Ota-onalar uchun kechalar va to’garaklar uyushtirish




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/117
Sana26.05.2024
Hajmi2,1 Mb.
#254378
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   117
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

Ota-onalar uchun kechalar va to’garaklar uyushtirish 
 
Maktabgacha ta`lim muassasalarida ota-onalar va boshqa oila a`zolari uchun 
o’tkaziladigan kechalar mavzuli xarakterga ega bo’lib. «Musiqa va hayot», «Bola 
hayotida kitob», «Bola va tabiat» kabi mavzularni tanlash mumkin. Hamkorlikning 
bu shaklining o’ziga xosligi shundaki, unda qisqacha axborotdan so’ng 
yig’ilganlarga bolalarning, maktabgacha ta`lim muassasasisi xodimlarining, ota-
onalarning badiiy chiqishlarini ko’rish tavsiya qilinadi. Masalan, musiqiy 


223 
rahbarning chiqishidan so’ng bolalar o’zlari o’rgangan ashula, o’yinlarni 
bajarishadi, sahnalar ko’rsatishadi yoki biror ertak sahnalashtiriladi. 
Bunday kechalar uchun «Bolani qanday sevish kerak?», «Bolalar tarbiyasida 
otaning roli», «Biz o’z bolalarimizni bilamizmi?», «Savol va javoblar kechasi» va 
hokazo mavzularni tanlash mumkin. 
Ota-onalarning 
bolalar 
yozuvchilari, 
shoirlarn, 
bastakorlari 
bilan 
uchrashuvlari foydalidir. Oila bilan ishlashning og’zaki jurnal. yumaloq stol 
atrofida uchrashuv kabi shakllari yaxshi natija beradi, bunda pedagog, do’xtir, 
huquqshunos va hokazolar ishtirok etadilar. 
Bolalar tarbiyasida zarur bo’lgan amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishda ota-
onalarga yordam berish maqsadida ular uchun qisqa muddatli to’garaklar tashkil 
etilib, undagi mashg’ulotlarda bolalar kiyimini bichish va tikishni, to’qishni, turli 
xil ovqatlar tayyorlashni o’rganishadi. Ular bilan bolalar ashulalari o’rganiladi, 
yasama o’yinchoqlar tayyorlash san`ati o’rgatiladi va hokazo. 
Ota-onalar bilan o’tkaziladigan savol va javob kechalari, ochiq eshiklar 
kunlari diqqatga sazovordir. Ota-onalarni tanlov xarakteridagi tashkiliy-pedagogik 
ishlarga jalb qilish, masalan, yumshoq o’yinchoq tayyorlash, suv va qum bilan 
o’ynash uchun o’yinchoq-lar yasash, syujetli-rolli o’yinlar, maydonchalarni 
ko’kalamzorlashtirish uchun jihozlar tayyorlash muhim tadbirlardir. 
Bunday tanlovlar yillik rejada o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak. Tanlov 
shartlarini umumiy ota-onalar majlisida muhokama qilish va ma`qullatib olish 
kerak. 
Faol ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma e`lon qilib, ish joylariga ma`lum 
qilish kerak, bundan ular ma`naviy qoniqish oladilar. 
Bunday ishlarni o’tkazishda katta yoshdagilarni ham yoddan chiqarmaslik 
kerak. Buvi va buvalarning amaliy maslahatlari, ularning boy hayotiy tajribalari 
yosh ota-onalar uchun ham, tarbiyachilar uchun ham qimmatlidir. 

Download 2,1 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   117




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ota-onalar uchun kechalar va to’garaklar uyushtirish

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish