• O’quv mashg’ulotining maqsadi
  • O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat tizimining rivojlanishining umumiy tavsifi




    Download 6,68 Mb.
    bet41/114
    Sana10.06.2024
    Hajmi6,68 Mb.
    #262162
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114
    Bog'liq
    Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

    O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat tizimining rivojlanishining umumiy tavsifi
    Mashg’ulotning rejasi:

    1. Jismoniy tarbiya tizimi umumiy tuchuncha.


    2. Jismoniy barkamollik.
    3. Maqsadning umumiyligi jismoniy tarbiya tarbiya tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir.
    4 Jismoniy tarbiya tizimining ilmiyligi
    O’quv mashg’ulotining maqsadi: Mamlakatda jismoniy tarbiya tizimining rivojlanish tarixi, jismoniy tarbiyaning maqsadi, vazifalari va zvenolari haqida hamda jismoniy tarbiya tizimini umumiy printsiplari haqida ma’lumotlarga ega qilish.
    O’quv faoliyati natijalari:
     Mamlakatda jismoniy tarbiya tizimining rivojlanish tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi.
     Jismoniy tarbiyaning maqsadi, vazifalari va zvenolari haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi.
     Jismoniy tarbiya tizimini umumiy printsiplarini ta’rifini bilishlari kerak.


    Ta’lim berish usullari: Ko’rgazmali, ma’ruza, suhbat
    Ta’lim berish metodlari: “Bumerang”, klaster, yechim daraxti metodi
    Ta’lim berish vositalari: O’quv qo’llanma, proektor, maket, jadval va bannerlar

    Jismoniy tarbiya aniq bir tizimga tayansagina, oldindan ko’zlangan natijaga erishiladi.


    Jismoniy tarbiya tizimi deganda, jismoniy tarbiyaning principlari, vositalari, metodlari va uni tashkillash shakllarining shunday umumiyligi tushuniladiki, u jamiyat a`zosini manan boy va har tomonlama garmonik rivojlantirishning maqsad va vazifalariga mos bwlsin (A.D. Novikov 1967).
    Vatanimiz mudofaasi masalasi ham jamiyatimizda ywlga qwyilgan jismoniy tarbiya jarayoniga qator talablar qwyadiki, bu talablarni amalga oshirish natijasida jismoniy tarbiya tizimining ob`ektiv xususiyatlari namoyon bo’ladi. Mamlakatimiz xalqlarining har tomonlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganligi Vatan mudofaasiga tayyorgarligining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.
    Jismoniy madaniyatni klassifikaciyalash katta ahamiyatga egadir. U jamiyatda jismoniy madaniyatdan maqsadga muvofiq foydalanishni, uning qaysi ywldan ketayotganligi, ywnalishini, fizkul`tura amaliyoti, vazifalarini hal qilish uchun tavsiya etilgan uning xilma-xil turlari imkoniyatlarini anglashga yordam beradi. Agarda maktabda jismoniy bilim (ma`lumot), umumiy jismoniy tayyorgarlik berish vazifalari hal qilinsa, uning hayoti davomida foydalanadigan jismoniy madaniyatning bazasi yaratiladi. Madaniyatning boshqa barcha turlari qayd qilingan vazifalarni echishi mumkin bwlsa-da, inson jismi madaniyati uchun wrnini almashtira olmaydi.
    Jamiyatda jismoniy madaniyatning rivojlanganlik darajasi quyidagi kwrsatkichlar bilan baholanadi:
    - jamiyat a`zolarining kundalik turmushga jismoniy madaniyatning singdirilganligi darajasi bilan;
    - jamiyat a`zolarining salomatligi va jismoniy tayyorgarligi bilan;
    - jismi madaniyatining mashg’ulotlarining moddiy-texnik ta`minlanganligi va ularni sifati bilan;
    - jismoniy madaniyatga rahbarlik qilayotgan xodimlarning doimiy tarkibi (shtati), kvalifikaciyasi va faolligi va iqtidori bilan;
    -jamiyat a`zolarining sportdagi natijalari bilan baholanadi.
    Mamlakatimiz mustaqilligi, jamiyatimizdagi kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar yurtimiz farzandlarining jisman kamolotga erishgan bwlishi kerakligi talabini qwymoqda. Har bir millat, elat o’zining paxlavonlari, jismonan barkamol wg’lonlari bilan faxrlanishgan. Wz farzandlarini xalq og’zaki ijodidagi Alpomish, Rustam, Gwrwg’li, Barchinoy kabi jisman va manan shakllangan bo’lishlarini orzu qilganlar.
    Jisman barkamollik – tarixan o’zgarib turadigan har qanday tarixiy davr uchun o’zining ideal tasnifiga ega bo’lgan tushuncha tarzida turlicha talqin qilingan, chunki bu idealda aholining iqtisodiy sharoiti, ijtimoiy hayoti dunyo qarashi ifodalangan. Lekin asrlar davomida jismoniy barkamol avlod tarbiyasi mavjud jamiyatda ob`ektiv imkoniyatlar va sharoitni yuzaga kelmaganligi sababli, abstrakt g’oyaligicha qolib real haqiqatga aylanmay qolgan.
    Jismonan barkamollik salomatlikning me`yori va har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni darajasi haqidagi tarixan shakllangan tasavvur, ular mehnat, jamoatchilik, harbiy va odamlarning ijodkorlik faoliyatlarini uzoq davom etishi talablariga nisbatan optimal javob beradi.
    Jismoniy kamolot shaxsni garmonik rivojlantirishda aniq ma`no va ijtimoiy mohiyat kasb etadi. Faqat jisman kamolotga erishish uchun bajarilgan faoliyat pedagogik jarayon davomida bir tomonlamalikga olib kelishi amaliyotda isbotlangan. Faqat jismoniy mashq bilan shug’ullanish, jismonan kamolot sari ywl olsada, bir tomonlamalikga etaklaydi, uni garmonik tarbiya elementlari ma`naviy, ma`rifiy axloqiy, ruhiy, estetik mehnat tarbiyasini olishdan uzoqlashtiradi.

    Download 6,68 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114




    Download 6,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat tizimining rivojlanishining umumiy tavsifi

    Download 6,68 Mb.