|
Ota-onalar va maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarining birgalikdagiBog'liq Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishiOta-onalar va maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarining birgalikdagi
faoliyati
Ota-onalar bilan maktabgacha ta`lim muassasasisi xodimlarining bnrgalikdagi
faoliyatini tashkil etish va uning mazmuni maktabgacha ta`lim muassasasi
ishlayotgan sharoitlarga bog’liqdir. Birgalikdagi faoliyat kerakli dara-jada amalga
oshiriladigan joyda o’zaro yordam, bir-birini tushunish, topshnrilgan ishga
javobgarlik holati vujudga keladi.
Ota-onalar maktabgacha ta`lim muassasasi maydonini ko’kalamzorlashtirish,
uchastkadagi jihozlarni va qo’llanmalarni ta`mirlash, xonalarni qishga tayyorlash,
sog’lomlashtirish ishlarini o’tkazishda yordam ko’rsatishlari, yangi o’quv yiliga
tayyorgarlik vaqtida sanitariya oylarida, bolalarning bayram kostyumlarini
tayyorlashda, bolalarni sayohatlarga kuzatib borishda ishtirok etishlari mumkin.
Agar ota-onalar orasida fotosuratchilar, tikuvchilar, rassomlar bor bo’lsa, ular
maktabgacha ta`lim muassasasiga bevosita yordam ko’rsatishlari kerak.
Shuni ta`kidlab o’tish kerakki, ota-onalarning ishi ijtimoiy xarakterga ega va
ixtiyoriylikka asoslangan bo’lishi kerak. SHuning uchun bu faoliyatga jalb
qilishning asosiy yo’li - iltimos, ishontirish, maslahat berishdir.
Birgalikdagi ishni to’g’ri tashkil etish uchun yillik reja tuziladi va uni
ko’rinadigan joyga ilib qo’yiladi. Bu reja sinchiklab, o’ylab tuzilishi kerak.
Masalan, agar maktabgacha ta`lim muassasasi hududida mevali daraxtlar va
ko’katzor bor bo’lsin, bunda, har bir guruhda ota-onalarning ko’kat ekinlarni
parvarish qilish grafigini ilib qo’yiladi, lekin oldin ota-onalardan qaysi kunlari
maktabgacha ta`lim muassasasiga kelib yordam berishlari mumkinligi so’ralishi
zarur.
Ishlashning bunday shaklini amalga oshirish uchun faoliyat birgalikda bo’lishi
kerak: tarbiyachi bolalar bilan birga kuchi etgancha ishtirok etadi ya`ni, gul
ekishadi, ota-onalar esa shohlarni kesishadi, erni yumshatishadi va hokazo.
|
| |