• İkkinchi davr
  • Uchinchi davr
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 6,68 Mb.
    bet37/114
    Sana10.06.2024
    Hajmi6,68 Mb.
    #262162
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114
    Bog'liq
    Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

    Birinchi davr bashariyat taraqqiyotining ilk davridagi harakat-faoliyatini organizmga ta`siri haqida eng dastlabki (emperik) bilimlar (Ponamarev N.İ. 1975), ularning twplanishi, «mashqlanganlik»ning foydasini sezib, ma`nosiga etish va twplangan tajribani avloddan-avlodga uzatish usullarini anglashga imkoniyat yaratilgan «jismoniy mashqlar» ni va «jismoniy tarbiya»ni paydo bwlishi uchun shart-sharoit yaratilishiga omillarni yuzaga kelgan davri.
    İkkinchi davr jismoniy tarbiya jarayonida qwllanila boshlangan birinchi usuliyatlarning yaratilishi qadimgi Yunonistonda quldorlik davlati davri va O’rta asrni o’z ichiga oladi (G.D.Xarabuga, 1974). Jismoniy tarbiyadagi bu usuliyatlar, tajribalar orqali yuzaga kelgan bo’lib, filosoflar, pedagoglar, vrachlar odam organizmi faoliyati qonuniyatlari bilan unchalik tanish emasligi, wrganib ulgurmaganliklari orqali jismoniy mashqlar ta`sirining mexanizmini aytarli tushuntira olmas edilar. Shunga kwra bu davr jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishning foydasini tashqi kwrinishlarga qarab baholangan davr deb qaralgan. Bu davrda Yunonistonning jismoniy tarbiya usuliyati aytarli darajada keng tarqalgan bo’lib, u mavjud vositalar va usuliyatlarni kuch, chidamlilik va boshqa harakat sifatlarini rivojlantirish uchun ularni yagona tizimiga birlashtirgan davr deb qaralgan.
    O’rta asrning wrtalarida jismoniy tarbiya usuliyatlarining xillari ortdi. Gimnastika, suzish, wyinlar, kamon otish, otda chopish, qilichbozlik bwyicha dastlabki qwllanmalar paydo bwldi. Ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning tan tarbiyasiga oid ilmiy Dune qarashlari vujudga keldi (Usmonxwjaev T.N. 1995).
    Uchinchi davr jismoniy tarbiya haqidagi nazariy bilimlarni intensiz twplanishi, uyg’onish davridan XIX asrning oxirigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. İnson tarbiyasi, uni o’qitish, davolash haqidagi fanning rivojlanishi filosoflar, pedagog va vrachlarning jismoniy tarbiya muammolariga e`tibor qila boshlashlari davri, jismoniy tarbiyaning mohiyati haqidagi falsafiy, pedagogik va tibbiy ma`lumotlarning, bilimlarining vujudga kela boshlagan davri. Bu ma`lumotlar hali turlicha, chunki, ko’pincha wsha davrda mustaqilroq sanalgan filosofiya, pedagogika, medicina fanlari tarkibida voyaga etar edi. Ywl-ywlakay, ammo zarur bo’lgan darajada bunday ilmiy fanlarning vakillari ko’pincha o’z muammolarini jismoniy tarbining rolini hisobga olmay hal qilish mumkin emasligini tushuna boshladilar. Yangilanish davridayoq pedagog-gumanistlar va hayoliy socialistlar jismoniy tarbiyada bir butun tarbiyaning majburiy qismlardan biri deb qaray boshladilar.
    Jumladan, shvecariyalik demokrat pedagog İ.G.Pestalocii tomonidan (1746-1827) bolalar harakat qobiliyatini rivojlantirish uchun tuzilgan jismoniy mashqlar tizimida bwg’inlar (sustavnaya) gimnastika umumiy pedagogika nazariyasi ichida alohida wrinni egallaydi. XVIII asrda anatomlar
    tomonidan jismoniy mashqlar «biomexanika»si bwyicha izlanishlar olib borildi, 19 asrda esa jismoniy tarbiya haqida ilmiy-nazariy ishlar vujudga keldi.
    Jamiyat hayotida jismoniy tarbiyaning roli tarbiyaning sinfiy xarakterga ega ekanligi ilmiy asoslandi. Tarbiyaning mazmuni ochildi va unda jismoniy tarbiyaning wrni hamda shaxsni har tomonlama rivojlantirish ywllari aniqlandi.
    Aynan shu davrda jismoniy tarbiya nazariyasiga asos solindi deb hisobga olinib, shu soha bwyicha ilmiy farazlar va bilimlar twplanishi orqali mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.

    Download 6,68 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114




    Download 6,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 6,68 Mb.