• KNAUF butlovch tizimlari jamlanmasidagi simon asosli quruq suvoq qorishmalari.
  • KNAUF “Grunband”
  • Suvoq ishlarini amalga oshrish xaritasi




    Download 4.29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/38
    Sana30.06.2022
    Hajmi4.29 Mb.
    #24613
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
    Bog'liq
    3 bo\'lim. Ma\'ruzalar matni BIK
    Ишчи гуруҳ масофавий, kompiyuter, Presentation KNAUF 12A, 5-sinflar I,II,III var[2], 5-sinf Matematika TEST savollari[1], IAKT MUSTAQIL ISH, gm, Operatsion tizimlar, 141 21 DASTURLASH3, 2102 mat YAKUNIY
    Suvoq ishlarini amalga oshrish xaritasi: 
     
    1. Tayyorgarlik ishlari. Odatda masinada suvoq ishini ustalar brigadasi bajaradi. Buning uchun suvoq 
    masinasini uning ekspluatasiya yo’riqnomasiga asosan shaylanadi. Mashinaning suv ta’minot jo’mragi 
    rostlanib, soatiga 650 litr yoki har bir qop quruq qorishmaga 18 litr suv sarfi meyorlanadi. Mashina 
    qorishtirish oxuriga oldin suv quyilib so’ngra quruq qorishma solinadi. Mashina loy tayyorlash oxuriga 
    bir qop KNAUF “MP75” quruq kukuni solinadi. Buning uchun qopni ikki suvoqchi ko’tarib suvoq 
    mashinasining loy tayyorlash oxuri ustiga qo’ysa kifoya, oxur ustiga metal panjara va panjara ustida arra 
    pichoq o’rnatilgan bo’lib, bu arra pichoq qopni ikki bo’lakka bo’ladi va qop ichdagi quruq kukunsimon 


    46 
    massa oxurga tkilib tushadi. Shunda mashina suv ta’minot jumragi buralib, bir qop quruq kukunsimon 
    massaga etarli miqdordagi suv oxurga quyiladi. Mashina bir zumda kukun va suvdan aralashtirib suvoq 
    loyini tayyorlaydi. 
    2. Suvoq loyini ishlov berilayotgan uzaga sepish. Tayyor loysuvoq qorishmasini mashinada uzalarga 
    sepishda quyidagi amallarga rioya qilinadi: 
     suvoq loyini purkash to’pponchasi mavjud bo’lib, bu to’pponcha ishlov berilayotgan uzaga 
    perpendikulyar ravishda taxminan 30 sm masofada (to’pponcha uchligigacha) tutiladi; 
     suvoq loyi qalinligini suvoqchi usta to’pponchani harakati bilan tartibga solib turadi, sekin 
    harakatlantililsa suvoq loyi ko’proq purkaladi, to’pponcha tezroq siljatilsa loy qalinligi yupqaroq 
    bo’lib tushadi va h.k.; 
     devor uzasini suvashini chapdan o’nga, yuqoridan pastga tomon (chapdagi tepa burchakdan
    pastga tomon), bir qamrovi taxminan 70 sm li masofada purkalib boriladi. Bunda purkagich 
    to’pponcha ilgarlanma-qaytish harakatida bolib, purkash markazi suvoq uzasining pastki qismiga 
    yo’naltirilishi kerak; 
     har qaysi keyingi qamrovga o’tishda oldingi qamrovni 5…10 sm li uloq bilan bog’lab ketish 
    tavsiya etiladi; 
     shift uzasiga loysuvoq qorishmasini purkashni deraza romlariga qarama-qarshi tomondan 
    boshlagan maqulroq; 
     suvalayotgan uza to’liq loysuvoq bilan qoplanishi bilan suvoq mashinhasining loy purkash 
    to’pponchasida joylashgan siqilgan havoni uzatish jumragi yopilsa loy purkash ham to’xtaydi. 


    Diqqat - Loysuvoq qorishmasi rezina ichaklar ichida 15 min dan ortiq harakatsiz 
    qolmasligi kerak.
    3. Purkalgan loysuvoq qorishmasi uzun gazcho’p yordamida tekislanib, kemtik va o’yiq joylar 
    toldiriladi. Agar uzaga tekislik mayoqcha naylari o’rnatilmagan bo’lsa, suvalgan uza obtarozi, 
    rajja yoki gazcho’pnining o’zi yordamida vertical va gorizontal yo’nalishlarda tekshirilib tekisligi 
    aniqlanadi. Kerakli joylarga qo’shimcha loysuvoq surkalib tekislanadi. Burchak va tokcha 
    qirralaridagi loy suvoq qoldiqlari maxsus randa yordamida yo’nilib to’g’irlanadi. Loy suvoq 
    qurishi bilan suvalgan uzalarga KNAUF “Tifengrund” suyuq eritmasi yordamida gruntovka 
    qilinadi. Suv to’g’ridan-to’g’ri tushadidan uzalar KNAUF “Flexendixt” eritmasi bilan 
    gidroizolyasiya qilinadi va songra uzalarga KNAUF “Flizen” elimi yordamida sopol koshinlarni 
    o’rnatishni boshlash mumkin. Sopol koshinlar elimlanadigan uzada syvoq qoplamasining qalinligi 
    10 mm dan kam bo’lmasligi tavsiya etiladi. 
    4. Agar suvalgan uzaga bo’yoq surilishi yoki gulqogoz elimlash pejalashtirilgan bo’lsa, bunda ozroq 
    (taxminan 15 daqiqa) muddatdan so’ng suvalgan uza suv bilan to’yintirib ho’llanadi va dag’al 
    gubkali yoki kigizli andavalar yordamida aylanma harakat bilan ishqalab silliqlanadi. 
    5. Unchalik ko’p bolmagan vaqt davomida suvoq uzasiga dam berib, uza xiralasha boshlashi bilan 
    keng pichoqli shpatel yoki zanglamas metal andava yordamida suvoq uzasi uzun harakatlarda 
    andavalanadi. Shu usulda silliqlangan uzaga gulqog’oz elimlash mumkin bo’ladi. Agar yanada 
    silliq va yaltiroq uza hosil qilish talab etilsa, kun davomida lekin 2.5…5 soatdan ka bolmagan vaqt 
    ichida suvoq uzasi yana suvlanib keng picoqli shpatel yordamida silliqlab suriladi. Bunda shpatel 
    qirrasida suvoqdan hosil bo’luvchi qaymoqsimon massa yig’iladi, shu massa kamtuk joylarga 
    surkalib shpatel yordamida surkaladi, natijada yaltiroq, tekis yuza hosil bo’ladi va bu yuzani 
    to’g’ridan-to’g’ri bo’yoq bilan bo’yash mumkin. Ynga qayta shpaklevka bilan ishlov berish talab 
    etilmaydi. 
    6. Ish yuritishda har doim toza va soz asbob-uskunalar ishatilishi tavsiya etiladi. Suvoq uzasiga 
    elvizak-ilon o’tdi shamollar ta’siri ruxsat etilmaydi. Suvoq mashinasini tozalash va yuvish 
    ekspluatasiya yo’riqnomasiga asosan bajarilishi kerak. 
    7.


    47 
    26-rasm. 27-rasm. 
    KNAUF butlovch tizimlari jamlanmasidagi simon asosli quruq suvoq qorishmalari. 
    Simon asosli quyidagi quruq suvoq qorishma tarkiblari bolib, bu qorishmalar nam, hol, tashqi 
    atmosfera ta’sirida turguvchi konstruksiyalar, fasad elementlari uchun ishlatiladi: 
    KNAUF “Grunband” rusumli haroratni saqlovchi, simon asosli quruq suvoq qorishmasi tarkibi; 
    KNAUF “Unterputs-210” rusumli simon asosli quruq fasad suvog’i; 
    KNAUF “Zokelputs-310” rusumli simon asosli quruq sokol-poydevor quruq suvog’i; 
    KNAUF “Diamant-260” rusumli simon asosli dekorativ-pardoz quruq suvog’i; 
    KNAUF “VP-332” rusumli simon asosli dekorativ-po’stinsimon quruq suvoq qorishmasi. 

    Download 4.29 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




    Download 4.29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suvoq ishlarini amalga oshrish xaritasi

    Download 4.29 Mb.
    Pdf ko'rish