Jismoniy madaniyat nazariyasining etakchi tushunchalari va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati




Download 6,68 Mb.
bet39/114
Sana10.06.2024
Hajmi6,68 Mb.
#262162
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114
Bog'liq
Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

1.4. Jismoniy madaniyat nazariyasining etakchi tushunchalari va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati
U yoki bu kasb egalari o’zaro muloqot davomida o’z kasbi va hunariga oid ma`lum tushunchalar va iboralardan foydalanadilar. Fanning ma`lum sohasini wrganish va uni o’zlashtirish ana shu etakchi tushunchalarning mazmuniga bog’liq. Ularning mazmuni va hajmini aniqlamay turib, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi ning ko’pdan-ko’p hodisalari va masalalarini to’g’ri tushunib olish qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi fanini muvaffaqiyatli egallab bwlmaydi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi da qo’llaniladigan etakchi tushunchalarga quyidagilar kiradi: jismoniy rivojlanish, jismonan tayyorgarlik, jismoniy tarbiya, inson jismining madaniyati, sporti, jismoniy kamolot. Nima uchun yuqorida sanab wtilgan tushunchalar asosiy tushunchalar deyiladi-yu, boshqalari, masalan, jismoniy mashq, jismoniy sifatlar, jismoniy bilimlar tushunchalari asosiy tushuncha deb hisoblanmaydi? Tegishli faoliyatni to’g’ri aks ettiradigan barcha tushunchalar o’z ahamiyati jihatidan birdek muhimdir, bular to’g’risida darslikning tegishli boblarida twxtalamiz. Biz esa inson jismi tarbiyasining asosiy, eng muhim sifatlari umumlashtirilib kwrsatilgan tushunchalariga twxtaldik xolos.
Jisman rivojlanish inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi – tashqi ko’rinishini va uning xizmatining o’zgarishi jarayonidir.
Rivojlanish davri uch fazaga ajratiladi: uning yuqori darajasi, nisbatan stabillashgan (barqarorlik) va inson jismi imkoniyatlarining asta-sekinlik bilan pasayishi. U tabiatning ob`ektiv qonunlariga organizm va uning yashash sharoitlarini birligi qonuniga, xizmati va tuzilishining o’zgarishlarni bir-birini taqozo etish qonuniga, organizmda asta-sekinlik bilan miqdor va sifat o’zgarishlari qonuniga va boshqa qonunlarga bwysunadi. Boshqacha aytganda jisman rivojlanish ob`ektiv va biologik qonuniyatlar majmuasidan iborat. Bulardan eng muhimi, muhit va organizm rivojlanishining bir butunligi qonunidir.
Yuqoridagilarni o’quvchilarga qwllaganimizda, wqish sharoiti, mehnat va mustaqil ishlash, dam olishni hisobga olishga to’g’ri keladi. Bularning barchasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta`sir ko’rsatadi.
Nasldan-naslga wtadigan tabiiy-hayotiy kuchlar, inson jismining qobiliyatilari ham jismoniy rivojlanishning muhim zamini ekanligi, shuning uchun ham yuqori natijalarga erishish har qaysi shug’ullanuvchi (individ) uchun nasib bwlavermasligini, ammo har qanday shaxs o’z organizmining jismonan rivojlanishiga sidqidildan tizimli maqsadga muvofiq ravishda muntazam jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish orqali ijobiy ta`sir eta olishligini e`tirof etish lozim.
Jismoniy rivojlanishning shiddatli (keskin) davri, maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi davrga to’g’ri keladi va butun maktab yoshi davri davomida davom etadi.
Amaliyotda jismoniy rivojlanganlik kwrsatkichlari degan iboraga duch kelamiz. Bu inson badanining a`zolarini bichimini wlchami bo’lib, shug’ullanuvchilarni yoki individning jismoniy rivojlanishi haqidagi antropometrik ma`lumotlar tarzida rwyxatga olinadi.
Jisman rivojlanishning ywnalishi, xarakteri, darajasi, shuningdek, inson o’zida kamol toptiradigan fazilatlari va qobiliyatlari turmush sharoiti va tarbiyaga ko’p jihatdan bog’liqdir. Jisman rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan o’z jismi tarbiyasi maqsadlarida foydalanish jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining muhim vazifasidir.
Jamiyatdagi ijtimoiy sharoit jismoniy rivojlanishini hal qiluvchi omilidir. Omillar orasida mehnat bilan tarbiya jarayonining roli, ayniqsa jismoniy tarbiyaning roli muhimdir.
Jisman rivojlanishga erishish uchun «jismoniy tarbiya» deb atalmish maxsus ywnaltirilgan va tashkil qilingan faoliyatdan foydalana boshlandi.

Download 6,68 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114




Download 6,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jismoniy madaniyat nazariyasining etakchi tushunchalari va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati

Download 6,68 Mb.