233
Metodika kabinetining kamol topishi maktabgacha yoshdagi bolalarni
tarbiyalash masalasiga doir metodik adabiyot tashkil etadi, chunki uning eng
muxim vazifasi bol al ar bogchasi tarbiyachilariga maktabgacha yoshdagilarga
ta`lim - tarbiya berish soxasidagi yangi tadkikotlar xakida ishonuvchan va operativ
axborot berilishini ta`minlaydi. Metodik adabiyotlar bo’limi bo’yicha «Fiziologiya
va psixologiya», «Jismoniy tarbiya», «Axlokiy tarbiya», «Musika tarbiyasi», o’yin,
«Nutk ustirish va tevarak-atrof bilan tanishtirish», «Ma`naviy tarbiya» kabilar
bo’yicha joylashtirish maksadga muvofikdir. Agar kabinetda adabiyotlar ko’p
bo’lsa, uni qo’shimcha tarzda yosh printsipi bo’yicha joylashtirish mumkin.
Bolalar badiiy adabiyoti - avvalo, «Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturi
asosida guruxlar bo’yicha, tavsiya etilgan asarlar, ertak,
xalk kushiklari,
ovunmachoklari, topishmoklar tuplami, rus va boshqa millat yozuvchilarining
asarlari kiradi. Kabinetdagi kutubxonadagi adabiyotlarning kartotekasini joriy etish
kerak. Metodika kabinetining kitob fondi katiy xisobda olib boriladi. Xisobga
olishning eng asosiy shakli kitoblarni maxsus jurnalga yozishdir. Agar kataloglar
yuritilsa maksadga muvofik bo’ladi. Gazeta va jurnallarning, makolalarning tizimli
katalogini yuritish ayniksa muximdir. Bu metodika kabinetida adabiyot bilan
ishlashni ancha engillashtiradi. Metodik kabinetda tarbiyachi va musika
raxbarining eng yaxshi istikbol va xaftalik ish rejalari, pedagogik kengash,
seminar, metodik birlashma, pedagogik o’qish, anjumanlarda ukilgan ma`ruzalar,
ishning eng yaxshi tomonlarini aks ettiruvchi mashg’ulot
ishlanmalari, bayram
ertaliklari, kungil ochish kechalari dasturlari, lenta yozuvlar o’rin egallaydi.
Bundan tashkari bu erga tarbiyachilarning mudira va uslubchi tomonidan taxlil
kilingan xamda umumlashtirilgan ishlarini kuyish mumkin.
Metodika kabinetda barcha yosh guruxlardagi turli mashg’ulotlarda
foydalanadigan ko’rgazmali materiallar va didaktik kullanmalar: tevarak-atrof
bilan nutk ustirishga doir rasmlar, elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish
bo’yicha materiallar, bolalarning badiiy kobiliyatlarini rivojlantirish uchun
kullanmalar, didaktik o’yinlar-o’yinchoklar, mayda musika asboblari va musikali
o’yinchoklar, xarakatlarni rivojlantirish mashg’ulotlarida foydalanadigan mayda
kullanmalar saklanadi. Agarda kerakli kullanmalar va didaktik materiallar tayyor
xolda xarid
kilishning im koni bulmasa, uslubchi ularni barcha tarbiyachilarning
faol ishtirokida tayyorlaydi (kugirchoklar uchun milliy kiyimlar, ijodiy o’yinlar
uchun ayrim atributlar, mayda tarkatma materiallari va boshqalar). Kullanmalardan
uzok vakt davomida foydalanilganda (ayniksa kogoz yoki karton) o’zining
dastlabki ko’rinishini tez yukotadi va buzilishi tufayli uslubchi ularni tez tiklashga
yordam beradigan materiallari i, chizmalar, ulchovlarni, ko’rsatilgan andozalarni,
foto suratlarni tuplab borishi kerak. Bu materiallarni albomlarda bo’limlar bo’yicha
joylagan ma`kul.
Ta`lim - tarbiya jarayonini takomillashtirish texnika vositalaridan keng
foydalanish bilan uzviy boglangan. Metodika kabinetida texnika vositalarining
burchagi jixozlanib,
u erda endoskop, filmoskop, magnitafon, diafilm, kinofilm
lentalari, badiiy va musika asarlarining plastinkalari komplekti, ovoz yozuvlari
saklanadi. Bu materiallar xam katiy tizimda va tartibli saklanishi kerak. Metodik
kabinetda mashg’ulotlar uchun kerakli didaktik kullanmalardan tashkari o’yin va
234
kungil ochishlarda foydalanadigan kullanma va o’yinchoklar, kugirchoklar, stol,
soya teatri, stol bosma o’yinlari, kizikarli ermak-o’yinchoklar bo’lishi kerak.
Metodika kabinetda ota-onalar uchun ishlashga muljallangan materiallar,
tematik ko’rgazmalar
materiallari, kuchma-papkalar namunalari, bolalar
tarbiyasiga doir masalalar bo’yicha ota-onalarga muljallangan pedagogik
adabiyotlar ruyxati, suxbat va maslaxatlarning taxminiy tematikasi saklanadi.
Ayrim utilgan materiallarning xammasi maxsus ajratilgan joylarda saklanadi.
Pedagogik adabiyotlar yangiliklari va turli yubiley sanalarga bagishlangan
adabiyot uchun aloxida bo’lim bo’ladi. Metodik adabiyotning yana bir stendi
tarbiyachiga bo’lajak pedagogik kengash ishiga tayyorlanishda yordam berishga
bagishlanadi (bu erda tematika, kerakli adabiyot, muxokama uchun savollar
beriladi). Oldingi pedagogik kengashda kabul kilingan karorlar, ularning ijrosi
xakida ma`lumotlar ma`lum kilinadi. Metodika
kabinetning butun ishi u
maktabgacha ta`lim muassasasi metodik ishining markaziga aylanadigan kilib
tuzilishi
kerak.Tarbiyachilarga
kabinet
xizmatidan
foydalanishi,
unda
saklanayotgan materiallarni asrab-avaylashlari, ulardan okilona foydalanish darkor.
Bu sezilarli darajada bolalar muassasasi metodistining maxoratiga, tashkilotchilik
kobiliyatiga boglikdir. Uslubchi kabinet ishi soatini aniklashi, tarbiyachilarga o’z
vaktida yordam ko’rsatish maksadida navbatchilikni uyushtirishi kerak. Bu
masalani xal etishda mudira faol ishtirok etadi. Metodika kabineta ishining eng
muxim tomonlaridan biri-bolalar muassasasi xodimlariga mustaqil o’qishlarini
tashkil etishda yordam ko’rsatishdir. Metodika kabineta ishida katta o’rinni
tarbiyachilar bilan ishlashni tashkil etish egallashi kerak.