• Beshinchi davr
  • 1.3. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 6,68 Mb.
    bet38/114
    Sana10.06.2024
    Hajmi6,68 Mb.
    #262162
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114
    Bog'liq
    Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

    To’rtinchi davr – 19 asrning oxiridan ilmiy va o’quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va usuliyati shakllana boradi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat hayotining boshqa jabhalariga ham ta`sir kwrsata boshladi. Jismoniy tarbiya sohasi nazariyasi olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft (1837-1909) o’zining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilan hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-amaliy isbotladi.
    Beshinchi davr – rivojlangan mamlakatlar va sobiq shwrolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo’lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan holda wsha davrda progressiv hisoblangan usuliyatlarga tayanib amalga oshirildi.
    Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli hal etishda butun bir olimlar jamoalari, mutaxassislashtirilgan ilmiy va o’quv muassasalari samarali mehnat qildilar. Amaliy materiallarning mwlligi, yangi qonuniyatlarning ochilishi, dastlabki yagona jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining differenciyalanishiga olib keldi. Yangi maxsus fanlar «Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish», «Jismoniy mashqlar biomexanikasi», «Sport psixologiyasi», «Sport metrologiyasi», «Sport fiziologiyasi», «Davolash fizkul`turasi», «Jismoniy mashqlar gigienasi», «Valeologiya» va boshqalar ajralib chiqdi. Yuqoridagi fanlarning ayrim sohalari jismoniy tarbiya jarayonida bir necha aralash fanlarning bilimlaridan keng foydalanish lozimligini ilmiy-amaliy isbotladi. Masalan, bolalarning sport mutaxassisligi muammosi bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina bo’lib qolmay, ijtimoiy, psixologik, sociologik va biologik muammolardir. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati kursi pedagogik jarayon muammolarini umumiy psixologiya, pedagogika, fiziologiya va boshqa fanlarning dalillarsiz twla izohlab, isbotlab olishni isbotladi.


    1.3. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
    Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi qator ilmiy fanlar bilan chambarchas bog’liq. Har qanday fan faqatgina o’zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa twlaqonli natija bera olmaydi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bir necha fanlar qo’shilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni hal qiladigan predmetga aylangan.
    Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining fiziologiyasi va jismoniy tarbiya psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bog’langan. Oldingi yagona, bwlaklarga bo’linmagan Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasidan alohida pedagogik fanlari ajralib chiqdi, bular qatorida sport pedagogikasi fanlari ham, lekin ularning swnggi rivojida bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liqlik namoyon bo’ldi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi tomonidan ishlab chiqilgan umumiy qoidalarga tayanishga to’g’ri keldi. Olingan dalillar yangi umumlashtirishlar uchun aniq material vazifasini wtadi. Bu jismoniy tarbiya jarayonidek bir butun pedagogik muhitini o’z ichiga olgan keng ilmiy izlanish va o’qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport sohasi fanlari ajralib chiqa boshlaganligidir: gimnastika, engil atletika, sport wyinlari fanlari va boshqalar. Ammo jismoniy mashqlarning alohida turlari uchun kerakli bo’lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki,hamma turlar uchun ta`sir kwrsata oladiganlarigina alohida fan bo’lib ajralmadi va ajralib chiqishi ham mumkin bwlmasdi. Ana shuning uchun barcha sport fanlari uchun umumiy va xususiy qonuniyatlarni ishlab chiqish hozirgi zamon jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
    Biologiya fani bilan bog’liqligi jismoniy tarbiya vositalarini shug’ullanuvchilar organizmiga ta`siri reakciyasini o’rganish, jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshqarishda anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanlarining qonuniyatlarini hisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin.
    Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanini boshqa fanlar bilan bog’liqligi bir tomonlama bwlmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy tarbiya haqidagi fanning rivojlanishi aralash fanlarga ta`sir etmay qolishi mumkin emas. Masalan, sport nazariyasi va amaliyoti psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar organizmining potencial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keldi.

    Download 6,68 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114




    Download 6,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 6,68 Mb.