O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 6,68 Mb.
bet40/114
Sana10.06.2024
Hajmi6,68 Mb.
#262162
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114
Bog'liq
Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

Jismoniy tarbiya – pedagogik jarayon bo’lib, inson organizmini morfologik va funkcional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo’lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Mana shu ta`rifda jismoniy tarbiyaning insonni tarbiyalashning mustaqil turi sifatidagi o’ziga xosligi ta`kidlab o’tilgan.
Jismoniy tarbiyaga oid bo’lgan bu o’ziga xoslikning tarkibida ikkita alohida ma`noga ega bo’lgan «jismoniy bilim» va «jismoniy sifatlarni rivojlantirish» deb atalgan tushuncha yotadi.
«Jismoniy bilim» termini yangi davrdagi jismoniy tarbiyaning eng avvalgi tizimlarida uchraydi. Masalan, Fit «O’z vujudini tarbiya» qilish maqsadida jismoniy mashqlar zarurligi haqida gapirgan edi.
Jismoniy bilim jismoniy mashqlarni bajarishga oid maxsus nazariy tushunchalar va ularni lozim bo’lganda turmushda qwllash mahorati va kwnikmalarini o’z ichiga oladi.
Pestalocii bolalarning «vujudini tarbiyalash»ni astoydil yoqlab chiqqan P.F. Lesgaft jismoniy bilim berishni, jismoniy tarbiyaning kengaytirilgan ma`nosi deb tushuntirgan. Lekin Lesgaftning jismoniy tarbiya haqidagi ta`limotning asosiy g’oyasi tom ma`nodagi jismoniy ta`lim g’oyasi edi.
P.F. Lesgaft jismoniy tarbiya jarayonida bolalar «ayrim harakatlarni ajratib olishlari va ularni o’zaro taqqoslashni, ularni ongli ravishda boshqarishni va twsiqlarga moslashtirishni, bu twsiqlarni iloji boricha chaqqonlik va qat`iyat bilan wtishni (engishni), boshqacha qilib aytganda, iloji boricha kamroq vaqt mobaynida oz mehnat sarflangan holda, ongli ravishda eng ko’p jismoniy ish qilishni, yohud kwrkam va g’ayrat bilan harakat qilishni wrganishlari kerak, deb hisoblardi. Bu erda gap, bir tomondan, to’g’ri harakat kwnikmalarini hosil qilish haqida, ikkinchi tomondan, harakatlarni bajarishga ongli munosabatda bwlish negizida kwnikmalardan turli hayotiy vaziyatning turli tasavvur hamda mahoratni qaror toptirish haqida bormoqda.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiya jarayoni deb qaraladi. Bu tushuncha kuch, tezkorlik chidamlilik, egiluvvchanlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishni o’z ichiga oladi.
Bir butun jarayonning shu tomonlari bir-biri bilan mustahkam bog’langan. Masalan, agarda o’quvchilar yugurish mashqlarini ko’p marotalab, uning bajarilish texnikasini o’zlashtirish maqsadida takrorlayversalar, shu vaqtning o’zida ham kuch, ham chidamlilik va ayrim hollarda tezkorlik ham tarbiyalanadi. Boshqa tomondan, wsha yugurish mashqlarni katta tezlik bilan takrorlansa (tezkorlikni tarbiyalash uchun), u holda mashq texnikasi mustahkamlanadi va takomillashadi, shu vaqtning o’zida esa ta`lim, bilim berish vazifalari ham hal qilinadi.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida, hattoki shug’ullanuvchilarning ruhiy holatiga, ularning emociyasiga (his tuyg’usiga), irodasiga, axloqining namoyon bo’lishiga ham ta`sir kwrsatadi. Ana shular hisobiga tarbiyaviy vazifalarning hal qilinishi uchun kerak bo’lgan sharoit yuzaga keldi.
Jismoniy tarbiya jarayonida hamisha ham tarbiyaviy,ham ta`limiy elementlarning mavjudligi uni bir butun pedagogik jarayon deb qarashga olib keladi. Qayd qilingan elementlar qwyilgan vazifaga qarab,har biri alohida kwrinishda namoyon bo’ladi.
Jismoniy tarbiyada jismoniy rivojlanish qonunlari ham, jismoniy tarbiyaning ijtimoiy qonunlari ham aks etadi. Jismoniy tarbiyaning social qonunlaridan foydalanishi, xarakteri va usuli aslida jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tuzumidan kelib chiqadi. Bu jismoniy tarbiyaga ijtimoiy xarakter beradi, sinfiy jamiyatda esa tarbiya xukmron sinflarning manfaatlariga bwysundirildi.
Jismoniy tarbiya abadiy kategoriyadir, shu ma`nodaki tarbiyaning bu ywnalishi jamiyat paydo bo’lgandan beri mavjud bo’lib, bunday tuzum ham ijtimoiy ishlab chiqarishning va inson hayotining zaruriy shartlaridan biri sifatida davom etaveradi (A.D. Novikov, 1959).
Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatida o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu asosan jamiyatda inson jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qila olishligi va ayni paytda uning ma`naviy kamolotiga ham kuchli ta`sir kwrsata olishligidadir. Mazkur xususiyat jismoniy tarbiyaning barchaga barobar umumiy qo’llaydigan xususiy belgisidir. Lekin jamiyatning real hayotida konkret tarixiy sharoitlardan tashqarida bo’lgan jismoniy tarbiya umuman yo’q . Har bir ijtimoiy-iqtisodiy formaciyada jismoniy tarbiyani amalga oshirishning konkret tarixiy tipi rivoj topadi.
Jismoniy tayyorgarlik. Jismoniy tarbiyada uchta asosiy ywnalish mavjud bo’lib, inson jismoniy tarbiyasi ana wsha ramkalar asosida amalga oshiriladi. Ular umumiy jismoniy tayyorgarlik, kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi, sport tayyorgarligidir.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sog’liqni mustahkamlashga, keng doirada harakat malakalari va kwnikmalariga ega bo’lishiga, o’zidan keyingi maxsus tayyorgarlikka zamin bwlishi uchun xizmat qiladigan asosiy harakat sifatlarini rivojlantirishga ywnaltirilgan.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadida jismoniy tarbiyaning barcha turdagi vositalaridan, xilma-xil jismoniy mashqlardan, tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillardan foydalaniladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning barcha etaplarida ko’proq maktab jismoniy tarbiya tizimida, ommaviy fizkul`tura ishlarida va jismoniy mashqlar bilan individual shug’ullanish shakllari orqali amalga oshiriladi.
Kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi – bu jismoniy tarbiyaning mutaxassislashtirilgan, aniq mehnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga ywnaltirilgan jarayondir. Bunda asosan, jismoniy mashqlarning hunar yoki kasbga yaqin bo’lgan turlaridan foydalaniladi. Kasbga ywnaltirilgan jismoniy tayyorgarlik vositalarining qwllanishi mehnat harakat malakalarining shakllanishini egallash jarayonini tezlashtiradi, mehnat unumdorligini oshiradi, organizmning, tashqi muhit ta`sirining zararli faktorlariga qarshilik ko’rsatishini yaxshilaydi.
Umumiy va kasb jismoniy tayyorgarligi deb ajratish ma`lum darajada shartli bo’lib, ikkala ywnalishi ham bir-birini twldiradi.
Sport tayyorgarligi jismoniy tarbiyada maxsus ywnalishni ifoda etadi. Buning vazifasi insonni tanlab olingan biror sport turida yuqori natijalarga erishishni ta`minlashdir.
Jismoniy tarbiyada sport tayyorgarligi, organizmning funkcional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan, yuqori sport natijasi kishilarning jismoniy tayyorgarligini baholash kriteriyasiga aylanadi va jismoniy tarbiyaga mwljal sifatida juda keng qwlamda qwllaniladi.


Download 6,68 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114




Download 6,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 6,68 Mb.