1
F.R.Qodirova, Sh.K.Tashpulatova
Maktabgacha ta`lim
muassasasisida (Bolalar
bog`chasida)metodik ishlar
Darslik
Toshkent 2011
2
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus
ta`lim vazirligi
3
F.R.Qodirova, Sh.K.Tashpulatova
Maktabgacha ta`lim muassasasisida (Bolalar
bog`chasida)metodik ishlar
Ushbu darslikda maktabgacha ta`limning asosiy masalalari, jumladan MTM
metodistining faoliyati, unga qo’yiladigan kasbiy va malakaviy talablar, pedagogik
jamoaga raxbarlik qilish, MTM ta`lim – tarbiya va metodik ishlarni rejalashtirish,
ilg’or tajribalarni o’rganish va tadbiq qilish, turli yosh guruxlarida bolalar hayoti
va faoliyatini tashkil etish, maktabgacha ta`limning gigienik asoslari kabilar
yoritiladi.
Darslik o’rta maxsus kasb - xunar muassasalari maktabgacha ta`lim va
maktabgacha, oilaviy va maxsus ta`lim tarbiyachisi yo’nalishlari o’quvchilari
uchun mo’ljallangan. Undan oliy pedagogik ta`lim muassasalari o’qituvchi va
talabalari ham foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar:
Nizomiy nomli TDPU ―Pedagogik
texnologiyalar‖ kafedra mudiri, pedagogika
fanlari doktori Sh.S.Shodmonova
Maktabgacha muassasa hodimlarini qayta
tayyorlash va malakasini oshirish Respublika
O’quv metodika Markazi direktor o’rinbosari
p
.f.n., dots. M.Sh.Rasulova
4
Kirish
Jamiyatning ma`naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta`lim – tarbiya
ishlarining mazmuni, shakl mohiyatiga bog’liqdir.
Shu boisdan ham Respublikamizda bosqichma – bosqich amalga
oshirilayotgan ta`lim tizimini pedagogik tahlil qilish, bu jarayonni samarali
kechishini ta`minlash zarurati yuzaga keladi. O’zbekiston Respublikasining
―Ta`lim to’g’risida‖ gi Qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ da – ta`lim
tizimida kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va
ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish vazifalari belgilab berilgan.
Bu vazifalarni to’laqonli hal etishda o’qituvchi – pedagogning intellektual
salohiyati va kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda Oliy va o’rta maxsus ta`limini isloh qilishning asosiy
yo’nalishlari o’z mutaxassisligi bo’yicha malakali kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish, nazariy bilimlarni amaliy tayyorgarlik bilan qo’shib olib borish
zarurligi ko’rsatib o’tilgan.
Bu talablar pedagogika kollejlarining maktabgacha ta`lim yo’nalishida
tarbiyachi uslubiyotchilar tayyorlashga ham taaluqli bo’lib, ularda maktabgacha
ta`lim muassasalarida metodik ishlar fani ixtisos beradigan o’quv fani hisoblanadi.
O’quvchi – talabalarga maktabgacha ta`lim muassasalarida olib boriladigan
ta`lim – tarbiyaviy, metodik ishlarga umumiy nazariy yondashish masalalarini
ochib berar ekan, maktabgacha ta`lim muassasalarida amalga oshiriladigan barcha
metodik va ta`lim – tarbiya berish ishining mazmuni, ularni tashkil etish, shakl va
metodlarini tanlash qonunuiyatlarini belgilovchi asosiy fan sifatida namoyon
bo’ladi. Bu masalalarni hal etishda u ―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖, ―Oila
pedagogikasi‖ fanlarining umumiy ilmiy - nazariy asoslariga, uning
metodologiyasiga, ta`lim – tarbiya nazariyasiga tayanadi.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida metodik ishlar pedagogika fanining
muhim sohasi bo’lib, uslubchi tomonidan metodik ishlarni tashkil etish bilan
bog’liq bo’lgan jihatlarni yoritib beradi. U ijtimoiy pedagogika va maxsus
metodikalar bilan umumiy ilmiy – nazariy asoslarga ega.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishning aniq
qoidalari mazkur muammolarga taaluqli maktabgacha pedagogika fanining
umumiy nazariy qoidalarga tayanadi.
Bu xol asosiy ixtisos beradigan kursning zaruriy g’oyaviy – nazariy
darajasini ta`minlashga uning mazmunini maktabgacha pedagogika fani tomonidan
ishlab chiqilgan asosiy metodologiya va nazariy qoidalar negizida yoritishga
imkon beradi.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida metodik ishlar fanining asosiy
qonuniyatlari quyidagilar:
1. Maktabgacha ta`limning Davlat xarakteri, uning ta`lim tizimidagi tutgan
o’rni, maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisining ma`naviy – madaniy va
umumkasbiy darajasi, uning liderlik va boshqaruv jihatlari, tamoyillari va
xususiyatlari to’g’risida tasavvur va bilimga ega bo’lish.
5
2. Maktabgacha ta`lim muassasasi ishini rejalashtirishning nazariy asoslari,
ta`lim – tarbiyaning maqsadi, mazmuni, shaxsni barkamollikka etaklovchi omillar,
jamoada sog’lom muhitni yaratish.
3. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalar hayotining turli qirralarini
tashkil etishda tarbiyachi va uslubchi tomonidan qo’llaniladigan metod va usullar,
nazorat shakllari va uni o’tkazish metodikasi.
4. O’quv faoliyatini tashkil etish, nazorat va raxbarlikning o’ziga xos
xususiyatlari.
5. Metodik ishlarning turlari – shakllari, pedagogik, innovatsion
texnolgiyalar asosida tashkil etishning qonuniyatlari, imkoniyatlari.
6. Maktbgacha ta`lim muassasasining ota – onalar va jamoatchilik bilan
xamkorlik ishidagi maktabgacha ta`lim muassasasining bola tarbiyasidagi
majburiyatlari, tarbiya va rivojlanish muammolariga uzluksiz yondashish,
bolalarga ta`lim - tarbiya berish, ularni rivojlantirish jarayonlarning birligi o’zaro
bog’liqligini amalga oshirish, oilaning ijtimoiy, ma`naviy, iqtisodiy, demografik,
amaliy vazifalari, ota-onalar savodxonligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan ish
shakllarini tanlash imkonini beradi.
Boblarning izchilligi. Maktabgacha ta`lim muassasasida metodik ishlar
kursining o’quvchi-talabalarni kasbiy tayyorlash tizimidagi axamiyati bilan va
malakalarini o’zlashtirish vaqtida bolalarni tarbiyalash masalalari ochib beriladi,
shuningdek fanlar o’rtasida va fanlar ichida aloqalar o’rnatishga imkon beradi.
Darslikda o’quvchi - talabalarning bilimlarni o’zlashtirish va mustahkamlash
maqsadida nazorat savollari, tayanch iboralar va test savollari, boblarga tavsiya
qilingan adabiyotlar ro’yxati kiritilgan.
Ushbu darslikning yaratilishida mustaqillik yillarda shu soha bo’yicha
shug’ullanib kelgan olimlar va etakchi mutaxassislar tomonidan chop etilgan ilmiy
manbalardan foydalanildi.
Xulosa o’rnida, maktabgacha ta`lim muassasalarida metodik ishlarni tashkil
etish masalalarini qarab chiqishga yaxlit psixologik – pedagogik nuqtai nazardan
yondashish talab etiladi, bu esa maktabgacha ta`lim tizimida amalga oshiriladigan
metodik ishlarni ilmiy asoslarini kengaytiradi.
6
I BOB. Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisining pedagoglar jamoasi
faoliyatidagi o’rni.
Reja:
1.
Maktabgacha ta`limning Davlat xarakteri, uning xalq ta`limi tizimida tutgan
o’rni.
2.
Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisi, uning huquqi, vazifalari va unga
qo’yiladigan talablar.
3.
Uslubchining liderlik va boshqaruv jihatlari.
4.
Liderlikka oid nazariyalarning paydo bo’lishi.
II. Mavzuning maqsadi.
Maktabgacha ta`limni tashkil etishning maqsad vazifalari, ta`lim sohasidagi
qonun xujjatlarida maktabgacha ta`limning yoritilishi, maktabgacha ta`lim
muassasasi uslubchisi lavozimi, uning ish faoliyati, unga qo’yiladigan asosiy
kasbiy talablar, uslubchi tomondan jamoani boshqarish va liderlik jihatlari
to’g’risida nazariy bilimlar berish.
III. Mavzuning vazifalari.
O’quvchilarga maktabgacha ta`lim muassasalarini tashkil etilishi haqida,
maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisi ishi bilan tanishishtirish, uslubchining
liderlik etakchiligi jamoani boshqara olish jihatlarining pedagogik – psixologik
qirralarini o’rganish.
IV. Tayanch iboralar: Ijtimoiy – davlat tomonidan tashkil etiladigan
muassasalar
―Lider‖ – ―peshqadam - etakchi‖.
XTB – Xalq ta`limi bo’limi.
simpatiya – yoqtirish
antipatiya – yoqtirmaslik
destruktiv – buzg’unchi hulqqa ega
xarizmatik nazariyasi – liderlik sifatlari nazariyasi
|