• O’zbekiston Respublikasi hukumatining jismoniy madaniyat va sport bo’yicha qabul qilgan hujjatlarining ahamiyati
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 6,68 Mb.
    bet42/114
    Sana10.06.2024
    Hajmi6,68 Mb.
    #262162
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114
    Bog'liq
    Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

    Maqsadning umumiyligi jismoniy tarbiya tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir.
    Ko’rsatilgan maqsad va sharoitlarga javoban uni amalga oshirishda shug’ullanuvchilarning yoshi, sog’ligi, jismoniy tayyorgarligi, shug’ullaniladigan kasbi hisobiga olinadi va jismoniy tarbiyada konkret vazifalar hal qilinadi:
    a) odam organizmining forma funkciyasini garmonik rivojlantirish, jismoniy qobiliyatini har tomonlama kamolga etkazish, sog’ligini mustahkamlash va jamiyat a`zosini uzoq umr kwrishini ta`minlashga ywnalish berish;
    b) hayotiy zaruriy harakat malakalarini va kwnikmalarini, kundalik turmushda kerak bo’ladigan jismoniy madaniyatga moslik maxsus bilimlarni shakllantirish;
    v) har tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismoniy sifatlarni tarbiyalash;
    İnson jismoniy tarbiyasi maqsad va vazifasi uning boshqa tarbiya jarayonlari bilan bog’liqligi shundagina muvofiq deb tushuniladiki, bu muvofiqlik ob`ektiv xarakterda bo’ladi va jismoniy tarbiya jarayoniga qonuniy yo’nalish beradi. Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning boshqa sohalaridagidek maqsadga ywnaltirilgan faoliyat, rejalashtirilgan natijaga har doim ham to’g’ri kela olmasligi isbotlangan. Jismoniy tarbiyada tarbiya natijasini yosh sportchi yoki fizkul`turachi trenirovkasiga rejalashtirilgan jismoniy mashqlar uning organizmiga qanday ta`sir qilayotganligini hisobga olishni taqazo qiladi, qisqa va tor ywnalishdagi sport trenirovkalarining natijasiga e`tibor bersak, shuni kwramizki, yuqori natijalarga erishish ma`lum davr ichida bo’lib, oldingilari unutilsa, trenirovka mashg’ulotlari keyinchalik o’zini oqlamaydi. Bu esa har tomonlama garmonik rivojlanishga halal beradi va sport yutuqlarini yo’q qa chiqaradi.
    Shuning uchun pedagog va trener oldida uzoqni kwra bilish, bashorat qila olish talabi kwndalang bo’ladi. Bu vazifani hal qilish esa wqimishli, o’z ishini biladigan, sevadigan mutaxassislar tayyorlash tizimida amalga oshirilishi lozim. Shunga kwra maqsad va vazifalarni ijobiy hal qilishga qodir, bolalik chog’idan jismonan sog’lom, ma`naviyatini uyg’un qilib tarbiyalashni ular o’zlarining asosiy burchlari deb bilishlari kerak.
    Navqiron, o’zligimizni endigina e`tirof etayotgan mamlakatimiz turli toifadagi davlat va nodavlat sport jamiyatlari, fizkul`tura havasmandlari uyushmalari orqali yagona jismoniy tarbiya tizimini tuzishga e`tiborni kuchaytirib, tizimda ma`naviy boylik, jismoniy barkamollik, xalqchilik va uning ilmiylik xususiyatlarini mujassamlashtirmoqda.
    Sharq mutafakkirlari ma`naviy boy, jisman barkamol, komil inson masalasiga azal-azaldan alohida e`tibor berganlar. Komillik fazilatlaridan eng ulug’i tanning inson jismining, barkamolligidadir deyiladi. İnsonning matonati, diyonati, riyozati, qanoati, ilmi, sabri, intizomi, nafsi, vijdoni, haqqoniyligi, nazari, ibrati, iffati, hayosi, idroki, zakovati, iqtisodi, itoati, huqshunosligi, avf eta olishi, vatanni sevishi kabi ijobiy hislatlari (A. Avloniy “Turki guliston yohud axloq” Toshkent “O’qituvchi” 1992. 13-bet)ga faqat sog’lom jism, tani-sihatlilik orqali erishiladi deb qaralgan.
    Mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimini xalqchilligi deganda, biz milliy wyinlar tarzida xalq ommasi orasida keng tarqalgan jismoniy mashqlar, milliy sport turlari, ommaviy sport, olimpiadalar dasturidan wrin olgan “katta sport” bilan ko’p millatli respublikamiz xalqlarini shug’ullanish imkoniyati borligi tushuniladi.
    İlmiyligi shundaki, jismoniy tarbiya sohasi bóyicha ilmiy tadqiqot ishlarining keng tarqalganligi va uni amaliyot bilan bog’lab olib borilayotganligi, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining ilmiy fanlari hisoblangan pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, biomexanika, sport metrologiyasi, sport tibbiyoti, davolash fizkul`turasining va boshqalarga tayanganligi, ularning ilmiy yutuqlari xalqimiz hayotiy ehtiyojini qondirishga ywnaltirilgan. Jismoniy tarbiya tizimi bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan zvenolarga bwlinib, hozirgi kunda ham tarbiya jarayonining turli dasturlarining bajarilishi shu zvenolarda amalga oshirilmoqda:
    a) maktabgacha ta`lim (davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari) zvenosi;
    b) maktab yoshidagilar jismoniy tarbiyasi (umumiy órta ta`lim I-IX sinflar) zvenosi;
    v) órta maxsus, kasb-hunar ta`limi (akademik liceylar, kasb-hunar kolledjlari) zvenosi;
    g) oliy ta`lim zvenosi;
    d) armiya zvenosi;
    e) oliy ta`lim va armiyadan swngi havasmandlik asosidagi jismoniy tarbiya zvenosi;
    Jismoniy tarbiya tizimi o’zida quydagi asosiy elementlarni birlashtiradi:
    a) jismoniy tarbiyaning maqsadi, vazifalari va principlarining maqsadga muvofiqligi;
    b) jismoniy tarbiya tizimida qwllaniladigan vositalar gimnastika, wyinlar, sport, turizm va boshqalar tipidagi jismoniy mashqlar;
    v) turli shakldagi pedagogik jarayon mobaynida qwllaniladigan usuliyat (ta`lim jarayoni, usuliyatlari, sport trenirovkasi va mustaqil mashg’ulotlarida foydalaniladigan)lar;
    g) jismoniy tarbiya maqsadida kishilarni uyushtirish shakllari;
    d) jismoniy tarbiya mazmuni va natijalarida ifodalangan jamiyat va davlat talablari (normalar va dasturlar).
    Jismoniy tarbiya tizimining tahlili masalalariga oid nazariy material rus olimlari A.D. Novikov, L.P. Matveev, G.D. Xarabugi va qator boshqa mualliflarning darsliklarida twla yoritilgan.
    Jismoniy tarbiya jarayonining nazariy, uslubiy amaliyotining umumiyligi jismoniy tarbiya tizimining negizini tashkil qiladi. Millatimizning bu sohadagi merosini wrganish fanimizning asosiy vazifasidir. Jahongirlarni yuzaga chiqargan yurtimizning elat va xalqlari jismoniy madaniyati tarixiy manbaalarda o’z wrnini olganligiga ishonchimiz komil.
    Shu wrinda P.F. Lesgaft va uning shogirdi V.V. Gorinevskiylar sobiq shwrolar jismoniy tarbiya tizimining asoschilari deb tan olinganligi jismoniy tarbiya nazariyasining rivojlanishida munosib hissa qwshgan olimlar sifatida jahon jismoniy madaniyati fani namoyandalari qatoridan wrin olganliklarini e`tirof etish lozim.
    P.F. Lesgaft (1837-1909) biolog, anatom, pedagog va katta jamoatchi sifatida inson shaxsning intelektual rivojlanishi uchun uning yashagan ijtimoiy muhiti va tarbiyasi rol wynashini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Lesgaft tomonidan ishlangan “Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy bilimlar” tizimi hozirgi kunda ham o’z ilmiy ahamiyatini yo’qotgani yo’q .
    Chor Rossiyasining jismoniy tarbiyaga munosabati yaxshi emas edi. “Maktablar bizda bolalarga butunlay jismoniy bilimlar bermayapti. Bu ishga rahbarlikni bizning ishga aloqasi yo’q larga berib qo’yilgan, ular jismoniy madaniyatni soxta tushunchalar orqali tasavvur qiladi, yoki bwlmasa, qaysidir chet el maktabini bitirib kelgandan eshitganlarigina biladi. Shuning uchun ular bola jismoniy tarbiyasiga e`tiborsizdirlar”, - deb yozgan edi P.F. Lesgaft.
    V.V. Gorinevskiy (1857-1937) o’zining tibbiy-pedagogik faoliyatida Lesgaft fikrlarini rivojlantirib sobiq shwrolar tuzumi jismoniy tarbiya tizimini rivojlanishiga katta hissa qwshdi. U jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilar ustida wtkazishni tadqiqot nazoratini qilishning ilmiy uslubiy kompleksini yaratdi. P.F. Lesgaft va uning shogirdi V.V. Gorinevskiylarning ilmiy merosinining qimmati shundaki, ularning jismoniy bilimlar va jismoniy tarbiya haqidagi ilmiy fikrlari amaliy va jamoatchilik tajribasi asosiga tayanganligidadir.

    1. Mamlakatda jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi?


    2. Jismoniy tarbiyaning maqsadi?
    3. Jismoniy tarbiya vazifalari?
    4. Jismoniy tarbiya tizimini umumiy printsiplari va amaliyot bilan bog’lash (qonunlari)?
    5. Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyoti bilan bogliqlik printsipi.
    6. SHaxsni xar tomonlama rivojlantirish printsipi.
    7. Jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yo’naltirilgan printsipi.
    O’zbekiston Respublikasi hukumatining jismoniy madaniyat va sport bo’yicha qabul qilgan hujjatlarining ahamiyati




    Download 6,68 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114




    Download 6,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 6,68 Mb.