• 2-kurs talabalari uchun amaliy mashg’ulotlar Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi va vaziyfalari Mashg’ulotning rejasi
  • O`ZBEKISTON RESPUBLİKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




    Download 6,68 Mb.
    bet35/114
    Sana10.06.2024
    Hajmi6,68 Mb.
    #262162
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   114
    Bog'liq
    Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

    O`ZBEKISTON RESPUBLİKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT
    UNİVERSİTETİ
    JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI


    JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI

    Nukus
    Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani bo’yicha


    2-kurs talabalari uchun amaliy mashg’ulotlar
    Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi va vaziyfalari


    Mashg’ulotning rejasi:

    1. Jismoniy madaniyat nazariyasinining manbalari


    2. Jismoniy madaniyat nazariyasi va usuliyatini rivojlanishining davrlari
    3. Jismoniy madaniyat nazariyasi va usuliyatining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
    4. Jismoniy madaniyat nazariyasining etakchi tushunchalari va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati
    O’quv mashg’ulotining maqsadi: Mamlakatda jismoniy tarbiya tizimining rivojlanish tarixi, jismoniy tarbiyaning maqsadi, vazifalari va zvenolari haqida hamda jismoniy tarbiya tizimini umumiy printsiplari haqida ma’lumotlarga ega qilish.

    Pedagogik vazifalar:
     Mamlakatda jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi ning rivojlanish tarixi haqida ma’lumotlar berish.
     Jismoniy tarbiyaning maqsadi, vazifalari va zvenolari haqida ma’lumotlar berish.
     Jismoniy madaniyat nazariyasining etakchi tushunchalari va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyatin ta’rif berish.


    Ta’lim berish usullari: Ko’rgazmali, ma’ruza, suhbat
    Ta’lim berish metodlari: “Bumerang”, klaster, yechim daraxti metodi
    Ta’lim berish vositalari: O’quv qo’llanma, proektor, maket, jadval va bannerlar

    Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikka ywnaltirilgan wquv predmeti sifatida jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi va unga erishish hamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o’rgatadi.


    Jismoniy madaniyat nazariyasi ilmiy fan tarzida jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izohlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida insonni jismoniy kamolotining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning usuliyatlari haqidagi amaliy, nazariy bilimlarni beradi, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va ko’nikmalari zahirasini boyitadi.
    Jismoniy madaniyat nazariyasi va uning amaliyoti hamisha rivojlanishda va takomillashib boradi. Amaliyot natijalari, ilmiy tadqiqot ma`lumotlari jismoniy tarbiya nazariyasini va uslubiyatini yangicha tamoillar va qonunlar bilan boyita boradi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati predmeti qotib qolgan, o’zgarmas ma`lumotlardan iborat bwlishi mumkin emas.
    Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi ijtimoiy, tabiiy, pedagogika fanlari erishgan yutuqlarga tayanadi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasihar qanday holatda ilmiy pedagogikaning negizi tashkil etuvchi eng umumiy qonunlardan, tamoillardan usuliyatlardan foydalanadi, shu jumladan, barcha sport fanlari uchun ham bu qonunlar, qoidalar mos keladi va o’ziga xos ma`no kasb etadi.O’quv fani sifatida shakllanishi va uning rivojlanishiga jamiyat a`zolarining jismoniy tayyorgarligini oshirish mumkinligi haqidagi nazariy fikrning vujudga kelishi va unga intilish sabab bwldi. Bu bilan insonning jismoniy rivojlanishini boshqarish mumkinligi haqidagi qoida va qonunlar ijtimoiy mehnat va harbiy amaliyotda yuqori samara berishligi isbotlanadi.
    Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining mazmuniga quyidagilar kiradi:
    - jismoniy tarbiya va uni ijtimoiy hodisa tarzida jamiyat ma`suli tarbiyaning boshqa shakllari bilan bog’liqligiga oid bilimlar;
    - jismoniy madaniyatning maqsadi, uning umumiy vazifalari va nazariy tamoillari;
    - jismoniy tarbiyaning vositalari va uni usuliyatlarining tamoillari;
    - harakatga o’rgatish, o’qitishning uslubiyatlari;
    - jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
    - jismoniy mashqlar va uni o’qitish jarayonining tuzilishi;
    - jismoniy mashqlar bilan shu\ullanish mash\ulotlarini tashkillashning shakllari;
    - jismoniy tarbiya jarayoni va uni rejalashtirish;
    - jismoniy tarbiya uslubiyatining xususiyatlari;
    -maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi;
    - sport trenirovkasi jarayoni xarakteristika.
    Pedagogik jarayon tarzida jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari jismoniy tarbiya nazariyasining o’rganish predmeti hisoblanadi. Umumiy qonuniyatlar deganda, aholining har qanday tabaqasini: bolalar, wsmirlar, yoshlar, wrta yoshdagilar, kattalar va qariyalar hamda jismoniy mashqlar bilan shu\ullanishni endigina boshlaganlarni, malakali sportchilarning jismoniy tarbiyasining xususiy tomonlari tushuniladi.
    Bundan tashqari jismoniy tarbiya usuliyatlari jismoniy tarbiyani ajratib olingan ayrim xususiy qonuniyatlarini ham wrganish predmeti qilib belgilaydi va pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlarini amalga oshirishda «Umumiy, maxsus kasb jismoniy tayyorgarligi», «Sport tayyorgarligi» usuliyati deb aniq ywnalishdagi metodikalardan foydalanadi. Bunday usuliyatlarni har birini ichida o’zlarining xususiy usuliyatlari mavjud. Usuliyatlarning turli-tumanligi shug’ullanuvchilarning qaysi psixologik tiplarga mansubligiga, ularning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va tanlangan sport mutaxassisligi (maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi metodikasi, ayollar jismoniy tarbiyasi metodikasi vahk.) ga xos va mos kelishi kerak.
    Sport pedagogikasining ayrim fanlari (sport wyinlari, gimnastika vah.k. larni o’qitish) usuliyat usuliyati alohida mustaqil ajratilgan ilmiy va o’quv fanlari tarzida shakllangan. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fani esa ularni yagona nazariy va usuliy asoslar bilan qurollantiradi, wrganish predmetlari xarakteriga ko’ra pedagogika fanlari tizimidagi fan sifatida o’z qoidalarini ijtimoiy, psixologik va biologik faktorlar hisobiga to’ldiradi.



    Download 6,68 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   114




    Download 6,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`ZBEKISTON RESPUBLİKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    Download 6,68 Mb.