• Gigienik omillar
  • Tabiatning sog’lomlashtirish kuchlari jismoniy tarbiya jarayonida ikki yo’nalishda olib boriladi




    Download 6,68 Mb.
    bet44/114
    Sana10.06.2024
    Hajmi6,68 Mb.
    #262162
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   114
    Bog'liq
    Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

    Tabiatning sog’lomlashtirish kuchlari jismoniy tarbiya jarayonida ikki yo’nalishda olib boriladi
    1. Jismoniy mashqlar mashg’ulotini tashkil etishi va muvofiqli sharoit sifatida o’tkazilishi (ochiq xavoda, quyosh nurining ta’sirida, tong sharoitida va h.k), ya’ni muxitning tabiiy omillari jismoniy mashqlar ta’sirini kuchaytiradi.
    2. Ikki yo’nalish organizmni chiniqtirishga nisbatan mustaqil vosita sifatida foydaniladi (quyosh, xavo vannasi, suv tadbirlari, artinish, chiniqtirish va h.k.).
    Misol: Kasalxonalarda, kurortlarda va boshqa turli dam olish tashkilotlarida xavo va quyosh vannalari, suv va chiniqtirish tadbirlari keng o’rin egallaydi. Jismoniy mashqlar mashg’ulotida. Tabiatning sog’lomlashtirish kuchlarini to’g’ri ishlata bilish kishi organizmiga jismoniy mashqlarni ijobiy ta’sirini oshiradi.
    Tabiatning sog’lomlashtirish kuchlari (quyosh, xavo, suv), bola organizmiga jismoniy mashqlarini ta’sir etish samaradorligini oshirish. Ochiљ xavoda. Quyoshli kunlarda jismoniy mashqlar o’tkazish vaqtida bolalarda ijobiy xissiyot vujudga keladi, ko’proq kislorod yutiladi, modda almashinuvi orqali, ayrim organlar va organizm tizimlarining quvvatini imkoniyatlarini oshiradi. Quyosh, xavo va suv organizmni chiniqtirish uchun, yuqori va past haroratga organizmning moslashuvini oshirish uchun foydalaniladi. Natijada issiqlikni boshqaruvchi apparat mashqlanadi va inson organizmi ob-havoning keskin o’zgarishiga o’z vaqtida javob berish qobiliyatiga ega bo’ladi. Bunda tabiatning tabiiy omillaridan jismoniy mashqlar moslanishi chiniqish samarasini oshiradi.
    Tabiatning tabiiy kuchlaridan mustaqil vositalar sifatida foydalaniladi. Suv terining iflosdan tozalash uchun, undagi qon-tomirlarini kengaytirish va toraytirish va hakozo uchun qo’llaniladi. qilishga yordam beradi.
    Tabiatning tabiiy kuchlridan ularni moslashtirilgan xolda foydalanish muhimdir.
    Gigienik omillar
    Jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishning zarur sharti hisoblanadi. Ular jismoniy mashqlarning shug’ullanuvchilar organizmiga ta’siri samaradorligini oshiradi. Xonalar, fizkultura jihozlari o’yinchoqlar, o’quvchilar kiyimlari va poyabzallarining tozaligi kasalliklarini oldini oladi. Gigienik talabalarni bajarish bolalarda ijobiy emotsiya uyg’otadi va jismoniy mashqlarni o’zlashtirish uchun qulay sharoit yaratadi. Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigienasini o’z ichiga oladi.
    Gigienik omillar mustaqil ahamiyatga ega: ular barcha organ va tizmlarning normal ishlashiga yordam beradi. Masalan: muntazam va sifatli ovqatlanish, ovqat xazm qilish organlarining faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi va boshqa organlarga zaruriy oziq moddalarning o’z vaqtida yetib borishini ta’minlaydi, bolaning normal rivojlanish va o’sishga yo’l yordam beradi. To’g’ri yoritish ko’z kasalliklarini sodir bo’lishiga yo’l qo’ymaydi, o’quvchilarning xarakat qilishlari uchun qulay sharoit yaratadi.
    Kundalik rejimga qat’iy rioya qilish uyushqoqlikka, intizomlilikka o’rgatadi.
    Gigienik omillar-shaxsiy va jamoat gigienasini o’z ichiga qamrab oladi.
    1. SHaxsiy gigiena mashg’ulot tartibi, dam olish, joyining tozaligi o’quv va ovqatlanish xona gigienasi, maydoncha, kiyimlar, sport jihozlari va anjomlari badani va kiyimlarning tozaligi va h.k.larning organizga jismoniy tarbiya samaradorligini oshiradi. Agarda jismoniy mashqlar toza, yorug’ xonalarda o’tkazilsa, jismoniy harakat sifatlarning rivojlanishi va bu mashqlarni o’zlashtirish yengilroq bo’ladi. Ular sog’liqni yaxshilashda va kishi umrini uzaytirishda katta ahamiyatga ega.
    Gigiena omillar mustaqil ahamiyatga ega: hamma tizim va organlarning normal xolatda ishlashga ko’maklashadi. Masalan, sifatli va muntazam ovqatlanish hamma organlarga ozuqaviy moddalarni o’z vaqtida yetkazib berishni ta’minlaydi, bolaning to’g’ri o’sishi va rivojlanishiga yordamlashadi, shuningdek, ovqat xazm qilish tizimi shaxsning faoliyatiga ijobiy ta’sir etib kasallanishni oldini oladi.


    mashqlarni organizmga ta’sirini bilishi va hisobga olishi kerak. Bundan u kishi organizmining bir butunligini unutmasligi lozim. Agar jismoniy mashqlar ob’ektiv qonunlar asosida qo’llanilmasa, u holda salbiy natijaga ega bo’lib, zarar yetkazish mumkin. Misol: tayyorgarliksiz uzoq masofaga yugurish.
    Jismoniy mashqlarni maqsadga muvofiq ta’sirini aniqlovchi umumiy omillarga: 1. Mashg’ulotlar ustidan to’g’ri pedagogik rahbarlik; 2. O’rgatish va tarbiyaashda maqsadga muvofiq metodlardan foydalanish kiradi.
    SHu bilan bir qatorda quyidagilarga ham e’tibor berish zarur:
    a) SHugullanuvchilarning individual xususiyatlari (yoshi, jinsi, sog’lik holati, tayyorgarlik darajasi, mehnat o’qishi, dam olish tartibi).
    b) Jismoniy mashqlarni xususiyatlari: uni murakkabligi, yangiligi, jismoniy harakat ishi hajmi, his-xayajonligi.
    v) Tashqi muxit xususiyatlari (metrologik, joy sharoiti, asbob va anjomlarni sifati, shug’ullanish joyining gigienik sharoiti)



    Download 6,68 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   114




    Download 6,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabiatning sog’lomlashtirish kuchlari jismoniy tarbiya jarayonida ikki yo’nalishda olib boriladi

    Download 6,68 Mb.