• Respublika maktabgacha metodika kabineti.
  • Respublika metodika kabinetining asosiy vazifalari
  •  Maktabgacha ta`limga metodik rahbarlik ishining




    Download 2,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet107/117
    Sana26.05.2024
    Hajmi2,1 Mb.
    #254378
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   117
    Bog'liq
    Maktabgacha ta\'lim qo\'llanma for kurs ishi

     
    21.1. Maktabgacha ta`limga metodik rahbarlik ishining
    tashkiliy tuzilishi va vazifalari 
     
    Respublikada maktabgacha ta`limga metodik rahbarlik O’zbekiston 
    Respublikasi Xalq ta`limi Vazirligi qoshida tashkil etilgan markaziy maktabgacha 
    metodika kabineti orqali amalga oshiriladi. 
    Metodika kabinet xalq ta`limi Vazirligi tomondan tuzilgan reja asosida ish 
    yuritadi. Uning tashkiliy tuzilishi quyidagicha: 


    229 
    Markaziy metodika kabineti - viloyat, shahar, o’lka Qoraqalpog’iston 
    respublika metodika kabineti ishini nazorat qiladi. 
    Metodika kabinetining asosiy vazifalari tegishli xalq ta`limi bo’limlari - 
    metodik kabineti ishini nazorat qilish, tarbiyachilar va xalq ta`limi xodimlarining 
    ixtisosini oshirish, eng yaxshi, ilg’or ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va 
    yoyishdan iboratdir. 
    Respublika maktabgacha metodika kabineti. 
    Respublika maktabgacha metodika kabineti O’zbekiston Xalq ta`limi 
    Vazirligi qoshida tuziladi va metodik baza bo’lib hisoblanadi hamda rahbarlik qilib 
    boriladi. 
    Respublika metodika kabineti o’z ishida O’zbekiston Respublikasi Xalq 
    ta`limi Vazirligi tomonidan chiqarilgan qonunlarga, qaror, instruktiv-metodik 
    hujjatlarga asoslanib ish ko’radi. 
    Metodik kabinet Respublika ilmiy tekshirish instituti, o’qituvchilar malakasini 
    oshirish instituti na boshqa ilmiy-tekshirish institutlari va o’quv yurtlari bilan 
    mustahkam aloqada bo’ladi. 
    Respublika metodika kabinetining asosiy vazifalari: 
    1. Respublika, viloyat, shahar, tumanlarda maktabgacha ta`lim kabinetlariga 
    metodik yordam ko’rsatish xamda pedagogik jarayonlarni yaxshilash va ta`lim - 
    tarbiya sifatini yuksaltirish ishlarini Xalq ta`lim Vazirligi tomonidan taqdirlangan 
    «Bolajon» dasturini to’liq bajarilishini ta`minlaydi. 

    ilg’or ish tajribalarni o’rganadi, ommalashtiridi va umumlashtiradi 
    (maktabgacha ta`lim xodimlari, maktabgacha ta`lim metod kabineti, uslubchi, 
    mudira, metodist va tarbiyachilar, murabbiylar ishi asosida). 

    maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni ta`lim bo’yicha tarbiyalash va 
    ta`lim berish masalasidagi ilg’or pedagogik tajribalarni, yutuqlarni, ilmiy 
    O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi 
    QQ Avtonom R Xalq 
    ta’limi vazirligi 
    Maktabgacha 
    boshqarma 
    Metodik kabinet 
    Respublika maktab-
    gacha metodik kabinet 
    Viloyat metodik 
    kabineti 
    Shaxar metodika 
    kabineti 
    Tuman metodik 
    kabineti 
    Respublika maktab-
    gacha boshqarma 
    Shaxar XTB 
    Shaxar maktabgacha 
    boshqarma 
    Viloyat maktabgacha 
    XTB 
    Tuman XTB 
    Maktabgacha ta’lim 
    metodik kabineti 


    230 
    pedagogika asoslariga asoslanib ularini (qayta ishlaydi) ishlab chiqadi. 
    Pedagogik kabinet ishining mazmuni va asosiy shakllari 
    2. Metodika kabineti o’z zimmasiga yuklangan vazifalarga ko’ra: 

    Qorakalpog’iston, viloyat, o’lka, shahar, tuman maktabgacha ta`lim 
    metodika kabineti ish faoliyatiga yo’llanma berib turadi. 

    Maktabgacha ta`lim muassasalari ta`lim - tarbiyaviy ishlar ahvolini va 
    bajarilishini o’rganadi. 
    «Bolajon» dasturi - ta`lim - tarbiyaning sifatini oshirish maqsadida tadbirlarga 
    yo’llanmalar beradi. 
    Maktabgacha muassasa xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
    Respublika o’quv metodika Markazida ma`ruzalar o’qishga, seminar - 
    mashg’ulotlar ishini olib borishda belgilangan xujjatlar asosida olib borish 
    huquqiga egadirlar. 
    3. Respublika maktabgacha ta`lim metod kabinet ishida yangiliklarni targ’ibot 
    qilish bo’limi uslubiy Kengashdir. Kengash tarkibiga metodistlar, o’qituvchilar 
    malakasini oshirish instituti rahbari va xodimlari, mudiralar, tarbiyachilar, musiqa 
    rahbarlari, oliy va o’rta o’quv yurtlarining etakchi professor-o’qituvchiari kiradilar. 
    Uslubiy Kengashda - kabinetning rejasi va bajarilgan ishlar yakuni ko’riladi 
    va bir qancha tashkiliy ishlar rejalashtiriladi, bunda pedagogik jarayonni 
    takomillashtirish va maktabgacha ta`lim metod kabinetlar amaliy ishida ijodiy-
    ilg’or pedagogik tajribalarni to’plash, maktabgacha ta`lim bo’yicha uslubiy 
    qo’llanmalarni muhokama qilish, tasdiqlash masalalari hal qilinadi. 
    4.
    Respublika metod kabinetida xodimlarning qulay ishlashlari uchun sharoit 
    yaratiladi, (seminarlap ma`ruzalar, maslahatlar, ko’rgazmalar tashkil etiladi). 
    5.
    Respublika metod kabinetida ilmiy pedagogik va metodik adabiyotlar 
    uchun kutubxona tashkil qilinadi. 
    Pedagogik kabinet xodimlari va rahbarlar 
    6. Respublika metod kabinetiga malaka oshirish markazi direktori rahbarlik 
    qiladi, oliy pedagogik bilimga va ilg’or tashkil-metodik ishlarni tashkil etish 
    xususiyatiga ega bo’lgan shaxsdir, Direktor - kabinetning metodik, moliyaviy-
    xo’jalik faoliyatiga rahbarlik qiladi va kadrlar tanlash va ularni ishlarini tashkil 
    qilish va joylashtirish ishlari, mehnat qonunlariga asoslanib xodimlari vazifalarini 
    tushuntiradi, belgilangan qoidaga asoslanib ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi. 
    7. Metodik ishlarni malakali metodistlar olib boradilar, ularni O’zbekiston 
    Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan direktor tavsiyasi bilan, oliy 
    pedagogik ma`lumotga ega bo’lib, kamida 5 yillik pedagogik ish stajiga ega 
    bo’lgan xodimlardan belgilanadi. 
    8.
    Respublika metod kabinetining shtatlarini O’zbekiston Respublikasi Xalq 
    ta`limi vazirligi tomonidan belgilanadi. 
    9.
    Respublika metod kabineti davlat byudjeti mablag’lari hisobiga faoliyat 
    ko’rsatadi, o’zining bankda mablag’i bo’ladi va O’zbekiston Respublikasi Xalq 
    ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan harajatlar tizimiga muvofiq mablag’ 
    ajratadi, 
    10.
    Metodika kabineti O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi oldida 
    o’z ishlaridan hisobot berib turadi. 


    231 
    11.
    Pecpublika metod kabineti o’zining gerbli muhriga ega bo’lib, to’liq 
    yuridik huquqga ega. 
    12.
    Respublika metod kabineti belgilangan shaklga asoslangan holda ish 
    yuritish tartibida olib boriladi. 
    Metodika kabinetining asosiy vazifalari tuman, shahar metodika ishlarini 
    o’qituvchilar, tarbiyachilar va xalq ta`limi boshqa xodimlarining ixtisosini oshirish, 
    eng yaxshi pedagogik tajribalarni o’rganish, umumlashtirish na yoyishdir. 
    Metodika kabinet o’qituvchilar malakasini oshirish instituti bilan kelishib 
    olingan va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
    reja asosida ishlaydi. 
    O’zbekistonda 1934 yilda Toshkent shahrida birinchi maktabgacha ta`lim 
    metod kabineti tashkil ztildi. 
    Direktor qilib ilg’or pedagog Mo’rtazina Marg’uba Safievna tayinlandi. 
    1940 yilga borib bunday kabinetlar soni 23taga etadi. Maktabgacha ta`limga 
    doir ishlarni o’rganish, tizimlilikka amal qilish, ilg’or ish tajribalarini 
    umumlashtirish ishlari olib borildi, keng ko’lamda pedagog xodimlarni tayyorlash 
    ishlari tashkil etiladi. 
    Tuman (shahar) metodik kabineti ishini rejalashtirish 
    Metodik kabinet 5 yilga mo’jallangan istiqbol rejasini tuzadi. Unda: 
    davlatimizning qaror va topshiriqlari, Xalq ta`limi Vazirligi va ittifoqdosh 
    respublikalarning, shuningdek, xalq ta`limi bo’limlari tomonidan maktabgacha 
    ta`limga oid qarorlari nazarda to’tiladi. 
    Yillik rejada metodik kabineti har o’quv yiliga mos faoliyati aks etadi. 
    Kvartal-oylik rejalarida - yillik rejadan vazifalar vaqt bo’yicha taqsimlanadi. 
    Yillik reja - tumandagi metodik ishlarni bir tekis, mazmunli tashkil etilishini 
    ta`minlash kerak. Bunda ko’p e`tiborni o’quv, ta`lim - tarbiyaviy ishlarni 
    o’rganish, maktabgacha ta`lim muassasasida metodik ishlarni tashkil etish va 
    nazariy asoslab borish, mudira, uslubchi, tarbiyachilarga o’quv faoliyati, mehnat, 
    estetik, musiqa tarbiyasi bo’yicha yordam, maktabgacha ta`lim muassasalarida 
    kasallikni oldini olish va kamaytirishni, yasli guruhlarda, aralash guruhlarda, kam 
    komplektni muassasalar ishini metodik jihatdan to’g’ri tashkil etish vazifalarni 
    bajaradi. 
    Rejada alohida o’rinli maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshiruv egallaydi. 
    Tekshiruv shaklini tanlash, tekshiruv maqsadi va mazmuniga bog’liqdir. Bu 
    maktabgacha ta`lim muassasalari ishi bilan tanishishga yordam beradi. 
    Rejada maktabgacha ta`lim muassalari soni va nomerlari ko’rsatiladi. Hamma 
    muassalar nazorat qilinishi kerak. 
    Metodika kabinetining vazifasi shu bilan yakunlanadiki, bu nazariy 
    asoslangan holda yordam berish. Metod kabinetda pedagogik tajribalarni 
    ommalashtirishdan ilgari uni har tomonlama tahlil qilib chiqi, tanlab olish kerak. 
    Qimmatli tajriba faqatgina yakkama-yakka holda emas, balki jamoa asosda 
    yaratilishi mumkin. 


    232 

    Download 2,1 Mb.
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   117




    Download 2,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Maktabgacha ta`limga metodik rahbarlik ishining

    Download 2,1 Mb.
    Pdf ko'rish