|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
|
bet | 158/176 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 22,93 Mb. | | #115775 |
Bog'liq amaliy ishlanmaKontsortsium
bu aniq vazifalar: yirik maqsadli dastur va loyihalar, shu jumladan, ilmiy- texnikaviy, qurilish, tabiatni himoya qilish va boshqa dasturlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan muvaqqat birlashmadir. U ko‟ptomonlama qqshma korxona, moliyaviy operatsiyalarni hamkorlikda amalga oshirish uchun tuzilgan banklararo yoki sanoat korxonalararo bitimdir.
Xolding kompaniyasi
bu eng avvalo moliyaviy jamg‟arma bo‟lib korxonalarni emas, balki sarmoyalarni birlashtiradi. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aktsionerlar jamiyatlari “aktsiyalarining nazorat paketi” kompaniyaning ixtiyorida bo‟ladi. Bundan maqsad aktsionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o‟rnatish va dividendlar ko‟rinishida foyda olishdir. 1996 yil boshida Respublikamizda “O‟zqishloqmashxolding” ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati - Xolding kompaniyasi tashkil etildi.
Milliy kompaniya
bu noishlab chiqarish tarmoqlari, ijodiy jamoalar, tarnsport, aloqa va telekommunikatsiya korxonalari va tashki-lotlarining paychilik yoki aktsionerlik asosida ko‟ngilli birlashmasidir. O‟zbekistondagi milliy kompaniyalar jumlasiga: “O‟zbekturizm” milliy kompaniyasi; “O‟zbekiston havo yo‟llari” O‟zbekiston milliy aviokompaniyasi; “O‟zbekkino” davlat-aktsionerlik milliy kompaniyalari va boshqalar kiradi.
Korxona
bu har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo‟g‟in bo‟lib hisoblanadi. Korxona to‟g‟risidagi qonunda korxona yuridik shaxs huquqlariga ega bo‟lgan xo‟jalik sub‟ekti bo‟lib, o‟ziga tegishli yoki tqliq xo‟jalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko‟rsatadi, deb ta‟kidlangan.
Firma
bu korxonadan farqli o‟laroq ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi davolash muassasi uchun ham, qurilish tresti va vositachilik tashkiloti uchun ham, savdo va konsullik faoliyati uchun ham, xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyohlik va boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish mumkin.
|
| |