|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
|
bet | 157/176 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 22,93 Mb. | | #115775 |
Bog'liq amaliy ishlanmaDavlat qo‟mitalari
bu vazirlik va idoralarning faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish yo‟li bilan sotsial-iqtisodiy rivojlanishga rahbarlik qilishga mo‟ljallangan markaziy tarmoq boshqaruv organlaridir. Qo‟mitaga O‟zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadigan rais boshchilik qiladi. Bugungi kunda Respublikamizda 18 ta vazirlik va 13 ta Davlat qo‟mitalari mavjud.
Kontsern
bu ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi (o‟zgarishi, xilma-xilligining ko‟payishi) asosida tarkib toradigan yirik, ko‟p tarmoqli korporatsiyadir. Uning tarkibiga turli tarmoqlar (sanoat, transport, savdo, bank sohasi)ga tegishli korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Bunday korxonalar orasida o‟zaro kooperatsiyalashgan turg‟un aloqalar mavjud bo‟lib, ular kontsern rivoji yo‟lida: umumiy moliyaviy resurslardan; yagona ilmiy-texnik imkoniyalardan mushtarak foydalanadilar.
Uyushma (ittifoq)
bu jismoniy va yuridik shaxslarning ko‟ngilli jamoat birlashmalaridir. Bunday ubshmalar o‟z faoliyatini muvofiq-lashtirish, manfaatlarini himoya qilish va yagona ilmiy-texnik siyosatni ta‟minlash maqsadida respublika xududida keng tarmoq yozgan. Bunday birlashmaga misol qilib: O‟zbekiston respublika savdo- xarid uyushmasi “O‟ztayyorlovsavdo”; “Oziqovqatsanoat” va “g‟g‟maytamakisanoat” uyushmalari; “O‟zmevasabzavotuzum sanoat” uyushmasi.
Assotsiatsiya
bu korxonalarning paychilik asosida ko‟ngilli birlashmasidir. U bir yoki bir necha ishlab chiqarish - xo‟jalik vazifalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida korxonalarning shartnomaviy asosida birlashishi natijasida tashkil topadi. Assotsiatsiyalar tarkibiga, odatda, muayyan xududa joylashgan va turdosh kasbga ixtisoslashgan korxonalar kiradi. Assotsiatsiyaga misol qilib: “O‟zkimyosanoat”, “O‟zmontajmaxsusqurilish”, “O‟zbeksavdo”.
Korporatsiya
bu rivojlangan yiri aktsionerlar jamiyat va trestlar birlashmasidir. Korporatsiyalar negizi aktsioner jamiyatlari hisoblanadi. Ular bir xil mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi, natijada ishlab chiqarish monopollanadi: Ayni paytda korporatsiyalar: investitsiya kapitalining markazlashuviga yordam beradi; ilmiy-texnika tarao‟qiyotiga turtki beradi; mahsulotning raqobatdoshligi va uzoq hayotiy tsiklini ta‟minlaydi.
|
| |