• CAM tizimlari
  • SAE tizimlari
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligimirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy




    Download 150,86 Kb.
    bet7/8
    Sana23.11.2023
    Hajmi150,86 Kb.
    #103877
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    ATL 1-mustaqil ish Xolboyev Muhammad
    Amanov ustozga savollar, 21-ОБЩЕЕ ПОНЯТИЕ О ПАМЯТИ, 5-topshiriq, Ingliz tili gramatikasidan universal qo`llanma 281220095903, Ingliz tili grammatikasi. G\'apparov M, Qosimova R 040320224159, Destination A2, Эслатма, TASVIRIY FAOLIYAT MASHG\'ULOTLARINI LOYIHALASHTIRISH (1), MI#4 O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklar, 1-mustaqil ish dinshunoslik, Quadratic collection, To\'lqino Azizbek 5-m ish P P, To\'lqinov Azizbek boshqaruv 2- amaliy ish, mapleda dasturlash
    CAD tizimlari (computer-aided design - kompyuterda chizmani loyihalash) asosan kompyuterda chizma gʻoyalarini loyihalash va konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirishga moʻljallangan. Odatda hozirgi zamon CAD tizimlari moduliga uch oʻlchamli konstruktsiyalar (detallar)ni yaratish (loyihalash) va chizma konstruktorlik yozma hujjatlarini (spetsifikatsiya, qaydnomalar va h.) ni rasmiylashtirish kiradi.


    CAM tizimlari (computer-aided manufacturing- kompyuterda ishlab chiqarishni loyihalash) maxsulot ishlab chiqarish jarayonini raqamli dasturiy boshqaruv (RDB) dastgohlarda loyihalashga qaratilgan va ushbu dastgohlar uchun dasturlar yozishga moʻljallangan, ya’ni - frezerlash, parmalash, jilvirlash, tokarlik va shu kabi dastgohlar. CAM tizimlarini yana texnologik ishlab chiqarish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish tizimlari deb ham tushunish mumkin. Bugungi kun amaliyotida ular murakkab profilli detallarni ishlab chiqarish va ishlab chiqarish jarayonini qisqartirishda yagona tizim hisoblanadi. CAM tizimlarida
    CAD tizimlari asosida loyihalangan maxsulotning uch oʻlchamli modellaridan foydalaniladi.


    SAE tizimlari (computer-aided engineering - muhandislik hisob-kitoblarni loyihalash) keng qamrovli tizim boʻlib, ushbu tizimlarda aniq muhandislik hisoblash ishlari, ya’ni: mustahkamlik va bikrlikni hisoblash, issiqlik jarayonlarini analiz qilish va modellashtirish, gidravlik tizimlar va mashinalarni hisoblash ishlarini loyihalash, quyma jarayonlarini loyihalash kabi hisoblash ishlari olib boriladi. CAE tizimlarida ham CAD tizimlari asosida yaratilgan maxsulotning uch oʻlchamli modellaridan foydalaniladi. CAE tizimlarini yana muhandislik tahlil tizimlari deb ham yuritiladi.
    Bugungi kunda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) asoslarini bilish va uning vositalarini qoʻllay olish deyarli barcha muhandis ixtirochilardan talab etiladi. Kompyuter bilan barcha loyihalash tashkilotlari, konstruktorlik byurolari va ofislar jihozlangan boʻlib, konstruktorning oddiy kul’man stolida oʻtirib loyihalashi, logarifmik lineyka bilan hisob-kitob ishlarini yuritishi, oddiy yozuv mashinkasida hisobot tayyorlashi bugungi kun uchun xos boʻlmagan qoloqlik deb qaraladi. ALTni qoʻllamayotgan yoki qisman qoʻllab kelayotgan tashkilotlar loyihalashga ketqazgan katta sarf-xarajat va koʻp vaqt yoʻqotish, shuningdek sifatsiz loyiha evaziga raqobatsiz boʻ lib inqirozga yoʻz tutishi muqarrardir.


    ALT deganda kompyuter va inson muloqoti asosida loyiha yaratish tushuniladi. Bunday jarayon avtomatlashtirilgan hisoblanadi. Agarda jarayonni ma’lum bir qismi (etapi) toʻliq kompyuter nazoratida bajarilsa unda avtomatlashgan jarayon hisoblanadi. Kompyutersiz loyihalash esa qoʻ lda loyihalash deb qaraladi.



    2-rasm. CAD-dastur yordamida loyihalash (konstruksiyalash)

    ALT xorijda CAD (computer aided design – kompyuter yordamida loyihalash), MDHda esa САПР (системыавтоматизированногопроектирования) deb yuritiladi. Shuni ham esda tutish kerakki ALT yoki САПР tushunchasi juda keng ma’noda ishlatiladi. Bunda faqat chizma loyihani tushunish xato boʻladi.


    Dastlabki ALTning vujudga kelishi oʻ tgan asrning 60 yillariga borib taqaladi. 1955-1959 yillarda MTI (Massachusets texnologiya instituti) da Ross boshchiligida ART (Automatical program tool – avtomatlashgan dastgoh dasturi) dasturlash tizimi yaratilgan. ART chip oʻrnatilgan dastgohlarda uskuna oʻzunligi (parametri) kodini tavsiflash asosida dasturlash imkonini berar edi. Keyichalik dasturlashda dastgoh uskunasi oʻzunligini kodlash emas, balki detalni oʻzini tavsiflash asosiy mezon qilib olindi. Bugungi ALTdan farqli oʻlaroq oʻshanda EHM ning oʻsib borayotgan imkoniyatlaridan koʻproq foydalanish muhim qaraldi – ya’ni dasturlash tili oʻrganib borildi. CAD tushunchasini ilk bor Ayven Sazerlend kiritdi. Uning doktorlik dissertatsiyasi mashinaviy grafikaning nazariy asosi hisoblanadi.


    Bugungi kunda juda koʻplab grafik dasturlar mavjud boʻlib, ularni qaysi sohada qoʻllanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari oʻz faoliyatlari uchun qulay boʻlgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma’lum bir sohaga yoʻnaltirilgan boʻladi. Demak, grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim.


    Aksariyat hollarda grafik dasturni qoʻ llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni oʻzlashtirishga ehtiyoj seziladi. SHunisi bilan ham grafik dasturlar murakkablashib boradi.

    Kompyuterda geomterik modellashtirishda albatta geometrik yasashlarni, obektlarni geometrik tahlil qilishni bilish kerak. Bunday bilim va koʻ nikmaga ega boʻlishda kishining fazoviy tasavvuri asosiy oʻrin tutadi.


    Fazoviy tasavvur tom ma’noda kishi ongida ob’ekt va borliqni, turli g’oyalarni akslantirish, ularni ichki va tashqi toʻzilishini, atrof-muhit bilan oʻzaro munosabatlarini mantiqiy tizimlashtirish asosida mohiyatan tushunib yetish demakdir. Inson ongida sodir boʻlgan va boʻlmagan, mavjud va nomavjud ob’ektlar, turli voqea va hodisalar doimo gavdalanib turadi. Biz bu holatni xayol deb bilamiz va ongimizdagi tezkor xotirada ma’lum bir muddat saqlashimiz mumkin. Bunday ongimizdagi akslanishlar tasavvur boʻlishi mumkin, lekin hali fazoviy tasavvur boʻla olmaydi.


    Fazoviy tasavvur oʻz nomidan koʻrinib turibdiki fazo va undagi ob’ektlar bilan bog’liq jarayondir. Fazoviy tasavvur barcha insonlarda aqliy, ongli boʻlishi mumkin lekin uni tafakkuriy boʻlishi turli insonlarda turlicha boʻladi. Aqliy va ongli deganimizda ob’ektlar, voqea va hodisalar bizga ma’lum boʻlgan koʻrinishda akslansa, tafakkuriy deganimiz biz egallagan bilim, koʻzatishlar asosidagi falsafiy fikr yuritishga asoslangan mantiqiy koʻrinishni aks ettiradi. Demak fazoviy tasavvurni rivojlantirish, oʻstirish mumkin.
    Fazoviy tasavvuri rivojlangan kishilar odatda ixtirochi, g’oyalarga boy, turli muammolar yechimini bir nechta variantini taklif eta oladigan, kuchli fazoviy tasavur egalari esa faylasuf, olim kishilar boʻlishi mumkin.
    Fazoviy tasavvurni rivojlantirishning asosiy omili bu – ob’ektlarni koʻzatishda tizimli yondashish, ularni tahlil eta olishdir. Buning uchun esa insonda bilim, ilmiy malaka va koʻnikma boʻlishi zarur.

    Quyida keltirilgan detal misolida ushbu fikrni izohlab koʻrsak. Murakkab geometrik figurali detalni sintez qilish asosida uning bir necha oddiy geometric figuralar majmuasidan tarkib topganligini bilib olish mumkin (3-rasm).


    Bunga oʻxshash ob’ektlarni tahlil eta olish natijasida ularni loyihalash, ishlab chiqarish ham murakkabdan oddiylikka printsipi asosida tizimlanadi.



    3-rasm. Detalni 3D yani fazoviy ko’rinishi

    1. oʻyig’i mavjud kesik konus;

    2. toʻg’ri doiraviy tsilindr;

    3. toʻg’ri burchakli parallelepiped;

    4. oʻyiqli toʻg’ri burchakli ikkita parallelepiped;

    5. oʻyiqli ikkita yarim tsilindrlar

    Kompyuterda geometrik modellashtirish ob’ektlarni aynan geometrik toʻzilishi asosida ularni yaratish demakdir. Yuqorida keltirilgan misol asosida biz ob’ektni oddiy geometrik ob’ektlar majmuasi sifatida, ya’ni toʻplamlarni birlashuvini koʻrib chiqdik. Xuddi shuningdek toʻ lamlarni ayirmasi asosida ham ob’ektlarni geometrik tahlil etish mumkin.


    Xulosa
    Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining kompyuter texnologiyasi bilan chambarchas muloqotida amalga oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash texnikasi vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va kompyuter texnologiyasi orasidagi funktsiyalarni ratsional taqsimlash va masalalarni mashinada echish metodlarini asosli tanlash lozim.
    Avtomatlashgan loyihalashni EXMni dasturiy va tеxnik ta’minlash sohasidagi zarur ilmiy va tеxnik bilimlarni oʻz ichiga oluvchi soha sifatida ham, EXM dan foydalanilgan xolda tеxnik tizimlarni loyihalash, rivojlantirish va amalga oshirish mеtodologiyasi dеb ham aytish mumkin.
    Xozirgi paytda avtomatlashgan loyhalash tizimlari turli soxalardagi loyhalash ishlarini amalga oshirish uchun kеng istе’molchilar ommasiga moʻljallab ishlab chiqilmokda. ALT pakеtlarining rivojlanishi tufayli yarim ekranli mеnyu asosidagi intеrfеys, ikki va uch oʻlchovli grafikdan foydalanilmoqda, sintеzlashgan ob’еktlarni modеllash va tеstlash vositalari bilan ta’minlangan.



    Download 150,86 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 150,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligimirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy

    Download 150,86 Kb.