ChM-50; ChM-60
ChMD-4; ChMD-5
4. AChM-147;
5. S-4-A; S-50;
Izoh: I - qayta tarash tizimidagi tarash mashinalari;
II - karda (oddiy) tarash tizimidagi tarash mashinalari.
III - past nomerli ip ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan tarash mashinalari.
IV - rotorli va aeromexanik usulda ip ishlab chiqarishda ishlatiladigan tarash mashinalari.
V - yangi zamonavity serunum «RIETER» tizimidagi tarash mashinalari.
I - qismdagi ChMM-450-4T va ChMM-14T - markali tarash mashinalarining ish unumdorligi juda past, asosiy ish organlarining tezligi ham sekin, chunki bu tarash mashinalari qayta tarash tizimi uchun moslashgan bo’lib, uzun tolalarga shikast yetkazmaslik uchun ishchi organlarining tezligi pasaymagan, natijada ChMM-450-4T va ChMM-450-5T mashinalarining nazariy ish unumdorligi AN=8-10 kg/soatni tashkil qilsa, ChMM-14 mashinasining nazariy ish unumdorligi AN=13-15 kg/soatni tashkil etadi, bu ko’rsatkich juda past hisoblanadi.
II - qismdagi tarash mashinalarining nazariy ish unumdorligi ChMM-450-4 va ChMM-450-5 ning An= 10-12 kg/soat va ChMM-14 markasiniki An= 20-22 kg/soatga teng, ChM-50 da An-23-25 kg/soatgacha yetkazilgan.
III - yuqori teksli ip ishlab chiqarishga moslashgan xolstli va xolstsiz ishlaydigan tarash mashinalaridagi nazariy ish unumdorligi ChMD-4, ChMD-5 markali ikki barabanli xolstli va xolstsiz ishlashga moslashgan shlyapali taroqli mashinalarda An=25-28 kg/soat, An=33-35 kg/soatgacha yetkazilgan.
IV- qismdagi aeromexanik va rotorli yigirish tizimida qo’llaniladigan tarash mashinasi AChM-14U da nazariy ish unumdorlik An=26-28 kg/soatgacha yetkazilgan.
V- "RIETER" tizimidagi tarash mashinalari S-4-A va S-50 larda nazariy ish unumdorligi An-30-80 kg/soatgacha yetkazilgan. Hamma ip yigiruv fabrikalarida paxta va kimyoviy tolalarni karda (oddiy) tizimida va qayta tarash (grebennoy) yigirishda shlyapkali tarash mashinalari ishlatiladi. U quyidagi rasmda ko’rsatilgandek tuzilgan.
Savash sexida keltirilgan xolst A xolst valiklari-1 ustiga qo’yiladi. Xolst valikdan tushib ketmasligi uchun uning ikki tomonidan chiqib turgan po’lat chivik yon tutkichlar-2 dagi uyiqqa kirib turadi. Bu tutkichlarning yuqori qismi shunday tuzilganki, unga zapas xolst B ni kuyish mumkin. Mashina xolst A ni qayta ishlab bo’lgandan so’ng xolst B ni qayta ishlay boshlaydi. Agar tarash mashinasida katta o’lchamli xolstlarni qayta ishlash lozim bo’lsa, tarash mashinalarida ikkita xolst valigi bo’ladi.
Xolst sekin aylanib turgan bitta yoki ikkita valik 1 yordamida yoziladi va silliq stolcha 3 da sirpanib, sekin aylanib turgan ta`minlovchi silindr 4 ga boradi. Bu silindr xolstni stochaning qayrilgan ustki qismiga katta (200 kg) kuch bilan bosib, tez minutiga 600-900 marta aylanib turgan qabul barabani 5 ga beradi.
Yangi konstruksiyadagi tarash mashinalarida qabul baraban uzeli kuchaytirilgan va uning tezligi 900-1200 min-1 gacha oshirilgan. Barabanning sirti arrasimon tishli qoplama bilan qoplangan (b).
Arrasimon tishli lentaning (v) ko’ndalang kesimi to’g’ri to’rtburchaklik shaklli po’lat simdan yasalgan: uning ustida o’tkir arrasimon tishlari bo’ladi. Maxsus asbob yordamida qoplama baraban sirtidagi vintsimon chuqurchalarga zich o’rnatiladi. Tishlar baraban aylanadigan tomonga yo’nalgan bo’ladi.
Qabul barabani tishlari ta`minlovchi silindr uzatgan xolstga adalib, tutamlar va alohida tolalarga ajratiladi; tola cho’p va iflosliklardan tozalanadi, shu bilan birga navbatdagi ignali sirtlarni ishlarini osonlashtiradi.
Xolst boshdan oxirigacha qabul barabani tishlari zarbasiga uchrashi uchun stolchaning old kirrasi bir oz egik qilib yasalgan.
Stolcha old qirrasining uzunligi va og`ishi ishlanadigan tolalarning uzunligiga, masalan, modal` uzunligiga qarab tanlanadi. Qabul barabani ostiga pichoq 6 va panjara 7 o’rnatilgan. Pichoqlar qolgan - qutgan yirik xas-cho’plarni (yongoqchalarni) mashinaning ostiga urib tushiriladi.
Panjara ostiga kalta tolalarning bir qismi mayda xas-cho’plar ham ajralib tushadi. Bunday chiqindi momiq bo’ladi. Tozaroq paxta ishlansa, birta pichoq, iflosroq paxta ishlansa ikkita pichoq o’rnatiladi. Ayni vaqtda pichoqlar va panjara yaxshi tolalarning qabul barabani tishlaridan tushib ketishiga yo’l qo’yilmaydi. Agar tolalar qabul barabani tishlaridan panjaraga tushsa, u yana barabanning o’ziga ishlatib ketadi. Yaxshi (uzun) tolalar qabul barabanning ostidagi chiqindi kamerasiga tushib ketmasligi uchun pichoqlar va panjara bilan qabul barabani o’rtasidagi oraliq aniq bo’lishi lozim. Qabul barabanning usti qopqoq bilan yopilgan, qopqoq bilan ta`minlash silindri orasidagi tirkishni esa ustiga movut qoplagan valik yopib turadi. Qabul barabani tishlariga ilashib ketgan ayrim tolalar va tutamlar elastik ignali lenta yoki nuqul metall arrali lenta qoplangan katta baraban 8 ga beriladi. Yangi konstruksiyadagi serunum tarash mashinalarida barabanning tezligi 400 min-1 gacha oshirilgan. Ammo hamma tolalar qabul barabanidan barabaniga katta baraban, qabul barabaniga yaqinlashgan joyda uning sirti qabul barabani harakat qilayotgan tomonga harakatlanadi, lekin qabul barabaniga qaraganda bir necha marta katta aylanma tezlik bilan aylanadi.
Qabul barabaniga qaraganda katta baraban aylanma tezligining kattaligi, ularning o’rtasidagi oraliq kichikligi tufayli va markazdan qochar kuch ta`sirida tolalar qabul barabanidan katta baraban sirtiga o’tadi. Baraban sirtidagi ignalar uning aylanish tomoniga qarab ma`lum burchak bilan yetilgan bo’ladi. Katta baraban tolalarni qabul barabanidan olib, uning ustiga joylashgan shlyapka 10 ga keltirib beradi.
Markazdan qochar kuch ta`sirida tolalar chetga uchib ketmasligi uchun katta barabanning qabul barabani bilan shlyapka orasidagi sirti orqa plita 9 bilan tusilgan. Shlyapkalar T- simon kesimli cho’yan bruschalardan iborat. Ularning barabanga qaragan tomoniga ignali qoplama qoplangan. Shlyapkalar bir-biriga zanjir yordamida ulanib, shlyapka polotnosini hosil qiladi, shlyapka polotnosi baraban aylanayotgan tomonga qarab juda sekin (30-60 minutda 1 marta) aylanadi. Mashinadagi 92-110 shlyapkadan barabanning sirtiga bir vaqtda 37-43 tasi yaqinlashadi. Ishlatilish paytida shlyapka egilib, katta baraban bilan shlyapka orasidagi oraliq o’zgarmasligi uchun va shlyapkaning puxtaligini oshirish maqsadida uning birlik qovurgasining o’lchami kattalashtiriladi.
Shlyapkalarning ignalari baraban ignalariga qarama-qarshi egilgan bo’ladi. Shuning uchun baraban bilan shlyapkalar orasida tola jadal taraladi., tolalarning uchlari to’g’rilanadi va bir-biriga parallelashadi. Shuning uchun ham shlyapka bilan baraban ignalari uchrashadigan zona tarash zonasi deb ataladi. Tarash jarayonida shlyapka ignalari orasiga tolalar to’lib qoladi, tolalarni taroq-11 chiqarib tashlaydi. Cho’tka-12 esa ignalarni tozalab turadi. Agar shlyapka va katta baraban ignalari orasiga kirib qolgan tolalar o’z vaqtida chiqarib turilmasa, mashina garnituralarning tarash-tozalash qobiliyati yomonlashadi. Shlyapkalardan ajratib olingan chiqindilar shlyapka tarandisi deb ataladi.
Shlyapkalar yaxshi tolalarning bir qismini chiqindiga chiqarib yubormasligi uchun mashinaning old tomoniga (shlyapka barabandan uzoqlashayotgan joyga) pichoq 13 o’rnatiladi. Bu pichoq shlyapkadagi tolalarning barabanga o`tishiga yordam beradi. Shlyapkalarda markazdan qochar kuch ta`sirida ularga kirib qolgan tarandilarga (kalta tolalar va yopishqoq xas-cho’plar) qoladi. Ba`zan yaxshi (uzun) tolalar ham shlyapkaga o’tib qolishi mumkin.
Shunday qilib, old pichoq shlyapkadan chiqindi tarandi miqdorini rostlab turadi. Buning uchun old pichoq bilan baraban o’rtasidagi oraliq o’zgarab turadi.
Baraban va shlyapkalar orasida taralgan tolalar katta barabandan o’tib, ajratuvchi baraban-14 ga keladi. Ajratuvchi baraban sirtiga ignali qoplama qoplangan, uning ignalari baraban ignalariga qarama-qarshi egilgan bo’lib, baraban aylanayotgan tomonga aylanadi., lekin u katta barabanga qaraganda ancha sekin (minutiga 9-16-30 marta) aylanadi. Natijada ajratuvchi baraban sirtida yupqa tola qatlami hosil bo’ladi. Bosh baraban bilan ajratish barabani o’rtasida ham tolalar bir oz taraladi, tolalarning uchlari to’g’rilanadi va ularning asosiy qismi katta barabandan ajratuvchi baraban sirtiga o’tadi. Bunga quyidagi omillar yordam beradi:
-
Katta baraban diametri katta bo’lganligi va u katta tezlik bilan aylanganligi uchun markazdan qochar kuch ham katta bo’lib, tolalarni baraban sirtidan ajratuvchi baraban sirtiga irgitishga intiladi;
-
Mashina ichida hosil bo’lgan havo oqimi baraban ignalari bilan birga ajratuvchi baraban ignalariga qarshi yo’naladi;
-
Katta baraban bilan ajratuvchi baraban o’rtasidagi oraliqning kichikligi;
-
Ajratuvchi baraban katta barabanga qaraganda yuqoriroq nomerli (zichroq va ingichka) ignali qoplama qoplanganligi, nuqul metall ishlatilganda esa tishlari zich va qiyaroq o’rnatilgan qoplama qoplanganligi.
Mashinaga ko’p xolst berilsa, baraban sirtida tola zonasi ortadi, xolst berish to’xtatilsa, baraban sirtidagi zapas tolalar ajratuvchi barabanga beriladi. Katta baraban ostiga panjara 26 urnatilgan bo’lib, u orqali mashina ostiga bir oz kalta tolalar va nuqsonlar tushadi.
Ajratuvchi barabanga o’tgan tolalarni tez 100-1400 min-1 marta tebranma harakatlanuvchi taroq "eshkak" 15 urib tushiradi; urib tushiriladigan mahsulot yupqa qatlam shaklida bo’lib, taram 16 deb ataladi. Taram kada 17 ga to’planadi va undan o’tadi, so’ngra yassilash vallari 18 orasidan o’tib zichlanadi va yumshoq va yumaloq pilta 19 ga aylanadi, pilta taxlagich mexanizm 20 ning (voronkasi) kadasi 22 ga yo’naladi.
Pilta taxlagich mexanizm esa piltani idish, tos 21 ga ma`lum shaklda taxlaydi. Buning uchun valik 23 lar kada 22 dan piltani tortib oladi va aylanib turgan tarelka 24 ning qiya kanaliga yuboradi, so’ngra pilta idish 21 ga taxlanadi. Idish pastki tarelka 25 ga o’rnatilgan bo’lib, u bilan birga sekin aylanib turadi. Ustki va pastki tarelkalarning aylanish o’qlari bir-biriga nisbatan bir oz nari o’rnatilgan. Shuning uchun, pastki tarelka taxlayotgan pilta o’ramlari pastki tarelka aylanayotganda bir-biriga nisbatan siljiydi va pilta idishga murakkab spiralsimon shaklida zich taxlanadi.
Idishga qancha ko’p pilta joylansa, ish unumdorligi oshadi.
Zichlagichning ingichka (eni 1.5 mm) vertikal tirkishi bo’lib, u voronka 17 ga o’rnatib qo’yiladi; u siqilgan piltani qo’shimcha yuk qo’yilgan valiklar 18 ning qisqichiga uzatadi. Zichlagichlar o’rnatish natijasida idishga 30 % oshiqroq pilta ketadi, idish kamroq almashtirilib mashina ish unumdorligi oshadi.
Hozirgi vaqtda tarash mashinalarida kattaroq diametrli, masalan: 450, 500, 600 mm li idishlar ham ishlatilmoqda, kelajakda idishning diametrini 900 mm va balandligi 1000-1200 mm gacha oshirish mo’ljallanmoqda. Tarash mashinasidan olingan pilta tolalarning 50-55 % paralellangan va uchlari to’g’rilangan bo’ladi. Tarash mashinasidan olinadigan pilta xolstga qaraganda taxminan 100-140 marta ingichka bo’ladi.
Tarash mashinasidan olinadigan piltaning yo’g’onligi 4000-2857 teks (nomeri 0.25-0.35) bo’ladi.
Tarash mashinasining asosiy qismlari tarash qobiliyatiga ega bo’lib, tarash jarayonida paxta tolasi sirtiga elastik ignali karda qoplama yoki bikr nuqul metall arrali qoplama qoplangan ish organlari ta`siriga duch kelib taraladi va nuqsonlardan tozalanadi.
Ip yigiruv fabrikalarida elastik ignali (karda) qoplama keng tarqalgan bo’lib, ulardan hozir ham ba`zi ip yigiruv fabrikalarida eng ingichka ip olishda foydalanilmoqda. Elastik ignali lenta rezina yelimi bilan bir-biriga yopishtirilgan beshta maxsus to’qima qatlamidan iborat asosdir. Bu asosga po’lat simdan yasalgan halqachalar ma`lum tartibda zich terib chiqiladi. Har bir halqachada ikkitadan egik igna bo’lib, ularning o’tkir uchlari lentaning bir tomonidan chiqib turadi; ignalarning ikkalasi ham bir tomonga egilgan bo’ladi.
Ignalarning zichligi va ingichkaligi lenta nomeri bilan harakatlanadi. Lentaning nomeri qancha yuqori bo’lsa, shuncha ingichka va zich terilgan bo’ladi. Demak, 1 sm 52 0 yuzaga ko’p igna to’g’ri keladi, natijada paxta yaxshi taraladi. Lentaning nomerini bilish uchun bir kvadrat dyuym (1 dyuym 25.4 mm) yuzaga to’g’ri keladigan halqachalar sonini dyuym lentada 240 halqacha bo’lsa, demak uning nomeri 100 bo’ladi.
Ishlatilayotgan paxtaga va undan olinayotgan ipning yo’g’ongligiga qarab tarash mashinasi ish organlarining sirtiga quyidagi nomerli elastik lenta qoplanadi:
Katta baraban -90-130
ajratuvchi baraban -100-140
shlyapkalar -100-140
Elastik ignali karda lentaning ba`zi kamchiliklari bor. Masalan: uni tez-tez charxlab turish kerak, ignalar orasiga tolalar kirib qolib, ularning tarash qobiliyatini yomonlashtiradi va x.k. Shuning uchun, hozirgi zamonaviy tarash mashinalari sirtiga nuqul metall lenta qoplanmoqda. Nuqul metall garnituraning nomerini aniqlash uchun 1 sm 52 0 yuza to’g’ri keladigan tishlari (ignalari) sonini 78 ga bo’lib, 100 ga ko’paytirish kerak.
Arrasimon tishli lentaning 1 sm 52 0 ga to’g’ri keladigan tishlar soni : 100/t*Hn bu yerda : t - tishning qadami, mm N - arrasimon tishli lentaning qalinligi, mm; u vaqtda arrasimon tishli lentaning nomeri quyidagiga teng bo’ladi.
100 100
N = ----- * ----- = 1.282
t*H 78
Hozir katta baraban sirtiga KC-26 va KC-4 tipdagi yangi nuqul metall lentalar qoplanmoqda.
Mashina organlari ignali sirtlarining o’zaro ta`sirini ko’rib chiqamiz: ulardan biri o’z ignalariga tolali materialni ilashtirib kelayotgan bo’lsin. Bunday sirtlar o’zaro ta`sirlanishi uchun ular orasidagi masofa 0.12-0.25 mm bo’lishi va ulardan biri ikkinchisiga nisbatan harakat qilishi kerak.
Ignali sirtlar, asosan ikki o’zaro ta`sirlashuvda bo’ladi. Tolalarni tarash ikkala sirtining ignalari ham bir-biriga qarama-qarshi egilgan, ignalariga tolalarni ishlatirib kelayotgan V sirt A sirtga nisbatan uning ignalari egilgan tomonga harakat qiladi.
Ikkala sirt yaqinlashgan joyda tolali material ular sirtidagi ignalar ta`siriga uchraydi. Har qaysi sirtdagi ignalar egikligi sababli ular o’zlariga yopishgan tolalarni ushlab qolishga harakat qiladi, natijada tolalar tizimi cho’zilib, ayrim tolalarga ajraladi, to’g’rilanadi va sirtlarning harakat yo’nalishi tomonga qarab yo’naladi, ya`ni tolali material taraladi. Tarash jarayonida ta`sir qiluvchi kuchlar b rasmda ko’rsatilgan. Tolalar tutami 1-1 ni tolalarni tarovchi ignalar 2-2 lar ilashtirib ketadi. Tarashda tolalar bilan ignalar o’rtasida hosil bo’ladigan ishqalanish kuchi tufayli, tutamni tortuvchi (tarovchi) R kuch hosil bo’ladi. Bu kuch ta`sirida har bir sirtning ignalari tolalarga ta`sir qilib, ularni o’ziga ilashtirib ketishga harakat qiladi. Har bir ignada hosil bo’lgan R kuchni ikkita tashkil kuch, bu kuchga perpendikulyar N kuchga ajratish mumkin. Q kuch tolalarni ignalari orasiga kiritishga , N kuch esa ignalarga yopishtirib siqib turishga harakat qiladi. Shu bilan birga N kuch ignalar bilan tolalar orasidagi ishqalanishni kuchaytiradi va tolalarning ignalar orasiga erkin kirishiga qarshilik ko’rsatadi. Q kuch bilan N kuch orasidagi nisbat igna yuqori qismining qiyalik burchagiga bog`liq .
Bu burchakni ignalarining orasi tolalar bilan tez tulib qolmaydigan qilib tanlash kerak. (ya`ni, tolalar bilan ignalar orasidagi ishqalanish kuchi o’rta hisobda tolalarni ignalar orasiga kiritishga harakat qiluvchi kuchdan bir oz kattaroq bo’lishi lozim). R kuch ham ignani egishga harakat qiladi. Ignaning egilishi natijasida sirtlar yaqinlashib, ignalar bir-biriga tegib ketmasligi uchun elastik ignalar egik shaklda yasaladi. Ish vaqtida ignalar bir oz orqaga egilib, ilgarigi asosiy elastik bo’lishi, ignalar esa unga zich terilishi kerak. Agar ignali lenta egik va elastik bo’lmasa, tarashda yuqorida aytilgan xol ro’y berib, ikki tarovchi organ o’rtasidagi oraliq buziladi. Natijada tarash yomonlashadi. Nuqul metall lentaning ignalari (tishlari) tolalarni tarayotgan vaqtda egilmaydi. Shuning uchun ular to’g’ri qilib yasaladi. Bu ana shunday lenta qoplamasining eng muxim afzalligidir.
Tolalarning bir sirtdan ikkinchi sirtga o`tishi: bu xolda ikkala sirtining ignalari bir tomonga egilgan bo’lib, A sirt tolalarni ilashtirib kelayotgan V sirtga yaqinlashadi va unga nisbatan harakatlanadi. Shunday qilib, A sirtining ignalari ikki sirt yaqinlashgan joyda tolalarga tegib, tolalarni o’ziga ilashtirib oladi.
|